Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O’YINLARDAN
FOYDALANISH
Ismailova Nozima Umaraliyevna,
Namangan viloyati, Davlotobod tumani
64- maktabning oliy toifali boshlangich
sinf o’qituvchisi Tel:+ +998 97 212 99 42
Annotatsiya:
Ushbu maqolada matematika darslarida didaktik o’yinlardan foydalanish
o’quvchilar zehnini o’stirishi, tez hisoblash ko’nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega
ekanligi haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
matematika, boshlang’ich, o’yin, tafakkur,didaktik, jarayon
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish umuman
maktab matematika kursini o’zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Shu sababli
boshlang’ich sinflarda ishlashda o’rta maktabda matematika o’qitishda ko’zda tutiladigan
umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang’ich ta’limning
ahamiyatini to’g’ri baholash kerak.Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini
o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun
o’zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o’zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni
ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi. Matematika darslarida zamonaviy metodik
vositalardan foydalanish o’qituvchiga mavzuning to’liq o’zlashtirilishiga yordam beribgina
qolmasdan, o’quv jarayonida o’quvchilarning o’zlari faol ishtirok etishlarini ham ta’minlaydi.
Bu esa matematika fanini o’qitishda ijobiy natijalarga erishish garovi bo’lib xizmat qiladi.
Barchamizga ma’lumki kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning asosiy faoliyati o’yinlarga
qaratilgan. Bola uchun 45 daqiqa o’rnidan qimirlamay darsni tinglab, o’qituvchi tomonidan
berilayotgan barcha ma’lumotlarni o‘zlashtirish juda murakkab. Bunday murakkab jarayonni
bola ongiga qiyinchiliklarsiz singdirish uchun o’yin va ta’lim faoliyatlarini chambarchas
bog’lash zarur. Ya’ni dars jarayonida ta’limiy va harakatga keltiruvchi o’yinlardan foydalanish,
ta’lim samaradorligini biz istagan darajadanda yuqori bo’lishiga erishishimiz mumkin. Dars
jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish bolada erkin muloqotga kirishish, o’z fikrini erkin
bayon etish hamda yangi bilimlarni, tasavvurni ishga solgan holda to’laligicha esda saqlab
qolish imkonini beradi. Didaktik o’yinlar esa ta’limning ko’rgazmaliligini, o’qituvchining
nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish,
teri sezgisi belgilarida ) birlik tug’iladi. Bu esa o’qituvchining aytganlarini bolalarning
o’ylab olishiga va aytilganlarini ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o’yin qoidalarini o’zlari
bajarishlariga undaydi. Didaktik o’yinlarning bu tarzda tuzulish xususiyatlari o’quvchilar
faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o’yin vaqtida zo’r
qiziqish bilan harakat qiladilar. Har bir didaktik o’yinda ko’pchilik bolalar yoki butun bir sinf
o’quvchilari ishtirok etadi. Masalan, “Doiraviy misollar”, “Kim aniqroq va tezroq”, “Bosh
kelma”, “Eng yaxshi hisobchi”, “Estafeta”,“Aqlli poezd”, “Ko’rganni eslab qolish”,”Kim
turgan saf yaxshiroq”,“Zanjircha”,”Narvoncha”, “Jonli matematika”,
“Sanayver”, “Ko’rganni
eslab qol”, “Biz kamayib qoldik”, “Nima o’zgardi”, “Nechta ekanligini top”, “Jadvalni
qidirib top”, “Hisoblashni kim bilsa davom ettiraversin “, “Uychaga kim tez kiradi”, “Kim
chaqqon”, “Jimjitlik”, “O’z o’rningni top”, “Misollar zanjiri”, ” Sonni kim tez ko’rsatadi”
kabi o’yinilarida hamma bolalar misol-masalalar yechadilar. Masalan “Zanjircha” da 10 nafar,
“Do’koncha”da 8 – 12 nafar bola, “Narvoncha”da esa hamma o’quvchilar masala yechadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |