Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

ILMIY ТЕХNIKAVIY LOYIXA 


Yuqorida  ko`rsatilgan  ishlar  bajarilib,  mutaxassislar  va  buyurtmachilar 
tomonidan  muhofaza  qilinib,  tasdiqdan  o`tgandan  so`nggina  asosiy  xujjat  bo`lib 
hisoblanadi  va  ishga  kirishiladi.  Yuqorida  karta  va  atlaslarning  loyihalash 
jarayoni sxemasi berilgan.  
Karta va atlaslarni loyihalash quyidagi bosqichlarga bo`linadi: 
-karta va atlaslarning maqsadi va mavzulari; 
-atlas kartalarining ro`yxatini aniqlash; 
-matematik asosni ishlab chiqish; 
-maket komponovkani tayyorlash; 
-kartografik va boshqa manbalarni aniqlab ro`yxatini tuzish; 
-karta  mazmunini  ishlab  chiqish  va  tasvirlanadigan  tafsilot  va  ob’ektlarni, 
voqea va hodisalarni tasniflab, aniqlash; 
-shartli  belgilarni  ishlab  chiqish,  karta  va  atlaslarni  badiiy  jihatdan 
jihozlash yo`llarini ishlab chiqish, ramka va uning tashqarisidagi bezak, kesma va 
qo`shimcha kartalar, hamda atlasning ustki qismlarini, kartalardagi ochiq joylarni 
surat va rasmlar bilan bezash; 
-atlas yoki karta dasturini (programmasini) ishlab chiqish; 
-ish jarayonlari texnologiyasini ishlab chiqish; 
-atlaslar  uchun  geografik  asoslarning  tiplarini  ishlab  chiqish  va  mualliflik 
maketlarining mazmunini aniqlash; 
-har bir ish jarayoni bo`yicha sarf-xarajatlarni hisoblab chiqish; 
-jarayonlar bo`yicha ish grafigini ishlab chiqish; 
Ilmiy  texnikaviy  loyihaning  (ITL)  asosiy  hujjati  karta  va  atlasning  dasturi 
hisoblanadi. Karta va atlas dasturida quyidagi bo`limlar mavjud. 
 -karta va atlasning nomi,  ishlatilishi va ularga bo`lgan talablar; 
-kartaning matematik asosi; 
-kartaning mazmuni, tasvirlash usullari va generalizatsiyalash prinsiplari; 
-kartografik manbalar va ulardan foydalanish yo`llarini ko`rsatish; 
-geografik xarakteristika va generalizatsiya qilish uchun tavsiyalar; 
-karta yaratish texnologiyasi. 
Dasturda mualliflik maketini (nusxasini) yaratish uchun quyidagi tavsiyalar 
beriladi: qaysi geografik manbalardan qanday qilib foydalanish, qaysi masshtabda 
mualliflik  nusxasi  tuzish  kerak,  har  bir  nusxa  uchun  maxsus  formulyar  tutiladi, 
unda kartografik manbalar ko`rsatiladi. 
Dasturda  mavzuli  kartalar  ro`yxati  berilib,  ularning  mazmuni  aniqlanib, 
taqrizga berish vaqtlari ko`rsatiladi. 
Dasturda tahrir qilish, tuzish  va  loyihalash bilan bog`liq bo`lgan masalalar 
yechimi ko`rsatilishi kerak. Masalan, tahrir qilish ko`rsatmasini yozish va har bir 
tip karta uchun legendalar ishlab chiqish ko`rsatiladi. 
Programmaning  (dasturning)  texnologik  qismida  karta  va  atlas  yaratishda 
foydalanish  mumkin  bo`lgan  yangi  texnologik  usullar,  ya’ni  kompyuterlardan, 
EHM  lardan  va  boshqa  yangi  asbob-uskunalardan  foydalanish  imkoniyatlari 
ko`rsatiladi. 


Karta va atlaslar yaratishda shartli belgilarni tanlash va joyida ishlata bilish 
kerak. Shartli belgilar oddiy shaklda, mazmunga loyiq tanlanishi zarur, shu bilan 
birga hozirgi zamon texnologiyasiga mos bo`lishi kerak. 
Kartografik korxonalarda maxsus shartli belgilar fotoalbom mavjud bo`lib, 
o`sha albomdan foydalaniladi. 
Karta tuzishda legendaning ahamiyati kattadir, shuning uchun ham legenda 
kartaning  kaliti  deb  ham  yuritiladi.  Chunki,  u  karta  mazmunini  ochib  beradi. 
Kartani  o`qishdan  ilgari  uning  legendasi  bilan  tanishiladi.  Kartaning  legendasi 
karta  programmasi  bilan  birga  ishlab  chiqilib,  karta  tuzish  nusxasi  bilan  birga 
beriladi. 
Legenda  ishlab  chiqishda  shartli  belgilar  karta  mazmuniga  mos  bo`libgina 
qolmasdan,  mantiq  jihatdan  ham  to`liq,  sodda,  yo`qilishi  oson  va  qisqa  bo`lishi 
zarur.  Kompleks  legenda,  tipologik  hamda  sintetik  legendalar  mavjud.  Masalan, 
sintetik  legendalar  landshaft  kartalarida,  baholash  va  bashorat  qilish  kartalarida 
ko`proq ishlatilsa, tipologik  legenda ilmiy tasnif bilan bog`liq bo`lgan kartalarda 
foydalaniladi. 
Mualliflik  maketlari  (nusxasi)  maxsus  ixtisoslashgan  tashkilotlardagi 
yuqori  malakali  mutaxassislar,  karta  sohasi  bo`yicha  ishlaydigan  kishilar  va 
kartograf-muharrirlar tomonidan tuziladi. 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish