13.Mavzu.Shaxs ma'naviyatining zohiriy va botiniy alomatlari, ularning nafosat bilan munosabati. Reja;
1.Ma'naviyat va inson faoliyati.
2. Shaxs ma'naviyatining botiniy belgilari.
3.Shaxs ma'naviyatining zohiriy belgilari. 4. Ma'naviy qashshoqlikni yo'qotish.
Darsning maqsadi :
-
Ta'limiy :talabalarga mavzu bo'yicha tusbuncha berisb .
-
Tarbiyaviy : ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish va nafosat ruhida
tarbiyalash .
C) Rivojlantiruvchi : Ma'naviy dunyoqarashini ijobiy qirralarini shakllantirish
Darsning turi : Nazariy ma'lumot berish .
Darsning uslubi : suhbat, baxs-munozara . Darsning jihozi: test savollari , tarqatma materiallar . Foydalanilgan adabiyotlar: Ma'naviyat asoslari. S. H.Norxo'-jayev va boshqalar; Toshkent "FAN" nashriyoti -2002 DTS talablari: milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'rni va rolini bilish. Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism: - O'quvchilar davomatini aniqlash, darsga
tayyorgarligini va xona tozaligini tekshirib chiqish.
-
Uyga vazifani so'rash.
-
Yangi mavzu bayoni.
Reja
-
Ma'naviyat va inson faoliyati.
-
Shaxs ma'naviyatining zohiriy va botiniy belgilari.
-
Ma'naviy qashoqlikni yo'qotish.
-
Darsni mustahkamiash.
-
Uyga vazifa.
-
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ma'naviyat va inson faoliyati
Ma'naviyat jamiyat hayoti va inson faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo'ladi. " Ma'naviyat" so'zining qanchalikko'p qirrali vapurma'no ekanligi to' g'risida Islom Karimov o'zining "Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy- axloqiy negizlari" asarida shunday yozadi: "Yer, oila, ota-ona, bolalar qarindosh-uruflar, qo'ni-qo'shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, isonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik-ma'naviyatning ana shun day raa'nosi keng".
Ma'naviyat ishlab chiqarish madaniyatida va me'morchilik qurulishda ham namoyon bo'ladi. Ishlab chiqarilayotgan har bir maxsulot toza, sof, insonni o'ziga tortadigan, inson sog'lig'iga zarar keltir maydigan bo'lish kerak. Me'morchilik-qurilish ob'ektlari esa insonga estetik zavq beradigan, uni hayratlantiradigan, hayotga muhabbat ko'zi bilan qaraydigan va ilhomlantiradigan bo'lmasa , odamlar u erga bormaydilar . Yuimizning buyuk me'morchilik inshootlarini dunyoning turli burchaklaridan odamlarning kelib ketishlarining ko'rib ketishlarining siri ham ana shundadir .
Shaxs ma'naviyatining zohiriy belgilari
Ish (o'qish ) joylarni, hovlilar va uylarni hamda buyumlarni tartibli, ozoda tutish iqlim sharoyiti va milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda orasta kiyinish jamoat o'rtasida, shuningdek, ota-onalar, qarindosh-urug, qo'ni qo'shni, keksalar, erkak va ayol, do'st-birodarlar oldida o'zini tuta bilish, xushmomilalik, kamtarinlik, shaxs ma'naviyatning zohiriy belgilari hisoblanadi .
I'mon, diyonat, fidoyilik, vijdonlilik, mehr shafqat, poklik va halollik singari fazilatlar shaxs ma'naviyatining eng muhim botiniy belgilaridir. Bozor iqtisodiyotini sharoitiga kishilar, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mazkur fazilatlarning ahamiyati ortadi.
Ajdodlarimiz insonning botiniy va zahiriy olamini poklashga, ma'naviy dunyosini boyitishga katta e'tibor berganlar. Tasavvuf ta'limoti vakillari faoliyati bunga misol bo'la oladi. Gap shundaki, hazrat Muhammad Mustaffo alayhissalom,. vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo'linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boylikka ruju, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh urug'lar, yaqin do'st - birodarlarni siylash rasm bo'ladi. Ummaviy xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to'plash avj oldi. Ya'ni diniy mashg'ulotlar, xudo yo'lidagi toat-ibodat o'mini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hoi dinni amrlarni odo etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo'ygan etiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo'ladi . Bularning bir qismi diniy himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo'lib, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni ("zohid" so'zi "zuhd" so'zidan kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib, saroy ahli va sarvatdorlar (boylar) axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g'oyasini targ'ib etgan, ijtimoiy faoliyatidan butunlay chetlanib, surunkali toat-ibodat bilan shug'ulangan.
Zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo'lishlariga qaramay, ishq va irfon (ma'rifat) dan bexabar kishilar edilar. Falsafiy mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma'naviy- axloqiy kamolot sari intilish, valiylik karomat-mo'jizalar ko'rsatish Zohidlarda yo'q edi. zohidlarning niyati taqvo yo'li bilan oxirat ma'rifatini qozonish. Qur'onda va'da qilingan jannatning huzur -halovatiga yetishish edi. So'fiylar nazarida esa jannat umidida toat- ibodat qilish ham tam'aning bir ko'rinishidir.
Shaxs ma'naviyatining zohiriy (tashqi) alomatlariga quyidagi holatlarni kiritish mumkin. Orasta va pokiza kiyinish, o'zini o'zgalardan ustun qo'yishga , manmanlikka bormaslik, kamtarlik, ota-ona, aka - uka, ustoz, qariyalar, qarindosh-urug', qo'ni-qo'shni, do'stu birodarlariga hurmatni bajo keltirish, ig'vo va fitnalardan yiroq yurish, o'zaro muomalada oddiylik va soddalikdir.
Kamtarlik: (tavoze') - o'zini o'zgalardan kam ko'rmaslik hamda boshqalarni izzatu hurmat qilmoqlikdir. Bu hisllatning davlatmand va mansabdor kishilarda bo'mog'i go'zal fazilatdir. Hadisi sharifda: "Kimki tavoze' qilsa, Olloh taollo uning martabasini ulug' qilur", - deyiladi.
Ig'vo - oraga nizo, nifoq solishga, ittifoqni buzishga buzg'unchikka qaratilgan hatti harakatt, yolg'on yashiq, uydurma, bo'hton va shu kabilardir. G'iybat deb bir kishining kamchilik qusurini orqasidan so'ylamakka aytiladi. Ig'vo g'iybat soyasida ikki inson - musulmon orasiga dushmanlik tushadi, - deydi A.Avloniy.
Shaxs ma'naviyatining botiniy belgilari
Botiniy kishilar - dunyo lazzatlaridan ko'ngil uzgan , ammo zohidlarga o'xshamaydigan zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo olg'a muttafakirlardan ajralib turadigan , shariyat ilmini suv qilib ichgan, toatu-ibodatda mustahkam , lekin oddiy dindordan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toiasidir. Ular ruh kishilari edilar. Ularning fe'l- atvori ,yurish-turishi, favqulotda (odatdan tashqari) so'zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar , ba'zilarning g'oyibdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo'jizalari aqllarni lol qoldirardi . Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hoi, ahli botin , arbobi tariqat, darvesh , qalandar , faqir degan nomlar bilan tilga oladilar . Ammo bu toifaga nisbattan,,so'fiy nomi" qo'llanilgan , holbuki botiniy kishilar, ya'ni so'fiylar uchun na dunyodan, na oxiratdan tama bo'lmasligi kerak . Mashhur so'fiy, o'zining chuqur botiniy dunyosiga ega bo'lgan ayol Robiya Adviya(714-801) Tangriga murojaatlariga nola qilib aytar ekan : ,,Ey parvardigorim , ey Yori aziz, agar jannatnig tamasida toat qiladigan bo'lsam, jannatingdan bena^sib et, agar do'zaxingdan qo'rqib ibodat qiladigan bo'lsam, meni do'zax o'tida kuydir, ming-ming roziman! Ammo agar Sening jamolingni deb tunlarni bedor o'tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma !
So'fiylar fikricha , Tangri taologa quruq, ko'rko'rona nute'likning jihati yo'q . Xudo g'azabidan qo'rqibgina amru ma'rufni bajarish sadoqat belgisi emas , balki riyodir. Shuning uchun so'fiylar Ollohni jon-dildan sevish, uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, ko'ngilni nafsu hirs g'uboridan poklab , botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga yetish va bundan lazzatlanish g'oyasini keng targ'ib qildilar. Shaxs -ma'naviyatning botiniy (ichki ) alomatlari qalb tozaligi, halollik, samimiylik mehr shaf at, hayo, oqko'ngillik, adolatparvarlik, iymon, diyonat, taqvo, or-nomus kabi axloqiy tushunchalarni qamrab oladi . Quyida ularning har biriga qisqacha to'xtab o'tamiz.
1. Qalb tozaligi . Qalb yurak, dil ma'nolarini bildiradi. . Kishining ruhiy yoki ma'naviy dunyosi ichki his-tuyg'ulari markazi ramzidir.
2. Halollik . Vijdon bilanjnsof yuzasidan ish tutish, to'g'rilik , soflik, vafodorlik. Halollik har qanday martabani bezaydi . Halollik, to'g'rilik-katta baxt. O'z halolligini namoyish etish ko'proq xushxulq odamga yarashadi. Harom, haromxo'rlik burring teskarisidir.
3.Samimiylik. Sidqidillik,chin qalbdan, yurakdan,dildan chiqqan samimiylik haqiqatning joni va halol odamning peshonaga yozilgan belgisidir (D.Didro). Samimiylik-og'ir va juda nozik masala, u aql va chuqur mana'viy odobni talab etadi (V.V.Veresayev).Samimiylik sofdillikdir. Bu fazilat kamdan-kam odamda .
Mehr -shafqat. Mehr insonning o'z tug'ishganlariga, yaqin kishilarga va umuman odamga bo'lgan samimiy muhabbati, shafqati, rahmdilligi, mehribonlik kabi ma'nolarni bildiradi . Mehr- muruvvatli ,shafqatli ma'nolaridan tashqari , yetim-yesirlarga,nogironlar , qarovsiz qolgan qariyalar, g'ariblarga muhtojlarga nisbatan moddiy va ma'naviy yordam berishdir .
,,Hadis namunalari "da bitilgan shunday so'zlarga e'tibor bering: Odamlarga yaxshilik qilish va qarindoshlar bilan yaqin aloqada bo'lib hoi- ahvol so'rashib turish bu savobi tez tegadigan xayrli ishlardandir. Zulm va qarindoshlardan uzulub ketishlik esa jazosi tez bilinadigan yomon ishlardandir .
Ba'zida mehr-muruvvat (odamgarchilik) kishining o'zi, urug'-aymogi, yaqinlari, shogirdlari, do'stlari va hatto begonalar axvoliga achinish, yordam ko'rsatish kabi ma'nolarda ishlatiladi. Mardlik (futuvvat) esa undan ham ustun bo'lib o'zidan tashkqari ya'ni jamoa, el orasida o'zining odamgarchiligi bilan tanilgan kishilarga nisbatan aytiladi. Shu sababli I.Karimov: «Mehr-oqibat, Muruvvat, or-nomus, sharm-hayo kabi fazilatlar xalqimizni ko'p jihatdan ajratib turadi».- deb alohida ta'kidlaydi.
Muruvvatli, mard kishi o'ziniki ekanligiga hech kim shubha qilmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi. Barcha ishni o'z manfaatini nazaridan emas balki adolat yuzasidan hal qiladi.
Hayo-uyatchanlik. «Bir ketgan uyat qaytib kelmaydi», «dilda dog' ko'tarib yurgandan ko'ra betning qizarganini afzal», deydi xalqimiz. Lekin tilimizda hayosiz deyilganda, uyatsiz ish qilganda xijolat chekmaydigan aybsiz kimsa tushuniladi.
Oq ko'ngillik. Oq ko'ngil odam ko'ngli toza aldamchilik, mug'ombirlikni bilmaydigan insondir. "Inson chehrasi hamisha ichki olamini aks ettiradi, shu sababli fikr yuzda aks etmaydi, deb o'ylash xatodir"(A.Shopengauer).
Adolatparvarlik. (arabcha odillik, to'g'rilik)-ma'naviy barkamollikka erishishning asosiy fazilatlaridan biri bo'lib, axloq va huquqning me'yoriy kategoriyasidir. Bu kategoriyada mavjud muayyan voqelik inson mohiyati va huquqiga mos yoki mos emas(adolatsizlik),deb talqin qilinadi.
Iymon barcha dinlarning ustuni sanaladi . Jumladan, zardushtiylik iymoni uch tayanchga : 1) niyat-fikrning sofligi ; 2) so'zning sobitligiga ; 3) aniallaming insoniyligiga suyanadi .
Imonli kishi o'g'rilik va talonchilikdan , o'zgalarning mol-mulkiga ko'z olaytirishdan, birovning haqqiga xiyonat qilishdan ,o'zligiga ya'ni imonga xilof , zid ish qilishdan o'zini tiya biladigan komil insondir.
Hozirgi paytda imonli odamni qisqacha shunday tavsiflash mumkin : etiqodli ,o'zining aniq maslagiga ega , taqvodor, hamiyatli, oriyatli , or-nomusli, sharm- hayoli , vijdonli ,andishali , insofli va shu kabi fazilatlar sohibidir .
Og'zaki va yozma adabiyot , tasviriy san'at ,xalq amaliy san'ati , musiqa, kino, teatr , televidinyaning bu boradagi imkoniyatlaridan foydalanish zarur . Shunga erishish kerakki, har bir fuqaro :
1) San'atning obrazli tasvir vositalari mazmunini anglay bilsin .
-
G 'oyasi haqida mustaqil fikrga ega bo'lsin va uni bayon qila olsin .
-
Asarlardan zavqlana bilsin , ulardan ibrat va ruhiy quvvat olsin.
bularning barchasi , shaxs ma'naviyatining ichki va tashqi
alomatlarini shakllantradi . Inson hayoti faoliyatida ,dunyo
qarashida muayyan o'zgarishlar yasaydi .
Umuman, ma'naviyat yuqoridagi insoniy fazilatlarning shaxs kamolatidagi o'rnidir. Ma'naviyatning ichki va tashqi alomatlarini shakllantirish turli omillarga :ta'lim-tarbiyajarayoni, oilaviy munosabatlar, ijtiraoiy muhit vadiniy e'tiqod kabilarga bog'liq, bu esa ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash uzoqmuddatli jarayon ekanligini ko'rsatadi.
Shaxs ma'naviyatning botiniy belgilari Botiniy kishilar -dunyo lazzatlaridan ko'ngil uzgan, ammo zohid-larga o'xshamaydigan zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o'zga muttafakkirlardan faylasuflardan ajralib turadigan , shariyat ilmini suv qilib ichgan, toatu- ibodatda mustahkam , lekin oddiy dindordan farqlanadigan ajoyib xislatli odaralar toifasidir. War ruh kishilari edilar. Warning fe'l-atvori yurish- turishi, favqulodda (odatdan tashqari) so'zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba'zilarning g'oyibdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo'jizalari aqllarni lol qoldirardi . Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hoi , ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga oladilar.
Ammo bu toifasiga nisbattan "so'fiy" nomi ko'proq qo'llanilgan , holbuki botiniy kishilar, ya'niy so'fiylar uchun na dunyodan, na oxiratdan tama bo'lmasligi kerak . Mashhur so'fiy, o'zining chuqur botiniy dunyosiga ega bo'lgan ayol Robiya Adviya (714-801) Tangriga murojaatlariga nola qiJib aytar ekan: "Ey, Parvardigorim , ey Yori aziz, agar jannating tama'sini toat qiladigan bo'lsam, jannatingdan benasib et, agar do'zaxingdan qo'rqib ibodat qiladigan bo'lsam, meni do'zax o'tida kuydir, ming-ming roziman! Ammo agar Selling jamolingni deb tunlami bedor o'tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma !
So'fiylar flkricha , Tangri taologa quruq, ko'rko'rona mute'likning hojati yo'q. Xudo g'azabidan qo'rqibgina amri ma'rufni bajarish sadoqat belgisi emas, balki riyodir.
Shuning uchun so'fiylar Ollohni jon-dildan sevish, uning zoti va safatlarini tanish va bilish, ko'ngilni nafsu xurs g'uboridan poklab , botiniy rausaffo bir holatda Iloh vasliga yetishish va bimdan lazzatlanish g'oyasini keng targ'ib qildilar.
Shaxs ma'naviyatning botiniy (ichki ) alomatlari qalb tozaligi, halollik, samimiylik mehr shafqat, hayo, oqko'ngillik, adolatparvarlik, iymon, diyonat, taqvo, or-nomus kabi axloqiy tushunchalarni qamrab oladi. Quyida ularning harbiriga qisqacha to'xtab o'tamiz.
1.Qalb tozaligi . Qalb yurak, dil ma'nolarini bildiradi. . Kishining ruhiy yoki ma'naviy dunyosi ichki his-tuyg'ulari markazi ramzidir.
2.Halollik . Vijdon bilan, insof yuzasidan ish tutish, o'g'rilik, soflik, vafodorlik. Halollik liar qanday martabani bezaydi. Halollik, to'g'rilik-katta baxt. O'z halolligini namoyish etish ko'proq xushxulq odamga yarashadi. Harom, haromxo'rlik buning teskarisidir.
3. Samimiylik. Sidqidillik,chin qalbdan, yurakdan,dildan chiqqan samimiylik haqiqatning joni va haloli odamning peshonaga yozilgan belgisidir (D.Didro). Samimiylik-og'ir va juda nozik masala, u aql va chuqur mana'viy odobni talab etadi (V.V.Veresayev).Samimiylik sofdillikdir. Bu fazilat kamdan-kam odamda bor . Mehr -shafqat. Mehr insonning o'z tug'ishganlariga, yaqin kishilarga va umuman odamga bo'lgan samimiy muhabbati, sliafqati, rahmdilligi, mehribonlik kabi ma'nolarni bildiradi . Mehr-muruvvatli, shafqatli ma'nolardan tashqari, ba'zan egizak, qo'shaloq holda ishlatilib, yetim-yesirlarga, nogironlar, qarovsiz qolgan qariyalar, g'ariblarga, muhtojlarga nisbatan moddiy va ma'naviy yordam berishdir .
"Hadis namunalari" da bitilgan shunday so'zlarga e'tibor bering: Odamlarga yaxshilik qilish va qarindoshlar bilan yaqin aloqada bo'lib hoi- ahvol so'rashib turish bu savobi tez tegadigan xayrli ishlardandir. Zulm va qarindoshlardan uzulib ketishlik esa jazosi tez bilinadigan yomon ishlardandir.
Ba'zida mehr-muruvvat (odamgarchilik)kishining o'zi, urug'- aymoqlari, yaqinlari, shogirdlari, do'stlari va hatto begonalar ahvoliga achinish, yordam ko'rsatish kabi ma'nolarida ishlatiladi. Mardlik (futuvvat) esa undan ham ustun bo'lib o'zidan tashqari, ya'ni jamoa, el orasida o'zining odamgarchiligi bilan taniigan kishilarga nisbatan aytiladi. Shu sababli I. Karimov: "... mehr-oqibat, muruvvat,or-nomus, sharm-hayo, kabi fazilatlar xalqimizni ko'p jihatdan ajratib turadi,"-deb alohida ta'kidlaydi.
Muruvvatli, mard kishi o'ziniki ekanligiga hech kim shubha qilmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi. Barcha ishni o'z manfaati nuqtai nazardan emas, balki adolat yuzasidan hal qiladi.
Hayo uyalchanlik. Bir ketgan uyat qaytib kelmaydi, dilda dog' ko'tarib yurgandan ko'ra betning qizargani afzal, deydi xalqimiz. Lekin tilimizda hayosiz deyilganda, uyatsiz ish qilganda xijolat chekmaydigan adabsiz kimsa hisoblanadi.
Oqko'ngillik. Oqko'ngil odam ko'ngli toza aldamchilik, mug'oinbirlikni bilmaydigan insondir. "Inson chehrasi hamisha uning ichki olamni aks etiradi, shu sababli fikr yuzda aks etmaydi, deb o'ylash xatodir" (A.Shopengauer).
Adolatparvarlik. Adolat (arabcha odillik, to'g'rilik)-raa'naviy barkamollikka erishishning asosiy fazilatlaridan biri bo'lib, axloq va huquqning me'yoriy kategoriyasidir. Bu kategoriyada mavjud muayyan voqeylik inson mohiyati va huquqiga mos yoki mos emas (adolatsizlik), deb talqin qilinadi.
Tymon barcha dinlarning ustuni sanaladi. Jumladan, zardushtiylik iymoni uch tayanchga: 1) niyat-fikrning sofligi; 2) so'zning sobitligiga; 3) amallarning insoniyligiga suyanadi . Iymonli kishi o'g'rilik va talonchilikdan, o'zgalaming mol-mulkiga ko'z olaytirishdan, birovning haqiga xiyonat qilishdan, o'zligiga, ya'ni iymonga xilof, zid ish qilishdan o'zini tiya biladigan komil insondir.
Hozirgi paytda iymonli odamni qisqacha shunday tavsiflash mumkin: e'tiqodli, o'zining aniq maslagiga ega, taqvodor, hamiyatli, oriyatli, or-nomusli, sharm- xayoli, vijdonli, andishali, insofli, vashukabi fazilatlar soxibidir . Darsni xulosalash (Audio magnitafon yordamida qo'shiq eshittiriladi)
Xulosa
Ma'naviy qashshoqlikni va uning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etish uchun talabalarda did va saviyani tarbiyalash lozim. Og'zaki va yozma adabiyot, tasviriy san'at, xalq amaliy sanati , musiqa, kino, teatr, televidinyaning bu boradagi imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Shunga erishish kerakki, har bir talaba:
1) San'atning obrazli tasvir vositalari mazmunini anglay bilsin.
-
G 'oyasi haqida mustaqil fikrga ega bo'lsin va uni bayon qila olsin .
-
Asarlardan zavqlana bilsin, ulardan ibrat va ruhiy quvvat olsin.
Bularning barchasi, shaxs ma'naviyatining ichki va tashqi
alomatlarini shakllantradi. Talaba hayoti faoliyatida, dunyoqarashida
muayyan o'zgarishlar yasaydi .
Umuman, ma'naviyat yuqoridagi insoniy fazilatlarning shaxs kamolatidagi o'rnidir. Ma'naviyatning ichki va tashqi alomatlarini shakllantirish turli omillarga: ta'lim -tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy muhit va diniy e'tiqod kabilarga bog'liq. Bu esa ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash uzoq muddatli jarayon ekanligini ko'rsatadi .
Uyga vazifa: yangi mavzuni o'zlashtirish, savollarga javob tayyorlash. Savol va topshiriqlar.
-
Ma'naviyatning inson faoliyatidagi rolini izohlang?
-
Shaxs ma'naviyatining zohiriy belgilari nima?
-
Kamtarlik yaxshimi? Yoki zararli tomoni ham bormi?
-
Shaxs ma'naviyatining botiniy belgilarini qanday?
-
lymon tushunchasini izohlang?
-
Ma'naviy qashshoqlikni yo'qotish uchunnimaiar qilish kerak?
Javoblar.
-
Ma'haviyat jamiyat hayoti va inson faoliyatining barcha soxalarida namoyon
boiadi, "Ma'naviyat" so'zining qanchalik ko'p qirrali va pur ma'no ekanligi
to'g'risida I.Karimovning "Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy -
axloqiy negizlari" asarida shun day yozadi: Yor, oila, ota-ona, bolaJar, qarmdosh
urug'lar, qo'ni- qo'shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga
hurmat,ishonch, xotira, vijdon, erkinlik-ma'naviyatining ana shunday ma'nosi
keng.
-
Ish (o'qish) joylarini hovlilar va uylarni hamda buyumlarni tartibli ,ozoda tutish ,
iqlim sharoiti va milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda orasta kiyinish jamoat
o'rtasida , shuningdek , ota- onalar, qarmdosh -urag', qo'ni -qo'shni keksalar,
erkak va ayol, do'st birodarlar oldida o'zini tuta bilish , xush muomalalik,
kamtarlik shaxs ma'naviyatining zoxiriy belgilari hisoblanadi .
3. Kamtarlik: (tavoze ) - o'zini o'zgalardan kam ko'rsatmaslik hamda boshqalarni izzatu-hurmat qilmoqlikdir O'zbek xalqi milliy qadriyatlarida, urf- odatlarida kamtarlik ulug'lanib , takabburlik ,man-manlik, firibgarlik , maqtanchoqlik keskin qoralanadi .
-
Botiniy kishilar - dunyo lazzatlaridan ko'ngil uzgan, ammo zohidlarga o'xshamaydigan zehni zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o'zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan , shariyat ilmini suv qilib ichgan ,
toatu ibodatda mustahkam , lekin oddiy dindordan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasidir
-
lymon -arabcha so'z bo'lib , lug'aviy ma'nosi ishonchdir . Shariatda esa janob Payg'ambarimiz Muhammad alayhisalom Olloh taolo tarafidan keltirilgan barcha xabarlarga til bilan iqror bo'lib , dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
l.Karimov 1. A . ,,O'zbekistonningo'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" . Toshkent : ,,0'zbekiston ", 1996.
2. Karimov I A O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'H ".Toshkent ,,0'zbekiston" , 1996. 3.1 . A . Karimov Ma'naviy yuksalish yo'lida . Toshkent. ,,0'zbekiston " 1998
-
Inson huquqlari. Toshkent: ,,Sharq " , 1997
-
Ochilov M , Ochilova N. O'qituvchi odobi. Toshkent: „ O'qituvchi , "
14.Mavzu: DEMOKRATIK JARAYONNING SHAKLLANISHIDA MA’NAVIYATNING O’RNI.
Demokratiya-grekcha so‘z bo‘lib ( demo-xalq, kratos- hokimyat), ya’ni «Xalq hokimiyati» degan ma’noni bildiradi. Demokratiya-xalqni, davlat organlarini tuzish, ular ishida ishtirok etish, davlat organlari ishini tashkil etish, mamlakatda inson huquqlarini ta’mirlash orqali namoyon bo‘ladi. U davlat bilan inson munosabatlaini belg‘ilaydi. Demokratiya- fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyilllarini e’lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shaklidir. Demokratiya ozchilik ko‘pchilikka bo‘ysunushi, davlat hokimyati asosiy organlarning saylab qo‘yilishi, siyosiy huquq va erkinliklarning mavjudligini ko‘zda tutadi. Demokratiya bevosita demokratiya va vakillik demokratiyasi shaklida bo‘ladi.
-
Bevosita demokratiya: har bir fuqaroning davlatni boshqarishda, davlat ishlarida bevosita, ya’ni shaxsan ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasining yorqin ifodasi xalq deputatlari bo‘lib, ular saylovchilarning vakilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham xalq vakilidir.
-
Vakillik demokratiyasi:-davlatni boshqarishda, davlat va jamoat ishlarida fuqarolarning vakillar orqali ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasining yorqin ifodasi xalq deputatlari bo‘lib, ular saylovchilarning vakilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham halq vakilidir. Vakolatli demokratiya institutlari (referendumlar davlat hayoti masalalarining umuxalq , jamoat tashkilotlari faoliyati) farq qiladi.
Demokratiya- kishilik jamiyat tarixida insoning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab uning erku irodasini, xohish istagini belgilaydigan mezon bo‘lib kelmoqda. Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy huquqiy, ma’naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tashkil etgan aholi umumiy dunyoqarashini o‘zida mujassam etadi. Har qanday davlat o‘z huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga, boshqaruvidagi aniq tamoyillariga ega bo‘lmasa, fuqarolar esa o‘z xaq-huquqlarini himoya qilish bilan jamiyat va davlat oldidagi, o‘z mamlakati istiqbol yo‘lida vazifalari va burchlarini to‘la anglab olmagan taqdirda demokratiya tom ma’nodagi mazmuniga va jahon tajribasida isbot qilingan mohiyatiga ega bo‘la olmaydi.
Jahon davlatchiligi tajribalari toboro boyib, xalqning o‘zligini anglash jarayoni tezlashib borgan sari demokratiyaning jamiyat hayoti taraqqiyotida tutgan o‘rni xususida munozaralarkeskin avj oldi. XX asr kishilik tarixida keskin burilish yasadi. Ikki lager o‘rtasidagi siyosiy huquqiy, iqtisodiy va mafkuraviy raqobat tufayli bir qator xalqaro tashkilotlarning paydo bo‘lishiga, inson xaq-huquqlarini ma’lum bir tartibga solib turishga uni ximoya qilishga ehtiyoj sezildi. Totalitar tuzumdagi inson huquqlarining cheklanganligi: birinchidan, mafkuraviy yakkahokimlik jamiyat ma’naviy taraqqiyotini cheklab qo‘ydi, ikkinchidan, Osiyo Afrika va Lotin Amerikasid ozodlik uchun kurash, milliy davlatchilikka zamin yaratish va shu asosida inson huquqlarini himoya qilish, har tomonlama barkamol demokratik jamiyatni vujudga keltirishga intilish kuchaydi.
Qadimgi SHarqda-azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va fuqarolik jamiyatning turli elementlari mavjud edi. Bunga Afrosiyob va Qoraxoniyylar, Xorazmshoh, temuriylar va boshqa qator sulolalar davlatchiligi misol qilib keltirish mumkin. Bu davrlarda haqiqat va adolat g‘oyasi nihoyatda baland ko‘tarilgani va butun mamlakatda aniq tartib-intizom o‘rnatilganligi natijasida inson hayoti, aholi turmushi kafolatlanganligi bilan alohida ajralib turadi. SHarq uyg‘onish davri va keskin yuksalish paytlarida dunyoviy ilmlar, ishlar bilan islom madaniyati nazariyasi va falsafasi uyg‘un holda taraqqiyo topdi, turmush tarzimizga aylanib qoldi. SHarq turmush falsafasining abadiyatini, haqiqatni va qadriyatini belgilaydi. Sohibqiron Amir Temurning «Kuch adolatdadir» degan shiorida huquqiy demokratik davlatning ham, fuqarolik jamiyatning ham insoning yashash huquqi va uning barcha erkinliklari hamda hozirgi zamon demokratik harqatlarining eng ilg‘or tajribalari mujassam bo‘lgan.
SHarq davlatchiligida inson erki, haq-huquqlari ko‘p jihatdan himoya qilingan hamda o‘z davrning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, inson ozodligi va xatti- harakatlari erkinligi ta’min etilgan edi. Bu ayni demokratik jamiyatning muhim asosiy belgilaridan hisoblanadi.
Biz bugun yangi tarixiy sharoitlarda: jahon demokratik jaryonlari tobora chuqurlashgan, uning imkoniyatlari ancha kengaygan, odamlarning onglilik darajasi oshgan bir paytda yashayapmiz. Demokratiyaning madaniyati, ma’rifat odamlar o‘rtasidagi munosabatlardan tortib. Danyoviy muammolarni hal etishgacha bo‘lagn nizo murosa va yaqdillik, uning iqtisod, siyosat vafikrlar xilma-xilligi sharoitidagi vazifalari ancha kengaygan.
Demokratiyaning murosachilik va yaqdillik madaniyati mamlakat ichki hayotida ham tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Odamlar –mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik iliq bo‘lsa, umumxalq va umumdavlat manfatlari yo‘lida birlashib, muammolarni hal etishda oqilona faoliyat ko‘rsatilsa barcha uchun umumiy bo‘lgan vazifalar oldida mas’ulyat chuqur his qilinsa- bu demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi.
Demokratiyaning tashqi siyosatidagi ko‘rinishi bu bevosita davlat rahbarining dunyo muammolarini hal etishdagi faoliyatida aks etadi. Prezident Islom Karimovning bu boradagi faoliyatida ushbu jihatlar e’tiborlidir:
-
har qanday mojaroli masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish. Muzokaralar yo‘li balan fikr almashish va eng to‘g‘ri hamma uchun birday manfatli bo‘lgan xulosalarga kelish.
-
har qanday zo‘rovonliklarga tazyiq va kuch ishlatishlarga qarshi sharqona munosabatlar ilmini egallash, sharqona demokratiya tamoyillari asosida ish yuritish. SHarqda, sharq davlatchiligida harq qanday zo‘rovonliklardan xoli, masalalarni aql-idrok bilan oshqora muloqat asosida hal etish tamoyillari mavjud. Biz hamisha AQSH davlatining demokratik huquqlarini, jamiyatini bugungi kunda namuna tarzida gapirib kelamiz. Aslida AQSH davlatining vujudga kelishi uchun qariyib 200 yil kerak bo‘lgan. Qomus loyihasi e’lon qilingan 1789 yilda faqat qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bir mamlakat edi. AQSH ning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Stenli Eskudero fikrlari: «Ma’naviy qashshoqlik ba’zan dinning jamiyat hayotidagi o‘rnini tushunib etmaslikdan paydo bo‘ladi….. Mamlakatimiz boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar uchun ham etarli shart-sharoit yaratilgan. YUrtimizda musulmon aholi ko‘payib bormoqda bizda buddaviylar, hindular ibdatxonalari mavjud minglab musulmonlarning masjidlari bor. Ular ma’naviyatning yuksalishiga xizmat qiladi. Demokratiya men uchun –tenglikni kafolatlovchi siyosiy tuzum xamma joyda qullash mumkin bo‘lgan inson huquqlari deganidir. Biroq tuzum bu huquqlarni mamlakatda va jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgartirishlarga mos holda kafolatlay borsa, demokratiya eng amaliy demokratiyaga aylanadi. Bizning demokratiyamiz hammabop Qonunlar majmuasida tananing rangidan, irqidan, e’tiqod qilayotgan dinidan, qaysi millaga mansubligidan qat’i nazar har bir amerikalikka tegishli barcha huquqlar kafolatlarnadi. Masalan, mening buvam meksikalik bo‘lgan. Men amerikalik 2-avlod vakiliman, go‘dakligimda oilamiz juda kambag‘al yashagan. Huquqlarimdan foydalanganman, bozor munosabatlari tuzumida jon kuydirib ishlaganim tufayli elchilik martabasiga erishdim.
-
Kupgina mamlakatlarda Amerikadagidek faqat insoning o‘zigagina bog‘liq bo‘lgan bunday imkoniyatlar yo‘q. Bizda esa ko‘p narsa shaxsiy tashabbusga bog‘liq Qo‘shma shtatlar bunday imkoniyatlarni yaratib imtiyozlarni kafolatlar ekan, biz mamlakatimiz demokratiyasini eng oliy va eng afzal deb tan olaveramiz. O‘zbekistonda demokratiya shakllanish, oyoqlanish jarayonida O‘zbekiston yaqindagina mustaqil davlat bo‘ldi. Siz uzoq yillik istibdoddan so‘ng o‘z taqdiringizga o‘zingiz xo‘jayin bo‘ldingiz. Mamlakatda hali demokratiya siyosati,erkin bozor siyosati, demokratiyani boshqarish tajribasi yo‘q edi. Turgan ham bo‘lmagan. Biz bu huquqlar butun dunyo bo‘yicha universal bo‘lishi kerak degan fikrdamiz. Endigan tiklanish yo‘liga kirgan mamlakatlardan bu sohada katta tajriba to‘plagan Fransiya, Germaniya, AQSHda kabi demokratiyaga amal qilishni talab qilish nodonlik bo‘lur edi. Eng avvalo O‘zbekistondagi hozirgi vaziyat, voqelar yo‘nalishi to‘g‘risida to‘g‘ri hukm chiqarish. Mamlakatingiz Prezidenti, rahbariyati demokratiya, ekrin bozor munosabatlari millat, mamlakat kelajagi ravnaqi uchun nechog‘liq muhim ekanini yaxshi tushunadi. Ijtimoiy barqarorlikning ahamiyatini ham to‘g‘ri anglaydi….. Demokratiyani bir kunda qaror toptirishga urinish barqarorlikka putur etkazishi xech gap emas…»
Jamiyatda jemokratiya qay darajada erkinligini belgilovchi kamida 3 ta mezon bor. Bular: 1) xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardorligi, 2) Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, 3) oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu 3 sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi. Bu siljish bir kunda bo‘lishi shart emas.
Demak Amerikada demokratik jamiyat qurish tarixi:
-
Konstitutsiyani yaratishga 10 yil muddat zarur bo‘lgan.
-
Mamlakatni qulchilik tartibotlaridan xalos qilishga 89 yil kerak bo‘lgan.
-
Ayollarga ovoz berish huquqi uchun 144 yil kerak bo‘lgan.
-
Barcha fuqarolarni qonun oldida teng qilish uchun 188 yil muddat zarur bo‘lgan (bu fikrni AQSH Prezidenti rafiqasi Xillari Rodem Klinton 1998 yilda Ukrainaga borganida gapirgan edi).
Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida…» asarida XX asrning so‘nggi o‘n yilligida jamiyat tarixida katta o‘zgarishlar yuz berganligini aytib, uning asosiy tamoyillaridan biri sifatida demokratik qadriyatlarning tobora ommabop bo‘lib borishini ta’kidlab ko‘rsatgan edi.
Inson xuquqlari, shaxsning siyosiy mazmuni konsepsiyasi BMT tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan «SHaxs huquqlari umumiy deklaratsiya»da ifodalab berilgan. Deklaratsiyaning 30 dan ortiq moddasida madaniy olam erishgan yutuqlar tizimga solingan. Unda inson erkin shaxs va to‘laqonli fuqaro sifatida mavjud bo‘linishining eng zarur vositalari ko‘sratilgan.
O‘zbekiston Prezidenti 1996 yil 25 iyunida AQSHga safaridan so‘ng O‘zbekistonda demokratiya masalasiga yanada katta e’tibor qaratdi. 1996 yil 29-30 avgustda Oliy Majlis 6-sessiyasida Islom Karimov «Hozirgi bosqichda demokratik islohatlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» mavzuida nutq so‘zladi. Bunda bir qator vazifalar belgilab berildi:
-
Mamlakatimizda siyosiy institutlarni va sud tizimining islohatlarini chuqurlashtirish. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish:
-
Respublikada qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq holga keltirish:
-
Aholining siyosiy faolligini oshirish muammolari:
-
Jamoat nodavlat tuzulmalarini rivojlantirish (muxolifat):
-
Matbuot axborot vositalari demokratik rivojlanish uchun ulkan ahmiyatga ega. «Matbuot erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun:
-
qonunchilik mexanizmini va qabul qilingan qonun me’yorlari ijrosi va nazoratini yanada takomillashtirish, respublika qonunlarini umume’tirof etilgan xalqaro me’yor va qoidalarga muvofiq holga keltirish muhim vazifa hisoblanadi.
1996 yili O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qiluvchi quyidagi tashkilotlar tuzildi:
-
Inson huquqlari bo‘yicha respublika milliy markazi.
-
SHaxs huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hukumatga qarashli bo‘lmagan qumita.
-
Qonunchilikni mustahkamlash borasida respublika monitoring (himoya) instituti tashkil etildi. U oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha shug‘ullanadi.
-
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman). Ombudsman-inson huquqlariga amal qilinishini nazorat qilish uchun maxsus saylanadigan (yoki tayinlanadigan) lavozimli shaxs.
Prezident huzurida axborot tashkil etildi. 1996 yil 31 oktyabrda "«inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublika Milliy markazini tuzish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Islom Karimov 1997 yil 11 noyabda «Izvestiya» gazetasi muxbiri savollariga javobida demokratiyaning 4 asosiy bosqichi haqida gapirgan edi. Demak, jamiyatni demokratlashtirish va O‘zbekistonda huquqiy jamiyatni barpo toptirish uchun avvalo:
-
An’naviy mezonga e’tibor berish va uning bilan hisoblashish lozim.
-
Avval mamlakat aholisi turmushini yuksaltirish lozim. CHunki turmush ongni belgilaydi.
-
Fuqarolar ongi, tafakkurini o‘zgartirish kerak. Turmushning yuksalish o‘z navbatida odamlar ongi va tafakkuri tarzini o‘zgartirishga olib keladi.
-
Huquqiy demokratik jamiyatga tabiiy yo‘sinda, hech qanday zo‘riqish va talofatsiz erishishimiz mumkin.
Demak, SHarqda demokratik jarayonlarining qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. YA’ni SHarqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urunishlar g‘oyat, noxush hatto fojeali oqibatlarga olib keladi. Inqilobni g‘arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidiy va yovvoyi shakli» deb ataganlar. Tabiiyki bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi», deganida Prezidentimiz demokratiyani joriy etishning yurtimizda o‘zbekona tamoyillari shakllanayotganini ko‘rsatib o‘tgan edi.
O‘zbekiston mustaqillika erishgach, bir qator mamalakatlar, jumladan Turkiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, va boshqa davlatlarning tarqqiyot yo‘llari bilan yaqindan tonishdi. Tarix shundan dalolat beradiki, demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib ko‘r-ko‘rona ko‘chirish aslo samara bermaydi. Aksincha bunday yo‘l xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. g‘arb demokratiyasi SHarq mamlakatlarida ko‘r-ko‘rona joriy etish mumkin emas. Unga taqlid qilish kutilmagan fojealarga olib kelishi mumkin. Masalan, Tojikiston misolida ko‘rayapmiz……. Atoqli faylasuf Andre Jidning Erkin yikrlash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, eng avvalo xatti-harakatlarimiz og‘ir oqibatlariga olib kelmasligi kafolatiga ega bo‘lmoq lozim», degan edi.
Demokratiyani Prezident yoki hukumatning bir farmonu qarori bilan parlamentning bir qonun bilan o‘rnatib bo‘lmaydi. Uni xalq o‘zi uchun o‘z aql-idroki va zakovati bilan yaratadi.
Demokratiyani anglash shaxsning hamma uchun birday zarur bo‘lgan qonunlarga rioya etish, aniq tartib-intizomga tayanib yashash salohiyati. Demokratiya bizni inson haq-huquqlarini himoya qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini asraydigan barcha qonunlarga bo‘ysunub yashashga o‘rgatadi. Demokratiya faqatgina siyosiy, huquqiy yoki ijtimoiy kategoriya emas. Demokratiya – bu ayni paytda ma’naviy axloqiy kategoriyadir. Demokratiya – bu hokimyatsizlik yoki separatizm emas. U davlat birligi va Konstitutsiya asosidagi qat’iy tartib-intizomdir. g‘arbda ota-onasini sensirash. SHarqda esa o‘zidan kattalarga rahbarga hurmart bilan qarash, aql bilan ish tutish an’analari mavjud. Umuman hayot tarzi, an’analar hamma vaqt har bir mamlkat xalqlarining xulq-atvorini shakllantiradi.
Demokratiyaning ma’naviy qiyofasi: Demokratiya buyuk qadriyat hamdir. Lekin u umumxalq manfatini hisobga olib unga tanyasagina qadriyaga aylanishi mumkin. Demokratiyani oliy qadriyat darajasiga tushunish yoki toptash avvalo har bir insonning ichki madaniyatidan, ma’naviy qiyofasidan, so‘ng esa butun millatning madaniy saviyasidan, onglilik darajsidan, siyosiy va ijtimoiy faolligidan dalolat beradi. Xohlagan paytda xohlagan gapni gapiraverish, erkinlikni emas, aksincha u shaxsiyatimizni ma’naviy imkoniyatlarimizni, milliy qadri-qimmatimizni paymol etishi mumkin.
Demokratiya-ongli fikrlash tafakkur, aql-idrokka tayangan munosabatlar. Demokratiya-yuksak ma’naviyat va ichki madaniyatni oshkor etish imkoniyati. Demokratiyani anglash-shaxsning barcha uchun birday zarur bo‘lgan qonunlarga to‘la rioya etish, aniq tartib-intizomga tayanib yashash salohiyati. Demokratiya bizga inson haq-huquqlarini himoya qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfatlarini asraydigan barcha qonunlarga buysunub yashashni o‘rgatadi va talab etadi. SHuning aksi bo‘lgan joyda boshboshdoqlik, parokandalik avj oladi. Kishilar hayoti tahlikka ostida qoladi…
SHaxs va jamiyat erkinliginining mushtarakligi, ruhiy va ma’naviy –axloqiy uyg‘unligi oliy maqsad, turmush tarzi va eng muhim taraqqiyot yo‘li bo‘lmog‘i kerak. Hozirgi islohotlar davri tub burilishlar jarayoni bizdan teran mulohaza, hushyor qarashlar talab etadi.
Ma’naviy kamolotga etmaguncha to xatti- harakatlarimiz, munosabatlarimiz aqlu-idrok va umummanfat dorirasiga ko‘tarilmagancha demokratiyaning mazmuni ham ko‘lami ham talab darajasida bo‘lmaydi. Buning uchun fuqarolar ongi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish lozim. Prezident Islom Karimov : «……… demokratiya o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Demokratiya tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib ……… erishish mumikn», degan edi. 52
-
Do'stlaringiz bilan baham: |