Emakdin to‗yub, uyqudin yumub ko‗z‖.
Va forsiyda shayx Kamol tatabbu‘i qilibtur. Bu matla aningdurkim:
Ro‗zi qismat har kase az aysh baxshi xud sitond,
G‗ayri zohid k-o‗ riyozatho kashidu xushk mond‖.
[Qismat kuni (nasiba taqsim etiladigan kun) zohiddan boshqa har kim o‗ziga
baxshida qilingan ayshni oldi. U esa ne chog‗liq mashaqqat chekmasin, quruq
qoldi.]
Aning qabri Badaxshon sari Arhang Saroydadur‖.
Amiriy to‗g‗risida Davlatshoh Samarqandiy ―Tazkirat ush-shuaro‖ asarida
eslaydi: ―Mavlono YUsuf Amiriy sulton SHohruh mirzo zamonida katta shuhratga
erishgan shoirlardan biridir.
U oddiy hayot kechirgan, aytishlaricha, amirlar va
mashhur amaldorlar unga hamxo‗rlik ko‗rsatganlar. Buyuk hoqon SHohruh sulton
va uning ulug‗ avlodlari, amaldorlari sharafiga Amiriy ko‗p qasidalar bitgan.
Sulton Boysung‗ur mirzo sharafiga bitilgan quyidagi qasida ham unikidir:
Delam bedard giriftor gasht dar hame u,
Magar kunad shohi olam belutf dar monash...‖
Navoiyning YUsuf Amiriy to‗g‗risida bergan ma‘lumotidan ma‘lum bo‗ladiki,
YUsuf Amiriy yashagan davr Navoiyning yoshlik paytlariga to‗g‗ri keladi. Atoqli
adabiyotshunos Abduqodir Haytimetovning aytishicha,
Navoiy YUsuf Amiriy
bilan ko‗rishmagan. Qolaversa, Navoiy YUsuf Amiriyning devonidan yaxshi
xabardor bo‗lgan. Navoiy bergan ma‘lumotdan, YUsuf Amiriy XV asrning
birinchi yarmida yashab ijod qilgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Navoiy
yana‖Muhokamat ul-lug‗atayn‖ asarida ham, Gadoiy, Haydar Xorazmiy va boshqa
bir necha shirlar qatori, YUsuf Amiriyni o‗z davrining ulug‗ shoiri sifatida
ta‘riflaydi.
―Dahnoma‖dan ma‘lum bo‗lishicha, YUsuf amiriy SHarq tarixi va
mifologiyasidan, diniy va dunyoviy bilimlardan yaxshi xabardor bo‗lgan edi.
Amiriyning ―Dahnoma‖ asari nomachilik an‘analariga rioya qilingan holda
yozilgan. Asar o‗nta nomadan iborat bo‗lib. Xorazmiyning ―Muhabbatnoma‖siga
hamohang usulda yozilgan. Ammo asarning o‗ziga xosligini ko‗rsatadigan dalillar
borki, bular ―Dahnoma‖ning o‗zbek mumtoz adabiyotidagi o‗rnini belgilaydi.
Jumladan,
―Muhabbatnoma‖da asarning
oxirida fard berilgani holda,
―Dahnoma‖dagi har bir nomada oshiq yoki ma‘shuqaning nomasidan so‗ng g‗azal,
so‗ngra fard berilgan (
misol berish kerak
). YAna ―Dahnoma‖da har bir nomada
oshiqning maktubidan so‗ng, ma‘shuqaning maktubi keltiriladi. Bunday usul har
bir nomani mustaqil asar sifatida talqin qilishga imkon beradi. Qolaversa, muallif
ham shu maqsadni ko‗zlagan bo‗lsa kerak. SHu tariqa ―Dahnoma‖ning tuzilishida
o‗ziga xoslik yuzaga kelgan.
YUsuf Amiriy Boysung‗ur mirzo himoyasida yashaganligini ta‘kidlaydi. Ayni
paytda Boysung‗ur mirzo insoniyatga nisbatan himmatli hukmdor bo‗lganini,
insonlarni g‗oyat qadrlaganini ham ―Dahnoma‖da aytib o‗tadi:
G‗iyosulhaqi vaddin Boysung‗ur,
Ki so‗ziga quloq tutguvchidur dur...
Etib el dardina ortuq biligi,
YOpib faqr egnini ochuq aligi.
Ulusni qutqarib mehnat kunidin,
O‗lukni uyg‗otib yarmoq unidin.
Boysung‗ur mirzo SHohruh mirzoning uchinchi o‗g‗li bo‗lib, ilm-fanni-ijodni
qadrlaydigan odam edi. U otasi SHohruh mirzoga
vazir lavozimida xizmatda
bo‗lgan yillari Xirotda kutubxona tashkil qildi. O‗sha zamon tarixchilarining
guvohlik berishicha, kutubxona qoshida o‗z davrining mashhur xattotlari,
naqqoshlari, musavvirlari, sahhof va zarkorlarining qirq nafari to‗planib, ilmiy va
ijodiy ish olib borganlar. 1425-1426 yillari mazkur kutubxona
qoshidagi kotiblar
Boysunhur mirzoning nazorati ostida Firdavsiyning ―SHohnoma‖ asarining qirqqa
yaqin qo‗lyozmalarini solishtirib, asarning mukammal matnini tuzganlar.
Boysung‗ur mirzo aql-zakovati, ma‘rifatparvarligi, hunarparvarligi va ayniqsa
adabiyotga bo‗lgan ehtirosi bilan xalq o‗rtasida shuhrat qozongan. ―Dahnoma‖
yozilgan yillari SHohruh mirzo o‗g‗li Boysung‗ur mirzoni Eron Ozarbayjoniga
hokim qilib tayinlagan edi. 1431 yili esa Astrobod hokimi bo‗ladi.
123
SHu o‗rinda bir arabning Xorun ar-Rashidga sahrodan suv olib kelgani haqidagi
hikoyat berilgan. Bu hikoyat tasodifan emas, balki Boysung‗ur ta‘rifidan so‗ng uni
Xorun
ar-Rashid singari saxiy, insonparvar hukmdor sifatida ko‗rsatish uchun
YUsuf Amiriy ataylab bergan. Hikoya qilinishicha, bir arab sahroda bir ko‗lmak
suvni topib olib, uni obizamzamga loyiq deya shosha-pisha Xorunning huzuriga
yo‗l oladi.
Xorunning huzuriga kelgach, uni izzat-hurmat bilan kutib oladilar va
uning o‗zini Xizr kabi, olib kelgan suvini ―obi hayvon‖ – tiriklik suvi deb
o‗ylaydilar. Arab Xorunning huzuriga kirgach, unga shunday deydi:
Ki: ―SHoho, men arabmen barda to‗zg‗on,
Tikon birlan muhabbatni dam urg‗on...
Kechib suvdin yurub ko‗z yoshi birlan,
Kun eltib, oyu yil o‗t boshi birlan.
Tilab bir pora yomg‗ur suyi toptim,
Zulolidin tama‘ og‗zini yopdim.
O‗zum ichmay sanga kelturdum oni,
Ki ko‗rdum sanda sultonlar nishoni
Manga emdi bu suvdin obi ru qil,
Dedim ulki bor erdi o‗zga sen bil‖.
Xorun o‗sha arabning bu so‗zlarini eshitib, mamnuniyat bilan xizmatkorlariga: ―bu
odamning idishiga to‗ldirib pul beringlar‖, deb amr berdi. O‗sha arab bilsaki, shu
erda Dajla daryosi oqib o‗tar ekan. Agar Xorun shunday deb aytsa, uning obro‗yi
to‗kilishi aniq edi. Ammo Xorun nihoyatda oliyjanoblik bilan o‗sha arab ―menga
obi ru qil‖ degan iltimosini bajo qildi.
YUsuf Amiriy Boysung‗ur mirzoning barcha faoliyatidan juda yaxshi xabardor
bo‗lgani uchun ham ilm homiysi sifatida unga yuqori baho beradi. U bu asarida
123
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. – Тошкент. ―Ёзувчи‖ нашриѐти, 1995, 328-бет.
Boysung‗ur mirzoni ilf-fan va ulamolar homiysi sifatida ta‘riflaydi,
turli fanlar
rivojida uning xizmatlari katta ekanini aytadi:
Kechib ollida yuz turluk daqoyiq (
nozik ma‘nolar, nozik nuqtalar, chigalliklar
),
Maorif birla anvoyi haqoyiq.
Bir hay‘at riyozisidin terib gul,
Biri hikmat shifosidin berib mul (
may, sharob
).
Biri Uqlidis ashkolin hal etib,
Biri ko‗k jadvalinda madhal (
kirish, kiradigan joy
) etib,
Biri faqr ichida asrab maqomin (
faqirlik bilan, dunyodan kechib
)
Biri mantiq sori eltib kalomin...
Do'stlaringiz bilan baham: