[masalalarga] kirishib ketsak ham. bu gapni cho‗zish va ko‗paytirish maqsadida
emas, balki o‗quvchini zeriktirmaslik uchundir. CHunki
doimo bir xil narsaga
qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. [O‗quvchi] fandan fanga o‗tib
tursa, turli bog‗larda yurganga o‗xshaydi, birini ko‗rib ulgurmay, boshqasi
boshlanadi va u kishi «har bir yangi narsada lazzat bor» deyilganidek, ularni
[ko‗rishga] qiziqadi va ko‗zdan kechirishni istaydi‖.
58
Beruniy shundan so‗ng Odam, uning o‗g‗illari va shajarasi
haqidagi rivoyatlarni
keltiradi va jadval shaklida keltiradi. Beruniy uchun ishonchli manba – yahudiylar
Tavroti. U Tavrotning uch nusxasini qiyoslab, ular o‗rtasidagi ixtiloflarni
aniqlaydi. Bular: 1) mualliflar bayonidagi ixtiloflar; 2) diniy kitoblardagi ixtiloflar.
Birinchi inson haqidagi afsonalar dunyo xalqlarining ko‗pida yaratilgan. Odam va
Havo, Mard va Mardona, Malhiy va Malhiyona,
Misho va Mishona haqidagi
afsonalarni Beruniy hikoya qiladi. Birinchi insonni inkor qiluvchilar ham bo‗lgan.
Beruniy, shomonlarning qarashi shunday bo‗lgan edi, deb yozadi.
Beruniy rivoyatlarni asariga kiritganda, albatta,
saralash
tamoyiliga ham rioya
qiladi. SHu bois rivoyatlarga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. O‗zi tanlagan
tamoyillar asosida o‗zidan oldin o‗tgan olimlarning tarixiy asarlarini qo‗rqmasdan
tanqid qiladi. Uning saralash tamoyili shundan iborat ediki,
manbalarni tahlil
qilganda, rostday ko‗ringan, lekin isbotsiz rivoyatlarni o‗zi tekshirib ko‗rmaguncha
ularga ishonmaydi.
Darvoqe, ―isbotsiz rivoyatlar‖ Beruniyning qarashicha qanday xususiyatlarga ega?
Beruniyning zukko va sinchkov adabiyotshunos sifatidagi xizmatlari ana shu
o‗rinlarda ayon bo‗ladi. Buning ustiga, Beruniy har bir manbaga, dalilga xolis
qaraydi. Uning uchun diniy aqidalar to‗siq emas,
uning uchun aqlning va
bilimdonlikning o‗zi kifoya emas. U uchun manbaning ishonchliligi muhim.
Beruniy esa ishonchli manba sifatida Tavrotni, Injilni e‘tirof etadi. Aqlga suyanish
ham muhim emasligini, aql faqat mulohazakorlikka olib borishini va buning
oqibati manbadan uzoqlashishga olib borishini ta‘kidlaydi. Beruniyning o‗z oldiga
qo‗ygan vazifasi va amal qilgan tamoyili shuki, u dalillarni saralab olish va
qiyoslash yo‗lidan ketadi va buni quyidagicha izohlaydi: ―...mendan so‗ralgan
narsaga etkazuvchi
vositalarning eng muhimi -
Do'stlaringiz bilan baham: