Nasimxon rahmonov


Mahmud ibn Ali as-Saroyi (XIV asr). “Nahju-l-farodis” (“Jannatlarning



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Mahmud ibn Ali as-Saroyi (XIV asr). “Nahju-l-farodis” (“Jannatlarning 
ochiq eshiklari”) asari

Mazkur asarning muallifi masalasida ko‗p bahslar bor. Davlatshoh Samarqandiy
«Tazkirat ush-shuaro» («SHoirlar bo‗stoni») asarining Alisher Navoiyga 
bag‗ishlangan qismida quyidagi «mulamma» (qit‘a)ni keltiradi:
Turkiysin ko‗rub qilurlar erdi tarku tavba ham, 
Gar tirik bo‗lsalar erdi Lutfiy birlan Kardariy, 
Bovujudi forsi dar junbi she‘ri komilash, 
CHist ash‘ori Zahiru kist bori Anvariy?
106
Bu mulammadagi ―Kardariy‖ taxallusli shoir hozirgacha bir qancha 
munozaralarga sabab bo‗lib kelgan. Maqsud SHayxzoda ―Tazkirachilik 
tarixidan‖
107
maqolasida quyidagicha fikrni aytgan edi: ―Mazkur qit‘ada zikr 
etilgan Kardariy Xorazm o‗lkasining Kardar qishlog‗ida hijriy 761\milodiy 1359-
1360 yilda vafot etgan Mahmud ibn Ali degan shaxs, ―Nahjul-farodis‖ nomli 
diniy-axloqiy asar muallifidir. Umrining bir qismini Oltin O‗rda poytaxti Saroy 
shahrida o‗tkazgan. Asarning bir necha nusxalari saqlanib qolgan. Bu asarning 
Kardariy tirik vaqtida xorazmlik kotib ko‗chirgan nusxasi Xorazm shevasi va 
adabiy lahjasining tarixini o‗rganishda juda katta ahamiyatga egadir. Har holda 
Davlatshoh turkiy nazm ustasi deb ko‗rsatgan Kardariy degan shoir ana shu 
Mahmud ibn Alidan boshqasi emas‖. Nemis olimi N.Xofman ham Kardariy shaxsi 
haqida o‗zining olti jildlik ―Turk adabiyoti‖ kitobida ham ma‘lumot bergan. Uning 
fikricha, ―bu shoir...mashhur turkigo‗y shoir Mahmud ibn Ali as-Saroyi Bulg‗oriy 
Kardariydir. Kardar Xorazmdan bo‗lgan. Davlatshoh Samarqandiy ―Tazkirat ush-
shuaro‖sidagi qit‘asida uni tilga olgan. Tarixda Kardariy taxallusli shoirlar bir 
emas, bir necha bo‗lgan. Lekin uning turkiy tilda yozilgan ―Nahjul-farodis‖ asari 
bizga ma‘lumdir‖.
108
Saroyi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar hozircha ma‘lum emas. Davlatshoh Samarqandiy 
bergan ma‘lumot Kardariyning Lutfiy darajasidagi shoir ekanini ko‗rsatadi. Ammo 
boshqa tazkiralarda Kardariy to‗g‗risida hozircha ma‘lumotlarni uchratmadik. 
Ehtimol, Oltin O‗rda adabiy muhitida yashab ijod qilgan aksariyat shoirlar 
tazkiraga kirmagan, ular to‗g‗risidagi ma‘lumotlar uzuq-yuluq, Temuriylar sulolasi 
bilan Oltin O‗rdadagi ijtimoiy va siyosiy munosabatlar adabiy jarayonga, xususan, 
Kardariy singari mashhur shoirlarning tazkiralardan o‗rin olishiga monelik qilgan 
bo‗lishi mumkin. ―Nahjul – farodis‖da uning biron bayt she‘ri ham uchramaydi.
―Nahjul-farodis‖ asari hijriy 761 (milodiy 1360) yili yozilgan. Bu to‗g‗rida 
asarning nihoyasida aytilgan. SHuningdek, kitob muallifi oradan ikki kun o‗tgach, 
―drulfanodan dorulbaqoga rixlat qilgani‖ni, bu kitobdan ko‗p allomalar 
106
Давлатшо
ҳ
Самар
қ
андий. Шоирлар бўстони. Тошкент, 
Ғ
афур 
Ғ
улом номидаги Адабиёт ва санъат 
нашриёти. 1981, 189
-бет.
107
Навоийга арму
ғ
он. Тошкент, 1968, 37-бет.
108
Турк адабиёти. 1969, 103
-109-бетлар.


foydalangani bayon qilingan. Kitob kotibining bu ma‘lumotidan asar anchagina 
mashhur bo‗lgani ko‗rinadi. 
―Nahjul-farodis‖ to‗rt bobdan va har bir bob o‗nta fasldan – jami qirq fasldan 
iborat. Bu asar ―qirq hadis‖ (chihl hadis)ni sharhlagan va har bir hadisga oid 
hikoyatlar bilan bezalgan asardir. Bu asar ―Qisas ul-anbiyo‖ turkumiga mansub 
bo‗lsa ham, payg‗ambarlar tarixi bayonida afsonalar emas, balki tarixiy voqealar, 
rivoyatlar asosiy o‗rin egallaydi. Qolaversa, ―Nahjul-farodis‖ni yozishda muallif 
turli ishonchli manbalarga tayangani uchun ham asarga ko‗p allomalar murojaat 
etganlar.
―Nahjul-farodis‖da eng diqqatga sazovor dalil – bu hadislardir. Birinchi bobning 
birinchi faslidagi hadisga e‘tibor qarataylik. ―

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish