narxlarining keskin pasayishiga qaramay, iqtisodiy islohotlarda yutuqlarga
erishildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni davom etmoqda. 1999 yilda
xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 64,5 foizni tashkil etdi (
sanoatda – 64 foiz, qishloq xо‗jaligida - 98,7 foiz). Xususiylashtirilgan
korxonalarda aholining 74,2 foizi ishladi. 1999 yilda yalpi ichki mahsulotning
о‗sishi kuzatilib, uning о‗sishi 4,4 foizni tashkil etdi.
Tarkibiy о‗zgarishlar iqtisodiy о‗sishning hal qiluvchi omiliga aylanmoqda.
Sanoat ishlab chiqarishining asosiy о‗sishini yangi qurilgan obyektlar ta‘minladi.
Investitsiyalar umumiy hajmining 56 foizdan ortig‗i yangi ishlab chiqarish
tarmoqlarini rivojlantirishga yо‗naltirildi.
Navoiy va Olmaliqdagi kon-metallurgiya zavodlarini rekonstruksiya qilish,
«Zarafshon-Nyumont» qо‗shma korxonasi, Andijonda о‗zbek-koreys avtomobil
zavodi
tashkil
etilishi
mamlakatning
moliyaviy-iqtisodiy
holatini
barqarorlashtirishda muhim rol о‗ynadi. 1999 yil boshida respublikada 3592 ta
qо‗shma korxona rо‗yxatga olingan. Ulardan 1917 tasi jahon standartlariga mos
mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qо‗shma korxonalarning katta qismi - 1400 tasi
Toshkent shahrida, 107 tasi Toshkent viloyatida, 85 tasi Samarqand viloyatida, 54
tasi Andijonda, 49 tasi Farg‗ona va Namangan viloyatlarida joylashgan.
О‗zbekiston dunyodagi eng boy kaolinning zaxirasiga ega. 1917 yilda Angren
kо‗mir havzasidan topilgan, 1 milliard 100 million tonnalik zaxiraga ega bо‗lgan
kon, faqat mustaqillik davridagina katta mablag‗ sarflash evaziga yirik ishlab
chiqarish korxonasiga aylandi (Germaniya bilan hamkorlikda).
Moskvada Respublika mustaqilligining tо‗qqiz yilligi arafasida rossiyalik
mualliflar M.Gafarli va A.Kasayevning «Taraqqiyotning о‗zbek modeli: tinchlik
va barqarorlik - taraqqiyot asosi» kitobi nashr etildi, unda mustaqillik yillarida
О‗zbekistonning rivojlanishi katta xolislik bilan baholandi. Mualliflar fikricha,
yalpi ichki mahsulot 2,5 foizigacha, о‗rtacha oylik inflyatsiya darajasi 1,9
foizgacha о‗sgan. Sanoat ishlab chiqarishining о‗sish sur‘atlari bо‗yicha
О‗zbekiston 1999 yilda 117 foiz kо‗rsatkich bilan MDH mamlakatlari orasida
birinchi о‗rinni egalladi. Holbuki, bunday kо‗rsatkich 1991 yil darajasida -
Rossiyada atigi 45 foiz, Ukrainada – 44 foiz, Qozog‗istonda – 41 foizni tashkil
etgan edi.
Eksport tarkibi ham о‗zgarmoqda: paxta tolasining ulushi pasaymoqda – (44
foizdan 28 foizgacha), aksincha, mashina va uskunalar eksporti 9,85 foizdan 23
foizgacha о‗sdi. Shu bilan birga, tashqi qarz miqdori YAIMning 2,5 foizidan
oshmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: