agar 2000 yilda kichik biznes subyektlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 31
foizini ishlab chiqargan bо‗lsa, 2013 yil oxiriga kelib, bu kо‗rsatkich 55,8 foizdan
oshdi. 2014 yilda kichik biznes sanoat mahsulotlari umumiy hajmining 23 foizini,
bozor xizmatlarining deyarli barcha hajmini, mahsulot eksportining 18 foizini,
iqtisodiyot tarmoqlarida band bо‗lganlarning 75 foizini tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholini ish bilan ta‘minlashning muhim
omiliga va barqaror daromad manbaiga aylanmoqda. Tadbirkorlikning eng katta
rivojlanishi qishloq xо‗jaligida va xizmat kо‗rsatish sohasida yuz berdi.
Iqtisodiyotning ushbu tarmoqlari subyektlarining faolligi iste‘mol majmuasida,
ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda kuzatilmoqda.
Xususiylashtirish bilan bir qatorda, bozor mexanizmlarining asoslarini
yaratishga qaratilgan va davlat tomonidan tartibga solishning boshqa chora-
tadbirlari qо‗llanildi. Mamlakatning О‗rta Osiyo miqyosidagi yirik korxonalari -
Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, Bekobod metallurgiya zavodi,
eng yirik qishloq xо‗jaligi texnikasi, sement sanoati va boshqalar saqlanib qoldi va
jadal rivojlandi. Shu bilan bir qatorda, yangi sanoat tarmoqlari - qog‗oz,
elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati va boshqalar paydo bо‗ldi, ularda 1000
dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish о‗zlashtirildi.
Iqtisodiyotni qayta qurish va eksportni diversifikatsiya qilish siyosatining
yorqin natijasi о‗laroq, yangi, yuqori texnologiyali sanoat - avtomobilsozlik
sanoatining yaratildi. О‗zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillar bir
qator mamlakatlarga, shu jumladan, Rossiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston,
Turkmaniston, Ukraina va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Mamlakatimizda avtomobilsozlik, neft-gaz, kimyo, elektrotexnika va boshqa
sohalarni о‗z ichiga olgan yuqori texnologiyali yangi tarmoqlar mamlakatning
jadal rivojlanishiga katta hissa qо‗shdi. Qizilqum fosforit zavodi, Buxoro neftni
qayta ishlash zavodi, SHо‗rtan gaz-kimyo majmuasi, Asaka avtomobil zavodi,
avtobuslar va engil yuk mashinalari ishlab chiqaradigan Samarqand zavodi faoliyat
kо‗rsatmoqda. Paxta tolasini qayta ishlash bо‗yicha qator qо‗shma korxonalar
tashkil etildi, 100 dan ortiq tayyor tо‗qimachilik korxonalari, maishiy texnika
ishlab chiqarish korxonalari, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bо‗yicha
zamonaviy komplekslar ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: