HUQUQIY SAVODXONLIK- MA’NAVIY ETUKLIK MEZONI
Xuquq - bajarilishi majburiyligi o‘rnatilgan yurish-turish qoidalar, xatti- harakatlaridir. Huquqning majburiyligi davlat tomonidan o‘rnatiladi va bajarilishi ta’minlanadi. Huquq tushunchaksi fuqarolarga nisbatan olinsa, u Konsututsiyaviy yoki oddiy huquqlarga bo‘linadi. Konstitutsiyaviy huquqlar konstiutsiyaviy me’yorlar bilan oddiy huquqlar oddiy qonunlar bilan tartibga solinadi. Huquq o‘z navbatida tarmoqlarga bo‘linadi: konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq fuqarolik huqo‘qi, jinoyat huquqi va boshqalar.
Huquq va ma’naviyat o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bir birini barpo etish, insonparvar fuqarolik jamiyatni vujudga keltirish byuilan uzviy rivodjlanib bormoqda. Buni ma’naviyatni rivojlantirmasdan amalga oshrib bo‘lmasligi hammagna ayon Mmalakat Prezidenti Islom Karimov ma’naviy – axloqiy va madaniy yuksalishni xalqimizning azaliy turmush demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning kafolati deb bildi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, to ma’naviy kamolotga etmaguncha to xatti- harakatlarimiz munosabatlarimiz aqlu –idrok va umummanfat doriasiga ko‘tarilmaguncha demokratiyaning mazmuni ham, ko‘lami ham talab darajasida bo‘lmaydi. Bu bevosita fuqarolar ongi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish jarayonlari bilan bog‘liq. SHu bosidan ham albatta bu jarayon savodxonlik bilan belgilanadi. Demak, ma’naviy va madaniyatneing asosiy belgilaridan biri- savodxonlik va ilm bo‘lib, bular ma’naviy boyligimizning poydevori hisoblanadi. Hozirgi sohada ishlayotgan 46 ming xodimdan 2,8 mingga fan doktori 16,1 ming fan nomzodlari- kelajagi taraqqiy etayotgan davlatimiz rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayapti.
O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1997 yil 20 may kuni respublika huquq- tartibot idoralari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy ommaviy axborot vositalari bilan bo‘lgan uchrashuida ko‘tarilgan eng muhim mavzu:
-
huquqiy bilim
-
huquqiy ong
-
huquqiiy madaniyat qilib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» matbuotda e’lon qilindi.
1) Huquqiy bilim- O‘zbekiston aholisini savodsiz deb bo‘lmaydi bizni sho‘ro davrida inqilobgacha 2 foiz savodi bor xalq deb kelgan edi. Afsuski, inqilobgacha bo‘lgan davrda ham ko‘plab machit-madrasalar, maktablar mavjud bo‘lgan va ularda aholi deyarli 50 foiz atrofida savodli edi. Bugungi kunda O‘zbekiston savodxon o‘lkallardan biri. O‘zbekiston aholisining 99,06 foizi savodli. Lekin shuni ta’kidlash joizki 1997yil 20 mayda Prezidentimiz huquq-tartibot idoralar rahbarlari bilan uchrashuvda, keyinchalik 1997 yil 29 avgustda tasdiqlangan «Jamiyatda huuqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi»da ta’kidlaganidek, xalqimizning huquqiy bilimini oshirish eng muhim galdagi masala deb qaraldi. Negaki demokratik davlat qaror topayotgan bir sharoitda Konstitutsiya qonun Farmonlarga bo‘lgan munosabatimiz ana shu huquqiy bilimlar bilan belgilanadi. Bu borada Toshkentdagi Huquqshunoslik instituti, Adliya vazirligi kbi markaz huzurlarida huquqshunos xodimlarning bilim saviyasini yanada oshirish, xalqimizga qonunlarning mohiyatini tushuntirish muhim vazifa qilib qo‘yildi. SHu boisdan ham 1977 yil kuzidan boshlab respublikkamizning barcha maktablarida «Siz qonunni bilasizmi? Mavzuida tuman viloyat ruspublika mintaqaviy ko‘rik-tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Bu masalaga bugungi kunda jiddiy ish deb qaralmoqda…..
2) Huquqiy ong-kishilarning huquqqa qonunga odil sudlovga bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan qarashlar yig‘inisi. Huquqqa hurmatda bo‘lish yoki huquqni mensimaslika ta’sir qiladi. Kishining huquqiy ongi qanchalik kuchli bo‘lsa, huquqiy me’yorlarning ixtiyoriy bajarilishiga olib keladi.
Huquqiy me’yorlar-huquqni belgilovchi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yor . Ular turli ko‘rinishda shaklda namayon bo‘ladi. Huquqiy me’yorlar Konstitutsiyada qonunlarda va boshqa ma’yoriy hujjatlar bayon qilinadi Huquqiy munosabatlar-huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Mehnat pul-kredit munosabatlariga kiradi.
-
Huquqiy madaniyat-fuqarolarning etukligi va ongliligini ko‘rsatuvchi me’yor. Huquqiy madaniyat tushunchasi, huquqning rivojlanish darajasi, aholning huquq haqidagi tushunchasi qonunlarining ahvoli quqni amalga oshirish ishlarining tashkil etilish darajasi, huquqning obro‘i singari qismlardan tashkil topadi. Huquqiy madaniyatga huquq faning rivojlanish darajasi, huquqni tashviq qilishning qanday yo‘lga qo‘yilganligi, madaniyatning umumiy darajasi ta’sir qiladi.
Demak huqo‘qiy madaniyat-umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiiy bilimlarga ega bo‘lgan va ulrani amalda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanadi. Milliy dasturimizning maqsadi aholning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo‘lay olishlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning keng qamrovli tizimini yaratishdan iboratdir. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi quyidagi vazifalarni ko‘zda tutadi:
-
huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish:
-
barcha davlat organlari mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish:
-
aholining huquqiy savodxonligini oshirish:
-
fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faprovonligini oshirish.
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib yoshlikdan boshlab berilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq hulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi m’anviy va ba’zi huquqiy me’yorlar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘qish davomida bu bilimlar kengaytrilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur, deyiladi «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi»da.
Huquqiy madaniyatni shalkllantirish ma’naviy qadriyatlarimsizning ko‘p jihatlari bilan bog‘liq. Huquqiy madaniyatning mohitini qonunni tushunish, bilish, hayotga tatbiq etish, ijrosini ta’minlash va shaxslarni ijtimoiy hayotmizda faol qatnashishi va bunday faoliyatni boshqalardan ham talab qilishdagi jarayonlarda ko‘rishimiz mumkin. Huquqiy madaniyatni, avvalo, insonning ichki dunyosi, ichki madaniyati, umuminsoniy an’analarga va huquqiy bilimlarga bo‘lgan munosabati belgilaydi. SHaxsning ichki madaniyati uning tashqi odobini ko‘rsatadi. Huquqiy madaniyat egasi bo‘lgan kishi jamiyat talablari va qoidalariga hurmat bilan qarydi, jamiyatni boshqarishda o‘zning huquqiy malakalarini ishga solib, faol qatnashadi. Dunyo tajribasi shunday qoida bor: qonunni bilmaslik aybni engillashtirmaydi. Biz qonunga mansimaslik bilan qarasak, uni o‘rganmaslik shunday noqulay ahvolga ko‘proq tushamiz. Qonunni bilish, hurmat qilish jinoyatdan jinoiy olamdan yiroq yurishning birdan-bir yo‘lidir. Qonunga hurmat inson madaniyati bo‘lib qolganda bunday jamiyatni boshqarish, adolatni barqaror etish oson bo‘ladi.
Ma’naviyat so‘zsiz jamiyat taraqqiyotida salmoqli o‘rin egallydi, boshqacha aytganda ma’naviyat huquqiy davlat tayanchidir. Fuqarolarning ma’naviy etuklik darajasi yuqori bo‘lgan taqdirdagina ular ijtimoiy hayotning taraqqiy hayot qonunlari, huquqiy davlatning mohiyatini va insoniyatga adolatli hayot kechirish kafolatini berishni yaxshi biladi.
O‘zbekiston Respublikasi ravnaqi va kelajagi uchun shaxslarning huquqiy madaniyati davlat tomonidan nazorat qilinadi va boshqariladi. Bunda respublika Ichki ishlar vazirligi akademiyasi muhim o‘rni tutadi.
Fuqarolar huquqiy madaniyatini shakllantirishda jamoat fikri ham salmoqli rol o‘ynaydi. SHarq xalqlari, mahallamahalla bo‘lib yashaydigan joylarda odamlaor o‘zlarining har bir xatti-xarakatlarini tartibga solishga va nazorat qilishga intiladilar.
Xuquqiy axloq borasida sharq xalqlarining o‘z tushunchalari mavjud. U milliy tarixga, azaliy qonun-qoidalarga asoslanadi. Lekin bu xalqlarda huquqiy madaniyat tushunchasi axloq odob, madaniyati tushunchalari bilan qorishiq xolda tushunilganligini biz Navoiy Bobur Forobiy, Amir Temur singari buyuk zotlar asarlarida vasitlarida o‘qish mushrhada qilish bilan tushunib etamiz. Alisher Navoiyning safdoshi va shogirdlaridan biri Xusayn Voiz Koshifiy «Ijtimoiy axloqiy fazilatlarni yuzaga chiqarishning asosiy vositasi» deb ilm- ma’rifat bilan axloqiy tarbiyani tushunadi. Uning «Insonning qadr-qimmati uning mol-mulki yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning ma’naviy qiyofasi axloqiy sifatlari bilan o‘lchanadi» degani bejiz emas.
Milliy ma’naviyatimizdagi huquqiy-axloqiy qadriyatlar hozirgi davrda ham muxm o‘rin tutadi. SHarqda «Ash-SHaria» arabcha so‘z bo‘lib, «To‘g‘ri haq yo‘l» degan ma’noni bildiradi. U nafaqat qonunchilki tizimining balki musulmonlarning bugun hayotning barcha tomonlarini- turmush tarzi, eb-ichishi, kiyinishi, axloqiy diniy huquqiy burch va majburiyatlari, taqdirlangan ishlari, mukofotlari va jazolari majmuidan iborat, va ayni paytda shariat sof diniy qonunchilik tizimi bo‘lib qolmay, u birinchi navbatda danyoviy qonunchilik tizimi – jamiyat va davlat hayotida inson aql-zakovati ahli inson talablari, insoning sha’ni shavkatini hurmatlash, qonun kuchi bilan bu huquqlar va burchlarini kafolab berishga qaratilgan huquqiy-ahloqiy tizimdir.
SHariatning rivojda borishi bilan shariat manbalari bo‘lmish Qur’oni Karim, Sunna, ra’y-Qiys va Ijmo’da mavjud bo‘lgan umuminsoniy huquqiy-ahloqiy qadriyatlar jahon huquqiy adabiyotida birinchi bo‘lib musulmon huquqi tizimida – shariatda keng ko‘lamda asoslab berildi, bu huquqiy qadriyatlarning kafolati mexanizmi yaratildi… yoki bo‘lmasa «Al-Xidoya» da oila va nikohning huquqiy negizlari batafsil ishlab chiqilgan bulib, erga yoki ayolga tegishli majburiyatlar, huquq va ahloqiy burchlar kafolatlab berilgan.
3. ADOLATLI DEMOKRATIK DAVLATNING QONUN USTIVORLIGI FUQAROLAR HAMJIHATLIGI VA HUQUQLARINI TA’MINLASHDAGI VAZIFALAR
Demokratik davlat- bunday davlatda davlat organlarini tashkil qilishda ularning faoliyatida mamlakat fuqarolari turli-tuman yo‘llar orqali va keng ishtirok etadi. Fuqarolarning davlat organlarini tashkil qilishda ishtiroki qonun yo‘li bilan kafolatlanadi va ularning ishtirokiga keng imkoniyatlar yaratiladi. Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti va ekrinliklarini ta’minlash choralarini doimiy ravishda ko‘rib boradi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konsitutsiyasi yangi jamiyatning ishnochli huquqiy kafolatlarini shakllantiradi va mustahkamlaydi. Asosiy Konun va tomonlama va chuqur o‘ylangan umumxalq muxokamasidan keyin demokratik yo‘l bilan qabul qilindi. Konsitututsiya 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib uning 2- bo‘limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va barchlari» deb nomlanadi. Umumiy g‘oyasiz bizning ko‘p millatli mamlakatimizda mustahkam ma’naviy makonni yaratish mumkin emas. Konsitutsiya bizga inson huquqlari, ozodlik barqarorlik va taraqqiyot majmuini ifodalaydigan demokratik huquqiy va adolatli davlatni qanday qilib qurish yo‘llarini ochib beradi. 53
Huquqiy davlat- davlat tuzilishi va faoliyatning huquqqa asosilanganligi. Huquqiy davlatda quyidagi shartlar albatta bo‘lishi kerak.: xalq hokimyatining amalga oshishi; shaxs huquqi va erkinliklarining davlat –tomonidan har qanday holda buzulmasligi; Konsitutsiya va qonunning ustivorligi; hokimyatning bo‘linishi tamoyiliga amal qiladi. Sudlarning mustaqilligi. Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat shaxs hisoblanadi.
Mamlakat Prezidenti Islom Karimov ma’naviy –ahloqiy va madaniy yuksalishni, xalqimizning azaliy turmush tarziga aylangan ma’rifat va adolatni mamalkatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning kafolatli deb biladi.
O‘zbekistonning boshqaruv shakli va siyosiy rejimiga quyidagi baho berish mumkin:
-
O‘zbekiston Konsitutsiyasi jahoning bir kator ilg‘or va demokratik davlatlari konstitutsion tizimiga mos keladi hamda tub aholi ma’naviy –ruhiy ehtiyojlari, an’analari, turmush tarzi uyg‘unlashtirilgan.
-
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy demorkratik davlat barpo etishning yangicha, o‘zbekona tamoyillari ishlab chiqilgan.
Ulug‘ mutafakkir I.Kant ta’biriga ko‘ra, davlat -huquqiy qonunlarga bo‘ysungan ko‘pdan - ko‘p odamlarning yig‘indisidir. Demak, har qanday demokratiya boshboshdoqlik, so‘zamollik shiorbozlik va ayyuhannos ko‘tarish emas, aksincha qabul qilingan qounnlar doirasida bo‘ysunub yashash salohiyatidir. Buyuk bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy: «Boshqaruv ham qonunlarning soniga va qadriyatiga bog‘liq. YAxshi boshqaruv-yaxshi qonunlaraga bog‘liq»,- degan edi. Hozirgacha qabul qilingan 200 dan ortiq konunlarning asta-sekinlik bilan amalga oshirilayotganligi bunga yaqqol misoldir.
O‘rta asrlar davrida buyuk sohibqiron Amir Temur nafaqat kuchli markaziy davlatga asos solidi. Balki uning huquq tizimining yangicha asoslarini ishlab chiqdi. Kuchli markazlashgan davlatni tuzish mustahkamlash, rivojlantirish, saqlash va bu davlatni idora qilish qonunlari majmuasi – «Temur tuzuklari»ni yaratdi. O‘zi ishlab chiqqan tuzuklarga muvofiq davlatni boshqarishda 12 rahbariy qoida ya’ni tamoyillarga amal qildi:
-
Islom ta’limotini , insopravarlik g‘oyalarini asosiy mafkura sifatida qabul qilib, shariat, ya’ni qonuniylikka yanada rivoj berdi.
-
Davlatni boshqarishda aholining barcha- tabaqalariga: sayidlar, shayxlar, huquqshunoslar, notiqlar, fozil va olim kishilar hunarmand, savdogarlar va boshqalarga tayanib ish ko‘rdi va ularning manfaat hamda huquqlarini himoya qilidi.
-
Davlatni iroda etishda maslahat-kengash tadbirkorlik, xushyorlik, ehtiyotkorlik bilan ish tutdi.
-
Davlat va jamoat ishlarini qonunlar va huquqiy tartibot talablari asosida hal qildi.
-
Davlat xizmatini ado etib turgan kishilarni amir va sipohlarni unvon martaba va xizmatiga yarasha moddiy va ma’naviy rag‘batlantirdi.
-
Davlat ishlarini adolat va insof bilan yuritdi, mazlumlarni ximosya qildi.
-
Mashoyih ulamo va aqlli kishilarni e’zozlab, izzat hurmatini o‘rniga qo‘ydi.
-
Azmu jazm bilan o‘ylab ish tutdi, bir ishni bitirmasdan turib, boshqasiga tushmadi.
-
Raiyat. YA’ni xalq ahvolidan doimo ogoh bo‘lib turdi uni hokim va sipohiylar etkazadigan jabr-zulmdan himoya qildi.
-
Boshqa mamalkatlardan panoh izlab kelgan kishilarni himoyaga olib ularga izzat- ikrom ko‘rsatdi.
-
Farzandlar, qavmu qarindoshlar va bir zamonlar yaxshiligi tekkan kishilarning xizmatlarini unutmadi va haqini ado etdi.
-
Sipohni asradi, hurmat va izzatini o‘rniga qo‘ydi.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur asos solgan kuchli markazlashgan davlat insoniyat tarixida yaratilgan 6 ta davlatning biridir. Amir Temur o‘z hayoti mobaynida 5 nrasaga qat’iy e’tiqod qilgan va hamisha ularga amal etgan:
-
Ollohga e’tiqod
-
Tafakkur, ya’ni fikrlash va mushohada qobilyati
-
Kilich- ul yigitning yo‘ldoshi……..
-
Iymon…. Iymonli odam xiyonat qilmaydi……..
-
Kitob (bitik) –barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aqlidrokning, ilmu faning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir».
Bugungi kunda insonparvarlik, adolatli huquqiy buyuk davlat quratyogan O‘zbekiston fuqarolari uchun ham bu qoidalar tafakkur qonun iymon, kitobga e’tiqod qilinsa foydadan xoli bo‘lmaydi.
AQSHning O‘zbekistondagi Favquloda va muxtor elchisi janob Stenli Eskudero ta’kidlaganidek, (amerikaliklar qonunni yuksak qadrlaydi va unga amal etish bilan nom qozongan) «Biz amerikaliklar qonun bilan idora qilishning afzallligiga, uning har narsadan ustun ekanligiga qattiq ishonamiz. Qonun-adolat degani. U voqelik o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Masalan bir paytlar Amerika sobiq Prezidenti Richard Niksonga uning shaxsi qonundan yuqori emasligini eslatishga to‘g‘ri kelgan edi. Buning natijasida u qonunni suiiste’mol qilayotganini tushunib, iste’foga chiqdi AQSH da moliyaviy jihatdan nochor ayblanuvchilarga davlat advokat yollash sharoitini yaratadi. Bu dalilning o‘ziyoq AQSH huquq tizimining qay darajada insonparvarlik ekanini kuo‘rsatadi. Har bir ayblanuvchida oqlovchi yollash imkoniyati mavjud. Mamlkatimizdagi ko‘plakb muhojirlar ham shunday huquqdan foydalanadilar».
Respublikaning hozirgi amaldagi Konstitutsiyasidan oldin ham Konsitutsiyalar qabul qilingan. Masalan 1927,1937,1958 yillarda Konsititutsiyalar qabul qilingan. Lekin hozirgi amaldagi Konsititsiya oldingilariga nisbatan g‘oyaviy va mazmuni tubdan farq qiladi. Sababi Konstitsiyamiz - mustaqillik va inson huquqlari garovidir…………
15.Mavzu: Oila ma’naviyati va mahalla muhiti-milliy taraqqiyotimiz kafolatlari.
1.Oila.
2. Oilaviy munosabatlar.
3.Ota-onava farzandlarning burchlari.
4.Mahalladagi mahalliy muhit.
5.Mahalla birlashtiruvchi kuch.
Insoniyat yaralibdiki, doimo uyushib yashab kelgan. Chunki bir joyda uyushib yashash turli xil xavfdan himo-yalanishni osonlashtirgan. Shu sababli ovullar, qishloqlar va shaharlar paydo bo'lgan. Ayniqsa, ishlab chiqarishning o'sishi va mehnatni tashkil etish masalasi kun tartibi va qo'yilishi xalqning bir joyda to'planib yashash istiqbolini yanada rivojlantirdi. Bu hoi mamlakatimiz xalqlari tari-xiga ham xos bo'lib, xalqimizning turmush tarzi va tafakkurida o'chmas iz qoldirgandir. O'zbek qishloqlari-da turli marosim va to'ylarni o'tkazish uchun oqsoqollar muhim rol o'ynagan. Qishloq oqsoqoli obro'li, halol in-son bo'lib, boshqalarga o'z ta'sirini o'tkazgan. Chorva-dor xalqlarda ham qishki va yozgi yaylovlarda muvaqqat ovullar bo'lgan, ularni ham oqsoqollar, yurtning obro'li insonlari boshqarganlar. Shaharlarning paydo bo'lishi bilan mahallalar yuzaga kelgan. Uzoq tarixda turli xil kasb egalari alohida-alohida bo'lib birlashganlar. Shu sababli boqqollar, kosiblar, kulollar va h.k. mahallalari paydo bo'lgan. Lekin yaqin o'tmishda barcha kasb egalari ara-lash-quralash bo'lib ketgandan keyin ma'lum bir hudud mahalla bo'lib shakllandi. Mahallalar ham davrga qarab o'zgarib bordi, ularning boshqaruv shakli ham yildan-yil-ga takomillashib, hozirgi ko'rinishga ega bo'ldi.
«O'rta Osiyoda va, awalo, O'zbekistonda mahalla kabi o'zini o'zi boshqaruvchi ijtimoiy tashkilotning noyob shakli azaldan mavjud bo'lgan va shu kungacha ham saqlanib qolgan,— degandi Prezident I. Karimov.— O'zbeklar uchun mahalla jamoa tushunchasidan ko'ra ko'proq ma'noni bildiradi». Mahallaning o'ziga xos turmush tarzi bo'lib, u yerda istiqomat qiluvchi kishilar kim bo'lishidan qat'i nazar uning qonun-qoidalariga bo'ysunadi, bir-bir-lariga yordam beradi, to'y-ma'raka, hasharida birga bo'ladi. Shu sababli mahallaning turmush tarzi unda yashayotganlar tafakkurida o'ziga xos iz qoldirdi.
Mahallada norasmiy ijtimoiy aloqalar tizimi tarkib topgandir. Agar biron to'y bo'lsa, oqsoqolning bir og'iz gapi bilan barcha qo'ni-qo'similar xizmatda bo'ladi. Birov choy qaynatadi, birov masallig' olib keladi. Xotin-qizlar ham barchasi xizmatda bo'ladi.
Ma'raka ham xuddi shunday, bir og'iz gap-so'zsiz ijro etiladi. Hamma mahalla sha'nini saqlashga harakat qila-di. Bu yerda jamoa va oqsoqollar fikriga bo'ysunish «Bir bolaga yetti mahalla ota-ona» iboralari paydo bo'lgan. Kishilarning eng xursandchilik va og'ir kunlarida ham mahalla insonlarning kuniga yaraydi, yordam ko'rsatadi, ko'nglini ko'taradi. Yuqorida keltirilgan iboralarning mazmun-mohiyati naqadar chuqur bo'lib, tarix sinovlari-dan o'tgan. Shuning uchun xalqimiz orasida hamon yan-gi mazmun bilan yashab kelmoqda.
Ayni paytda mahalla ko'pchilik di. Chunki bu yerda ibrat bo larli voqealar ham, ogohlantiruvchi voqealar ham sodir bo'ladi. Agar mahallada ma'naviy muhit yomon bo'lsa, u yerda turli bezorilar, jinoyatchilar, noqonuniy ishlar bilan shug'ullanuvchilar ko'payadi. Agar ma'naviy muhit yax-shi bo'lsa, buning teskarisi bo'ladi, ya'ni ilmli, iymonli, mehnatkash insonlar ko'payadi. Shu sababli ma'naviy muhit shaxsni ham, butun avlodni ham muayyan yo'nalishda shakllantiradi, tarbiyalaydi, ijobiy xislatlarni yuzaga chiqaradi, ularni nomaqbul ta'sirlardan himoya qiladi. Ma'naviy muhit har qanday yutuq va kashfiyot-larning (chetdan qabul qilingan yangi qadriyatlarning ham) taqdirini belgilaydi: yo rivojlantiradi, yo unutilishga mah-kum etadi, yoki deformatsiya qilib, o'ziga moslashtiradi. Ma'naviy muhit — jamiyatning hissiy, aqliy va jismoniy kamolot borasida erishgan o'rtacha saviyasi asosida vujudga kelgan talablari va ularning amalga oshishi tartibi. Muhit, odatda, barqarorlikka, bir tekislik va bir xillikka intiladi, uning talablari va ta'siri hammaga birdek — o'rtacha bo'ladi. Uning talablariga javob berish uchun kimlardir o'zini tarbiyalaydi, takomillashadi, o'sadi va hokazo. Kimlar uchundir umumiy ma'naviy muhitning talablari kamlik qiladi. Bunday shaxslar yoki ijodiy guruhlarning imkoni-yatlari to'liq yuzaga chiqmasdan qolish xavfi tug'iladi. Shu boisdan umumiy ma'naviy muhit doirasida nisbatan mos-lashgan tabaqaviy, kasbiy — professional yoki guruhiy muhitlar — submuhitlar mavjud. Submuhitlar o'zaro bir oz farq qiladi. Farq muayyan ijtimoiy guruh, tabaqa va sinflarning psixologiyasi va siyosiy mavqei, intilishlari ta'sirida vujudga keladi. Ammo bu farqlar ortiqcha baho-lanmasligi va ma'naviyatga bolshevikchasiga mustahkam-lashtirilgan sinfiylik nuqtayi nazaridan yondashish uchun asos bo'lmasligi kerak. Submuhit umum muhitdan ajralib keta olmaydi va pirovardida uning talablariga bo'ysunishga majbur bo'ladi.
Har bir yosh avlodning ma'naviy yetuk, komil shaxs bo'lib voyaga yetishida musaffo havo, tabiat bilan birga-likda mahalla va oila muhiti juda katta rol o'ynaydi.
Buyuk yunon olimi Demokritdan bir kishi kelib so'raydi:
-
Hozirgi yoshlar to'g'risida nima deya olasiz?
-
Hozir yoshlar o'z bilganlaridan qolmaydilar, ularda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat yo'qolgan, mahmadona va o'zboshimcha bo'lib ketishgan. Buning oldini olish uchun oiladagi va mahalladagi tarbiyani kuchaytirish kerak, — deb javob beribdi buyuk mutafakkir.
Demak, mahalla kishilarning tarixan shakllangan, ya-gona maqsad bilan yashab, faoliyat ko'rsatadigan makoni hisoblanadi. U o'zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruv-chi, milliy an'analarini, urf-odatlari, axloqiy-ma'naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo'lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar ularni ezgulik yo'lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta oila hisoblanadi. Bu oila insonlarning bir-birlariga bo'lgan o'zaro hurma-ti, muhabbati, mustahkam do'stligi asosida yashaydi, faoliyat ko'rsatadi.
Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog'liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag'rida kamol topgani kabi, oila ham mahalla ichida ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Kerak bo'lsa, mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tog'day ta-yanchidir. Sharq xalqlari, chunonchi, o'zbek xalqi shu narsani biladi, teran ma'no-mazmunini yaxshi tushuna-di. Darhaqiqat, sharq xalqlari uchun muhim xususiyat xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo'lishdir. Insonlar o'rtasidagi bunday bog'liqlik va hamjihatlikning muhim vositasi — mahalladir.
Professor O. Musurmonovaning «Oila ma'naviyati — milliy g'urur» (T.: «O'qituvchi», 1999) nomli kitobida mahalla va oila haqida batafsil ma'lumot beriladi.
To'p-to'p bo'lib, mahalla-mahal kun kechirganda, yashash uchun turli qulayliklar vujudga kel-gan, insonlararo muhim munosabatlar, muomala yo'sinlari shakllangan.
O'zbekistonda turmush madaniyatini yuksaltirish va juda ko'plab muammolarning hal etilishida tarixiy vazi-fani bajargan mahalla xalqning xalq bo'lib maydonga chiqishida eng birinchi omillardan bo'ldi, desak sira yang-lishmagan bo'lamiz. Mahalla birlashtiruvchi kuch bo'lib, Vatanning bir bo'lagi hisoblanadi. Mahallada yutuqlar, kam-ko'stlar ham qo'ni-qo'shnilarga ma'lum. Odamlar-ning bir-birlarini yaxshi bilishlari natijasida o'rtada mehr-oqibat paydo bo'ladi. Mehr-oqibatning boshi andishali-likda. Bularning barchasi xalqimizni ma'naviy jihatdan yuksaltirgan, uni madaniyatli xalqlar qatoriga ko'targan eng qimmatli milliy belgilardandir. Mahallani tinchlik va osoyishtalik qo'rg'oni, deyish ham mumkin. Afsuski, bizda mahallalar tarixi o'rganilmagan. Aslida, millat tarixini o'rganish mahallalar tarixini o'rganishdan boshlanadi.
Bizda mahallalar o'zaro yaqin hamkorlik va turli hu-narmandchiliklarning ham maskani bo'lgan. Mahallalar nomlarining o'zi ko'hna bir tarix: ko'nchilik, pichoqchi-lik, juvozkashlik, charxchilik, etikdo'zlik, tayibko'cha va hokazo. Shu bilan birga «professorlar», «olimlar», «shi-fokorlar», «geologlar» kabi mahallalar ham mavjud.
Mahalla shunday bir muqaddas makonki, unda insonlar bir-birlari bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do'st-birodar bo'lib, har bir xonadondagi to'y-u ma'raka, mo tamda, barcha xonadonlarning farzand tarbiyasida ham barcha mahalla ahli mas'ul, yutuqlar ham, kamchiliklar ham umummahalla ahliniki hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «Otang — mahalla, onang — mahalla» degan naql bejiz aytilmaydi.
Mahalla haqida gap ketganda, yurtboshimiz Islom Ka-rimov ta'kidlaganidek: «Asrlar mobaynida mahallalarda ko'pdan-ko'p hayotiy muammolar o'z yechimini topib keladi. To'y-ma'rakalar ham, hayit-u hasharlar ham mahalla ahlisiz o'tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan biz-ga meros bo'lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o'zi mahallalarni rivojlantirish va ularni qo'llab-quwatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko'p qir-rali islohotlar amalga oshayotgan bir paytda mahalla jami-yat uchun ishonchli tayanch va ta'sirchan kuch bo'lib xizmat qilishi lozim».
Mahallalarning faoliyatini yanada jonlantirish va ular-ning ta'sirini kuchaytirish maqsadida Prezidentimizning ibratli farmonlari va Respublika Oliy Majlisining qator qonunlari hayotga tatbiq qilinmoqda. Jumladan, «Fuqaro-larning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi Qonunni misol keltirsak bo'ladi.
Mahalla katta mamlakatning ichidagi kichik bir mam-lakatdir, katta davlat ichra kichik davlatdir. Shuning uchun uning boshqaruv tizimi bo'lgani kabi, uning xos ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy faoliyat mexanizmi ham asrlar davomida shakllangan.
Mahallada, unda yashovchi oilalar va turli yosh-u jins-lar uchun o'ziga xos bo'lgan turli xil tadbirlar amalga os-hirib kelinmoqda. Bular: «Balli, qizlar», «Yoshlar mustaqil hayot ostonasida», «Huquqingizni bilasizmi?», «Oila mus-tahkamligi kimga bog'liq?», «Oila — jamiyat tayanchi», «Bolali oilalarga imtiyozlar», «Qaynona-kelin munosabat-larining axloqiy-ma'naviy asoslari» va boshqa tadbirlar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur qonuni bo'yicha mahallalarga katta huquq berildi, ularning rahbarlik faoliyati kengaytirilib, budjetdan qo'shimcha shtatlar ajratildi va kam ta'minlangan oilalarga nafaqalar tarqatish ham mahallalarga yuklatildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika «Mahalla» xayriya jamg'armasini tashkil etish to'g'risida» gi 1999-yil 12-sentabrdagi Farmoniga ko'ra, tarixan tarkib topgan milliy va ma'naviy qadriyatlarni e'zozlash va izchil targ'ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va an'ana-larini keng ommalashtirish, respublika mahallalarida madaniy va ma'rifiy ishlarni keng yo'lga qo'yish, shuningdek, ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash choralarini davlat yo'li bilan qo'llab-quv-vatlash maqsadida jamg'arma tashkil etildi.
Ushbu jamg'armaning asosiy vazifasi aholining tarixan qaror topgan udum va an'analarini avaylab-asrash va boyitishga har tomonlama ko'maklashish, kam ta'minlangan oilalar, nogironlar, yetimlarga va yolg'iz qariya-larga nisbatan insonparvarlik va mehr-shafqat munosa-batida bo'lish g'oyalarini targ'ib qilish, ularga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatish, bozor iqtisodiyoti sharoitida mahallalarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirish-ga ko'maklashishdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoniga ko'ra, jamg'armaning hisob raqamiga 25 mln. so'm pul o'tkazildi, shuningdek, respublika idora va muassasa-lariga jamg'armaga aniq maqsadni ko'zlab yordam ko'rsatish tavsiya etildi. Undan tashqari mahallada kam ta'minlangan, ko'p bolali oilalar, yolg'iz keksalar, nogironlar, yetim-ye-sirlar, boquvchisini yo'qotgan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, xotin-qizlarning manfaatlarini muhofaza qilish, ma-halla hududida jamoat tartibini ta'minlash, yoshlar va o'smirlar o'rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini muhofaza qilish, yoshlarni harbiy xizmatni o'tashga jismoniy va ma'naviy tayyorlash ishlari ham amalga oshiriladi. Har bir oilaning o'z kasbiy sulolasi bo'lganidek, mahallaning ham uzoq tarixga ega bo'lgan kasb-hunar sulolasi mavjud. Mahalla aynan shu hunar nomi bilan ham ataladi. Mahallalar: zardo'zlar ma hallasi, etikdo'zlar yoki duradgorlar mahallalari kabi. Mahallaning tartib qoidasi, qadriyatlariga barcha amal qilishi shartdir. Prezident I. Karimov aytganidek: «Hamma — u qanday odam bo'lmasin, qaysi lavozimda o'tirmasin, mahalla ahliga bo'ysunishga majbur... Ayrim «beli baquwat-lar» ham, quturib ketayotgan ba'zi kimsalar ham mahalla-ga quloq soladi». Kimda-kim bularga rioya etmasa, hur-mat qilmasa, u mahalladagi o'tadigan tadbirlardan, to'y-ma'rakalardan chetlatiladi, taklif etilmaydi. Agarda kibr-u havo bilan qo'ni-qo'shni, mahalla ahli an'analarini oyoq osti qilsa, yoki bepisandlik bilan munosabatda bo'lsa, amaldagi qonunlarga xilof ish tutsa, u mahalladan chiqa-rib yuboriladi. Bu esa mahalla qonunida eng oliy jazodir. Bu jazo ota-onaning noqobil farzandni «oq qilish»i bilan tengdir. Mahallalardagi choyxonalar ham o'ziga xos ahami-yat kasb qilib, aynan ko'pgina tadbirlar, ta'hm-tarbiya ishlari va hokazolar ana shu joyda o'tkaziladi.
Xulosa qilib aytganda, mahalla Sharq xalqlari uchun muhim qadriyat bo'lib, mahallaning har bir fuqarosi uning sha'ni, gullab-yashnashi, taraqqiyoti uchun butun kuch va imkoniyatini safarbar etishi zarur.
Inson ma'naviyatining shakl-lanishida oila ham juda katta
o'ringa egadir. Oila — nikohga yoki tug'ishganlikka asos-langan kichik guruh. Uning a'zolari ro'zg'orining birligi, o'zaro yordami va ma'naviy mas'uliyati bilan bir-biriga bog'langan. Oila jamoa-urug'chilik tuzumining yemirilishi bilan barqaror uyushma bo'lib yuzaga keldi. Monogami-yaning dastlabki tarixiy shakli patriarxal oila bo'lgan va oi-lani ota boshqargan. Oila ham jamiyat taraqqiyotiga va oila a'zolari o'rtasidagi mehnat taqsimotiga qarab mohiyatini o'zgartirib turadi. Sharq oilasi G'arb oilasidan farq qiladi.
Haqiqiy sevgi, muhabbat asosida qurilgan oilalar ko'p. Ba'zan hisob-kitob asosida, mulkiy munosabatlar asosida ham oila qurganlar uchraydi. Shu sababli oila buzilishlari ham ko'pdir.
Oilada doimo ahillik, totuvlik bo'lishi lozim. Agar bu narsa bo'lmasa, oilaga putur yetadi. Uning majburiyatlaribuziladi. Oila rasmiy tus olgan taqdirdagina, er-xotin oldida, xotin eri oldida, ularning ikkovlari farzandlari oldida, farzandlari ota-onalari oldida mas'uliyatli va burch-li bo'ladilar. Oiladagi ma'naviyat deyilganda er-xotin, ota-ona va bolalar o'rtasida o'zaro hurmat, mehr-muhabbat, shafqat, mehr-oqibat, odob-axloq, ta'lim-tarbiya va boshqa insoniy tuyg'ular ko'zda tutiladi.
Oilaning birinchi vazifasi o'z nasl-nasabini davom ettirishdan, solih va soliha farzandlarni tarbiyalashdan, oila a'zolarining tirikchiligini, bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazishdan iboratdir. Aholi soni ma'lum muayyan ko'rsatkichda bo'lib turishi uchun, olimlarning hisobla-shicha, har 100 oilaga 260 ta bola to'g'ri kelishi kerak. Aniqrog'i, 100 oiladan 60 tasida 3 tadan, 40 tasida 2 tadan bola bo'lishi lozim. Olimlar hisoblariga ko'ra, agar har bir oila bittadan farzand ko'rsa, 8-avlodga kelib, ya'ni 200 yildan keyin bu xalq millat sifatida yo'q bo'lib keti-shi mumkin ekan.
Ma'lumki, oila jamiyatning birlamchi bo'g'inidir. Jami-yat ana shu bo'g'inlardan tashkil topadi. Lekin u shun-chaki bo'g'in emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Har bir tirik vujudning o'zi alohida bir olam. Oila — ota-ona va ularning bola-chaqalari, eng yaqin tug'ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda, xonadondir. Oila odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy muno-sabatlarga asoslangan ijtimoiy birligidir. Tabiiy munosa-bat deyilganda bola-chaqali bo'lish, iqtisodiy munosabat deyilganda mulkiy munosabatlar — uy-ro'zg'or, hovli-joy, boshpana; huquqiy munosabat deyilganda nikohni davlat yo'li bilan qayd etish nazarda tutiladi.
huda aralashishga haqli emas. Shu sababli oila muqaddas va daxlsiz hisoblanadi. Ramziy qilib aytsak, oila o'ziga xos kichik bir muxtor davlatdir. Lekin oila osmondan tush-maydi, oila jamiyat tashqarisida emas, uning tarkibida-dir. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy va ma'naviy munosabatlar bilan belgilanadi hamda ular ta'sirida o'zgarib boraveradi.
Xalqimizda, nikoh eng, awalo, Arshi a'loda o'qilur, keyin esa yerda, deb behuda aytilmagan. Ota-bobolari-mizning azaliy tushunchalari bo'yicha, nikoh — ilohiy ahd, oila — muqaddas. «Xotinlaringiz ziroatgohingizdirlar», — deyiladi Qur'oni karimning Baqara surasi 223-oyatida. Bu so'zlar bilan oila tuzishdan birinchi muddao — farzand ko'rish ekaniga ishora qilinmoqda.
Bola tarbiyasida otaning qattiqqo'lligi, onaning mehri-bonligi hal qiluvchi omillardandir. Oiladagi umumiy sog'lom iqlim mehr-muhabbat, oqibat, o'zaro hurmat, tincn-totuvlik ota-onaning bilim saviyasi, iymon-e'tiqodliligi, pul va puldorlikka, moddiy va ma'naviy boylikka munosabati va shu kabi ko'pgina narsalarga bog'liq.
Ma'naviyatsiz moddiy farovonlikka ham, umumtaraq-qiyotga ham erishib bo'lmaydi. Ma'naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Nohalol ayoldan halol farzand dunyoga kelmaydi. Umuman, nopok ayolni Ona deya sharaflab bo'lmaydi. «Qush uyasida ko'rganini qiladi»,— degan maqol behuda aytilmagan.
O'zbek oilasining o'ziga xos axloqiy mezonlari bor. Awalo, ertalab barvaqt turish shart. Rizqi ro'z tongda ulashiladi. Kimki g'afiat bosib, o'rinda yotaversa, rizqi-dan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilgan kuni ish, o'qishning unumli bo'lishi hammamizga ma'lum. Ik-kinchidan, yuz-qo'lni yuvmasdan hol-ahvol so'ralmaydi, yuz-qo'l yuvilgandan keyingina kichiklar kattalarga salom beradilar. Ayollar nonushta hozirlaydilar. Qizlar, kelinlar hovlini, ko'chani supurib, suv sepib qo'yadilar. Dasturxon-ga birinchi bo'lib oilaning yoshi ulug'i qo'l uzatadi.
Ish yoki o'qishga oilaning yoshi ulug'idan fotiha olib ketiladi. Qaytganda ham ularga uchrashilib, salom beri-ladi. Ular bunday hurmatdan mamnun bo'lib, yoshlarni duo qiladilar. Shuning uchun ham oilani rohat-farog'at, tinchlik-xotirjamlik maskani deydilar.
Oila — millat parvozi uchun maydon. Oilaga qadimdan juda katta e'tibor qaratilgan. Qadimgi Yunon faylasufi Aflotun oila tashkil qilishda yigit qanday oilada tarbiya topgan qizga uylanajagini, qizning ota-onalari esa qanday oilalarga qiz-larini berayotganlarini yaxshi bilishlari kerak, deb hisobla-gan. 35 yoshgacha turmush qurmagan odam jamiyatda al-batta «bo'ydoqlik» bojlarini to'lashi kerakligini Aflotun qonun tariqasida joriy ettirgan. Arastu fikricha esa oila — bu odamlar muloqotining dastlabki ko'rinishi bo'lib, oilalar majmuidan davlat kelib chiqqan. Hadislarda: «Eng yaxshi sadaqa — kishining o'zidan keyin boylik qilib qoldirgan narsasidir va, eng awalo, o'zing boqadirgan kishilarga (ahli ayoling) xarj qilgin», — deyiladi va oilaning mustahkamligini ta'min-lashning iqtisodiy asosiga alohida e'tibor qaratiladi.
Oila va jamiyat bir-biriga bog'liq bo'lib, jamiyatning o'zi ham oilalardan tashkil topgan. O'zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o'xshash tomonlari ko'p. Lekin o'ziga xos tomonlari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |