Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

 
 
4 – Mavzu: Burchak o`lchash usullari oriyentirlash burchaklari. 
Reja: 
 
1. Oriyerntirlashning mohiyati va oddiy usullari. 
2. Magnit strelkasining og`ish burchagi. 
3. Kompas. 
4. Oriyerntirlash burchaklari. Azimut, direksion burchak va rumb. 
 
Oriyentirlashning moxiyati va oddiy usullari

Joyni o`rganish, uning planini olish, joyda karta bilan ishlash va boshqa shu kabi 
ishlarda  dastlab  gorizont  tomonlarini  (shimol,  janub,  sharq,  g`arb)  hamda  atrofdagi 
predmertlarga  nisbatan  turgan  nuqtaning  o`rnini  aniqlash  kerak  bo`ladi.  Bunga 
oriyentirlash deyiladi. 
Ma’lumki,  Yer  yuzasining  har  bir  nuqtasida  gorizont  tomonlari,  shu  nuqtadan 
o`tkazilgan meridian yo`nalishi bilan aniqlanadi. Demak, Yer yuzasining biron nuqtasida 
gorizont  tomonlarini  topish  uchun,  shu  nuqtada  meridian  yo`nalishini  aniqlash  kerak. 
Joyda biron nuqtaning meridiani ma’lum bo`lsa, unga perpendikulyar tushirib bu nuqtada 
parallel  yo`nalishi  aniqlanadi.  Shuning  uchun  biron  nuqtada  gorizont  tomonlarini 
aniqlashda bu nuqtada meridian yo`nalishini aniqlash kifoyadir. 
Gorizont  tomonlari  asosan  kompas  bilan  aniqlaniladi.  yer  yuzining  biror 
nuqtasidagi  geografik  meridianning  yo`nalishi  astrnomik  kuzatishlar  natijasida 
aniqlaniladi.  Meridian  yo`nalishi  aniq  bo`lmasada,  GNOMON  usuli  bilan,  shuningdek, 
qutb  yulduzini  kuzatish  hamda  oy,  quyosh  va  ba’zi  bir  mahalliy  predmetlar  yordamida 
ham aniqlash mumkin. 
GNOMON usuli. Berilgan nuqtada geografik meridian  yo`nalishini o`tkazishning 


bu  usuli  tush  paytida  gnomon  qoziqchasidan  tushgan  eng  qisqa  soya  yo`nalishini 
aniqlashga  asoslangan.  Ma’lumki,  tik  turgan  predmetdan  tushgan  eng  qisqa  soya  tush 
paytiga,  uning  yo`nalishi  esa  geografik  meridian  yo`nalishiga  to`g`ri  keladi.  Shuning 
uchun geografik meridian “Tush chizigi” deb ham yuritiladi.  
Berilgan  nuqtadan  geografik  meridian  GNOMON  usuli  bilan  quyidagicha 
o`tkaziladi: 
To`rt burchakli taxta olib, uning ustiga qog`oz yopishtiriladi. Bu qog`ozga orasi bir 
santimetrdan qilib bir nercha aylana chiziladi. Aylanalar markaziga diametri 1,5-3 mm va 
uzunligi  10-12  sm.  li  temir  yoki  yog`och  qoziqcha  qoqiladi.  So`ngra  bu  taxtachani 
meridian yo`nalishi aniqlanayotgan nuqtaga gorizontal qilib o`rnatiladi. Keyin GNOMON 
qoziqchasidan tushgan soyalar kun bo`yi  kuzatiladi  va soyaning uchi aylanalarga to`g`ri 
kelganda  nuqta  bilan  belgilab  boriladi.  Bunda  tushgacha  qoziqchadan  tushgan  soyaning 
tobora qisqarib, belgilangan 
Nuqtalar  aylanalarning  bir  tomonida,  tushdan  keyin  esa  soya  uzaya  borib, 
belgilangan nuqtalar aylanalarning ikkinchi tomonida qolayotganini ko`rish mumkin. Har 
bir  aylanadagi  belgilangan  qarama-qarshi  ikki  nuqta  o`zaro  tutashtiriladi.  So`ngra  bu 
chiziqlarning  har  biri  teng  ikkiga  bo`linadi  va  chiziqlarni  teng  ikkiga  bo`ladigan  bu 
nuqtalar chiziq bilan tutashtiriladi. Bu chiziq geografik meridian yo`nalishini ko`rsatadi. 
Kechasi  havo  ochiq  paytida  Qutb  yulduziga  qarab  ham  gorizont  tomonlarini 
aniqlash mumkin. Qutb  yulduzi taxminan shimoliy  geografik qutb tepasida turadi. Qutb 
yulduziga qarab biron nuqtadan geografik meridian o`tkazish uchun bu nuqtada turiladi va 
turgan  nuqtadan  Qutb  yulduziga  tomon  bo`lgan  yo`nalish  aniqlaniladi.  Bu  yo`nalish 
berilgan nuqtadan o`tkazilgan geografik meridian yo`nalishini ko`rsatadi. 
Joydagi  biror  nuqtadan  Oy,  Quyosh  hamda  joydagi  ba’zi  bir  predmetlar 
yordamida  taxminiy  bo`lsa-da,  gorizont  tomonlarini  aniqlash  mumkin.  Qadim 
zamonlardanoq  kishilar  gorizont  tomonlarning  nomlarini  Quyoshning  chiqish  va 
botishi bilan bog`lab kelganlar. Lekin Quyosh har doim sharqdan chiqib g`arbga 
botavermaydi.  Quyosh  faqat  kun-tun  tengligi  kunlaridagina  (21  mart  va  23 
serntyabr) sharqdan chiqib  g`arbga  botadi. Bu paytda taxminan  ertalab soat 7 da 
Quyosh  sharqda,  kunduzi  soat  1  da  janubda,  kech  soat  7  da  g`arbda  bo`ladi. 
Kechasi  havo  bulut  bo`lib,  Qutb  yulduzini  kuzatish  mumkin  bo`lmasa,  lekin  Oy 
bulutlar  orasida  onda-sonda  ko`rinib  tursa,  gorizont  tomonlarini  aniqlash 
mumkin. Oy to`lin paytida u doim Quyosh ro`parasida turadi. Bu vaqtda oy yarim 
kechada, ya’ni kechasi soat 1 da janubda, soat 7 da g`arbda bo`ladi. Quyosh bilan 
to`lin oy oralig`i bir-biridan 12 soatga farq qiladi. Demak, to`lin oy va soat bilan 
ham  gorizont  tomonlarini  aniqlash  mumkin  ekan.  Meridian  yo`nalishini  bir  oz 
noaniq bo`lsa-da joyning rel’yefi, o`simlik va boshqa xususiyatlari bo`yicha ham 
aniqlasa bo`ladi. 
M: erta bahorda tog`, qir, tepalik, vodiy, jar va soylarning janub tomonida 
qor  shimol  tomonidagiga  qaraganda  tez  eriydi.  Tog`  yoki  tepaning  janub 
tomonidagi  o`simliklar  shimol  tomondagiga  qaraganda  erta  quriy  boshlaydi. 
Mevali daraxtlarning janub tomoniga  qaragan shoxidagi mevalari tezroq pishadi. 
Daraxt va katta toshlar ustida o`sgan mayda o`simliklar shimol tomonda qalinroq 
janubda esa siyrak bo`ladi. Bunday belgilar tabiatda juda ko`pdir. 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish