Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


O‘SMIRLARNING MA`NAVIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHDA



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

O‘SMIRLARNING MA`NAVIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHDA 
MAFKURANING O‘RNI 
 
To`qboyeva D. NavDPI kata o’qituvchisi 
Shodiyeva N. NavDPI talabasi 
Ma`lumki, 18 yoshgacha bo‘lgan davrda insonning ongi, axloqi, ma`naviy qiyofasi
shakllanadi. Jamiyat taraqqyotiga raxna soluvchi tahdidlardan eng dahshatlisi "ommaviy 


289 
madaniyat"dir. “Ommaviy madaniyat" millat va makon tanlamaydi, u omma orasiga xuddi 
yomgirdan so‘ng chiqqan qo`ziqoringa o‘xshab yopirilib kirib keladi. Bu esa ma`naviy
tarbiyani kuchaytirish zaruratini tug`diradi.
O‘zbekiston Respbulikasining birinchi Prezidenti har doim tarbiya haqida fikr 
yuritganlarida, Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot-yo 
halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir", degan o‘gitlarini eslab o‘tadilar. Bu fikr asrimiz 
boshida millatimiz taqdiri uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 
biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir [1]. Uning 
dolzarbligi turli zararli mafkuralarning xavfini bartaraf etish zarurligi bilan belgilanadi. Zero, 
ularga qarshi goya va maʼrifat yo‘li bilan kurashish lozim. 
G`arb "ommaviy madaniyati" (aniqrog`i madaniyatsizligi!) internet saytlar 
"mahsulot”larini tanqid qilish oson. Ularga muqobil milliy, bolalar va o‘smirlarga mos 
ularning qizqish olamlariga xos ijod mahsullarini biz ham ishlab chiqarsak bo‘ladi. Bugun 
farzandingiz kitob o`qimasa rasmli kitob keltirib, shu rasmdagi voqeani kitobga yozgan
desangiz, u albatta o`qiydi. Xuddi shu narsani kompyuter olamiga ko`chirsangiz, u shubhasiz
boshqa chalg`ituvchi saytlarga kirmaydi, deb o‘ylayman. Chunki odatda biror nimani 
taqiqlashdan avval unga muqobil boshqa afzalroq narsa taklif qilinadi.
Yoshlarni milliy mafkuraviy g`oyalari bilan qurollantirishimiz, begona g`oyalar
ta`siridan asrashimiz uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishni o`zi taqozo etadi. Bu 
esa tarbiyaga alohida e`tibor qaratish lozimligini anglatadi. Tarbiyani to`gri tanlash 
tinchlikning garovidir. Abdurauf Fitrat uzining "Oila" asarida bu masalaga eʼtibor qaratadi: 
"Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga 
bogliq. Tinchlik va totuvlik shu millat oilalaining intizomiga tayanadi. Qaerda oila 
munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam 
bo‘ladi".
Darhaqiqat, millatning, davlatning tinchligini asrash, farovon turmushga erishish 
uchun tarbiya orqali yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg`ularini uyg`otish, ularni yurt 
tinchligi, xalq farovonligi, diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlik kabi ezgu g`oyalar ruhida 
tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Tarixiy taraqqiyotdan anglashiladiki, globallashuv 
jarayonlari, dunyoviy o`zgarishlardan alohida holda yashash davlatni milliy chegaralar 
doirasida qolib ketishiga, taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Shu bois 
globallashuv sharoitining salbiy oqibatlariga qarshi yoshlarni qurollantirish, xuquqiy va 
siyosiy madaniyatini rivojlantirish talab etiladi. Aniqrog`i, yoshlarning ijtimoiy faoligini 
oshirish, ularni uyushgan holda Vatan ravnaqi yo`lida kurashishga o‘rgatish muhim va 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Manbalardan maʼlum bo‘lishicha, Hindistonning 
ayrim joylarida Vatan bayrog`ini uylari tepasiga o‘rnatib qo`yilarkan. Bu Vatanni sevishdan 
dalolat beradi.
Tarbiyani shunday tashkil qilishimiz kerakki, Vatan bayrogi yo tamg`asi uylarning 
tepasidagina emas farzandlarimiz qalbida samimiy o‘rnashsin. O‘z yurtni yurakdan seva 
olsin. Vatanga muhabbat e`tiqodning bir bo‘lagiga aylansin. Shundagina buyuk davlat barpo 
eta olamiz. 
Vatanga muhabbat har bir shaxsning qalbida chuqur o‘rnashsagina uni asrashga 
intilish, astoydil harakat qilish mumkin bo‘ladi. Bu har tomonlama shaxsning ijtimoiy faolligi 
bilan bog`liqligi tabiiy. Ijtimoiy faol inson o‘zini ekspertizadan o‘tkazadi, o‘zida masʼuliyat 
hissini tuya oladi. Ijtimoiy faol, aqlan yetuk, bilimli, ma`naviy yuksak yoshlarini 
tarbiyalasakkina murakkab dunyoning murakkab manzarasi doirasida sodir bo`layotgan 
ekstremistik guruhlar ta`siridan farzandlarimizni asrash imkoni tug`uladi. Demak, yoshlarni 
ijtimoiy faol ruhda tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biridir. 


290 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish