ellipsoid yoki shar yuzasidagi o`rni tushuniladi. Haqiqatda esa nuqta Yer ellipsoidi
yuzasida emas, balki yerning tabiiy (fizik) yuzasida joylashgan nuqtaning o`rnini
aniqlash uchun uning boshlang`ich satxiy (geoid) yuzasidan balandligini ham
e’tiborga olish zarur. Nuqtaning boshlang`ich satxiy yuzasidan balandligi, uning
balandlik koordinatasi hisoblanadi.
Yer yuzasidagi nuqtaning balandligi, shu nuqtadan satxiy yuzaga tushurilgan
tik chiziq uzunligiga tengdir. Nuqta balandligi qayerdan boshlab hisoblanishiga ko`ra
absalyut, shartli hamda nisbiy bo`ladi. Yer yuzasidagi nuqtaning absalyut balandligi
okean yoki dengiz satxiga nisbatan hisoblanadi. Nuqtaning absalyut balandligi N,
bilan belgilanadi.
Odatda har bir mamlakat hududidagi nuqtalarning absalyut balandliklari, shu
mamlakat hududida joylashgan biron bir dengiz satxiga nisbatan aniqlaniladi.
M: MDHda nuqtalarning absalyut balandligi Kronshtadt (Boltiq dengizi)
futshtogining noliga nisbatan hisoblaniladi. Kronshtadt futshtogi - Kranshtadt
aylanma kanalidagi ko`prikning granit ustuniga maxkamlangan mis taxtadir. Bu mis
taxtaga fin qo`ltig`i suvining ko`p yillar kuzatish natijasida aniqlangan o`rtacha satxi
chiziq bilan belgilangan. Bu chiziqqa futshtok noli deyiladi.
Agar biron - bir joyda nuqtalar balandligini Boltiq derngizi satxiga nisbatan
aniqlash mumkin bo`lmasa, ya’ni nuqta balandligi aniqlanayotgan joyda absalyut
balandligi ma’lum bir nuqta bo`lmasa shu joydagi biron nuqtaning balandligi ma’lum
bir miqdorga teng deb qabul qilinadi va bu nuqtaga nisbatan boshqa nuqtalarning
balandligi aniqlaniladi. Bu nuqtalarning balandligi shartli balandlik hisoblanadi.
Nuqtalarning shartli balandligi N1 bilan belgilaniladi. Yer yuzasidagi nuqtalarning
mutlaq yoki shartli balandliklari farqi nisbiy balandlik deyilib, u
h
bilan belgilanadi.
Nuqtaning nisbiy balandligi musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin.
A nuqtaning mutlaq balandligi, ya’ni dengiz sathiga nisbatan balandligi
N
A
,
V
nuqtaniki esa N
v
chiziq uzunligiga tengdir. A. nuqtaning shartli, ya’ni ko`l
sathiga nisbatan balandligi HU ,V nuqtaning shartli balandigi esa № chiziq uzunligiga
teng. A va V nuqtalarning balandliklar farqi ya’ni bu nuqtalarning nisbiy balandligi
(h
AB
) - V. Nuqtaning balandligi (Nv) dan A nuqtaning balandligi (Nd) ni ayrilganiga
teng, ya’ni h
AV
=
N
V
-
N
A
.
A nuqtaning B nuqtaga nisbatan balandligi esa h
AB
=N
A
- N
B
. V.nuqtaning A
nuqtaga nisbatan balandligi musbat (+), A. Nuqtaning B nuqtaga nisbatatn balandligi
esa manfiydir
(-).
Do'stlaringiz bilan baham: