O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
5A411005 - “Meva-sabzavotchilikda bioteхnologiya” mutaхassisligi magistranti
OTAJONOVA DILOBAR BAXTIYOR QIZIning
“Zamburug‘larda hosil bo‘ladigan ikkilamchi metabolitlarni ta’sirini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash”
mavzusidagi magistrlik ilmiy tadqiqiot ishi bo’yicha
HISOBOTI
Toshkent – 2021
Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati
Dunyo bo‘yicha o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda oson va tezkor usul sifatida kimyoviy usul qo‘llanilmoqda. Ammo bu usulni ekologik va iqtisodiy tomondan afzal deb bo‘lmaydi. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha kishilarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda atmosferaga har yili 5 mln. tonna atrofida oltingugurt gazi , sulfid oksidi, azot
oksidi, karbonat angidridi va pestitsidlar
chiqarilmoqda. Shu sababli o’simliklarni himoya qilish, yuqori hosil olish va olingan hosil yuqori darajada
sifatli bo’lishi uchun o’simliklarni yetishtirishda
tabiiy,
zararsiz usullarni qo’llash bugungi kun talabiga aylandi va bu jarayonda mikroorganizmlar asosiy o’rin tutishi barchamizga ma’lum. Hozirgi paytda turli xil mamlakatlarda 30 dan ortiq mikrobiologik entomopatoogen preparatlar ishlab chiqarilmoqda. Tabiiy ajratib olingan mikroorganizmlar asosida olingan va mikrobli patogen preparatlar ko’rinishida yana qaytadan tabiatga tashlanadigan entomopatogen preparatlar biotsenozga hech qanday salbiy ta’sir qilmaydi va regiondagi ekologik holatni buzmaydi.
Mikroorganizmlar biologik faollikka ega ko‘plab birikmalar hosil qiladi. Hozirgacha mikroblardan olingan 22500 biologik faol birikmalarning 40% ga yaqini zamburug‘lar tomonidan ishlab chiqariladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki 1993-yildan 2001-yilgacha zamburug‘lardan ajratilgan 1500 ta birikmaning yarmidan ko‘pi antibakterial, antifungal faolligini ko‘rsatdi
Muammoning o’rganilganlik darajasi.
Zamburug‘ ikkilamchi metobolitlari terapevtik vositalar ( masalan, lovastatin va penitsillin) sifatida foydali ta’sir ko‘rsatishi uchun katta e’tiborga ega bo‘lib, farmatsevtika rivojlanishi uchun muhim mahsulot va qurilish materiallari manbai sifatida ishlab chiqarishda davom etmoqda. Boshqa tomondan, ikkilamchi metobolitlarga mikotoksinlar (masalan, AF va fumonisinlar) kabi oziq-ovqat va ozuqa ekinlari hamda yopiq muhitda keng tarqalganligi sababli odamlarga va hayvonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi uchun katta e’tibor berishdi.
Zamburug‘larda hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitlarni o‘rganishda Butunrossiya o‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutida professor A.A. Dalinova ilmiy ish olib borgan va Alternaria Sonchi S-102 zamburug‘ida hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitini ajratib olib qushqo‘nmas o‘simligiga ta’sirini o‘rgangan.
Mamlakatimizda o‘simliklarda hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitlar o‘rganilgan bo‘lib bularga fenol birikmalari, terpenlar, flavonoidlar va tanninlar kiradi.
Mamlakatimizda fenol birikmalarini
o‘rganishni boshlab bergan olim akademik
S.Yu. Yunusov hisoblanadi. S.Yu. Yunusov tashabbusi bilan mamlakatimiz va MDH da yagona O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilingan. M.N. Zaprometovning (1996) ma’lumotlariga qaraganda fenol birikmalari nisbatan ko‘proq choy o‘simligining yosh nihollar barglarida bo’ladi. Choy o‘simligi fenol birikmalari asosini katexin va flavonoidlar kiradi. Flavonoidlarning eng muhim vazifalaridan biri bu o‘simlik to‘qimalarini quyoshning ultrabinafsha spektrlaridan himoya
qilishdir.
Tadqiqotni maqsadi: Zamburug’larda hosil bo’ladigan ikkilamchi metobolitlarning ta’sirini o’rganish va amaliyotda qo’llash. - Tadqiqotni maqsadi: Zamburug’larda hosil bo’ladigan ikkilamchi metobolitlarning ta’sirini o’rganish va amaliyotda qo’llash.
- Tadqiqotni vazifalari:
- -Alternaria, Fusarium zamburug’larning turlarini o’rganish
- -Alternaria va Fusarium zamburug’larida hosil bo’ladigan ikkilamchi metobolitlarni aniqlash
- -Alternaria va Fusarium zamburug’larida hosil bo’ladigan ikkilamchi metobolitlarni ajratib olish
- -ajratib olingan ikkilamchi metobolitlarni o’simliklarga ta’sirini o‘rganish
- Tadqiqotning ob’ekti: sifatida Alternaria va Fusarium zamburug‘ turlari olindi
Tadqiqotning predmeti: Alternaria va Fusarium zamburug‘ turlarining tuzilishi, biologiyasi, ekologiyasini o‘rganish asosida ular hosil qiladigan ikkilamchi metobolitlarni ajratib olish va ta’sirini ilmiy asoslash. - Tadqiqotning predmeti: Alternaria va Fusarium zamburug‘ turlarining tuzilishi, biologiyasi, ekologiyasini o‘rganish asosida ular hosil qiladigan ikkilamchi metobolitlarni ajratib olish va ta’sirini ilmiy asoslash.
- Tadqiqotning uslublari. Mikroorganizmlarni labaratoriya sharoitida ko‘paytirib, ularni to‘liq o‘rganishda, Q.D. Davronov, T.Yu. Yusupov, N.A. Xo’jamshukurov, zamburug‘lardan ikkilamchi metobolitlarni hosil bo‘lishini kuzatish va ajratib olish A.A. Dalinova, Gyorden usullari asosida olib boriladi.
- Kutilgan natijalar: Zamburug’larda hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitlarning ta’sirini aniqlash va amaliyotda qo‘llash uchun Alternaria va Fusarium zamburug‘larini ajratib olish, ozuqa muhitida o‘stirish, biologiyasi va ekologiyasini o‘rganish orqali ularda hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitlarini ajratib olish hamda bu ikkilamchi metobolitlarning qishloq xo‘jaligi sohalarida va tirik organizmlarga ijobiy va salbiy ahamiyatini aniqlashdan iborat.
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |