Навоий “хамса” сидаги баъзи образлар талқинига доир


“XAMSA”DAGI AYRIM HIKOYATLAR TALQINI



Download 1,04 Mb.
bet17/23
Sana01.01.2022
Hajmi1,04 Mb.
#282343
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
alisher navoiy xamsasini organish

3. “XAMSA”DAGI AYRIM HIKOYATLAR TALQINI
Alisher Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini tezda anglab yetishning bir qator murakkabliklari bor. Ayrim bayt, hikoyat, obraz yoki timsollarning asosiy ma’nosini to`g`ri tushunish chuqur tafakkur, keng qamrovli ilmni talab etadi. Shoir asarlarini teranroq his qilishda tariqat odobi, tasavvuf mohiyati, islom odob-axloqi, so`fiylar hayoti, shaxsiyati bilan bog`liq jihatlardan oz bo`lsa-da xabardor bo`lishning ham ahamiyati bor. Ayniqsa, Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari bilan tanishishning afzalliklari ko`p. Shoirning boshqa asarlarida ilgari surilgan g`oyalarni to`g`riroq talqin etishda uning o`rni katta. Ma’lumki, “Xamsa” da bir qator masalalar yoritilgan. Ko`pgina ibratli hikoyatlar keltirilgan. “Hayrat ul-abror” ning o`n uchinchi maqolatida haqiqiy insonlik, “odamiylar odamiysi qanday bo`lishi haqida mulohazalar bildirilgan.1 Shoirning ta’kidicha, “Necha jafo yetsa, vafo aylagan”, azob-u ozorlarga sabr bilan chidaydigan, hech kimga yomonlikni ravo ko`rmaydigan kishi “bashar xaylining insoni”. Shu yerda Ayyubi xalaf va o`g`ri haqidagi hikoyat keltirilgan.2 Ayyubning uylariga lahm qazib o`g`ri kiradi. Ko`p narsani orqalab o`sha teshikdan chiqib ketishni istaydi. Voqeadan xabardor bo`lib turgan Ayyub o`g`riga yumshoqlik bilan muomala qiladilar va eshikni ochib beradilar. O`g`ri tavba qiladi. To`g`ri yo`lga kiradi – voqea shu. Odatda, uyiga o`g`ri kirgan kishining qay holatga tushishi, unga qiladigan munosabati ayon. Ammo Shayx nega karamu afv ko`rsatdilar, yaxshi muomala qildilar? Sababi nima?

Ayyub – komil inson. Adashganni to`g`ri yo`lga solish haqiqiy musulmonning ishi – bu bir tomoni. Ikkinchidan, shayx “shariat rioyati va tariqat odobi” dan xabardor edi. Bu odobning shartlari, qoida va amallari qanday? Mana shu yerda bir oz qiyinchilikka duch kelamiz. Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida tariqat odobi haqida fikrlar keltirilgan. Shoir shunday yozadi: “Ul adabdurki, yaxshiyu yomonga va ulug`u kichikka bajo keltirurlar... Hattoki, o`z farzandlariga va xodimu mamluklarigaki /qul, asir/, har necha alardin beqoidalig` ko`rsalar, xushunat / qo`pollik/ birla alarga so`z demaslar, balki nasihatni yumshog` va chuchuk til bila qilurlar, hattoki o`g`rigacha”.1

Ayyubning o`g`riga yumshog` muomalasi ana shu jihat bilan izohlansa to`g`ri bo`ladi.

Maktab o`quvchilari Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoniga kirgan “Hotami Toyi hikoyati” ni yaxshi bilishadi. Hotam – adabiyotimizdagi saxiylik timsoli. Ammo u o`tinchi cholni o`zidan ham ustun qo`yadi. O`z mehnati bilan yashash, birovning minnatisiz umr kechirish – komillik nishonasi. Chol shunchaki oddiy mehnatkash emas. U aqli komil, ilm-ma’rifatdan xabardor ulug` zot. Sharq allomalari halol mehnat bilan kun kechirishi ko`p targ`ib etishadi. Buning boisi bor. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da Abdulloh Ansoriy shayxlar haqida yozganda, shayx Abu Said Xarrozni “barchadin alarni ko`prak vasf qilibdurlar”2 deydi. Sababki, “alar o`t uk /etik/ tikarga mansubdirlar”, ya’ni mehnat qilib, halol luqma bilan kun kechirishni odat qilgan ekanlar. Navoiy keltirgan bu hikoyat bilan “Hotami Toyi”dagi chol orasida o`xshashlik, yaqinlik ko`zga tashlanadi. Chol obrazini ana shu asosda tahlil etish muvofiqdir.

Navoiyning lirik asarlari, “Xamsa”, “Nasoyim ul-muhabbat” va boshqa asarlarida “Futuvvat”, “Javonmard” /“juvonmard”, “jo`mard”/, “Muruvvat” kabi atamalar ko`zga tashlanadi. Bu so`zlarning ma’no va mohiyatini bilmaslik, ular uchraydigan misralar mazmunini yetarlicha anglamaslikka sabab bo`ladi. Ularning istilohiy, lug`aviy ma’nolari, futuvvat shartlari, qonun-qoidalari Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati”3 kitobida va boshqa ko`pgina manbalarda qayd etilgan. Professor N.Komilovning bu boradagi fikrlari e’tiborga loyiq.4

Bu boradagi ma’lumotlarni bilish- Navoiyning ayrim fardlari, qit’alari- umuman lirik asarlari, “Xamsa”dek yirik asarlaridagi mohiyatni, ayrim obrazlarga xos xususiyatlarni to`g`ri va yetarlicha tushunib olish imkonini beradi. Hammamizga ma’lum bo`lgan va 10-sinf uchun chiqarilgan “O`zbek adabiyoti” darsligiga kiritilgan ushbu fardga e’tibor beraylik:

Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo`q,

Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yo`q.1


She’r tahlili darslikda berilgan. Ammo uning mazmunini yana ham batafsil anglash uchun “Futuvvat”, “Muruvvat” tushunchalaridan yetarlicha xabardor bo`lish zarurga o`xshaydi. Agar o`quvchi ulardagi mohiyatni, bu guruhga taalluqli shaxslar xarakteri, tabiatidan bexabar bo`lsa, fard mazmunini chuqur his qila olmaydi.

“Xamsa”– umumta’lim maktablarida keng o`rganiladi. Asardagi ayrim hikoyatlar, obrazlarni “Futuvvat”, “Muruvvat”, “Javonmard” kabi atamalar bilan bog`langan holda kengroq tadqiq etish zarur. Zero, shularsiz ularning mohiyati yetarlicha ochilmaydi. Shoir asarlarida gadodan tortib adolatli shohgacha, payg`ambardan tortib, shayx, so`fi, oddiy kishilargacha, ma’shuqa-yu oshiqlar, navjuvon yigitdan tortib, mehnatkash cholgacha mana shu sifatlarga ega shaxslar tarzida sharh etiladi. “Xamsa”dagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Iskandar, Axiy, Mas’ud, Ayyub, o`tinchi chol, gado va boshqalarni esga olaylik. Ularning har birida “Futuvvat ahli”, “javonmard”larga xos yoki bu xususiyatlar kuzatiladi.

Birgina misol: “Layli va Majnun”da bir necha o`rinda “Muruvvat”, “Futuvvat”, “Javonmard”, “Futuvvat ahli”, “Muruvvat ahli” jumlalari ko`zga tashlanadi. Avvalo, Majnun ham javonmardlardan edi. Uning hech kimga ozor yetkazmasligi, insonlarga, hatto hayvonlarga bo`lgan munosabati va muhabbati, pok qalb-u toza ko`ngli shunga ishora. U “nafsdin kechib tamomi”, ya’ni nafs balosidan qutilgan, ruhan yuksaklikka ko`tarilgan, axloqi yuksak zot. Axloq komilligi, nafsni mag`lub etish ham javonmardlarga xos. Zayd Majnunga “Ey juvonmard!”- deya murojaat etadi. Shoir shunday yozadi:

Majnunki futuvvat ahli erdi,

Ihsonu muruvvat ahli erdi.1

Umuman, Majnun obrazini ham, boshqa obrazlarni ham ana shu jihatdan tahlil etsak, Navoiy qarashlari, shoir ilgari surgan g`oyalar mohiyatini to`g`ri anglay boshlaymiz. O`quvchilarimiz Navoiyning shoirona iste’dodi, asarlaridagi ulug`vor salohiyatni yanada yorqin his qila boradilar.




Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish