Navbahor engil sanoat kasb-hunar kolleji



Download 1,12 Mb.
bet1/14
Sana28.06.2017
Hajmi1,12 Mb.
#18543
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR

TA’LIMI MARKAZI NAVOIY VILOYAT O‘RTA

MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI

NAVBAHOR ENGIL SANOAT KASB-HUNAR KOLLEJI
Ma’naviyat asoslari fani o’qituvchisi Sattorova Shahlo Amonboyevnaning






Navbahor-2015 yil
Taqriz.

Mamlakatimizdagi hayotning rivojlanishi, unda intellektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ma’naviy – ma’rifiy g’oyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishidan dalolat bermoqda. Bunday tez sur’atlar bilan rivojlanish ta’lim-tarbiya, ma’naviyat, ma’rifat sohasidagina emas, balki uning tarixiga nisbatan ham jiddiy e’tiborni talab etib, talabalar ongiga ma’naviyat tarixi haqida tushuncha, ko’nikma va bilimlarni singdirishni taqozo etmoqda.

Boshqa fanlar singari “Ma’naviyat asoslari” fani ham bir necha fanlar bilan bog’liq.

Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmada ma’naviyat tarixi, uning o’ziga xos xusisyatlari, mazmuni va vazifalari, ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani ta’minlashning ahamiyati, jamiyatda tutgan o’rni yoritilgan.

Ma’naviyat asoslari takomili bosqichlari, unda ma’naviy yuksalishga hissa qo’shgan ajdodlarimizning asarlari va ularning bugungi kundagi barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan.


Tuzuvchi: A.Sh. Sattorova

Taqrizchilar: Tarix fani o’qituvchisi F.R.Boymamatov.

Tarix fani o’qituvchisi L.Turdiyeva

«Ijtimoiy va gumanitar fanlar» kafedrasining 28 avgust 2015 yil yig’ilishida muxokama qilinib foydalanishga tavsiya qilingan.

1. Mavzu: Kirish. «Ma'naviyat asoslari» fanining predmeti, tarkibiy qismlari Reja:

1. Ma'naviyat asoslari fanining predmeti.

2.Ma'naviyat tushunchasi ta'rifi .

3.Jamiyat , xalq ma'naviyati.

4.Ma'naviyatning tarkibiy qismlari.

Darsning maqsadi:

1,Ta'limiy: o'quvchilarga ma'naviyat tushunchasi, ma'naviyatning tarkibiy asoslari,
o'zbek xalqining milliy ma'naviyati, umumjahon xalqlari ma'naviy madaniyatining
ajralmas qismi ekanligi to'g'risida yangi bilimlar berish.

2. Tarbiyaviy: o'quvchilarni vatanparvarlik, xalqiga sadoqat sog'lom turmush tarzi


sportga' qiziqish, o'z kasbiga mehr uyg'otisb mustaqil dunyoqarash va erkin
tafakkumi shakllantirish.

3. Rivojlantirish: o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini tafakkurini rivojlantirish milliy qadriyatlarimizrii tiklash, o'zligimizni anglash, milliy g'oya va mafkurani shakllantirish kabi ezgu ishlarimizni davom ettirishga undash.

Darsning metodi: Noan'anaviy. Fanlararo bog'lanish.

1. Davlat va huquq, 2. milliy istiqlol g'oyasi, 3. O'zbekiston tarixi, 4. qo'sMmcha adabiyot.

1) I.A.Karimov «lstiqlol va ma'naviyat» 2) I.A.Karimov «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li»

3) S.X.Nosirxo'jayev, M.F.Lafasov, M.Z.Zaripov «Ma'naviyat asoslari» darslik,

Yangi mavzuni mohiyatini o'quvchilarga yetkazish.

Reja:


1. Mustaqil respublikamizning bugungi ma'rifiy va ma'naviy hayoti.

«Ma'naviyat asoslari» fanining predmeti.

«Ma'naviyat» tushunchasi ta'rifi.

4. «Ma'rifat va ma'naviyat» tushunchasi.

5. Ma'naviyatning tarkibiy qismlari.

Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham rivojlanishning mohiyati, lining sur'ati insonlarning ma'naviy kamoloti darajasiga bog'lik bo'lgan. Qaysi yerda ma'naviy kamolot yuksak bo'lsa, shu saltanatda jamiyat ijtimoiy adolat me'zonJari asosida tez rivojlanganligi tarixdan ma'lum. Biz qurayotgan demokratik - huquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy. Bu uch orni! qanchalik raustahkam va kuchli dialektik aloqada bo'lsa, kelajagiimz ravnaqi ham shunchalik ishonchli bo'ladi. Yuksak ma'naviy burchlar insoniyatnin-g uzoq yiliik, ota-bobolarimizning necha-necha asrlik hayotiy tajribalari davomida yuzaga kelgan. Ma'naviyat insonga ona suti, ota namunasi o'g'iti bilan singib kelgan. Mustaqil

respublikamizning bugungi ma'rifiy ma'naviy hayotida sezilarli, asrlarga ter.g o'zgarishlaf yuz bermoqda.

Milliy an'analarimiz va asriy qadriyatlarimizning tiklanishi, hayotimizdagi o'rni yanada rnustahkarnlanmoqda. Ma'lumki, kuchli, qudratli davlat kuchli ma'naviyat zaminida vujudga keladi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarirniz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratilib kelgan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarirnizni tiklash davlat siyosatining muhim masalasiga aylandi. Xalqimiz o'z taqdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy qadriyatlarning, madaniyatining sohibi sifatida tan olindi.

Prezidentirniz aytib o'tganlaridek, yosh avlodning ma'naviy tarbiyasi masalasida hanuzgacha katta yutuq va o'zgarishlar qo'lga kiritilmagan. Bu sohada yangi dasturlar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar kam yaratilgan. Oliy o'quv yurtlari, akademik iitseylar hamda kasb-hunar kollejlarida "Ma'naviyat asoslari" fanini o'qitish ancha vaqtdan beri yo'lga qb'yilgan. Hozirgi paytda fanning maqsadi va vazifaiari xususida muayyan tasavvur hosil bo'ldi. "Ma'naviyat asoslari" o'quv qo'llanmasi tayyorlandi. Qo'llanmani yaratishda ilg'or Sharq, xususan Markaziy Osiyo ilm-fan tarixi rivojlanishiga oid manbalardan, Prezident Islom Karimovning asarlan va nutqlarida bildirgan fikrlaridan foydalanildi. Prezidentirniz o'zining "O'zbekiston XXI asrga intilmoqda" asarida ta'kidlaganidek, oldimizda turgan eng doizarb vazifa hozirgi kunda erkin fuqaro ma'naviyatini, milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish muammolari eng doizarb vazifadir. Mamlakatimizning akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tayyorlanayotgan mutaxassislar ma'naviyatli, mafkuraviy siyosiy jihatdan yetuk, axloqiy barkamol va ijtimoiy faoliyat jihatlari yuksak bo'lishi kerak. Hozirgi davr O'zbekiston taraqqiyotida ma'naviyat va ma'rifat, milliy istiqlol g'oyasming roll hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov «Hushyorlikka da'vat» asarida hozirgi eng muhim vazifalardan biri jamiyatimiz a'zolarini, avva'lambor voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni karnol topdirish, ularning qalbida milliy g'oya, milliy mafkura o'z vataniga mehr - sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash, ularni milliy va umrbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratligini ta'kidlashdir. «Ma'naviyat asoslari» fanining predmeti jamiyat, inson va ma'naviyat o'rtasidagi munosabatlarni, shuningdek ma'naviyatning shakllanishi, rivojlanishi. kishilar faoliyatini yo'naltirib turish vositasiga aylanishi sabablarini o'rganishdan iboratdir. Ma'naviyat tushunchasi keng qamrovli mazmunga ega. Bu tushuncha azal - azaldan rivojlanib kelgan. XX asrda «Ma'naviyat» tushunchasining mazmuni yanada kengaydi va dunyoviylik kasb etdi. «Ma'naviyat» arabcha so'z bo'lib «ma'no» so'zidan olingan: Ruh, aql, ong, idrok, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik, jasorat, xususiy, mohiyat, g'amxo'rlik, qayg'urish, did kabi bir necha ma'nolami anglatadi. O'zbek tilidagi «ma'naviyat» so'zining ma'nosiga rus tilidagi «duxovnost» tushunchasi mos keladi. Lekin «duxovnost» o'zbek tiliga ag'darilsa, «:nia'naviyat» emas, «ruhiyat» bo'ladi. Bizning tilimizdagi bu tushunchaning shakllanish jarayoni rus va Yevropa tillariga nisbatan boshqacharoq kechgan. Bundan tashqari hindcha (forscha) «ma'nas» so'zlarini ham shunga qiyoslaydilar.

Ma'naviyat odamlarining ruhiy va aqliy olami yig'indisi. Ma'naviyat inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayotiy ma'lum yo'nalishning bosh omili.

Ma'naviyat iqtisodiy ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o'zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Ma'naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topadi.

Aksincha ma'naviyattiing qashshoqlashuvi jamiyatning tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Boy ma'naviyatirniz buyuk davlat ko'rib bo'lmaydi. Ma'naviyat jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir. Ma'naviyat insonni ruhiy poklanlsh va yuksalishga da'vat etadigan inson ichki olamini boyitadigan, Lining iymoni irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadagan qudratli botiniy kuch ekanligini unutmaslik lozim. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag'ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta'minlanish bilan kifoyalanish ongsiz va ruhsiz maxluqlarga xosdir.

Alisher Navoiy «Ma'no ahli» deganda haqiqat yo'liga kirgan komil insonni nazarda tutgan. Shunday ekan ma'naviyat insonning ruhiy olami bilan bog'lik. Ma'naviyat tushunchasi ma'rifat tushunchasini ham o'z ichiga oladi. «Ma'rifat» so'zi arabcha bo'lib, «arafa» so'zidan olingan. U bilish, bilim, ma'lumot, ilm, irfon, tashish, tanishish ma'nolarini bildiradi. Ma'naviyat va ma'rifat tushunchalariga bog'lik atamalardan «madaniyat» so'zi arabcha madina (shahar, keng) so'zidan kelib chiqqan; Arablar kishilar hayot tarzini 2ga bo'lib birini badaviy yoki sahroiy turmushi, ikkinchisini madaniy turmushi deb ataganlar. Badaviylik ko'chmanchi, dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik esa shaharda o'rtoq bo'lib yashab shaharga xos turmush tarzida yashovchi xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Fransuz olimi A. Mai XX asrning 60-yillarida shunday o'ziga xosliklar tufayli madaniyatining 290dan ortiq ta'rifi. yaratilganini jamiyatining ishlab chiqarish ijtimoiy va ma'naviy qo'lga kiritilgan yutuqlar mazmunini, biror ijtimoiy guruh yoki xalqning ma'lum davrida qo'lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o'qimishli ta'lim-tarbiya qurganlik, ziyolilik va ma'rifatlilik hamda turmushning rna'rifati kishi ehtiyojlariga nios keladigan sharoitlari majmuini bildiradi. Shu sababli bar qaysi millat nafaqat yer osti yer usti boyliklari harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyatini, balki birinchs navbatda o'zining yuksak madaniyati va ma'naviyati bilan kuchlidir.

«Ma'naviyat asoslari» kursining metodologik bazasini o'rganishda uning quyidagi metodlari asosida ish qurishga diqqat qaratiladi: dealektik metod, qiyoslash taqqoslash (kuzatish, tarixiy yondoshish, mantiq) metodlari, emperik-sotsiologik metod, umummantiqiy metod (sintez, abstraktlash, umummiylik) nazariy metod (abstarktlikdan kontraktlikka) axloqiy metod (ayrim guruh yoki shaxs xulqini tuzatish) izohlash metodi, diagnostika metodi, axborotlash metodi (fan yutuklaridan foydalanish).

Din, fan va san'at negizida shakllanuvchi axloq, ma'naviyat meros hamda qadriyatlar ma'naviyatining tarkibiy qismlari hisoblashadi. Axloq, axloqiy bilimlar, malaka, ko'nikmalar, axloq qoidalari yordamida o'quvchining xulq atfori hatti-harakatlari boshqariiadi. Axloqiy madaniyat o'quvchining ko'p qirrali faoliyati davomida shakllanib boradi.

Qadriyatlar. Omiliy qadriyatlar muhim masalalardan bin bo'lib, u siyosiy emas, ammo ma'naviyatmng tarkibiy qismidir. Mustaqillikmng ma'naviy. zangini qaror toptirishda diniy e'tiqodlar muhirndir. Ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, diniy qadriyatlar, elatlar, xalqlarga taailuqli bo'lgan, ularni g'oyaviy jihatdan birlashtiruvchi turli diniy talablar, g'oyalar, rivoyatlar, amaliy marosimlar, bayramlar

majmuasidan iboratdir. Islom dini yer yuzidagi 120 davlatda tarqalgan bo'lib, bn dinga 1 mirdan ortiq kisbi e'tiqod qiladi.

Diniy madaniyatning zaminida Sharq xalqlari kalomi, ya'ni e'tiqod ilmi va Qur'oni Karim, Hadisi- Sharif, Fikh, ya'ni ibodat, huquq, axloq, tarix^dunyoviy bilimlar turadi. Demak, diniy qadriyatlar iymon, e'tiqod, ma'naviy madaniyatning mufaini qtsmlaridan biridir.

MiiJiy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning o'z tarixiy taraqqiyoti yaratilgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklari, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari va millatning o'zligini belgilaydigan boshqa o'ziga xos tomoniari yig'indisidan iboratdir. Bundan tashqari xalq amaliy san'ati, xalq o'yinlari, rasm-rusmlari, urf-odatlari, marosimlari ham milliy qadriyatlar doirasiga kiradi. Ulardan boshqa milliy qadriyatlar ham mavjud: tabiiy qadriyatlar (yer, suv, havo, yer usti va osti boyliklari) ijtimoiy qadriyatlar (oila, millat, sinf va boshqalar) moddiy qadriyatlar (oila, millat sinf va boshqalar) ma'naviy qadriyatlar, iimiimmsoniy qadriyatlar, oilaviy qadriyatlar, shaxsiy qadriyatlar.

«Ma'naviyat asoslari» fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog'lik bo'lib, ularga suyanadi, ulardan ozuqa oiadi. Tarix adabiyot milliy istiqlol g'oyasi, O'zbekiston konstitutsiyasini o'rganish va boshqa fanlar ma'naviyat asosiari fanining nazariy manbalari hisoblanadi. Ular bir-birini to'ldirib boyitib boradi. Yurtboshimiz Islom Karimov ma'naviyat masalasiga jiddiy e'tibor bermoqda. 1994yilda Lining «Istiqlol va ma'naviyat)) asari chop etildi.

1994y 23 aprelda Prezident tomonidan «Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risida))gi Farmoish e'lon qilindi. 1997y 29 avgustdagi Oliy Majlisning 9 sessiyasida qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ma'naviyat masalasiga ma'naviy qadriyatiarga katta e'tibor berildi.

Xulosa qilib aytganda ma'naviyatning asosini vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmli, ma'rifatli bo'lish, o'z dinini, o'z xalqining urf-odatini sevish, ularni qadrlash kabi yuksak insoniy fazilatlar tashkil etadi.

Vatanirnizmng gullab yashnayotganligini uning jahon hamjamiyatiga yuz tutayotganligi, urf-odatlarimizni qadriyatlarimizni qaytadan tiklayotganligimiz va bularni davlat siyosati darajasiga ko'targanimiz bizning ma'naviyatli xalq ekanimizdan dalolat beradi.

Yangi mavzuni mustahkamlash.



  1. Ma'naviyat asoslari fanining predmeti nima?

  2. Madaniyatnima?

  3. Ma'naviyat deganda nimani tushunasiz?

  4. Mafkura nima'?

  5. Ma'naviyati yuksak inson deb kimni aytsa buladi? Teskarisichi?

  6. O'zfoek xalqining boy madaniy va ma'naviy merosga nimalar kiradi?

  7. Ma'naviyatning asosiy tarkibiy qismlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  8. Islom Karimovm'ng «O'zbekiston o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» asari da
    mamlakatimizni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga
    asoslanishini izohlang.


2.Mavzu: Ma'naviy meros qadriyatlar ,ularning shakllari va o'zaro munosabati. Reja:

1. Ma'naviyat taraqqiyoti bosqichlari .

2. Ma'naviy meros ,milliy qadriyatlar.

3.Ma'naviy ma'daniyat.

4.Tarixiy davomiylik.
Ma’naviy meros- ma’naviyat rivojlanishining uzoq davrlar mobaynida tarkib topgan, inson aql-zakovatining mujassamlashgan ifodasidir. O‘tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma’daniyat boyliklar majmuiga madaniy meros deyiladi. Jamiyat o‘zgarishi bilan uning madaniyati, tipi ham o‘zgaradi-yu, lekin madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi, ilgarigi madaniyat yo‘q bo‘lib ketmaydi, madaniy meros va an’analari saqlanadi. Har bir yangi avlod moddiy va ma’naviy madaniyat negizini har gal angitdan yaratmaydi, balki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni qabul qilib oladi. Tarixiy vorislik-jamiyat va uning madaniyati ravnaqining shartidir. CHunki tarixi davomiylik ma’naviyat rivojlanishining qonuniyati hisoblanadi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, sho‘rolar zamonida madaniy merosga to‘g‘ri munosabatda bo‘linmadi. Boyu zamindorlarga, hokim sinf tabaqalariga xizmat qilgan o‘tmish madaniyatining bizga keragi yo‘q yangi- proletar (yo‘qsil) madaniyatini aratimiz» degan shoir ostida sobiq Sovet Ittifoqi xalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatiga qiron keltirildi, saroylar, masjid va madrasalar buzib tashlandi, nodir asarlar yoqildi. Bu siyosatning eng zararli joyi shunda bo‘ldiki, madaniy merosga past nazar bilan qaraldi, osori atiqalar qarovsiz qoldi.

SHu bilan birga har bir jamiyat o‘tmish madaniy merosini qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘r-ko‘rona qabul qilib olmaydi, albatta. Madaniy merosning o‘z dunyoqarashi, tuzumi, manfaatlariga mos keladigan, bugun va kelajak uchun uchun xizmat qiladigan qismini qabul qiladi. CHunki o‘tmishdan qolgan barcha narsalar bir xil qadriyatga ega bo‘lmaydi. Masalan, sho‘rolar zamonida yaratilib, uning siyosatini targ‘ib etgan, endilikda o‘z umrini yashab bo‘lgan kitoblarning bugungi kun uchun ham, kelajak uchun ham qadriyati yo‘q. To‘g‘ri, ular meros, lekin madaniy meros emas, ularni tarixiy fakt sifatida saqlab qolish mumkin, xolos. Demak, madaniy merosning qadri abadul abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyatlar deyiladi. O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan milliy -qadriyatlarning qadriga to‘la etilmoqda va keng targ‘ib –tashviq qilinmoqda. Milliy qadriyatlarimiz istqilol madaniyatini yaratishimizga negiz bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu hol milliy mafkuramizda o‘z ifodasini topmoqda (Vatan tuyg‘usi T.: O‘zbekiston 1996 116-bet).

qaysiki mamlakatda bo‘lmasin jamiyatdagi yangilanish doimo madaniy merosning uyg‘onishiga olib keladi. Bu esa ommaning birlashuvida milliy o‘zlikni anglashning shakllanishi va rivojlanishida muhim g‘oyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. SHu bilan birga eski mafkuradan voz kechilgan va etarli darajada ishlangan yangi mafkura hali yaratilmagan paytda yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldiradi: MDH mamlakatlarida yuzaga kelgan hozirgi ahvol fikrimiz dalilidir. Ularning har biri milliy uyg‘onish omili sifatida o‘tmish madaniy merosini zo‘r berib tiklamoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov «Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash –degan edi, o‘zbek xalq yaratgan va milliy boylik bo‘lgan san’at asarlarini izlab topish, ularni O‘zbekistonga qaytarish ma’naviy dasturimizning muhim bo‘lagini tashkil etadi. Bu milliy boylik bizga ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan. Binobarin, biz ham uni ko‘z qorachig‘iday asrab –avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz kerak»

Respublikamizda, 1994 yilda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, 1996 yil yanvar oyida esa shu markaz qoshida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasining tashkil etilishi mustaqillik sharoitida o‘tmish madaniy merosini o‘rganish va o‘zlashtirishning muhim ahamiyat hamda huquqiy demokratik davlat qurish borasidagi ulkan dasturni hayotga tatbiq etishning yorqin dalilidir. «Oltin meros» xayriya jamg‘armasiga O‘zbekiston ijodkor yoshlarning «Iste’dod» xayriya milliy va ijtimoiy barqarorlik hamda madaniyat jamg‘armalari ham qo‘shildilar. Jamg‘arma boshqaruvi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboevdir. Yangi xayriya jamg‘armasi faoliyati xalqimiz merosning nodir namunalarini to‘plash va asrab-avaylashga uni nafaqat republikamizda balki turli mamlakatlarda targ‘ib nafaqat respublikamizda balki turli mamlakatlarda targ‘ib qilishga qaratilgan. Ushbu jamg‘arma fuqarolar o‘rtasida ayniqsa yoshlarda vatanparvarlik, mustaqqillik tuyg‘ularini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Biz qadimgi xalqlarmiz. Moddiy, yozma va ma’naviy madaniyatmiz shu qadar ulkanki, merosimizdan nafaqat o‘z avlodimiz, balki Evropa, Osiyo arab mamlakatlari foydalanishgan va bu jahon umuminsoniy qadriyatlariga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘lgan.

«Oltin meros» jamg‘armasi faqat yoshlarni, osori-atiqalarni, ilmiy asarlarni yig‘ish bilangina shug‘ullanib qolmasdan, balki yana u milliy boyliklarimiz, merosimizni istash, topish olib kelish, xalqqa ko‘rsatish, tashviqot qilish jarayonida xalqimiz ma’naviyatini poklaydigan, tiklaydigan, dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatib milliy dunyoqarashning shakllanishini kuchaytiradigan omillarga xizmat qiladigan tashkilotdir.

Jamg‘arma faoliyatida 8 ta yo‘nalish mavjud. So‘nggi 130-140 yil davomida moddiy va ma’naviy qadriyatlarimiz talon-taroj qilindi. Ularni qaytarish asosiy maqsad bo‘layapti.

X-XI asrlardayoq - Evropa madaniyati hali g‘onish palasiga kirmagan paytdayoq bizning SHarq madaniyati o‘shalarga rezonans (to‘lqin) olib borgan.

Dunyo xalqlari tarixida hech qaysi millat bizdek ko‘p ma’naviyat yaratgan emas. YAqin vaqtgacha, hatto hozirgacha ham fanlarning poydevorini yunonlar yaratgan deyilardi. Aslida ular yaratgan ilm-fan, falsafaning poydevorini bizning xalqimiz «Avesto» da, zardushtiylik dinida yaratgan. Iskandar-Aleksadr Makedonskiy bu erga kelganda avvalo zardushtiylar ibodatxonalarini vayron etib, qohinlarni yo‘q qildi. CHunki qohinlar bosqinchilarga qarshi vatanparvarlik kurashini uyushtirgandi. Iskandar Avetoning 12 ming qora mol terisiga oltin suvi bilan ko‘chirilgan nusxasini olib ketib, asosan ildm-fanga, astranomiyaga, tabobatga, jug‘rofiyaga oid qimlarini tarjima qildirib, qolganlarni kuydirib tashlagan. Qadimgi yunonlarning o‘zlari Platon va Aristotel ta’limoti, umuman, yunon falsafasi zardushtiylik ta’siri ostida shakllandi, deb tan olganlar.

«Avesto»da bizning Islomgacha bo‘lgan ma’naviy boyligimiz. Afsuski, bu kitobning biror sahifasi bizda yo‘q. Asarning to‘liq nuxasi Bombeydagi zardushtiylarning madaniy markazi – Koma insitutida saqlanadi. Nusxasini hozirgacha ololmadik. Koma insitituti xususiy bo‘lib, zardushtiylarning xayriyasiga asoslangan. Biz ilgari asarning nusxasini hammaga berar edik, ammo boshqa millat, din vakillari o‘zimizdan o‘rganib, o‘zimizga qarshi kurash boshladilar. Dinimizni tanqid qildilar, deyishdi.

Bizning ma’naviy boyligimiz o‘rta asrda, VIII-XI asrlarda, hatto mo‘g‘illar iste’losiga, juda oliy cho‘qqiga ko‘tarilgan edi. Hozirgacha ham Evropada arab fani deb atalib kelinayotgan fan bizning ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan.

Ibn Sino, Farobiy kabi ko‘plab olimlarnig asarlaridan parchalar lotin, qadimiy fransuz, italyan, ispan tillariga tarjima qilingan. Mana shu tarjimalar XII-XIII, asosan XIV asrdan ilm-fani falsafasiga chuqur ta’sir qildi. Bu asarlar, qo‘lyozma, tarjimalar Parij milliy kutubxonasida ko‘plab saqlanadi.

Eng ko‘p merosimiz Rossiyada, Sank-Peterburgdagi, avvalgi imperator missionerlar Samarqand va Buxoroda «sayohatchi», «savdogar» bo‘lib yurib, arzimagan pullarga, temi-tersakka almashtirib olib ketishgan. Eronda Griboedov o‘ldirilgandan keyin rus imperiyasi kontributsiya – xun talab qilgan. SHunda Eron podshosi bu xunni turkiy asarlar evaziga to‘lagan. O‘shanda Navoiyning Hirotda Sulton Ali tomonidan ko‘chirilgan birinchi devoni Sank-Peterburgga kelib qolgan. Ularni hozir hech kim qaytarib bermaydi. Hatto tanishishga ham yo‘l qo‘yilmaydi. YAna ko‘p boyliklarimiz Angliya, Fransiya, Turkiya va Hindistonda qolib ketgan. Patnada QUDOBAXS kutubxonasi bor. SHu kutubxonada Beruniyning ustozi ibn-Iroqqa taqdim qilish uchun tuzgan 33 ta risolasidan iborat to‘plami saqlanmoqda. Bu kutubxona ibn-Iroq, xabash, Farobiy, Beruniy, ibn-Sinolarning asarlari bor. YAna ibn-Iroqning 14 ta asari ham shu kutubxonada saqlanmoqda. Qo‘lyozmalarning mikrofilmini olishga ham ruxsat berilmaydi.

Qatag‘on yillarida ustoz Hamid Sulaymon jasorat ko‘rsatib Fransiya, Angliya va boshqa erlardan merosimizning ma’lum qismini olib kelgan edi.

Mamlakat bir oyog‘i iqtisod, bir oyog‘i siyosat, bir ko‘zi ma’naviyat, ikkinchi - axloq, ya’ni qadriyat bo‘lgan ulkan odam ekan. Ko‘zi bor odam qayoqdan kelayapti, qayoqqa ketayapti, ko‘rib, turadi. Biz esa ko‘zimizni o‘zimiz ojiz qilib qo‘ydik.

Voris-ko‘p o‘lchovli falsafiy mezon bo‘lib, jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarning uzluksizligini, turli davlatlar aloqasini, yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarining bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tishini ifodalaydi. Ayni paytda keyingi avlodga shu meosdan qaysi biri o‘tadiyu, o‘tmishda qaysi biri qolishi borasida murakkab tanlov jarayoni yuzaga keladi.

Ma’naviy merosimizning ba’zi manbalari quyidagilardan iboratdir:



  1. Qadimgi tarixiy yodgorliklar

  2. Arxeologik topilmalar

  3. Etnografik manbalar

  4. Toponimik manbalar

  5. YOzma manbalar

  6. Oilaviy tarixiy manbalar.

Demak, madaniy meros tushunchasi tarixiy rivojlanishning u yoki bu bosqichi tashkil etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning teskari birligini aks ettiradigan sivilizatsiya taraqqiyotining muhim shakllaridan birini ifodalaydi. Jamiyatning butungi tarixi-o‘tmish, hozirgi davr va kelajak sivilizatsiyasi o‘rtasidagi birlikning hamda vorislikning aniq ifodasi hisoblanadi. O‘tmish davrning taraqqiyot qonuniyatini bilmay turib, hozirgi zamon taraqqiyotini, kelajak taraqqiyot qonunlarini chuqur tushinish va bu borada fikr yuritish mumkin emas.

Xalq ma’naviyati, an’analari, urf-odatlari milliy negizdan hosil bo‘ladi, va tarixiy ahamiyatga ko‘ra o‘ziga xos, nodir sanaladi. Ayni har xalqning o‘ziga xos madaniyati asrlar davomida boshqa xalqlarning madaniy yutuqlaridan ajralmagan holda yuzaga keladi rivojlanadi. Har bir avlod madaniy boylikni yangitdan yaratmaydi, balki sivilizatsiya davomida shakllangan moddiy va ma’naviy boyliklarni qabul qiladi hamda boyitadi. Bu qonuniyatdir. Demak, Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «YUksak ma’naviy burchlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insonlarning ming yillik tarixi, ota-bobolarimizning necha-necha avlodlar tajribasi davomida yuzaga kelgan».

Qo'shimcha adabiyotlar:

Darsningjihozi:

1. Musulmonova O. Ma'naviyat qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. Toshkent- 1998 yil

2.«Ma'naviyat asoslari» Toshkent-2000

3. MurodovM. O'zbekiston qadriyatlari Toshkent «Cho'lpon», 1995 yil

Videoglaz, kompyuter, xarita,boshqotirnia, «aql charxi», tarqatma materiallar.

Darsning elementlari va davomiyligi.

1. Tashkiliy qismi:


  1. Salomlashish

  2. O'quv xonasining ko'zdan kechirilishi

  3. Davomatning olinishi

2. Du nyo xabarlari:

M aqsad: O'quvchi] arning siyosiy ongini, og'zaki nutqini, erkin fikrlashini o'stirish.

3. Uyga vazifani so'rash:
Og'zaki savollar


  1. «Ma'naviyat asoslari» fanining predmeti nima?

  2. «Ma'naviyat» tushunchasi mazmuni va ta'rifi?

  3. «Madaniyat» nima?

  4. Ma'rifat nima?

  5. O'zbek xalqining boy madaniy va ma'naviy merosiga nimalar kiradi?

  6. Ma'naviyataing tarkibiy qismini nimalar tashkil qiladi.



4. [jodiy ish:

  1. «Mehr va muruvvat» yili

  2. «O'zmgni, o'z uyingni, o'zing asra»

5. Fi krl ami j ami ash:
«Aql charxi» o'yini

Qolmas jahon ichra kishi

faqat qolgusi yaxshi nomu ishi

Shayx Sa'diy Sheroziy,

Harbirdars o'quvchi hayotida unutilmas! voqea, fikrida unutilmas kashfiyot bo'lib qolishi kerak

I.Karimo\|

1. Ta'limiy (ilmiy)

Ma'naviyat-bashariyat taraqqiyoti

mahsuli.
Ma'naviy meros, qadriyatlar, ularning shakllari haqidayangi bilim berish.

2. Tarbiyaviy:

sog'lom avlodni ma'naviy xulq - atvorli, muomala madaniyati va milliy qadriyatlarni e'zozlash ruhida tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi dunyoqarashini


shakllantirish:

«Sog' tanda, sog'lom akl» deganlaridek yoshlarda ma'naviyo meros, qadriyatlar valarning shakllariga nisbattan to'g'ri munosabat, ko'nikma hosil qilish, sog'lomfikrlashlarin i ,og'zaki nutqini shakllantirish.

Yangi bilim berish, suhbat, bahs - munozara, havaskor o'qituvchi darsi.

Tushuntirish - rna'ruza, muhokarna,



  1. Madaniyat so'zi arabcha qaysi so'zdan kelib chiqqan (Madina)

  2. Zardushtiylikning muqaddas kitobi (Avesto)

3,Iqtisodni qondiruvchi yemaklik eng zarur narsa ne? (non)

  1. «Ma'rifat» so'zi arabcha qaysi so'zdan olingan? (arafa)

  2. Insonning kindik qoni to'qilgan joy? (Vatan)

  3. Dunyo musulmonlari keltirgan din qaysi? (islom)

  4. Miliiy bayrog'imizning tabiatga xos va mos rangi? (Yashil)

  5. Fikrni o'qish, insonning fikri va ruhiy holatini masofaga uzatishga nima deyiladi?
    (Telepatiya)

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish