Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Karta yordamida o`qib o`rganish 
Karta  mazmunini  tushunib,  undan  kerakli  ma’lumot  olish
 
kartani  o`qish
 
deyiladi.  O`quvchi  shartli  belgi  yordamida  kartada  tasvirlangan  voqea  va 
hodisalar to`g`risida fikrlab, so`ng ma’lumot oladi. Kartada voqea va hodisalar bir 
tomonlama  o`rganilmasdan,  u  bilan  bog`liq  bo`lgan  boshqa  ma’lumotlar  ham 
o`rganiladi.  Umumgeografik  kartada  tasvirlangan  bir  shaharni  misolida  olib 
ko`raylik.  Punsonning  katta  va  kichikligiga  qarab  aholi  yashaydigan  joyning 
aholisi  soni,  nomi  yozilgan  shrift  yordamida  (shakli,  kattaligi  bilan)  uni  siyosiy-
ma’muriy ahamiyati aniqlanadi. Agar shahar temir yo`l va avtomobil yo`li bilan 
bog`langan  bo`lsa,  u  transport  uzeli  ekanligi,  dengiz  bo`yida  yoki  kema 
qatnaydigan  daryo  bo`yida  bo`lsa,  u  port  hisoblanadi.  O`quvchining  geografik 
bilimi qancha keng bo`lsa, kartadan shuncha ko`p ma’lumot ola biladi. 
Matn o`qish bilan karta o`qishda katta farq bor. Kartada shartli belgi bilan 
voqea  va  hodisalarning  joylashishi  va  tarqalishi  to`g`risida  keng  ma’lumot  olish 
mumkin. Maydonli va chiziqli geografik ob’ektlarning yozuviga qarab egallangan 
maydonni  yoki  uzunligini  aniqlasa  bo`ladi.  Masalan,  Qorabo`g`ozgo`l  qo`ltig`i 
deb  yozilgan  nom  yordamida  kartadagi  ob’ektning  egallagan  maydonini 
tushunamiz,  agar  tog`  nomi  yozilsa  uzunligini  aniqlash  oson.  Masalan, 
O`zbekistondagi  Qurama  tizmasi  nomining  yozilishiga  qarab,  uning  qayerdan 
qayergacha cho`zilganligini bilsa bo`ladi. 


Kartani  o`qib  unda  tasvirlangan  tafsilotlarni  o`rganib,  voqea-hodisalarning 
tarqalish  qonuniyatlari  aniqlanadi.  O`zbekiston  Respublikasining  umumiqtisodiy 
kartasida  sug`oriladigan  maydonlarning  chegaralariga  qarab  bunday  yerlarning 
daryo  vodiylari  bilan  bog`liqligini  ko`rib,  ularning  joylanish  qonuniyatini 
aniqlash qiyin emas. 
Geologik  kartalar  yordamida  geologlar  foydali  qazilmalarning  tarqalish 
qonuniyatlarini aniqlashadi. 
Har xil mazmundagi kartalarni bir-biriga taqqoslash  yo`li bilan ham voqea 
va  hodisalarni  bir-biriga  nisbatan  aloqasini  bilsa  bo`ladi.  Geografik  kartalarni, 
geologik,  tuproq  va  o`simlik  kartalari  bilan  solishtirganda  ularning  o`zaro 
aloqalari  ko`rinib  turadi.  Masalan,  sho`rxok  tuproqlar  O`rta  Osiyo  sharoitida 
relefi pastroq bo`lgan joylarda uchraydi. 
Ikki  xil  mavzuli  kartalarni  ustma-ust  qo`yish  yo`li  bilan  voqea  va 
hodisalarning  o`zaro  bog`liqligi  va  rivojlanish  jarayoni  aniqlanadi.  Karta 
yordamida 
voqealarning 
rivojlanish 
jarayonini 
yaxshi 
bilsa 
bo`ladi. 
Respublikamizning  umumiqtisodiy  kartasi  bilan  istiqlolgacha  chop  etilgan 
shunday  kartani  taqqoslaganda  undagi  o`zgarishlar  aniq  namoyon  bo`ladi. 
Masalan,  ekin  maydonlarining  o`zgarishini,  shaharlar  sonining  ko`payishini, 
ishlab  chiqarilayotgan  sanoat  mahsulotini  oshib  borganini  ko`rish  mumkin. 
Maxsus  kartalar  bashorat  qiluvchi  kartalar  yordamida  bo`ladigan  voqea-
hodisalarni, masalan, Orol dengizining suv sathi o`zgarishini bilib olish mumkin. 
Geografik  kartalar  yordamida  hududni  kompleks  o`rganish  katta 
ahamiyatga  ega.  Shu  borada  o`rta  maktab  o`quvchilari  uchun  nashr  qilingan 
“O`zbekistonning  geografik  atlasi”  (1999)  va  har  bir  sinf  uchun  nashr 
qilinayotgan geografik atlaslarning xizmatlari kattadir. 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish