O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O`zbekistonning o` z istiqlol va taraqqiyot yo`li" asarida quyidagi iqtisodiy masalalar aks etgan:
(vaziyat)
Respublika mustaqilligining bir - yili ichida asrlar mobaynida amalga oshirilmagan ko`p narsalarga erishishga muvaffaq bo`ldik. O`zbekiston xalqi jonajon o`lkadagi beqiyos boylikning abadul-abad haqiqiy egasi bo`lib qoldi. Respublika o`z oltinini, boshqa nodir va qimmatbaho metallarni mustaqil qazib chiqarib, qayta ishlamoqda va saqlamoqda. Yer, yerosti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma'naviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik bo`lib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqning asosi bo`lib xizmat qiladi.
Dunyodagi 125 mamlakat O 'zbekistonning Davlat musta qilligini tan oldi. 40 dan ziyod xorijiy mamlakatlar bilan diplomatiya munosabatlari o`rnatildi, davlatlarning elchixonalari ochildi. Matematikada ilk bor, 1992 - yilning 2 martida O`zbekiston xalqaro huquqning teng huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Respublika Ovrupoda xavfsizlik va hamkorlikka bag`ishlangan Kengashning yakunlovchi aktini imzolab, Xelsinki jarayoniga qo`shildi. Mana shularning hammasi respublika taraqqiyotida mazmunan yangi bosqichni boshlab berdi va teng huquqli asoslarda xalqaro iqtisodiy ilmiy va madaniy sohalarda faol hamkorlik qilish imkoniyatini ochdi.
Endilikda O`zbekiston bir qator yetakchi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy birlashmalarning - Iqtisodiy hamkorlik Tashkiloti, Ovrupo tiklash va taraqqiyot banki, Qora dengiz mamlakatlari iqtisodiy uyushmasining a'zosidir. Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga va boshqa birlashmalarning tarkibiga a'zo bo`lish borasidagi tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazildi. O`zbekistonning qo`shilmagan davlatlar harakatiga, BMTning Osiyo va Tinch okean uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga hamda boshqa tashkilotlarga a'zo bo`lib kirishi to`g`risida arizalar yuborildi.
O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning vositachiligisiz o`zaro manfaatli munosabatlarni o`rnatadi. Respublikani haqiqatan ham, uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi, an'analari, urf- odatlari va ko`nikmalarini, mavjud beqiyos tabiiy boyliklarni har tomonlama hisobga olib, yuksaltirish amalda mumkin bo`lib qoldi.
Respublikani milliy-davlat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy kamol toptiruvchi o`z taraqqiyot yo`lini ishlab chiqishimiz zarur. Bu murakkab va mas'uliyatli palladir. Hozir yashab turganlarning taqdirigina emas, balki ularning farzandlari, nevaralarining ham taqdiri, kelajak avlodlarning taqdiri ham shunga bog`liq bo`ladi. Respublika tang holatlarni qay darajada tezroq bartaraf etishi, yakkahokimlik tizimining illatlarini batamom tugatishi, rivojlangan madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishi shu narsa bilan belgilanadi. Biz hozir o`zoq yo`lning boshida turibmiz.
Barqaror bozor iqtisodiyoti ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo`lib qolishi kerak. Shunday jamiyatgina O`zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an'analar va madaniyat qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning ma'naviy-axloqiy kamol topishini ta'minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |