Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti



Download 180 Kb.
bet6/8
Sana12.07.2021
Hajmi180 Kb.
#117144
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muslim Kurs ishi

Nurli istiqbolga olib oʻtamiz...

Bir yonda butun bir polk,

Bir yonda toʻrtta soldat... Bu misralar tarkibidagi antonimlik faqatgina matnda zidlik munosabatini ifodalaydi.
Antonimiya mezonini belgilashda Sh.Rahmatullayev, N.Mamatov va R.Shukurovlar tomonidan tavsiya etilgan mantiqiy markaz prinsipiga tayanish yaxshi natija beradi.Bu prinsipga ko'ra ikkita ma’no o'rtasidagi oraliq tushuncha (mantiqiy markaz) aniqlanadi va shu markazning ikki tomonidan oʻrin olgan tushunchalar oʻzaro antonimik munosabatlarda deb qaraladi. Masalan, kuz bilan bahor orasida qish bor, demak, kuz va bahor leksemalari oʻzaro antonimlar deb qaraladi, ammo kuz bilan qish — antonim leksemalar emas, chunki bu ikki leksema orasida oraliq tushuncha (manti-qiy markaz) yoʻq.

3. Omonimiya — leksemalarning ifoda planidagi (talaffuzi va yozilis-hidagi) tenglik hodisasi. Masalan, mushak soʻzi omonim soʻz boʻlib, a)bilak muskuli–yugurish oyoq mushaklari uchun foydali; b) solyut maʼnosida esa:

Sukunat. Jang tin olar,

Faqat gohi gohida

Mushak uchib soʻnadi

Dushman qarorgohida. tarzida keltirilgan.

Burchaklardan bir-birimizni

Yog’och miltiq bilan otamiz,

Biz bilmaymiz:

Qay birimizning

O’qqa uchdi bu vaqt otamiz. Bu oʻrinda aslan shakldosh boʻlmagan ot-moq hamda ota soʻzlari qoʻshimchalar (-a + -miz va -miz) qoʻshilishi natija-sida omonimlikni yuzaga keltirgan.

4. Paronimiya (yun.para - «yonida» + onyma - «nom») - ikki yoki undan ortiq leksemalarning talaffuzda o'zaro o'xshash, ohangdosh bo'lishi.Bunday o'xshashlik, odatda, har ikkala (yoki uch) leksema tarkibidagi tovushlarning fizik-akustik yaqinligidan kelib chiqadi. Masalan, urush, urish soʻzlari bir to-vush bilan bir-biridan farq qiladi va bu farq ularning boshqa-boshqa soʻz turkumiga oidligini ham anlatadi: 1.Muallim urishsa, turaverdi jim. 2. "Urush-urush" oʻyin boʻlsa bas...

Mana sohil — tik qirg’oq,

Atrof yalang,

Narida

Ikki dushman soqchisi

Ko’rinar tun bag’rida...

Tek qotdilar.

Komandir

Imo qildi nihoyat... Yuqorida keltirilgan tik (baland) va tek (jim) soʻzlari ham paronim soʻzlardir.

3. Bob

"Nido" dostonida emotsional ekspessiv soʻzlar tahlili.

Emotsional-ekspressiv jihatdan bo'yoqdor so'zlar. Bunday so'zlarning semantik tarkibida denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) bilan birga uslubiy bo'yoqlar (ifoda semalari, konnotativ semalar) ham mavjud bo'ladi: turq (denotativ ma’no + uslubiy bo'yoq), qiltiriq, ipiltiriq (denotativ ma’no + uslubiy bo'yoq), irshaymoq (denotativ ma’no + uslubiy bo'yoq) kabi.

Uslubiy bo'yog'i bor bo'lgan so'zlardan nutqda his-tuyg'ulami, so'zlovchining voqelikka nisbatan salbiy yoki ijobiy munosabatini ifodalash maqsadida foydalaniladi.Masalan:



Yoʻlga chiqqan edi mashʼum qora xat (yomon, xunuk xabarga nisbatan mashʼum xabar salbiylik boʻyogʻiga ega). Toʻrt soya emaklardi chakalakzor oralab (oʻrmalamoq, sudralmoqqa nisbatan ijobiylik mavjud).

Dostonda ekspressivlikning ifodalanishi quyidagi usullarga tayanadi: 1.Leksik usul. Bunda uslubiy bo'yog'i bor bo'lgan so'z nutqqa kiritiladi:

Shu choq — poezd qichqiradi,

Toʻxtang, odamlar!

2.Kontekstual usul. Bunda uslubiy bo'yog'i yo'q bo'lgan so'z ma’lum kon-tekst yoki nutqiy muhit ta’sirida uslubiy buyoqdor so'zga aylantiriladi:


Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish