Navbahor engil sanoat kasb-hunar kolleji



Download 1,12 Mb.
bet5/14
Sana28.06.2017
Hajmi1,12 Mb.
#18543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Epikur (341-270 yillar) — qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog’onaga ko’targan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo’linmas, olam — jism va bo’shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga bo’lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bo’lsa, ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. Epikur ichki harakat qonuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotiga ulkan hissa qo’shgan. Epikurning falsafiy-axloqiy ta’limoti o’z zamonasida ilg’or ahamiyatga ega bo’lgan. Rohat-farog’at, xursandchilik deganda, kayf-safo, maishat, shohona hayotni emas, balki jismoniy ezilish hamda ruhiy tashvishlardan xalos bo’lishni, ozodlikni tushunamiz, deydi Epikur. uning fikricha, davlat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida tuzilishi lozim. Epikur ilgari surgan ijtimoiy kelishuv g’oyasi keyinchalik XVIII asr frantsuz ma’rifatparvarlari hamda XX asr faylasuflari tomonidan davom ettirilgan.

Epikur ta’limotini rimlik Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati to’g’risida» nomli asari bilan mashhur bo’lgan. Yashashdan maqsad, deb yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, o’z qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyatlariga tayangan holda rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy qarashlari o’z davri va o’rta asr falsafasiga o’z ta’sirini ko’rsatgan.

Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib, shaklini o’zgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga bo’linadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta turini sanab o’tgan. Bular — narsaning og’irlikka ega bo’lgani uchun to’g’ri chiziqli harakati, narsaning o’zicha og’ish harakati, narsaga turtki bo’lgan asosga qaratilgan harakat. Lukretsiyning nazariyasi mohiyatan sodda bo’lsa-da, tabiatshunoslikka ulkan ta’sir ko’rsatgan.

Biz xorijiy Sharq va antik dunyo falsafasi haqida juda qisqa ma’lumot berdik. Ularga mansub ayrim oqim va mashhur faylasuflar ta’limoti to’g’risida nihoyatda muxtasar fikr yuritdik. Aslida bu mavzular o’ta keng qamrovli bo’lib, ularning mohiyatiga etib borish uchun ko’p va xo’b o’qib-o’rganishga to’g’ri keladi. Ishonchimiz komilki, siz, aziz talabalar ularni mustaqil o’qib-o’rganish jarayonida to’liq o’zlashtirib olasiz.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, biz falsafa tarixini faqat mashhur nomlar va ular yaratgan ta’limotlarni bilib olish uchungina o’rganmaymiz, balki insoniyat tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk faylasuflarning ibratli hayoti, o’lmas g’oyalari mohiyatini chuqur anglash, ularga tayanib, bugungi kun falsafiy muammolarining qulay echimini topish, shu tariqa Vatanimiz va xalqimizga halol xizmat qilish, qolaversa, buyuk ajdodlarimizga, elu yurtimizga munosib farzandlar bo’lish uchun ham puxta va chuqur o’rganamiz.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Qadimgi Misr falsafasiga xos xususiyatlarni sanab bering.

2. «Veda»lar nima va qachon paydo bo’lgan?

3. Buddaviylik ta’limotining mohiyati nimadan iborat?

5. Konfutsiylik nima?

6. Lao Tszi falsafasida Dao qonuni nimani anglatadi?

7. Milet falsafiy maktabi to’g’risida nimalarni bilasiz?

8. Geraklitning «Oqar suvga ikki marta tushib bo’lmaydi» degan hikmatli iborasi falsafiy mohiyatini tushuntirib bering.

9. Suqrot qanday faylasuf bo’lgan?

10. Aflotunning g’oyalar dunyosi haqidagi ta’limotining mohiyati nimadan iborat?

11. Arastu haqida nimalarni bilasiz?

Mustaqil ta’lim uchun vazifalar:


  1. F. Boynazarovning “ Qadimgi dunyo tarixi” kitobini o’qib konspekt tayyorlash/

  2. “Sharq madaniyati va G’arb madaniyati: o’zaro aloqadorligi va farqlari” mavzusida darsning debat ususliga tayyorlanish.


ADABIYOTLAR

1. Karimov I. «Istiqlol va ma’naviyat». T. «O’zbekiston», 1994.

2. Karimov I. «Ma’naviy yuksalish yo’lida». T. «O’zbekiston», 1998.

3. Karimov I. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». «Fidokor» gazetasi, 2000 yil 8 iyun.

4. Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. T., 2006.

5. Boynazarov F. Istoriya drevnego mira. T., 2008.



6. Mavzu: Bag’doddagi “Baytul hikma” va Xorazm Ma’mun akademyasi va unda faoliyat yuritgan olimlarning ma’naviy qarashlari.

Reja:

  1. Xalqimiz dahosinming yorqin ko’rishlaridan biri buyuk ajdodimiz Abu Nasr Muhammad Farobiyning qoldirgan merosi haqida.

  2. Xorazm ma’mun akademyasining yetakchi olimlari: Beruniy, Utbiy, Tardiziy Firdavsiylar qoldirgan boy meros haqida.

  3. Millatimizning iftixori bo’lmish go’zal Xivamiz dunyo turtguncha tursin.

Ahmad Farg’oniy! O’ziga tanlagan bu tahallusi bilan ul ulug’ zotnining buyuk ajdodimiz, daho yurtdoshimiz ekanini yorqin ko’rsatib turtibdi. Mavridi kelib qpldi, shu urinda bir muhim va jiddiy masala xususida tul usti to’xtab o’tishga qaror qildik. Biror tarixiy shaxs yoki oddiy kishining qaysi xalqqa mansub ekanini faqat bir omilga – uning tug’ilgan joyiga qarab belgilash masalaga bir tomonlama yondashuv bo’lur edi. Avvalo, usha tarixiy shaxs yoki oddiy kishining ota – onasi qaysi xalqqa mansub ekani xal qiluvchi omil bo’lishi kerak. Qolaversa, o’sha tarixiy shaxs va oddiy kishi tug’ulgan joy o’sha davrda qaysi davlatga qaragani, qaysi sulola hokimyat tepasida bo’lganiga ham, albatta, diqqatni qaratmoq lozim. Bulardan tashqari, inson boshidan ne savdolar kechmaydi, deysiz. Odam bir mamlakatda tug’ilib, taqdir taqozosi bilan gudakligida yoki kamolotga yetganidan kiyin o’zga mamlakatlarga borib qolishi, o’zga calqlar davrasida yashab o’tishi ham ehtimoldan xoli emas. Ayniqsa, bunday xollar tarixiy kechmishimizda – talato’p zamonlarda , qatag’on yillarida ko’p yuz bergan. Misollarga o’tamiz.

Muhammad Tarag’ay – Mirzo Ulug’bek Ozorboyjonning Sultoniya shahrida tug’ulgan. Chunki Sohubqiron Amir Temur o’sha kezlari safarda edi, kuch – quroni, haram ahli, yaq1in oila azolari, jumladan, kelinlari ham qo’shinning to’g’riq qismida edilar.

Alesher Navoiy Xorazmda, yani Janubiy Turkistonning poytaxti Hirot shahrida temuriy Hoqon – Shoxrux mirzo zamonida temuriylar xonadiniga yaqin saroy ayonlaridan bo’lmish Sabzavor shahrining hokimi G;iyosiddin Baqhodir oilasida tavallud topgan. Endilikda, aniqroq qilib aytsak, Ashtarxoniylar hukmronligining so’ngi yillarida ichki nizolarning avj olib ketishi tufayli 1760-yildan BUxoro Xonligi qalamravidan avg’on amiri Ahmad shoh Duroniy tasarrufiga o’tgan Hirot shahrida 1441-yili tug’ilgan Navoy bob0mizning ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri ekaniga zarracha shubha tug’dirishi mumkin emas, albatta.

Tarixiy shaxs yoki oddiy kishining qaysi xalqqa mansubligini belgilashda uning tug’ulgan joyiga ham tarixiylik nuqtai nazaridan yondashmmoq zarur. Bizkim, o’zbeklar azaldan yashab kelgan hududlar bilan yoki bo’lmasa xalqimiz tomonidan o’tmishda tuzilgan davlatlarning hududlar biolan bugungi davlatimiz hududi o’rtasida farq bor. Bu ham tartix taqazosi. Xalqimizga mansub tarixiy shaxslar va oddiy kishilarni belgilash va aniqlashda ana shu hududiy farqni ham etibordan soqit qilmaslik lozim. Ayniqsa, bu narsani yoidda tutish bizkim, o’zbeklarga shuning uchun ham zarurki, millatimizning oltmish foizi mamlakatimizda qolgan qirq foizi horijda, asosan, qo’shni, ayni paytda osh davlatlarning bizga tutash va chegaradosh viloyatlarda azaldan yashab kelmoqda, ular bu viloyatlarni uzlrining ham tarixiy, ham asl vatanlari deb biladi.

Endi yana Ahmad Far’oniyga qaytamiz. bu buyuk ajdodimiz yaratgan nil daryosi suvi sathining ko’tarilish va pasayish darajasini o’lchaydigan asbob “miqyos ul-jadid” va bu asbob boshqariladigan suv inshoati, mana, oradan 11 yarim asrcha vaqt o’tibdiki, hamon hammani qoyil qodirib kelmoqda. Bugungi kunda Misr Arab Rwesp[ublikasiga uzoq – yaqindan brogan sayyohlarni ham taajubga solmoqda. Vaholanki, bunday qurulma va inshoatlar azaldan sug’orma dehqonchilik madaniyati ravnaq topgan Turkiston mamlakatida, jumladan, Farg’ona vodiysida odatdagi oddiy narsalar edi. Masalan, fizika fanidagi tutash idishlardagi suv sathlari to teng darajalariga yetguncha ko’tariladi yo pasayadi. Degan qoidaga binoan qurulgan sug’orish inshoat6lari – “ Qaynama” va “Ko’tarma”lar qadim shosh mulkida ham qariyib uch mung yildan beri mavjud, hozir ham ayrim “qaynama”lar toshkentning eski shahar qismida saqlani kelmoqda. Ahmad Farg’oniy, qush uyasida ko’rganini qiladi, deganlaridek, o’z yurtida korgan – bilganlarni horijda yanada boyitib, illmiy isbotlab, katta kulamda hayotga tadbiq etgan.

“qush uyasida ko’rganini qiladi”, “tarki odat amri mahol” degan xalq maqollari, chindan ham purhikmat kishi taqdir taqzosiga ko’ra qayerda yashamasin, o’zga biror tilda so’zlashmasin yoki yozmasin, baribir o’zi mansub bo’lgan xalqni9ng tutumini tutuaveradi, tomirlarida oqayotgan ajdodlari qoni shunga tabiiy ravishda olib boradi. Abu Nasr Farobiy buyuk falsafiy asarlar yaratishi bilan barobar qadimiy utroq, xalqning bir vakili sifatida bog’ – rog’larga burkangan, oqar suvga ma’mur shaharda unib o’sgan bir inson sifatida “qush uyasida ko’rganini qiladi”, “tarki odat amri mahol” deganimizdek, o’z yrtida juda oils yerda – Damashq shahrida so’lim bir bog’ yaratadi. Shu dalillarning o’ziyoq bu buyuk ajdodimizning kimligini aytib turibdi.

Yoki bo’lmasa, Abu Rayhom beruniy bobomizni olb ko’ratyli bu buyuk ajdodimizning ilmiy tafakkuri shu darajada ko’lamli va teran ediki, uning asarlarini ilm okeanidagi nir dengizga qiyoslash munkin. U shunchalik bilimdon va vatanparvarki, hatto, Samarqand shahrining yoshiga tegishli ma’lumotni ham yozib ketgan. Beruniy 27 yoshida yozib tugatgan ulkan tarixiy asar – “Osor ul – boqiya” (“o’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar”) kitobida keltirtishicha, Samarqand Iskandar Majduniy (Aleksandr makedonskiy) turon mamlakatiga kelishidan biryarim ming yilcha avval ham shahar sifatida mavjud bo’lgan Iskandarning milodiy sanadan avvalgi uchinchi asrda yurtimizga kelganini xisobga olsak, samarqandning shahar sifatidagi asl yoshi kamida 3 ming 800yil bo’lib chiqadi. Bu fikrni ona tuqrog’imizning o’zi – samarqanddagi madaniy qatlam ham isbotlab berayotir. Qadimshunoslarning aniqlashicha, bu yerda madaniy qatlam 35 metrgacha yetib qoladi. ,a’lumki, yer yuzidagi turli o’lkalarda inson ongli faoliyati va mehnatining avvalgi hosilasi, samarasi keyingi natijasi bo’lmish madaniy qatlamning qalinligi turlicha bo’lib, ba’zi joyl;arda bu atigi bir – necha sm dan oshmaydi ham. Samarqanddagi madaniy qatlam qalinligi esa -35 metr!

Endi Beruniy haqida yuqorida aytilganlarinng talqini va tahliliga o’tamiz. Beruniy “ossor al – boqiya”ni yozganidan navqiron yigit yoshida edi. , muallif, mabodo, bundan boshqa asar yaratmaganida ham shu kitobi uchunoq qomusiy olim sifatida nomi tarix zarvaraqalarida oltin harflar ilan yozilib qolaverardi. “ossor al – boqiya” – chindan ham, o’tmishimizga, ajdodlrimiz tarixiga, umuman davlatchilik, hususan, milliy davlatchiligimiz tar5ixiga doir keng qamrovli, teran va mantiqan asoslangan fikr – mushohadalariga juda bo muhim va nodir manbalardan biri. Beruniy bu asarini yozib tugatgan davrida, asosan, ona yurti XSorazmda yashab shu yerda ta’lim olib madrasalarda va Xorazmshohlar saroyidagi saqlanayotgan kitoblarini jmustaqil mutoola qilish orqali, ishonchli yurtdoshlari bilan o’tkazgan suhbatlari vositasida o’z bilimini boyitgan edi.

Abu Rayhon beruniyning “Osor al-boqiya” va “Hindiston” asarlarida yozilishicha o’sha davrda G’azna daryosi havzalarida, shuningdek, bu atrofdagi hududlarda turkey qabilalar yashagan\, muaalif ularni tebet turklari deb atagan (oradan besh asrcha o’tach Bobur ham o’z “Boburnoma” sida shu fikrni tasdiq;aydi). G’aznaviylar davlati, ayniqsa, Sabuktegin (977-997), Mahmud G’aznaviy (997-1030) , Masud I (1030-1041) hukmronlik qilgan davrlarda juda qudratli bo’lib butun hozirgi shimoliy Hindistonni, hozirgi markaziy Osiyonong katta qismini o’z tasarrufiga ogan edi. Mashxur tarixchi va davlat arbobi Nizom mulmulk o’zining “Siyosatnoma” asroda yozishicha, hatto, Bag’dod xlifalari ham G’aznaviy hukmdorlari bilan siyoiy va harbiy masalalarda hisoblashardi. Turki hu8kmdorlarda birinchi bo’lib sulton unvonin olgan kishi shu sulolaning eng mashxur vakili Mahmud G’aznaviy edi.

Abu Rayhon Beruniy o’zining 75 yillik umrining 31 yili8ni g’aznada o’tgazgan va shu yerda vafot etgan.uning ko’pgina asarlari, jumladan, “Hindiston”, “Saydana”,Qonuni Mas’udiy”, “Kitob al – Jamohir fi ma’rifat al – javohir” kitoblari ham ana shunday davlat buurtmalari buyicha dunyoga kelgan. Uning uzoq G’abr tomo9nlridan qit’a bo’lishi kerak, degan nazari fikri (hozirgi ifoda bilan aytganda, yer materigining sharqida qit’alar bor ekan, de3mak, g’arbda ham qit’alar bo’lishi shart ) ham shu yerda tug’ulgan. Afsuski, bu nazariya takomilii topmay, amali tasdiqini ko’rmay qolib ketadi, buning inson azmu irodasiga bog’liq va bog’liq bo’lmagan ya’ni, obyektiv va subyektiv sabablari bor edi. Xullas, Beruniy g’aznada hyamj ulkan matematiklar, ulug’ astranomlar, mashxur sayyohlar yurti bo’lmish Xorazmning buyuk farzandlardan biri bo’lib qolavergan.

Chingizxon bosqiniga qadar bo’lgan Buxoroning Saroy kutibxonasida asrlar buyi butunturkistondan, qo’shni o’lkalardan to’planga va avylab saqlangan minglab nodir va kamyob asarlar haqida elimiz orasida ko’plab afsonaomus, rivoyatnamo gaplar yuradi. Ne baxtki yoshligidan ilmga chanqoq Ibn Sino hali o’smirligidayoq ana o’sha kitoblarni, bizgacha yetib kelmagan o’sha nodir va kanyob, (qo’lyozma asarlar odatda yagona nushada, nari borsa, bir necha nushada bo’ladi holos), asarlarini bir boshdan o’qib chiqishga muyassar bo’lgan yoshlik chog’larida olingan ilm insonning ongi, qalbi, ruhida bir umur mustahkam muhrlanib qoladi, sadoqatli yuldoshdek uni umr buyi yaxshilikka chorlayveradi, olim odam yangi - yangi kashfiyotlar yaratishga davit etaveradi. Ibn Sino ham huddi shundaylardan bo’lgan desak yangilishmaymim. Ibn Sino mutoola bilan qattiq mashg’ul bo’lgan kezlarda Buxoroning saroy kutubxonasi, xaqiqatdan ham, juda boy kitob xazinasiga ega bo’lgani haqida tarixda ko’plab ma’lumot’ar mavjud, biroq o’sha kitoblarning o’zi no’malum, biroq, taskin berarli yeri shundaki tibbiyotga doir kitoblrninmg qaymog’i Ibn Sino asarlarida ayniqsa, turtjild, besh kitobdan iborat “tib qonunlari” asarida o’zining ilmiy ijodiy takomillashtirilganva sayqallangan ifodasini topib, bizgacha yetib kelgan.

O’zbek xalq tabobatida turkona (oddiy so’zlashuvda “turkana” deyiladi) dorilar hamda turkona davolash usullari azaldsn qullanilib kelinadi. Masalan, achchiqtosh bo’shashgan milklarni davolashda qo’llangan; oq va qora saqich chaynash bilan tishlar mustahkamlangan; sovug’I oshgan bemorlarga issiqlik hisoblangan bedana va xo’roz go’shtini iste’mol qilish tavsiya etilgan bo’lsa, issig’i oshgan bemorlarga mol go’shti ravo ko’rilgan: suyakning darz ketishi va sinishini davolashda taxtakash bog’lash va bemoirga mumyoi asl berish qo’llangan; emizikli bolalarga turli toshmalar darhol emizuvfchi onaga vaqtincha shirinliklarni kam iste’mol qilishi yoki biroz muddat shirinlik yemay turishi buyurilgan (xozirgi zamon tibbiyoti hgam inson qonida uglevodning ko’p bo’lishi yara – chaqa, toshmalarning avj olishiga sabab bo’lishini tasdiqlaydi); qir va dalalarda o’suvchi giyohlarning o’ziga xos shifobaxshlik xususiyatlarini xalqimiz yaxshi bilgan va salomatlik yulida o’rinli va unumli qo’llagan.

Xalqimiz dahosining yorqin ko’rinishlaridan biri buyuk ajdodimiz Abu Nasr Muhammad Farobiyning ilmiy merosida o’z ifodasini topgan. Farobiy haqida ilmiy ommabop nashrlarda so’z borganda odatda u o’z zamonasi olimlarining barcha sohasini mukammmal bilgani va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo’shgani, yunon falsafasini shaxrlab dunyoga keng tanitgani tufayli SHarq mamlakatlarida ulug’lanib, al – muallim as – soniy, ya’ni ikkinchi muallim Sharq Arastusi deb yuritilgan deyiladi.

Ma’lumki, sho’rolar zamonida qomusiy olimlarimiz, shu jumladan, biz yuqorida tilga olib o’tgan Muso Xorazmiy, Farobiy, Farg’oniy, Beruniy va Ibn Sinoning jahon tamadduniga qo’shgan hissalari haqidfa so’z borganda asosan, ularing tabiiy fanlar ravnaqidagi xizmatlari bilan cheklanib, ijtimoiy fanlar rivojidagi xizmatlari deyarli chetlab o’tiladi. Shuning uchun ham bir misol tariqasida biz Farobiyning musiqa san’ati va musiqashunoslik ilmi ravnaqiga qo’shgan hissasi haqida, qisqacha bo’lsa-da, maxsus to’xtab o’tdik. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Farobiy yetmishdan ortiq tilni bilgan va ko’pgina tillardagi eng muhim asarlarni mutoalaa qilgan.

Xullas, tamaddunimiz negizlari xalqimizning dahosidir. Xorazmiy, Farg;oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi xalqimiz daholari qilgan buyuk kashfiyot va ixtirolardan butun olam ahli bahramand bo’lib kelmoqda. Ana shu narsaga bizkim, o’zbeklarning jahom tamaddunig qo’shgan hissasi deyiladi. Xorazm ma’mun akademyasining fraoliyati shu hissaning munosib bir ulushi bo’lgan.

Xulosa qilib aytganda Xorazm ma’mun akademyasining ming yillik to’yi yuksak tashkiliy darajada nishinlanadi, bu akademyaning jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo’shganiga yana bir bor ishionch hosil qilinadi, yuragida ayniqsa, yosh avlod qalbida milliy iftixor va mamlakatimiz tarixiy o’tmishiga chuqur hurmat tuyg’usini kamol toptirishga xizmat qiladi.
«Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Bunday insonni tarbiyalash esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir.»

I.A. Karimov
7. MAVZU:Sharq renessansi makkaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati tarixida buyuk xodisa.

Reja:


  1. SHarq Renessansi (uyg‘onish) Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati tarixida buyuk hodisa.

  2. SHarq Renessansi davrining buyuk allomalari va ularning jahon ma’naviyati va madaniy taraqqiyoti (sivilizatsiyasi) rivojida tutgan o‘rni.

  3. Markaziy Osiyoda so‘ngi Temuriylar davri ma’naviyatining yuksalishi.




  1. SHARQ RENESSANSI (UYg‘ONISH) MARKAZIY OSIYO XALQLARI MA’NAVIYATI TARIXIDA BUYUK HODISA

Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy – siyosiy o‘zgarishlar, yagona islom dininig tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko‘tarinkilik ruhini paydo etdi. Bu ko‘taringilik butun Arab xalifaligini, YAqin va O‘rta SHarqni qamrab olganligi uchun SHarq o‘yg‘onish davri deb ataladi. Bu jarayon IX asrdan boshlab XV-XVI asrgacha davom etdi.

Arab xalifaligida asrda vujudga kelgan Uyg‘onish davri xalifaligining Bag‘dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa щu davlatlarning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning dovomi bo‘ldi. Ayniqsa VII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi -Bag‘dod, Damashq shaharlarida madaniyat ilm-fan ko‘chayib bormoqda edi. Xususan Xalifalar mansur (754-776) Xorun ar-Rashid 786-809) va uning o‘g‘li Ma’mun (813-833) hukmronligi davrida hindcha yunoncha, forschadan ilmiy siyosiy badiiy asarlarning tarjimalari ko‘paydi, madaniy aloqalar avj oldi, qadimgi YUnonstonning mashho‘r olimlari Arsitotel Galen, Gippokrat, Arximed, Evklid kabilarning merosi keng o‘rganildi.

Xalifa Xorun- ar rashid va uning o‘g‘li Ma’mun davrida Bag‘dodda «Baytul hikma» (donishmandlik uyi-hozir akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil topib,YU rasadxon, keyinchalik yangi kutubxona qurildi. Bu akademiya barcha ilm sohiblari to‘plangan markazga aylandi. Bag‘doddagi mazkur ilm markazi o‘z navbatida SHarq va g‘arbda ilm faninin taraqqiyo etishga ma’naviy hayotning yuksalishiga ta’sir etgan. Bu o‘rnida al-Ma’munning ilm-fan ravnaqiga ko‘rsatgan homiyligi beqiyos bo‘lgan. Xalifalikning turli o‘lkalaridan taniqli olimlar Bag‘dodga olib kelindi. Ma’mun Bag‘dodga halifa bo‘lib ketishidan avval Mavrda halifalikning O‘rta Osiyo va Xurosondagi noibi bo‘lgan. Uning saroyida katta olimlar: Xorazmiy, Farg‘oniy Turkiy, Marvaziy, Maturidiy kabilar ijod qilgan. O‘rta Osiyoda arablar kelib halifalikkka bo‘ysunushdan qutilish va mustaqil davlat tuzish uchun qurashga aylanib ketdi. Natijada IX asrning oxiridan boshlab mo‘g‘ullar istilosiga – IIX asrning boshlariga qadar bo‘lgan davr ichida O‘rta Osiyo va Xurosonda bir necha feodal davlatlari vujudga kelib, parchalanib ketdi, bular qoraxoniylar, somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, qorahoniylar va nihoyat xorazmshohlar davlati edi.

Qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh YUnon xoh arab, xoh Mavoraunnahr va Xuroson xalqning eng qadimgi antik darvlar madaniyati bo‘lsin, Uyg‘onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Agar arablar O‘rta Osiyoni bosib olib, bu erda ilgari mavjud bo‘lgan fan va madaniyat o‘choqlarini yo‘qotgan bo‘lsalar, ko‘p o‘tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qushiluvchi natijasida SHarqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi.

YAqin va O‘rta SHarqda jumladan Eron Kavkaz ort iva O‘rta Osiyoda savdo aloqalarining rivojlanganligi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. M.Xayrullaev ta’kidlaganidek «YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlaridagi madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab feodal munosabatlarning yangi bosqichi bo‘ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo‘ysungan mamlakatlarning xo‘jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar- hind O‘rta Osiyo Eron, Arab, YUnon, Rim madaniyatlarining yaqindan o‘zaro aloqasi va bir –biriga ta’sir etib borishi katta rol o‘ynaydi»46

Bu davrda qishloq xo‘jaligi foydalanadigan er maydonlari kengaydi, ko‘plab sug‘orish inshootlari tiklandi va yangilari qurildi, paxta, zig‘ir, kanop ekilib, ular tolasidan mato to‘qilgan. Mavoraunnahrda xususan Urganch, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro to‘qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo‘lgan.

Qishoq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Natijada YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko‘lami ortib bordi.

«Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixida YAngi sahifa ochdi. Makedoniyalik Aleksandr orzu qilgan SHarq va g‘arbning hayotida YAngi davr boshlandi. Bu jarayonning, ayniqsa, Evropa uchun ahamiyati beqiyos bo‘ldi. SHarq faqatgina Evropa madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman evropalik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini, tarixiy jarayonni tubdan o‘zgartirib yubordi».

X asrdan boshlab Mavoraunnahr va Xirosonda mustaqil feodal davlatlar: Tohiriylar, Samoniylar, Qoraxoniylar, g‘aznaviylar, Suljuqiylar, Xorazimshohlar davlatlarining paydo bo‘lishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi.

Samoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o‘sha davrning madaniy markazlaridan hisoblanar edi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Buxoroda katta kitob bozori bo‘lgan, kitob do‘konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy bahs, munozaralar o‘tkazganlar. Samoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazimiy, al-Farobiy, Beruniy, ibn Sinolar yashab ijod etishgan.

Qoraxoniylar davlatida (X asr 2-yarmida tashkil topgan) ham ba’zi xonlar o‘z saroylarida kutibxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab, hatto g‘arbiy Evropa olimlarining asarlari ham bor edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. YUsuf xos Hojib, Muhamad Qoshg‘ariy kabi olimlar asarlar yaratdilar.

g‘aznaviylar davlati (XI asr boshlari)da ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. Muhmud g‘aznaviy o‘z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to‘pladi. Olimlarni ilmiy ishlarga jalb etdi. Beruniy ham Mahmud saroyida yashab «Hindiston» asarini yaratdi.

Suljuqiylar davlatida Alp Arslon Muhammad hokimiyatni boshqargan vaqtda uning vaziri Nizom ul-Mulk o‘z davrining mashhur siyosiy arbobi va ma’rifatparvar inson sifatida dovrug‘ qozondi. «Siyosatnoma» asarini (1091-1092) yozdi. U g‘aznaviylar ish uslubiga o‘zgartirishlar kiritdi. Nizom ul-Mulk 1067 yilda Bag‘dodda o‘zining shaxsiy jamg‘armasiga «Nizomiya» madrasasini qurdirdi, unga homiylik qildi.

Xorazimshohlar davlati (XI asr) davrida Xorazimda ilm-fan rivoj topdi. Ma’mun o‘z saroyida tashkil etgan. «Baytul hikma» «Donishmandlar uyi»da qomusiy olimlar Beruniy, ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nosir ibn Iroq faylasuf Abu Sahl al-Masihiy, tabib Abdulxayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug‘illandi. Lekin toju-taxt uchun kurash natijasida bui lm dargohi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.



SHarq «uyg‘onish davrida» ilm-fan 3 yo‘nalishda rivojlangan:

  1. Birinchi yo‘nalish – matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, bularga matematika, astronomiya, Kime, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmakologiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga ibn Sino, Jurjoniy tibbiyot va falsafa, Abu Rayxon Beruniy tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.

  2. Ikkinchi yo‘nalish – ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa, tarix, mantiq, fikh, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo‘yicha Farobiy, al-Kindiy, ibn Sino, Zahiriddin Bayhaqiy, Muhammad Narshahiy va boshqlar faoliyat ko‘rsatganlar.

  3. Uchinchi yo‘nalish – ta’limiy-ahloqiy yo‘nalishi bo‘lib bu sohada qomusiy olimlar o‘z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlar tarkibida yoki axloqiy asarlarda bayon etsalar, adib va tarbiyashunos olimlar ta’lim-didaktik asarlarida ifodalaganlar. Ma’lumki, SHarq uyg‘onish davrida inson muammosi ma’naviyat sohasidagi asosiy masala bo‘lgan. SHuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan, yaratilgan asarlarda SHarqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolotini ulug‘lash etakchi o‘rin tutgan.

Umuman uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ular quydagilardan iborat:

  1. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo‘lda o‘tmish va qo‘shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish ayniqsa tabiiy-falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.

  2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarinng rivoji, ratsionalizm aql kuchga ishonish asosiy e’tiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.

  3. Insonni ulug‘lash, uning aqliy tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yish.

  4. Universallik - qomusiylik barcha narsa bilan qiziqish bu davr madaniyatining muhim tomonlaridan biri edi.

Bu davrmadaniyati umuminsoniy fazilatlar rivoji uchun xizmat qildi. Uyg‘onish davri mutafakkirlari o‘zlarining qomusiyliklari, Ayni bir paytning o‘zida ham faylasuf, musiqashunos, ham mantiqshunos, jamiyatshunos va adabiyotchi, tarixchi, shoir va matematik, xullas ilimning hamma sohalaridan xabardorliklari, ijodning bir necha sohalarida o‘zlarini ko‘rsatganliklari bilan ajralib turadilar. SHarq ulug‘ siymolarining kishini lol qoldiradigan jihatlaridan biri sifatida bir necha tilda bemalol gaplasha olganliklarini ham aytib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ilm-fan va madaniyatda ular shug‘illangan sohalarni sanab aytib berish osonroqdir. Bundan tashqari ularning ko‘pchiligi fanda yangicha yo‘nalishlarni, yangicha tafakkur uslubini ixtiro qildilar, ilgari hech kim aytmagan YAngi ta’limotlarni maydonga tashladilar va ilmiy asoslab berdilar. Buyuk tafakkur allomalari tomonidan chuqur ilmiy asoslangan g‘oya va ta’limotlar faqat ular yashagan davr ko‘zgusi emas, balki kelajakni oldindan bashorat qilish, tabiiy, ijtimoiy voqea va jarayonlarni oldindan aytib berish nuqtai nazaridan ham bebahodir. Donishmand bobolarimizning ilmiy-falsafiy ta’limotlari umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’limotdir. SHu narsa e’tiborga sazovarki, SHarq mutafakkirlari o‘z davri dolzarb hayotning markazida bo‘ldilar, xalq va vatan manfaatini himoya qildilar. Bu ularning haqiqiy barkamol inson, otashin vatanparvar, xalqparvar va buyuk alloma ekanligining belgisi va bosh sababidir. Ushbu buyuk zotlar,­­­­­­­ qomusiy aql egalari yashagan Osiyoda ilm-fan va madaniyat, falsafa yanada rivojlana boshladi. Bu rivojlanish, to‘xtovsiz takomillashib borish bir necha yillarni o‘z ichiga qamrab oladi va bizning davrimizga etib keldi.48

Xulosa qilib aytganda, islom dinining yoyilishi, markazlashgan Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish Mavoraunnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish-«SHarq Renessansi»-uyg‘onish davrini boshlab berdi. SHarq uyg‘onish davri ta’lim-tarbiya muammolarini tahlil qilar ekanmiz, uni 2 yo‘nalishda-1) qomusiy olimlar ijodiy merosida ta’lim-tarbiya muammosi va 2) sof ta’limiy-axloqiy asarlarda komil insonni tarbiyalash muammolarining hal etilishi orqaliifodalanganini ko‘ramiz. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston FA umumiy yig‘ilishida 1994 yil 7 iyulda so‘zlagan nutqida ta’kidlab o‘tganidek, «falsafa ilmini xususan SHarq falsafasini teran o‘rganish, shu asosda ulug‘ madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish yaqin o‘tmishimizdan qolgan mafkuradan xolos bo‘lish, o‘zimizning asrlar sinovidan o‘tgan, ulug‘ ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy-umumbashariy ruh bilan boyitish hammamizning dolzaryu vazifamizdir».

Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi. Ma’mun ibn Ma’mun Abulabbos (tug‘ilgan yili noma’lum-1017, mart)-Xorazmshoh­ sulolasining uchinchi hukmdori (1009-17). O‘rta Osiyo, SHarq mamlakatlarining bir qancha olim, shoir va yozuvchilarini o‘z atrofiga to‘plagan. Gurganch (Urganch) da «Ma’mun akademiyasi» ga asos solgan. Xorazmda 995-1015 yillarda, ya’ni 22 yilgina hukmronlik qilgan Xorazmshoh Ma’muniylar sulolasi davrida madaniyatga, ilm-fan, adabiyot rivojiga alohida e’tibor berildi. Abu Abbos Ma’mun II davrida Xivada ilmiy markaz-Ma’mun akademiyasi tashkil etilgandan so‘ng uning dovrug‘i o‘z davrida butun SHarqqa yoyildi. IX asr o‘tib ibn Sino, Abu Nasr ibn A’roq, al-Xorazmiy, Qamariy, al-Qosiylar ijod etgan. Bu olimlarning ko‘pchiligi tibbiyot, riyozat, falakiyot, fizika, Kime, hikmat kabi fanlarning rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shib, ularni yangi va yuqori bosqichga ko‘targanlar. Ma’mun Urganchda bir qancha yirik binolar qurdirgan. Ma’mun g‘aznaviyning Xorazmga qlgan yurishi (1017) natijasida bu erdagi olimlarning ko‘pchiligi g‘aznaga majburan olib ketildi, shahar inqirozga yuz tutdi. Saroyda uyushtirilgan suiqasd natijasida Ma’mun o‘ldirildi. 1997 yil 11 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma’mun akademiyasini qayta tashkil etish to‘g‘risida» gi Farmoni nihoyatda katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Umuman 1995-97 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti yordamida 3 tomli «Buyuk siymolar, allomalar» kitobi nashr qilindi. Unda IX-XX asr boshlarida yashab ijod etgan xalqimizning 75 nafar olimi, donishmandlari, adiblari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

VIII asr boshlarida Markaziy Osiyo arablar istilosiga uchradi, u arab xalifaligiga bo‘ysundirildi, bu erga islom dini kirib keldi. IX asr boshlaridan boshlab Movaraunnahrda arab yoziuvida yozilgan yodgorliklar vujudga kela boshladi. Arab istilosidan, ya’ni VIII asrdan XX asr boshlarigacha Movaraunnahrda islom dini ta’sirida arab yoziviga asoslangan madaniy-ma’rifiy rivojlanish hukm surdi. M.Xayrullaevning ta’kidlashicha VIII-XX asr boshlaridagi madaniyatni 4 davrga bo‘lish mumkin:


  1. Ilk uyg‘onish davri. IX-XIII asr 20-yillarigacha o‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda arab istilosiga qarshi uzoq davomli kurash natijasida Markaziy Osiyo erlarida tub xalqlarning mustaqil feodal davlatlari vujudga keldi. Ilmiy-madaniy yuksalish Bag‘doddan Movaraunnahr, Xuroson erlariga ko‘chdi. 1220 yilda bu madaniy uyg‘onish-Renessans birdan uzilib qoldi, mo‘g‘illar hujumi bilan Movaraunnahr va Xurosonni vayronaga aylantirdi, olimlar qatl etildi.

  2. ikkinchi uyg‘onish davri Markaziy Osiyoda XIV asr 2-yarmidan boshlab XV asrni o‘z chiga oladi. Temuriylar davri ham shunga kiradi.

  3. Uyg‘onishning uchinchi davri Temuriylar davlatining inqirozi bilan boshlandi. Temuriyzoda Mirzo Bobur XVI asr boshlarida Hindistonda Temuriy davlatini barpo etdi. Markaziy Osiyolik olimlar Hindiston erida ijod qila boshladilar. Mavoraunnahrda esa uzoq yillik feodal urushlar, ikchi nizolar kuchayib ketdi. XVI asr ikkinchi yarmida Buxoro va Xiva xonliklari, XVIII asr oxirida esa mustaqil Qo‘qon xonligi tashkil topdi. Bu notinchlik XVI-XIX asr birinchi yarmigacha iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotga salbiy ta’sir qildi.

  4. Turkiston madaniyatining to‘rtinchi davri XIX asr 60-yillaridan XX asrning 17-yillarigacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bu erda Rossiy hukmronligi o‘rnatila boshlandi.

  5. Uyg‘onishning beshinchi davri 1999 yillarda O‘rta Osiyoda, shuningdek er yuzining ko‘plab mintaqalarida boshlandi. Bunda o‘zlikni anglash, tarixni bilishga intilish kuchaydi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish