Nasimxon rahmonov


Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari. 
SHoirning ismi ma‘lum emas. 
―Muhabbatnoma‖ning bir necha o‗rnida ―Xorazmiy‖ taxallusi uchraydi.
Masalan: 
Siza teb keldi, Xorazmiyni asrang, 
Kim asrarlar qamuq shahlar gadoyi. 
yoki: 
Azalda qildi Xorazmiyni muhtoj,
Tag‗i manzurini sulton yarotti. 
SHoir to‗g‗risidagi ba‘zi ma‘lumotlarni asarning o‗zidan topish mumkin. 
Adabiyotshunos olim Natan Mallaev «Muhabbatnoma»ning so‗ngida keltirilgan 
forscha hikoyani Xorazmiyning tarjimai holi sifatida tahlil qilgan edi. Quyida 
Muinzoda she‘riy yo‗l bilan qilgan tarjimani keltiramiz: 
112
Бертельс Е.Э. Очерк истории персидской литературы. Ленинград, 1928, 36-бет.
113
Қ
аранг: Жамолова М. Фзбек адабиётида нома жанри. “Фан” нашриёти, 1992, 4-бет.
114
Қ
аранг: Микаэл Рафили. Азербайджанская литература (с древнейших времен до ХVI века). Баку, 1962, 
Б.388.
115
Қ
аранг: Жамолова С. Ю
қ
оридаги асар, Б.4.


(Muinzoda tarjimasi shu erga ) 
―Muhabbatnoma‖dan
ma‘lum bo‗lishicha, Xorazmiy bu asarini Oltin O‗rda xoni 
Jonibekning (1342-1357) qo‗l ostidagi hukmdorlaridan bo‗lgan Muhammad 
Xo‗jabekning taklifi bilan 754 (milodiy 1353) yili yozgan.
Muhammad 
Xo‗jabekning Xorazmiyga qilgan iltimos quyidagicha edi: 
Tabassum qildi, aydi: Ey faloni, 
Keturgil bizga loyiq armug‗oni. 
Ko‗ngul bahrinda ko‗p gavharlaring bor, 
Ochunda porsi daftarlaring bor. 
Muhabbat nardini ko‗plardan uttung, 
SHakartek til bila olamni tuttung. 
Tilarmenkim bizing til birla paydo, 
Kitobi aylasang bu qish qotimdo. 
Muhammad Xo‗jabekning «bizing til»i turkiy tildir. Muhammad Xo‗jabekni 
Xorazmiy faqat «Muhabbatnoma»ning yozilishiga turtki va maslahat bergan 
hukmdor sifatidagina emas, balki millatparvar, ma‘rifatli inson sifatidagi 
qirralariga ham e‘tibor beradi. 
Kim ush eltek kechar ayyomi foniy, 
Jahonda qolsa bizdin armug‗oni. 
Navoiyning «Majolis un-nafois» asarining birinchi majlisida ikki Xorazmiy 
taxallusli shoirlar to‗g‗risida ma‘lumot beriladi.
116
Ammo Oltin O‗rda adabiy 
muhitida ijod qilgan va «Muhabbatnoma»ning muallifi Xorazmiyga aloqasi yo‗q. 
Navoiyning bu asaridan Oltin O‗rdada ijod qilgan shoirlardan birontasi o‗rin 
olmagan. Zotan, Navoiy faqat Movarounnahr va Xurosonda yashab ijod qilgan 
shoirlar to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Qolaversa, Oltin O‗rdaning Xuroson va 
Movarounnahr adabiy muhitidan uzilib qolgani va Oltin O‗rda tanazzulga yuz 
tutib, Mamluklar davlatiga ko‗chgandan keyin ham, Movarounnahr va Xuroson 
davlatlari bilan madaniy-adabiy aloqalarning yo‗qligi saban bo‗lishi mumkin.
SHu o‗rinda bir dalilni aytib o‗tish lozim. Navoiy garchi noma janrini o‗zbek 
adabiyotida boshlab bergan Xorazmiy va uning ―Muhabbatnoma‖sini biron asarida 
tilga olmasa ham, boshqa asarlar orqali bilgan bo‗lishi kerak. Navoiy 
Xorazmiyning ―Muhabbatnoma‖si bilan tanish bo‗lgan, hech bo‗lmaganda bu shoir 
haqida eshitgan. Navoiy ―Majolis un-nafois‖ asarida Atoyi haqida ma‘lumot beradi 
va uning turkiycha she‘rlari xalq orasida ko‗p mashhur bo‗lganini aytadi
117
. Atoiy 
esa, o‗z navbatida, Xo‗jandiyning ―Latofatnoma‖sidan yaxshi xabardorligini va 
uning bu nomasi mashhurligini quyidagi baytida aytadi: 
Atoyi she‘rining lutfini bilsa, 
―Latofatnoma‖dan kechgay Xo‗jandiy. 
116
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. Фн учинчи том, Мажолис ун
-нафоис,Тошкент, Фан, 13-бет. 
117
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами, 13-жилд 63-бет. 


(Esli Xojandi znaet milost stixi Atoyi, on otkazыvaetsya ot svoego «Latofatnome») 
Xo‗jandiy ham o‗zining ―Latofatnoma‖sini ―Muhabbatnoma‖ga javob tariqasida 
yozganini ta‘kidlaydi: 
Muhabbat jomidin ichsang sharobe, 
―Muhabbatnoma‖ga aytsang javobe.
O‗zbek mumtoz adabiyotida noma janri haqidagi ana shu ma‘lumotlarga tayangan 
holda aytish mumkinki, Navoiy Oltin O‗rda adabiyotining ayrim namunalaridan 
bilvosita va bevosita xabardor bo‗lgan. Ammo tamoyilni saqlash maqsadida Oltin 
O‗rda o‗zbek adabiyoti vakillari to‗g‗risida to‗xtalishni maqsadga muvofiq deb 
bilmagan. 
Po‗latjon domullo Qayumov «Tazkirayi Qayumiy» asarida quyidagicha 
ma‘lumot beradi: «Bu kishini Nozim Xorazmiy deb yuritiladurki, o‗zining 
«Muhabbatnoma» nomli yirik asari bilan 14- asrning buyuk klasik yodgori bilan 
tanilmishdur. SHoirning tarjima holigina emas, hattoki nomi ham zamonamizda 
ham ma‘lum bo‗lmadi. Lekin asari mo‗‗tabar kitobdur. Bu asar ham Oltin (O‗rda) 
hukmdorlari davrida yozilmish qadimgi asardur. O‗zi xorazmli bo‗lgan va Oltin 
O‗rdada yurgan o‗zbek shoiridur».
118
«Muhabbatnoma» asari nafaqat o‗zbek, balki rus, tatar, turkman olimlari 
tomonidan o‗rganilgan. Bu haqda «Tatar adabiyoti tarixi» kitobida batafsil 
ma‘lumot berilgan.
119
«Muhabbatnoma»ning yozilgan joyi to‗g‗risida so‗z ketganda, Sirdaryo 
bo‗yidagi Sig‗noq shahrida yaratilgani aytiladi. Bunga asos sifatida asardagi:
«Muhabbatnoma» so‗zin munda aytdim, 
Qamug‗in Sir yaqosinda bitidim 
degan misralari olinadi. Xorazmiyning bergan xabariga qaraganda, asar boshqa 
shaharda tugatilgan bo‗lishi mumkin. Birinchi nomadagi quyidagi bayt asarning 
Oltin O‗rda poytaxti Saroy shahrida tugatilganidan darak beradi: 
Saroydin bordi CHin-Moching‗a choving, 
Qiyo boqsang, bo‗lur arslonlar oving. 
Mazkur bayt yana shunisi bilan qimmatliki, unda Xorazmiy Oltin O‗rda adabiy 
muhitidan tashqarida – Misrda tashkil topgan Mamluklar davlatida ham shuhrat 
qozonganiga ishora qiladi. Balki Xorazmiy Saroy shahriga borib, o‗sha erda 
«Muhabbatnoma»ni tugatgandan keyin, Misrga ketgan va Mamluklar davlatida 
yashab qolgan bo‗lishi mumkin. Bu fikrimizga dalil sifatida quyidagi ma‘lumotni 
keltirishimiz mumkin: 
Sa‘diy «Guliston»ining Sayfi Saroyi tomonidan qilingan tarjimasi ma‘lum. SHu 
qo‗lyozma tarkibida Sayfi Saroyiga zamondosh shoirlarning she‘rlari va Sayfi 
Saroyining o‗sha shoirlarning she‘rlariga bergan javob she‘rlari bor. SHu she‘rlar 
118
Пўлотжон Домулло 
Қ
аюмов. Тазкирайи 
Қ
айюмий. Тошкент, 1998, 22
-бет.
119
Қ
аранг: Татар адабиёти тарихи (татар тилида), 
Қ
озон, «Китап» нашриёти, 1984,196
-198-бетлар.


orasida Xorazmiy taxallusli shoirning g‗azali mavjud.
120
G‗azalning ruhi, uslubi 
«Muhabbatnoma» tarkibidagi g‗azallarga juda yaqin. Xorazmiyning shu g‗azali 
maqtaida 
Xorazmiyning gar tani tuproq bo‗lsa ham, 
Otin tiri(k) tutar jahon ichra so‗zlari
bayti uning mashhurligidan dalolat beradi. «Muhabbatnoma»ning «Bayoni voqiyi 
aytur» bobida Muhammad Xo‗jabekning Xorazmiyga bergan tarifi yuqoridagi 
bayta hamohangdir. 
«Muhabbatnoma»dan anglashilishicha, Xorazmiy tasavvuf yo‗lini tut gan shoir. 
Zotan, asarning debochasidagi ayrim baytlar shundan dalolat beradi. Masalan: 
Muhammaddin muhabbat bo‗ldi paydo, 
Meni mundoq muhabbat qildi shaydo… 
SHuningdek, quyidagi baytlarda tasavvuf ilmida keng tarqalgan ramz – may 
ramzi bor: 
Kel, ey soqiy, keturgil bodayi nob, 
Kula o‗ynayu ichsunlar bu ashob… 
Kel ey soqiy, keturgil jomi Jamni, 
Kishining ko‗nglidin may yur g‗amni… 
Kel ey gulchehra soqiy, may keturgil, 
Meni hayrat maqomig‗a eturgil. 
Habibim naqshidin ma‘ni bo‗loyin, 
Tahayyurda o‗zimdin qurtuloyin… 
Birinchi va ikkinchi baytlarda may yoki boda timsoli muhim mohiyat kasb etadi. 
May timsoli tasavvuf adabiyotida keng tarqalgan bo‗lib, «ilohiy ishq – ma‘rifat, 
donish ishtiyoqining avji qiyomi, YOr jamoli mushohadasidan oshiq dilida paydo 
bo‗lgan kuchli zavq – ilhomning, behad xursandlik, sururning ramziy ifodasi 
sifatida tilga olingan».
121
Soqiy so‗zi ham bu erda ramniy ma‘noga ega, ya‘ni 
mutlaq fayziyot, ma‘rifat bulog‗i demakdir.
122
Keltirilgan uchinchi va to‗rtinchi baytlarda mutasavvif Fano maqomi yoki 
Fano vodiysiga etib borishi uchun bosib o‗tishi shart bo‗lgan Hayrat maqomi 
to‗g‗risida so‗z ketadi. Hayrat maqomi - Fano maqomidan oldingi bosqich. 
Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonida bu bosqichlar tasviri bor. Tahayyur – 
hayratlanish demakdir, ya‘ni «tahayyurdan qutulish» - Fano bosqichiga o‗tish 
120
Қ
аранг: Фзбек мумтоз адабиёти намуналари. Тузувчи, изо
ҳ
ва шар
ҳ
лар муаллифи филология фанлари 
доктори, профессор Насимхон Ра
ҳ
мон. Тошкент, Фан, 2007,66 67 бнтлар.
121
Комилов Н. Тасаввуф.”Мовароунна
ҳ
р
-Ўзбекистон
”, 2009, 150
-бет. 
122
Комилов Н. Ю
қ
оридаги асар, 155
-бет. 


ma‘nosiga ishora qiladi. Qolaversa, asar so‗ngida keltirilgan «Qit‘a» ham 
Xoramziyning yo‗lini va maslagini yaqqol ko‗rsatib turadi: 
Tama‘ domina qolur qush emas men, 
Telim ayvon uza uchqon Xumomen. 
Qilichtek til bila tuttum jahonni, 
Qanoat mulki ichra podshomen. 
Xarobot ichra masjidda erim bor, 
Kim ush ham rindmen, ham podshomen. 
Necha hashmatli sulton bo‗lsa bo‗lsun, 
Ayitmon mol uchun madhu sano men… 
Baytlardagi Xumo, qanoat mulki, Xarobot (faqr yo‗liga kirib, hayvoniy nafslardan 
poklab, xokisor bo‗lish), rind kabi timsollar Xorazmiyning e‘tiqodi va maslagini 
yana bir bor tasdiqlaydi. 
Xorazmiy «Muhabbatnoma»ni yozgunga qadar ham etuk shoir sifatida e‘tirof 
etilganini asarning o‗zidan anglash mumkin. Xususan,o‗zbek adabiyoti uchun tamo 
mila yangi janrdagi asarni yaratishni hukmdor Muhammad Xo‗jabek Xorazmi yga 
topshirgani ham fikrimizga dalildir. Xorazmiy o‗zbek va fors tillarida mahorat 
bilan baravar ijod qilganini «Muhabatnoma» takibidagi masnaviy, g‗azal, qit‘a, 
fard abi janrlar ko‗rsatib turibdi. 
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o‗zbek adabiyotida nomachilikning keyingi 
taraqqiyoti uchun zamin bo‗ldi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish