69
bilan ta'minlanadi; ba'zi xollarda 2-chi tomonning bu majburiyati sub'ektiv xuquqni bo’zuvchi
xarakatlaridan saqlanishini takozo etsa, ba'zi boshqa xollarda esa aksincha, ya'ni u shaxs tomonidan
olingan majburiyatlarini bajarilishini takozo etadi.
Sub'ektiv xuquq vakolatli shaxsga uning manfaatlarini kondirish uchun beriladi.;
Ushbu xuquq (s.x.) nafakat imkoniyat (yoki yuridik choralar) dan,
balki vakolatli shaxsning
yuridik yoki faktik xulqidan iborat bo’ladi.
Sub'ektiv xuquq – murakkab xodisa bo’lib, o’z ichiga bir qator xuquqiy vakolatlarini hamrab
oladi. Bularga:
Shaxsiy faktik xarakatlarga nisbatan bo’lgan xuquq (xuquq ob'ektining ijobiy xususiyatlaridan
foydalanishga yunaltirilgan xuquq xarakatlar); mulkdor o’z narsasini o’z urnida ishlatilishi.
Yuridik xarakatlarga nisbatan bo’lgan xuquq (yuridik karorni qabul qilish (mulkdorning o’z
narsasini olib quyishi, sotishi, sovga etishi va x.k.).
Talab qilish huquqi (ikkinchi tomondan o’z majburiyatlarini bajarilishini talab qilish, ya'ni begona
harakatlar nisbatan talab qilish xuquqi. Karz beruvchining karz oluvchidan karzini kaytarishni t.k.).
Kuch ishlatishga moyillik huquqi (pryatyazanie) (ya'ni majburiyatli shaxsga nisbatan uning
tomonidan ushbu majburiyatni bajarishiga qaratilgan xuquqiy xarakatlar).
Yuridik majburiyatlar – bu vakolatli shaxsning manfaatlaridan kelib chiqib, majburiyat olgan
shaxsga qaratilgan va davlatning majburlov kuch tomonidan bajarilishi mumkin bo’lgan
zaruriy
xulqiy xarakatlar yoki yurish – turishdir (chora-tadbirlar).
YuM – bu HM ishtirokchilarning tegishli xuquqiy normaga asosan o’zlarining burchi bo’lgan
xarakatni amalga oshirishlari va muayyan xarakatlarni sodir etishdan o’zlarini tiyishlaridir.
Yuridik majburiyatlarning quyidagi majburiyatlari mavjud:
Bu zarur xulqiy choralardir;
-U xuquq normalari talablariga ko’ra yoki yuridik faktlar asosida urnatiladi;
-Bu majburiyat vakolatli tomonning (shaxs, jamiyat, davlat) manfaatlarini ko’zlab urnatiladi;
-Majburiyat – nafakat majburiy xol bo’libgina kolmasdan, balki u majburiyat olgan shaxsning real
faktik xulqidir;
Majburiyatga ega shaxsning oldida tanlash imkoniyati bo’lmaydi (bajarish va bajarmaslik
majburiyatlari o’rtasida). Yuridik majburiyatni bajarmaslik yoki uni
tula bajarmaslik xuquqni
bo’zish xisoblanadi, davlat tomonidan choralar ko’rishni takozo etadi.
- Yuridik majburiyatlar 3 ta asosiy shaklga ega:
- Ta’qiqlangan harakatlardan o’zini tutish (passiv xulq);
- Muayyan (konkret) harakatlarni sodir etish (aktiv xulq);
- Tashkiliy, mulkiy va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan huquqlardan chegaralanish (qanoatlanish)lik.
Shunday qilib sub'ektiv huquq va majburiyatlar bir – biri bilan o’zliksiz bog’liqdir.
Ya'ni hech bir sub'ektiv huquq yo’qdirki, u majburiyat bilan ta'minlanmagan bo’lsa, va aksincha,
hech bir majburiyat yukki, u xuquqqa mos kelmaydigan.
Huquqiy munosabat 4 ta qismdan iborat. Bular huquqiy munosabatlarning sub’yekti, ob’yekti,
huquq va burchdan iborat. Sub’yekt huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi shahslardir. Bu shahslar
2 ga bo’linadi. Jismoniy shahslar, fuqarolar va yuridik shahslar. Fuqarolar (jismoniy shahslar)
deganda O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatning va fuqaroligi bo’lmagan
shahslar tushuniladi..
Yuridik shahslar deb o’z mulkiga ho’jalik yuritishda yoki operativ
boshqaruvida alohida mol-
mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan, mulkiy yoki nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va
ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la
oladigan shahslarga aytiladi. Yuridik shahslarga davlat organlari, muassasalar, korhonalar va jamoat
birlashmalari kiradi.
Sub’yektlar ya’ni fuqarolar va yuridik shahslar huquqiy munosabatda ishtirok etishi uchun huquq
layokati va muomila layokatiga ea bo’lishi kerak. Ular bir vaqtda o’z huquqini va burchini bajarishi
kerak. Fuqaroning huquqiy layokati u tugilgan paytdan paydo bo’ladi. va vafot etishi bilan tugaydi.
Bazan huquqiy layokat fuqaro tugilmasdan oldin ham bo’ladi. Masalan; O’zbekiston Respublikasi
70
Fuqarolir kodeksiningning 1135- moddasiga asosan meros qoldiruvchining vafotidan keyin tugilgan
bolalari qonun buyicha vorislik bo’ladi..
Muomila layokati shahsning (fuqarolar, yuridik shahslar) o’z harakatlari bilan fuqarolik huquqi
olish va o’ziga yuridik burch tugdirish va huquqbuzarlik uchun javob berishligidir. Fuqarolarning
huquqiy layokati ularning tugilish vaqtidan boshlansa, muomila layokati ma’lum yoshdan qisman
13-16 yoshdan, to’la 18 yoshdan boshlanadi. Yuridik shahslarning huquqiy layokati va muomila
layokati ular tashkil etilishi bilan paydo bo’lib, tugatilishi bilan bekor bo’ladi.Fuqarolik
Kodeksining 27, 28, 29, 30, 31, 32 – moddalarida o’z ifodasini topgan.
Muomala layokati sud
tomonidan cheklanishi mumkin.
Huquq sub'ektlari bo’lib fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, tashkilotlar,
ijtimoiy birikmalari xisoblanishi mumkin.
Huquqiy munosabatning ob’yekti bu huquqiy munosabatlar qanday ijtimoiy munosabatlarga
qarshi qaratilgan bo’lishligidir.. O’z FK ning 81- moddasiga asosan fuqarolik huquqlarining
ob’yektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli koglzlar, boshqa buyumlar,
mol-mulk, shu
jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va hizmatlar, ihtirolar, sa’at na’munalari, fan, adabiyot san’at
asarlari va intelektual faoliyatiing boshqa natijalari, shuningdek shahsiy nomulkiy huquqlar va
boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. Masalan, mexnat
xuquqiy munosabatlarda
kishilar o’rtasidagi ijtimoiy mexnat munosabati (ob'ekt).
Ob'ektlar bo’lib xuquqiy sub'ekti uchun qadriyatli bo’lgan turli xil predmetlar ham bo’lishi
mumkin.
Huquqiy munosabatlarning sostavi (tarkibi) (oldi-sotdi xuquqiy munosabatlar misolida)
Yuridik fakt XMlar sub'ektlari
Yuridik mazmuni Faktik mazmuni narsa (berish )
XM ob'ektlari
pul (olish)
Huquqiy munosabatlarning tuzilishini 3- qismi unda ishtirok etuvchi bir tarafda huquqning
mavjudligidir. Huquq bu uning ishtirokchilarining tegishli huquqiy normaga asosan unda belgilangan
harakat va harakatsizlkni amalga oshirishini talab qiladi. Masalan; uyni sotgan mulkdor uning narh-
pulini talab q’ilish huquqiga ega.
Huquqiy munosabatni tuzilishini 4- qismi unga ishtirok etuvchi ikkinchi tarafda burch yoki
majburiyatning mavjudligidir. Burch huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi shahsning huquq talab
qilgan narsani bajarishdir. Masalan; uy oldi-sotdi artnomasida uyni sotib olgan taraf uy narhini- pulni
to’lash uning burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: