Alisher Navoiy “Xamsa”sining o`rganilmagan, o`rganiladigan jihatlari anchagina.Shoir asarlaridagi mazmun, mohiyatni anglash,undagi obrazlar,
badiiy jihatlarni o`quvchi tushunadigan tarzda sharhlash bugunning muhim vazifalaridan.
Mazkur kitobda “Xamsa”dagi obrazlar talqiniga alohida e’tibor qaratildi.Dostonlarda Farhod,Shirin,Xusrav,Xoqon,Layli, Majnun, Navfal, Bahrom, Dilorom, Farrux, Axiy, Sa’d, Mas’ud, Juna, Mehr, Suhayl, Navdar, No`mon, Muqbil, Mudbir,Iskandar, Doro, Ravshanak,ko`plab olimlar, ota-onalar obrazi uchraydi. Ayni paytda, Husayn Boyqaro,Badiuz-
Zamon, Shoh G`arib Mirzo kabi hukmdorlar madh etilgan o`rinlar, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy kabi mashhur shoirlar nomlari ko`zga tashlanadi.Kitobda bu obrazlar talqiniga emas,balki dostonlardagi ana shu timsollar bilan bo`g`liq voqea-hodisalar,kechinma-
lar jarayonida shoir fikrlari,qarashlarini yanada yorqinroq,aniqroq tasvirlash maqsadida misralarga singdirilgan,o`quvchiga unchalik ham tanish bo`lmagan payg`ambarlar,diniy-tasavvufiy, Surush,mifologik obrazlar xususida mulohaza yuritildi. “Xamsa”da payg`ambarlar nomlari kiritilgan o`rinlar, misralar aniqlab olindi.Odam Atodan boshlab,payg`am-
barimiz Muhammad (a.s.)gacha o`tgan mashhur payg`ambarlar,ular bilan
bog`liq ma’lumotlar qayd etildi.Misralar tahlilga tortildi.Mashhur so`fiy-
lar,ularning hayoti,qilgan ishlari, “Xamsa”da nima maqsadda tilga olingani
bilan bo`g`liq mushohadalar bayon qilindi.Nisbatan kam ma’lumotga ega
bo`lganimiz Surush haqida fikrlar bildirildi.Asarda Xizr, Bahrom Go`r
mavjud o`rinlar atroflicha tahlil qilindiki, bu o`quvchilarning nazariy bilimini boyitadi, “Xamsa” mohiyatini anglashni osonlashtiradi.
Kitobning katta qismini dostonlarning badiiyati bilan bo`liq jihatlar tashkil
qiladi.Unda “Farhod va Shirin” dostoni misolida she’riy san’atlar,xususan, lafziy san’atlar, “Xamsa”da xalq maqollarining qo`llanishi, turli afsona va rivoyatlarga ishora qiluvchi xos baytlar, tush manzaralari, ramzlar xususidagi mulohazalar bildirilib, ularning asardagi maqsad va vazifalari talqin qilindi.Shu asosda o`quvchiga noma’lum, nazariy bilimini boyituv-
chi fikrlar bayon qilindi.
Kitobning uchinchi bobi “Xamsa” mohiyatini anglashga yo`naltirildi.
Asarda qanoat tushunchasi,ayrim hikoyatlar tahlili,hikmatomuz baytlar
saralab olindi, kitobxonga saboq bo`luvchi pand-nasihatlar talqin etildi.
Bu ham “Xamsa”ning buyukligi,shoir g`oyalarining abadiyligini ko`rsata-
di.Bularni tushunishda o`quvchiga osonlik tug`diradi.
Umuman olganda, Navoiy “Xamsa”si mangu sarchashma.Ma’naviyati-
mizning tuganmas xazinasi.U har bir davr,har bir zamonda o`z ahamiyatini
saqlab qolaveradi.Asardagi g`oyalar eskirmas.Komil inson,ma’naviyati,
dunyoqarashi mukammal shaxs ehtiyoji bor ekan, Navoiy “Xamsa”siga suyanaveriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |