Naturfalsafa
Naturfalsafa — tabiat falsafasi; tabiatni
bir butun tizim sifatida, asosan, jonli
mushohada negizida yoki
tabiatshunoslikdan uzlashtirilgan bilimlar
orqali talqin etish va tushuntirish, uning
umumiy manzarasini tasvirlash
borasidagi falsafiy urinishlar majmuasi.
Yunon naturfaylasuflari — Fales,
Anaksimandr, Anaksimen, appoloniyalik
Diogen, Geraklit N.ning asoschilari
boʻlganlar. Ular barcha mavjud narsalar
kelib chiqishining yagona tabiiy asosini
topishga urindilar. N.ning keyingi rivoji
Aristotel maktabi va stoiklar faoliyati
bilan bogʻliqboʻldi. N. ("philosophia
naturalis") tushunchasi ilk bor Senekalya.
uchraydi. N. bilan tabiatshunoslik
oʻrtasidagi chegara va uning
falsafasidagi oʻrni tarixan oʻzgarib
turgan. Aslida, N. falsafa ilmining ilk
tarixiy shakli sifatida namoyon boʻddi.
Yunon natur faylasuflari ilm-fan tarixida
juda muhim sanalgan koʻpgina
qarashlarni, jumladan, atomistik
qarashlarni ilgari surdilar. Keyinchalik, N.
odatda, fizika yoki fiziologiya, yaʼni tabiat
toʻgʻrisidagi taʼlimot deb ataldi. Falsafa
xudo toʻgʻrisidagi taʼlimot bilan
yaqinlashgan oʻrta ayerlarda N. falsafa
sohasidan uzoqlashdi. N.ning ayrim
unsurlari nasro-niy, musulmon va yahudiy
dinlarining olamni xudo tomonidan
yaratilishi toʻgʻrisidagi taishmotlariga
moslashtirildi. Natijada, N., koʻpincha,
xayol-parastlik shaklidagi natursafsataga
aylandi. Biroq, oʻrta ayerlarda
tabiatshunoslikning rivoji bilan bogʻliq
tarzda N. ham rivojlandi. Bu hol Gʻarbda
sxolastika rivojining soʻnggi bo-sqichi
davri (Foma Akvinskiy, Buyuk Albert
ijodi)da, Sharkda esa undan ancha
oldinroq — Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn
Sino va boshqa faoliyatida kuzatiladi.
Uygʻonish davri falsafasida tabiatga
nisbatan qiziqishning ortib borishi bilan
N.ning yangi namoyandalari (J. Bruno, B.
Telezio, J. Kampanella, J. Kardano,
Paratsels, F. Patritsi) yuzaga keldi.
Uygʻonish davri N.si, asosan, panteizm va
gilozoizm negizida rivojlandi, koʻp
hollarda esa hayolpa-rastlik tusini oldi.
Tabiatni oʻrga-nishning tahliliy usullari
ustuvor boʻlgan 17—18-asrlarda N. ortga
chekindi. Biroq, N. nemis mumtoz
falsafasida falsafiy yoʻnalishlardan biri
sifatida yangidan olgʻa surildi (Kant,
Shelling , Oken, Gegel, Shopengauer,
Gyote, Karus). Tabiatshunoslikning ulkan
yutuqlari va idealistik N.ning unutila
borishi 20-asrda N.ni avval materializm
tomonga ogʻdirgan boʻlsa, soʻng uni
butunlay barham toptirdi. 19-asrning oxiri
va 20-asr boshlarida N.ning yangi turdagi
shakllarini kaytadan yaratishga urinishlar
(Ostvald, Reynke, Drish, Paladi,
N.Gartman) yuz berdi.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Naturfalsafa&oldid=1827280
" dan olindi
Last edited 4 years ago by Ximik1991Bot
Do'stlaringiz bilan baham: |