"Muammoli vaziyat" jadvalini to`ldiring
Iqtisodiyotda mavjud bo`lgan muammolar turi
|
O`zbekistonning o`ziga xos iqtisodiy taraqqiyot yo`lining ishlab chiqishda nimalar asos bo`ldi
|
Muammolarning yechimini borishi
|
Bozor munosabatlari mexanizmining yaratilmaganligi, iqtisodiy hayotning normal emasligi,iqtisodiy erkinlik yo 'q va korxonalar yo`q mavjud korxonalar talabga javob bermasligi.
|
Respublikaning qulay geografik-siyosiy imkoniyatga ega ekanligi, tabiiy xomashyoga boyligi, moddiy va ma'naviy hamda ishlab chiqarish potensiali va kadrlar qudratiga egaligi.
|
Milliy boylikni ko`payishini ta’minlaydigan barqaror iqtisodiyot barpo etish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish tamoyillariga amal qilish, mulk egalarini huquqini ta’minlash.
|
4. O`tkazilgan tahlillar va natijalar
Muammoli vaziyatni tahlil qilish - obyektning holati aniqlangandan so`ng, muammoning asosiy qirralariga e’tibor qaratib, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Muammoning yechimini aniq variantlardan tanlab olib, "T - sxema" jadvalini to`ldiramiz.
Mustabid davrda iqtisodiyotdagi salbiy holatlar va xatoliklar nimadan iborat edi ?
|
Mustaqillik davrida bozor iqtisodiyotiga o`tgach iqtisoddagi ijobiy tomonlarni aniqlang ?
|
• Xalq iste'moli uchun tovarlarning taqchilligi;
• Xususiy tadbirkorlik qonun yo`li bilan bo`g`ilgan edi;
• Raqobat yo`q edi;
• Xalq xo`jaligida sonlar ketidan quvish bor edi;
• Xususiy mulkchilik yo`q edi;
• Xalqaro iqtisodiy hamkorlik markazga bo`ysundirilgan edi;
• Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanildi;
• Ishlab chiqarishda asbob uskunalarda modernizatsiya yo`q edi.
|
• Xalq iste'moli uchun tovarlar ishlab chiqildi;
• Xususiy tadbirkorlikka yo`l ochildi;
• Xalq xo`jaligida raqobatbardosh tovarlar ko`paydi;
• Xorijiy sarmoyalar kiritildi;
• Xususiy mulkchilikka keng yo`l ochildi;
• Xalqaro iqtisodiy hamkorlik kengaydi va xorijiy sarmoyalar kirib keldi;
• Tabiiy resurslardan oqilona foydalanildi;
• Ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarning kiritilishi
|
Yakuniy xulosa
Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, ma’naviy barkamol va komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini a'lo darajada his etaditgan shaxs bo`lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har bir o`zbekistonlik fuqaro O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`lidagi iqtisodiy masalalarini bilishi kerak. Barkamol va komil inson, har birimiz: "Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?" deb emas, balki: "Men o`zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?" deb o 'ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |