Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Savol va topshiriqlar 
1.
Noma janrining ilk ildizlari haqida ayting. 
2.
Fors adabiyotidagi ilk noma janriga kim asos solgan? 
3.
―Muhabbatnoma‖ qaysi adabiy muhitning mahsuli? 
4.
―Muhabbatnoma‖ning tarkibi va tuzilishini aytib bering. 
5.
Xorazmiyning tasavvufga mansubligi qaysi o‗rinlarda va qaysi timsollar orqali 
namoyon bo‗ladi? 
6.
―Latofatnoma‖ning asosiy timsollar haqida so‗zlab bering. 
7.
―Dahnoma‖ muallifi YUsuf Amiriyga Navoiy qanday ta‘rif beradi? 
Munozara (E.Rustamovning kitobidan) 
 
Munozara janri haqida so‗z ketganda, albatta, bu janrning ildizlariga e‘tibor 
qaratilada. Munozara dunyo xalqlarining aksariyatida azaldan mavjud bo‗lib, 
ma‘lum bir xalqning inonch-e‘tiqodlari zaminida shakllangan. Munozaraning so‗z 
orqali ifodalash (verbal) xususiyati ana shu inonch-e‘tiqodlar, qolaversa, 
marosimlar, udumlar zaminida shakllangan.
Evropa xalqlari o‗tmishida ―O‗limni haydash‖ va ―YOzni chaqirish‖ 
marosimi haqida mashhur ingliz etnografi J.Frezer ko‗p ma‘lumotlarni keltirgan. 
Uning keltirgan ma‘lumotlari XVI-XVIII asrlarga tegishli. ―O‗limni haydash‖ 
marosimi yozni, bahorni, umuman, hayotni qaytarishga da‘vat qiladi. ―YOzni 
chaqirish‖ marosimi ham, xuddi ―O‗limni haydash‖ marosimi singari, sahna 
ko‗rinishlaridan iborat.
124
Umuman, bu marosimlarning maqsadi –har doim yoz, 
ya‘ni sog‗lom hayot doimo insoniyatga hamroh bo‗lish istagini uyg‗otishdan 
iboratdir.
J.Frezer ―O‗limni haydash‖ va ―YOzni chaqirish‖ marosimidan so‗ng, YOz 
va Qish o‗rtasidagi kurash sahnasini yoritadi. U ayrim g‗arb mamlakatlarida, 
xususan, SHvetsiyada YOz va Qish o‗rtasidagi kurashga bag‗ishlangan xalq 
o‗yinlarini keltiradi. Bu o‗yinda albatta YOz g‗olib keladi.
125
YOz va Qish munozarasi Germaniya, Angliya va Skandinaviya mamlakatlarida 
XIV-XVI asrlardan buyon bor. Munozara janri bu mamlakatlar xalqi orasida 
marosimlar bilan bog‗liq bo‗lib, bahor paytidagi turli sanalarga to‗g‗rilangan. 
124
Дж. Фрезер. Золотая ветвь. – выпуск III, Атеист, 1928, 22-30-бетлар. 
125
Дж.Фрезер. Юқоридаги асар, 30-31-бет. 


G‗arbiy Germaniyada munozara yaqin vaqtlargacha bahorgi marosim o‗yinlari 
sifatida saqlangan edi. 
Qish va YOz olmon xalq marosim o‗yinlarida olomon o‗rtasida 
o‗tkazilgan. Ikkalasi bir-biriga qarama-qarshi kuchlar sifatida chiqadi. YOz o‗z 
mulozimlari bilan quyosh chiqadigan SHarqdan kelgan. U Qishga ―Bu erdan 
jo‗nab qol‖ deb buyuradi. Qish qo‗pol dehqon timsolida bo‗lib, boshiga telpak 
kiygan, u tog‗dan kelgan, o‗zi bilan birga shamol, sovuqni, qorni olib kelgan. 
Ammo u daf bo‗lishni aslo istamaydi. Qish oppoq qorli dalalari bilan, YOz esa 
yam-yashil vodiylari bilan maqtanadi. YOzda o‗t-o‗lanlar ko‗karadi. Qish ham 
turli-tuman ichimliklar kashf qilgan. YOz em-xashak, sharob, g‗alla etishtiradi, 
bularning hammasi qishda yo‗q bo‗ladi. Tabiiyki, bular YOz va Qish o‗rtasida 
savol-javob tarzida o‗tadi, ikkovining orqasida esa xor aytib, mulozimlari turadi. 
Oxiri YOz g‗alaba qiladi. Qish o‗zini YOzning xizmatkori deb ataydi va 
―Ikkovimiz boshqa mamlakatlarga boraylik, menga yordam bergin‖, deb iltimos 
qiladi. SHundan keyin YOz ―Jang tamom bo‗ldi, xayrli tun‖, deya e‘lon qiladi. 
Munozaraning bunday ko‗rinishlaridan V111-1X asrga oid ―Bahor va Qish‖ nomli 
lotincha she‘r ham etib kelgan.
126
YOz va Qish munozarasining marosimga 
aylangan ko‗rinishi yoqut xalqida ham saqlangan. Ularning marosimi bahor va 
kuzga oid bo‗lib, bahorning ilk kunlarida oliyjanob tangriga qurbonlik qilish bilan 
boshlangan.
127
Bu marosimlarni keltirishdan maqsad shuki, bu shakldagi bahs yoki olishuv 
munozaraning ilk ko‗rinishlaridir. Munozara janr sifatida xalq og‗zaki ijodiga kirib 
kelishida bu marosimlar asosiy bosqich bo‗lgan.
Munozara janri o‗zbek adabiyotida uzoq tarixga ega. Dastlab bu janrning 
ildizlarini turkiy xalqlar miflarida ko‗ramiz.Turkiy qavmlarning paydo bo‗lishiga 
oid mifda aytilishicha, YOz qizi bilan Qish qizi o‗rtasida, kim qudratli degan bahs 
bo‗lib, ikkovi bellashadi. Musobaqada YOz qizi g‗alaba qiladi.
Munozara janrining asosiy belgilaridan biri – bahsga kirishgan tomonlardan biri 
g‗olib, biri esa albatta mag‗lub bo‗ladi. YUqoridagi mifda boshlangan 
munozaraning ana shu xususiyati Mahmud Koshg‗ariyning ―Devonu lug‗atit-turk‖ 
asarida YOz va Qish o‗rtasidagi munozarada aniq ko‗rinadi. Har ikki timsol 
o‗rtasidagi munozara ijtimoiy mazmun kasb etadi. 
Turkiy xalqlarning qadimgi yozma va og‗zaki adabiyotini o‗zida mujassam 
etgan ―Devonu lug‗atit-turk‖asaridagi 23 to‗rtlik asosida Abdurauf Fitrat YOz va 
Qish munozarasini tikladi.
128
Ungacha ham turk olimlari Fuod Ko‗purilizoda, Ziyo 
Ko‗kalp YOz va Qish munozarasini tiklashga harakat qilganlar. Ammo bu 
olimlarning ―Devonu lug‗atit-turk‖dagi mazkur janrni tashkil etgan to‗rtliklarga 
munosabatlari turlichadir.
Rossiyalik turkolog I.V.Stebleva ―Devonu lug‗atit-turk‖dagi she‘riy shakllar 
haqida fikr yuritib, bu asardagi munozaraga o‗z munosabatini bildirgan va bu 
126
Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. Л.: Наука, 1979, 52-53-бетлар. 
127
Жирмунский В.М. Юқоридаги асар, 53-бет. 
128
Қаранг: Фитрат. Энг эски турк адабиѐти намуналари. Нашрга тайѐрловчи Орзигул Ҳамроева, Тошкент, 
―Мумтоз сўз‖, 2008, 20-31-бетлар. 


janrni tiklagan edi. U ―Devonu lug‗atit-turk‖ning to‗rtta nashri – turk olimlari 
Ahmad Rif‘at va Basim Atalay tarjimalarini va nashrlarini, o‗zbek olimi 
S.Mutallibov tarjimasi va nashrini, nemis turkolog olimi K. Brokkelmanning 
nashriga tayanib, tanqidiy matn tayyorlab, munozara janrini tiklaydi va yigirma 
uchta to‗rtlikni munozara janri sifatida beradi. I.V.Stebleva keltirgan ―Devonu 
lug‗atit-turk‖dagi munozara quyidagicha: 
Qish yay bila to‗qushti, 
Qing‗ir ko‗zin baqishti, 
Tutushqali yaqishti, 
Utg‗alimat o‗g‗rashur (1.VA 170, T. I 181-182)
129
Yay qish bila qarishti, 
Ardam yasin qurishti, 
CHerig tutib kurashti, 
O‗qtag‗ali utrushur (II. BA 97, T. II 104) 
Qish yayg‗ahi suvlanur, 
Ar at manin yavrayur, 
Iglar yama savriyur, 
At yin taqi bakrishur (III. BA 278, T III 294) 
O‗l qar qamug‗ qishin inar, 
Ashliq tarig‗ anin o‗nar, 
Yavlaq yag‗i manda tunar, 
San kalibon tabrashur (II BA 204, T. II 237) 
Canda qo‗par chayanlar, 
Quzg‗u singak yilanlar, 
Duk ming quyu tumanlar, 
Quzruq tikib yugrushur (III. BA 367, T. III 378) 
Tumlug‗ kelib qapsadi, 
Qutlug‗ yayig‗ tepsadi, 
Qarlab ajun yapsadi, 
Et yin ushub emrishur (I BA 463, T. I 430). 
Balchiq baliq yug‗rulur, 
CHig‗ay yavuz yig‗rilur, 
Eringaklari o‗g‗rilur, 
O‗zg‗uch bila evrishur (I. BA 248, T. I 249) 
129
1.ВА 170, Т 181-182 – 1 рақами – ―Девону луғатит-турк‖нинг жилдини, ВА – Басим Аталайни, кейинги 
рақам – жилднинг саҳифасини, Т – Тошкентни, кейинги рақам – Тошкент нусхасининг саҳифасини 
англатади.


Kaldi esin esnayu, 
Qazqa tugal usnayu, 
Kirdi budun kusnayu, 
Qara bulit ko‗krashur (II. BA 223, T. II 259-260, BA 147, )
Ordi bulit ingrashu, 
Aqti aqin mungrashu, 
Qaldi budun tanglashu, 
Ko‗krar taqi mangrashur (III BA 398, T.III 407) 
Quydi bulut yag‗murin, 
Kerib tutar aq to‗rin, 
Qirqa qo‗zti o‗l qarin, 
Aqin aqar angrashur (III BA 39, T.III 46) 
Qar buz qamug‗ erushdi, 
Tag‗lar suvi aqishdi, 
Ko‗kshin bulit orushdi, 
Qayg‗uq bo‗lub egrishur (I BA 186, T.I 195) 
Qaqlar qamug‗ kulardi, 
Tag‗lar bashi ilardi, 
Ajun tani yilirdi, 
Tutu chechak cherkashur (I BA 179, T.I 189) 
Ay qo‗pub evlanib, 
Aq bulit o‗rlanib, 
Bir bir uza o‗klunub, 
Sachlub suvi engrashur (III BA 398, T. I 258) 
Tuman chechak tizildi, 
Bukundan o‗l yazildi, 
O‗gush yatib uzaldi, 
Yerda qo‗ba azrishur (I BA 233-234, T.I 236-237) 
Tegma chechak ukuldi, 
Bukuklanib bukulti, 
Tugsin tugun tuguldi, 
Yarg‗ilamat yurkashur
130
(I BA 437, T.I 409-410; II BA 285, T II 329)
Yamg‗ur yag‗ib sachildi, 
130
ÄËÓ Ii æèëääà îõèðãè íèððà ―éàçëèá éàìà éñðêàøñð (òàðàëèá, ê¢ïëèãèäàì ÿìà éèғèëàäè)‖.


Turlug chachak suchuldi, 
Yinju qabi achildi, 
CHindan yipar yug‗rushur (II BA 122, T.II 139) 
Qizil, sarig‗ arqashib, 
Yepkin, yashil yuzkashib, 
Bir-bir keru yurkashib, 
Yalinguq ani tanglashur
(I BA 395, T.I 375) 
Yashin atib yashnadi, 
Tuman turub tushnadi, 
Ayg‗ir, qisir kishnadi, 
O‗gur alib o‗qrashur (I BA , 235-236 T.I 238) 
Alin tubu yashardi, 
Urut o‗tin yashurdi, 
Ko‗lning suvin kushardi, 
Sig‗ir buqa mungrashur (II BA ,79 T.II 83) 
Qulan tugal qumutti, 
Arqar so‗qaq yumutti, 
Yaylag‗ taba emitti, 
Tizgiq to‗rub sekrashur (I BA ,214, T.I 221) 
Qo‗chingar teka sevildi, 
Sag‗liq surug qo‗shuldi,
Sutlar qamug‗ yushuldi, 
O‗g‗laq qo‗zi yamrashur (III BA ,102, T. III 113) 
Yilqi yazun atlanur, 
O‗tlab aning etlanur, 
Beglar semiz atlanur, 
Sevnub o‗gur isrishur (I BA , 285, T. I 282) 
Sanda qachar sundilach, 
Menda tinar qarg‗ilach,
 
Tatlig‗ o‗tar sanduvach, 
Erkak tishi uchrashur (I BA ,529, T. I 481, III BA 178, T. III 193) 
Yay baruban erkuzi, 
Aqti aqin munduzi, 
Tug‗di yarug‗ yulduzi, 
Tingla so‗zum kulgusuz (I BA , 96, T. I 121) 
Ag‗di bulit ko‗krayu,


Yag‗mur to‗li sekrayu, 
Qaliq ani ugriyu, 
Qancha barir belgusiz (I BA , 354, T. I 336) 
Turlug chechak yarildi, 
Barchin yazim kerildi, 
Uchmaq yeri ko‗ruldi, 
Tumlug‗ yana kelgusuz (I BA 119, T. I 141) 
Qush, qurt qamug‗ tirildi, 
Erkak tili terildi, 
Ugur alip tarildi, 
Yinqa yana kirgusuz (III BA 5-6, T. III 11-12) 
Yay, ko‗rkinga inanma, 
Suvlar uza tayanma,
Esizligig anunma, 
Tilda chiqar ezgu so‗z (III BA 160-161, T. III 176)
131
Ayrim hollarda munozarada kichikroq hajmdagi hamd qismi ham mavjud 
bo‗ladi. Hamd – shu munozarani yozishga undagan shaxsga qaratiladi. Ba‘zi 
tadqiqotchilar munozara janrini o‗rganib, bu janr SHarq mumtoz adabiyotidagi 
qasida janrining bir ko‗rinishidir, degan fikrni ham bildirganlar Bunday xulosaga 
kelishda ular munozaraning hamd qismiga tayanadilar.
132
Ammo bu fikr unchalik 
o‗zini oqlamaydi. Munozarada hamd bo‗lishi shart emas. Masalan, ―Devonu 
lug‗atit-turk‖dagi munozarada ham, ―Qutadg‗u bilig‖dagi O‗zg‗urmish va 
O‗gdulmish munozarasida aslo ham qismi yo‗q. SHuning uchun qasida bilan 
munozara o‗rtasidagi aloqadorlik to‗g‗risida gapirish ortiqcha. 
Munozara fors va turkiy xalqlar adabiyotida eng ko‗hna janrlardan. O‗rta asr 
fors adabiyotidan bizgacha bu janrning e‘tiborli bir namunasi etib kelgan. Bu 
munozara ―Daraxt va xurmo‖ deb nomlanib, asarning pahlaviycha matni, 
transkripsiyasi, tojik va rus tillariga tarjimasi I.S.Braginskiyning ―Iz istorii 
tadjikskoy narodnoy poezii‖ (Moskva, 1956, 223-226-betlar) asarida keltirilgan. 
Asarda hikoya qilinishicha, xurmo bilan echki bahsga kirishib, qaysi biri insonga 
ko‗proq foyda keltirishini isbotlashga harakat qiladilar. 
X1 asrda bu janrga mashhur fors-tojik shoiri Asadi Tusiy e‘tibor qaratdi. Uning 
beshta munozarasi bizga ma‘lum. 1. ―Tun va kun munozarasi‖ (Munozarai shab va 
ruz). 2. ―Nayza va yoy munozarasi‖ (Munozarai rameh va qavs). 3. ―Osmon va er 
munozarasi‖ (Munozarai osmon va zamin). 4. ―Otashparast va musulmon 
munozarasi‖ (Munozarai gabr va musulmon). 5. ―Arab va fors munozarasi‖ 
(Munozarai arab va ajam).
Mazkur munozaralarning dastlabki uchtasini nemis tiliga G.Ete tarjima qilgan. 
To‗rtinchi munozara Rizo Qulixonning ―Majma‘ ul-fusaho‖ (CHiroyli 
131
Стеблева И.В. Развитие тюркских поэтических форм в Х1 веке. – Наука.Москва, 1971, 195-207-бетлар 
132
Бу ҳақда қаранг: Чайкин К.И. Асади старший и Асади младший. – сб.:‖Фердовси‖, Л.: 1934, 133-бет. 


so‗zlovchilar jam‘i) tazkirasida bor. Beshinchi munozarani E.E.Bertels SSSR FA 
SHarqshunoslik institutining ilmiy to‗plamida (19-jild, 1958 yil) nashr qilgan. 
O‗zbek mumtoz adabiyotida munozara XU asrning birinchi yarmida maxsus 
janr sifatida shakllandi. Albatta, o‗zbek mumtoz adabiyotida bu janrning 
shakllanishiga, bir tomondan, turkiy adabiyotdagi ayrim asarlar tarkibida, mif va 
udumlar ko‗rinishida etib kelgan munozara, ikkinchi tomondan, fors-tojik 
adabiyotidagi munozara ta‘sir ko‗rsatdi. YUsuf Amiriyning ―CHog‗ir va Bang‖, 
Ahmadiyning ―Sozlar munozarasi‖, YAqiniyning ―O‗q va YOy‖ munozarasi 
o‗zbek mumtoz adabiyotidagi munozaraning yorqin namunalaridir.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish