Nasimxon rahmonov


“Latofatnoma”ning tuzilishi, mazmuni



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

“Latofatnoma”ning tuzilishi, mazmuni
. Asar YAratganga hamd bilan 
boshlanadi. YAratganning cheksiz qudrati, hamma narsani – insonu jonzotlarni, 
to‗qqiz qavat falakni, etti qavat erni, osmondagi qushlarni, er yuzidagi boyliklarni 
va jamiki narsalarni U bu olamga keltirgan. YOqubni ham YUsufning firoqiga 
duchor qilgan, YUsufning dardida YOqubning ko‗zlarini ojiz qilgan, Sulaymonga 
shamolni itoat ettirgan, Dovudga sovut yasash iqtidorini ato qilgan ham 
YAratganning O‗zidir.
 
Xo‗jandiy asarining hamd qismida o‗z maslagi va e‘tiqodini bayon qiladi. 
Ilohiy ishq – Xo‗jandiyning a‘molu e‘tiqodi, uning butun vujudi ishq o‗tiga itoat 
ettirilgan. YAratgan oshiqlarga jafo beradi, bu jafokashlarning sarvari Muhammad 
Mustafodir. Xo‗jandiy YAratganga iltijo qilib, bu ishqdan ayirmasligini so‗raydi: 
Xudoyo, ko‗nglum ichra ishq o‗ting yoq, 
Xo‗jandiy xastaga lutfung bila boq. 
Muhabbat jomidin sahbo ichirgil, 
Xato ishlar telim qildim, kechurgil. 
Xo‗jandiy YAratganga madhdan so‗ng, payg‗ambarga na‘t (maqtov) keltiradi. 
Muhammad Mustafoni, so‗qir ko‗ngillarning tabibi, shariat bog‗ining bulbuli, deb 
ta‘riflaydi. SHuningdek, Muhammad Mustafo payg‗ambarlarning sarvari, 
avliyolarning rahnamosi ekanini, Xudoning hukmi bilan mo‗‗jizalar ko‗rsatganini 
va boshqa ko‗p sifatlarini, fazilatlarini bayon qiladi. 
Xo‗jandiy bu asarini, boshqa nomalar qatori, o‗nta nomadan iborat qilib 
yaratgani to‗g‗risida yozadi: 
Tilimda so‗z, elimda xoma bo‗ldi, 
―Latofatnoma‖ ham o‗n noma bo‗ldi. 
―Latofatnoma‖ – ishqsiz ko‗ngillarga oshiqlik dardini soladigan asardir. 
―Kimning ishqi bo‗lmasa, uning biron maqsadi bo‗larmidi, bir jononni sevmasa, 
undan nima murod bo‗lardi‖, deydi shoir Xo‗jandiy. U bu fikrini davom ettirib: 
―Kimki biron jononni sevmasa, bilingki, uning tanasida jon yo‗qdir‖, deb xulosa 
chiqaradi. Ana shundan keyin Xo‗jandiy asosiy maqsadga ko‗chadi: 
Ne bilsun tekma nodon ishqbozi, 
Haqiqat bo‗lmasa bori majozi, 
(Otkuda znat kajdomu nevejde lyubovnuyu strast, Bud ona bojestvennaya, ili vsya zemnaya? 
(Har qanday nodon oshiqlikni qaydan bilsin, agarda unda haqiqiy ishq bo‗lmasayu majoziy ishq 
bo‗lsa) 
deya oshiqlik va ishqning chinakam qiyofasini chizib beradi. Haqiqiy ishq
Xo‗jandiy ―Latofatnoma‖ning yozilish sabablariga to‗xtalib, dastlab Sulton 
Mahmudni ta‘riflaydi, so‗ngra asarning yozishga Sulton Mahmud undagani 
to‗g‗risida aytadi: 
Asarda Xo‗jandiy taxallusi olti o‗rinda uchraydi. Asarning bosh mavzusi – 
hayot go‗zalligini, insonga bo‗lgan samimiy sevgini kuylash, uni targ‗ib qilishdan 
iboratdir. Bu mavzu yorning jafokashligiyu oshiqning dardi orqali ko‗rsatiladi. 


YOrning jamolini ko‗rgan guol uyalganidan g‗unchaga aylanadi, qish faslida yor 
kulganda, yoz bo‗ladi, uning karashmasi jonu dilni g‗orat qiladi, ko‗zlari yag‗moyu 
chigilni talon-taroj qiladi. 
Ma‘shuqaning quyidagi ta‘rif-tavsifi orqali shoir ana shunday dunyoviy sevgini 
ulug‗laydi, dunyoviy sevgidan qudratliroq kuch yo‗qligiga ishora qiladi: 
Ayo sardaftari xuboni olam, 
Qamug‗ mulki jahon sizga musallam. 
Parilar shohisan, husnung ziyoda, 
Ruhung ko‗rsa shohlar bo‗lur piyoda. 
Qaro zulfung ajab hinduyi tasvir, 
Erur fatton ko‗zung joduyi Kashmir. 
YUzung kunduz bikin, zulfung shabi tor, 
Soching chininda pinhon mushki totor. 
Labing la‘li Badaxshon, tishlaring dur, 
Sadaf og‗zin qurutqon tishlaringdur. 
YOrning an‘anaviy ta‘rif-tavsifi bilan birga, Xo‗jandiyga xos tasvir uchraydiki, bu 
baytlar ―Latofatnoma‖ning boshqa nomalar bilan bellasha oladigan asar ekanini 
ta‘minlagan. SHoirning 
Xo‗jandiy so‗zlarin Xorazmiy miskin, 
Eshitsa yo‗lli deb qilg‗aydi tahsin 
deb aytgan so‗zlari haqiqatdir. Zotan, Xo‗jandiy Xorazmiyning tahsiniga loyiq 
noma janrida asar yaratdi.
―Latofatnoma‖da har bir nomaning oxiridagi bir bayt soqiyga murojaatdir: 
Kel ey soqiy, bu kun majlis quroli,
Zamoni aysh etib, xush o‗lturoli. 
(soqiy haqida, may haqida) 
―Latofatnoma‖da muallif e‘tibor qaratgan yana bir jihat tabiat tasviriga alohida 
e‘tibor berganidir. SHuningdek, asarda tajnisli qofiya Xo‗jandiyning xalq tilidan 
mahorat bilan foydalanganini ko‗rsatib turadi: 
Isirg‗ang donasi 
chin Mushtariydur

Soching nofayi 
CHin mushtariydur

Qaro zulfung ichinda 
chin ko„rarmen,
Xato yo‗qdur bu so‗zda, 
chin ko„rarmen


Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish