Nashrga ruxsat etaman


 Iqtisodiyotdagi tarkibiy о„zgarishlar. Bozor infratuzilmasini shakllantirish



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

2. Iqtisodiyotdagi tarkibiy о„zgarishlar. Bozor infratuzilmasini shakllantirish. 
SSSR parchalanishi bilan respublikalar va mintaqalarning iqtisodiy aloqalari 
uzildi, sanoat ishlab chiqarishi pasaydi. Bir qator tarmoqlarni rekonstruksiya qilish, 
bozor munosabatlariga javob beradigan va jahon bozorida raqobatlasha oladigan 
zamonaviy korxonalarni qurish, istiqbolli tarmoqlarni rag‗batlantirish masalasi 
pishib etildi. 
Mustaqillik yillarida birinchi marta erishilgan mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayotidagi barqarorlik chet el kapitali uchun keng imkoniyatlar 
ochdi. Shu munosabat bilan, 1998 yilda Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul 
qilingan qonun hujjatlari - «Chet el investitsiyalari tо‗g‗risida»gi, «Xorijiy 
investorlarning huquqiy kafolatlari va ularni himoya qilish choralari tо‗g‗risida»gi 
kabilar muhim ahamiyatga ega bо‗ldi. 35 mamlakat, dunyoning о‗nlab yirik 
banklari bilan imzolangan savdo-iqtisodiy shartnomalar О‗zbekistonning 
rivojlangan davlatlar о‗rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirishga va xorijiy 
investitsiyalardan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda. 
2018 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni qо„llab-
quvvatlash bо„yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar: 

YAIMning tarmoqlar bо„yicha tarkibi: xizmatlar – 45,1 %, sanoat – 30,3 %, qurilish – 
7,1 %, qishloq, о„rmon va baliq xо„jaligi – 17,5 %. 


Xorijiy investitsiyalardan foydalanish respublika iqtisodiyotida jiddiy tarkibiy 
о‗zgarishlarni amalga oshirishga imkon berdi. 
О‗zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi yil sayin ortib bormoqda. Agar 
1991-1998 yillarda. Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga 8 milliard 
AQSH dollaridan oshiq investitsiya kiritilgan bо‗lsa, 1999 yilda 1,324 million 
AQSH dollaridan ortiq miqdordagi xorijiy investitsiyalar о‗zlashtirildi. Boshqacha 
qilib aytganda, barcha kapital qо‗yilmalarning qariyb 24 foizi xorijiy 
investitsiyalar hissasiga tо‗g‗ri keldi. 
Neft va gaz sanoatida chet el kapitali alohida о‘rin tutadi. 1994 yilda ushbu 
sohada u 10 million dollarni, 1998 yilda esa 1 milliard 300 million dollarni tashkil 
qildi. Shu tufayli, neft qazib olish 1990 yildagi 2,8 million tonnadan, 1998 yilda 
8,1 million tonnagacha oshdi. Bu vaqt ichida tabiiy gaz qazib olish mos ravishda 
40,8 milliard kubometrdan 54,3 milliard kubometrgacha oshdi va Prezidentimiz 
tomonidan belgilangan butun mamlakat aholisini tabiiy gaz bilan ta‘minlash bilan 
bog‗liq muhim vazifa muvaffaqiyatli yakunlandi. Agar mustaqillik arafasida 
О‗zbekistonda shahar aholisini tabiiy gaz bilan ta‘minlash 47 foizni tashkil etgan 
bо‗lsa, qishloq aholisi – 17 foizni, keyinroq esa, (1997 yilda) bu raqam mos 
ravishda 64 va 68 foizni tashkil etdi. 
Dunyoning kо‗plab rivojlangan davlatlarida rо‗y bergan 1998 yildagi 
moliyaviy inqiroz О‗zbekistonning moliyaviy va sanoat holatiga ta‘sir 
kо‗rsatmasligi mumkin emas edi, lekin bu о‗z iqtisodiyotimizning oldinga siljishini 
tо‗xtatmadi. Mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik hukm surdi. Bu, ayniqsa, 
MDH mamlakatlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvoli bilan taqqoslaganda sezilarli 
bо‗ldi, ularning aksariyatida iqtisodiy rivojlanish darajasi 1990 yilga nisbatan 50 
foizdan kam edi. Qattiq moliyaviy-kredit siyosati inflyatsiyaning kо‗tarilishiga 
imkon bermadi. Jahon bozorida oltin, paxta, mis va boshqa eksport tovarlari 


narxlarining keskin pasayishiga qaramay, iqtisodiy islohotlarda yutuqlarga 
erishildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni davom etmoqda. 1999 yilda 
xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 64,5 foizni tashkil etdi ( 
sanoatda – 64 foiz, qishloq xо‗jaligida - 98,7 foiz). Xususiylashtirilgan 
korxonalarda aholining 74,2 foizi ishladi. 1999 yilda yalpi ichki mahsulotning 
о‗sishi kuzatilib, uning о‗sishi 4,4 foizni tashkil etdi.
Tarkibiy о‗zgarishlar iqtisodiy о‗sishning hal qiluvchi omiliga aylanmoqda. 
Sanoat ishlab chiqarishining asosiy о‗sishini yangi qurilgan obyektlar ta‘minladi. 
Investitsiyalar umumiy hajmining 56 foizdan ortig‗i yangi ishlab chiqarish 
tarmoqlarini rivojlantirishga yо‗naltirildi. 
Navoiy va Olmaliqdagi kon-metallurgiya zavodlarini rekonstruksiya qilish, 
«Zarafshon-Nyumont» qо‗shma korxonasi, Andijonda о‗zbek-koreys avtomobil 
zavodi 
tashkil 
etilishi 
mamlakatning 
moliyaviy-iqtisodiy 
holatini 
barqarorlashtirishda muhim rol о‗ynadi. 1999 yil boshida respublikada 3592 ta 
qо‗shma korxona rо‗yxatga olingan. Ulardan 1917 tasi jahon standartlariga mos 
mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qо‗shma korxonalarning katta qismi - 1400 tasi 
Toshkent shahrida, 107 tasi Toshkent viloyatida, 85 tasi Samarqand viloyatida, 54 
tasi Andijonda, 49 tasi Farg‗ona va Namangan viloyatlarida joylashgan. 
О‗zbekiston dunyodagi eng boy kaolinning zaxirasiga ega. 1917 yilda Angren 
kо‗mir havzasidan topilgan, 1 milliard 100 million tonnalik zaxiraga ega bо‗lgan 
kon, faqat mustaqillik davridagina katta mablag‗ sarflash evaziga yirik ishlab 
chiqarish korxonasiga aylandi (Germaniya bilan hamkorlikda). 
Moskvada Respublika mustaqilligining tо‗qqiz yilligi arafasida rossiyalik 
mualliflar M.Gafarli va A.Kasayevning «Taraqqiyotning о‗zbek modeli: tinchlik 
va barqarorlik - taraqqiyot asosi» kitobi nashr etildi, unda mustaqillik yillarida 
О‗zbekistonning rivojlanishi katta xolislik bilan baholandi. Mualliflar fikricha, 
yalpi ichki mahsulot 2,5 foizigacha, о‗rtacha oylik inflyatsiya darajasi 1,9 
foizgacha о‗sgan. Sanoat ishlab chiqarishining о‗sish sur‘atlari bо‗yicha 
О‗zbekiston 1999 yilda 117 foiz kо‗rsatkich bilan MDH mamlakatlari orasida 
birinchi о‗rinni egalladi. Holbuki, bunday kо‗rsatkich 1991 yil darajasida - 
Rossiyada atigi 45 foiz, Ukrainada – 44 foiz, Qozog‗istonda – 41 foizni tashkil 
etgan edi. 
Eksport tarkibi ham о‗zgarmoqda: paxta tolasining ulushi pasaymoqda – (44 
foizdan 28 foizgacha), aksincha, mashina va uskunalar eksporti 9,85 foizdan 23 
foizgacha о‗sdi. Shu bilan birga, tashqi qarz miqdori YAIMning 2,5 foizidan 
oshmadi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish