bu usuli tush paytida gnomon qoziqchasidan tushgan eng qisqa soya yo`nalishini
aniqlashga asoslangan. Ma’lumki, tik turgan predmetdan tushgan eng qisqa soya tush
paytiga, uning yo`nalishi esa geografik meridian yo`nalishiga to`g`ri keladi. Shuning
uchun geografik meridian “Tush chizigi” deb ham yuritiladi.
Berilgan nuqtadan geografik meridian GNOMON usuli bilan quyidagicha
o`tkaziladi:
To`rt burchakli taxta olib, uning ustiga qog`oz yopishtiriladi. Bu qog`ozga orasi bir
santimetrdan qilib bir nercha aylana chiziladi. Aylanalar markaziga diametri 1,5-3 mm va
uzunligi 10-12 sm. li temir yoki yog`och qoziqcha qoqiladi. So`ngra bu taxtachani
meridian yo`nalishi aniqlanayotgan nuqtaga gorizontal qilib o`rnatiladi. Keyin GNOMON
qoziqchasidan tushgan soyalar kun bo`yi kuzatiladi va soyaning uchi aylanalarga to`g`ri
kelganda nuqta bilan belgilab boriladi. Bunda tushgacha qoziqchadan tushgan soyaning
tobora qisqarib, belgilangan
Nuqtalar aylanalarning bir tomonida, tushdan keyin esa soya uzaya borib,
belgilangan nuqtalar aylanalarning ikkinchi tomonida qolayotganini ko`rish mumkin. Har
bir aylanadagi belgilangan qarama-qarshi ikki nuqta o`zaro tutashtiriladi. So`ngra bu
chiziqlarning har biri teng ikkiga bo`linadi va chiziqlarni teng ikkiga bo`ladigan bu
nuqtalar chiziq bilan tutashtiriladi. Bu chiziq geografik meridian yo`nalishini ko`rsatadi.
Kechasi havo ochiq paytida Qutb yulduziga qarab ham gorizont tomonlarini
aniqlash mumkin. Qutb yulduzi taxminan shimoliy geografik qutb tepasida turadi. Qutb
yulduziga qarab biron nuqtadan geografik meridian o`tkazish uchun bu nuqtada turiladi va
turgan nuqtadan Qutb yulduziga tomon bo`lgan yo`nalish aniqlaniladi. Bu yo`nalish
berilgan nuqtadan o`tkazilgan geografik meridian yo`nalishini ko`rsatadi.
Joydagi biror nuqtadan Oy, Quyosh hamda joydagi ba’zi bir predmetlar
yordamida taxminiy bo`lsa-da, gorizont tomonlarini aniqlash mumkin. Qadim
zamonlardanoq kishilar gorizont tomonlarning nomlarini Quyoshning chiqish va
botishi bilan bog`lab kelganlar. Lekin Quyosh har doim sharqdan chiqib g`arbga
botavermaydi. Quyosh faqat kun-tun tengligi kunlaridagina (21 mart va 23
serntyabr) sharqdan chiqib g`arbga botadi. Bu paytda taxminan ertalab soat 7 da
Quyosh sharqda, kunduzi soat 1 da janubda, kech soat 7 da g`arbda bo`ladi.
Kechasi havo bulut bo`lib, Qutb yulduzini kuzatish mumkin bo`lmasa, lekin Oy
bulutlar orasida onda-sonda ko`rinib tursa, gorizont tomonlarini aniqlash
mumkin. Oy to`lin paytida u doim Quyosh ro`parasida turadi. Bu vaqtda oy yarim
kechada, ya’ni kechasi soat 1 da janubda, soat 7 da g`arbda bo`ladi. Quyosh bilan
to`lin oy oralig`i bir-biridan 12 soatga farq qiladi. Demak, to`lin oy va soat bilan
ham gorizont tomonlarini aniqlash mumkin ekan. Meridian yo`nalishini bir oz
noaniq bo`lsa-da joyning rel’yefi, o`simlik va boshqa xususiyatlari bo`yicha ham
aniqlasa bo`ladi.
M: erta bahorda tog`, qir, tepalik, vodiy, jar va soylarning janub tomonida
qor shimol tomonidagiga qaraganda tez eriydi. Tog` yoki tepaning janub
tomonidagi o`simliklar shimol tomondagiga qaraganda erta quriy boshlaydi.
Mevali daraxtlarning janub tomoniga qaragan shoxidagi mevalari tezroq pishadi.
Daraxt va katta toshlar ustida o`sgan mayda o`simliklar shimol tomonda qalinroq
janubda esa siyrak bo`ladi. Bunday belgilar tabiatda juda ko`pdir.
Do'stlaringiz bilan baham: