Tadqiqotning g`oyaviy-nazariy asosi. Ishning tayanch metodologik asosini milliy istiqlol g`oyasi tashkil qiladi. Shuningdek, jumhuriyatimiz mustaqilligi sharoitida va ungacha yaratilgan o`zbek hamda boshqa xalqlar olimlarining adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixiga doir yaratilgan tadqiqotlarida olg`a surilgan ilmiy-nazariy qarashlarga tayanildi. Bu tamoyillar adabiy-tarixiy ma’lumotlarga odilona yondashishda, ularni o`tkinchi g`oya va maqsadlar bilan emas, balki vatan, xalq hayoti, uning ertangi kuni bilan bog`lashda o`z ifodasini topdi. Ish davomida qiyosiy tahlil tamoyillariga murojaat qilindi. Adabiy asarga chinakkam badiiyat qonuniyatlari talablari asosida munosabatda bo`lish va xulosa chiqarish diqqat markazida tutildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |