konstitusiyaviy institut maqomiga ega bо‗ldi. Bu maqom О‗zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining 105-moddasida mustahkamlab qо‗yildi.
Konstitusiyada belgilab berilgan ushbu qoidalar asosida 1993 yil 2-
sentyarbda ―Fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlari tо‗g‗risida‖gi
О‗zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan
fuqarolarning о‗zini-о‗zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartiblari,
vakolat doirasi hamda faoliyati sohasidagi munosabatlar tartibga solindi.
Bu jarayonda bevosita fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlari
zimmasiga ham kо‗plab vakolatlar о‗tkazib borildi.
Bu esa amaldagi Qonunni
yanada takomillashtirish, fuqarolar yig‗inlariga berilgan vakolatlarni amalga
oshirish mexanizmlarini qonun bilan tartibga solish zaruratini keltirib chiqardi. Shu
bois ―Fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlari tо‗g‗risida‖gi Qonun 1999 yil
14-aprelda yangi tahrirda qabul qilindi.
Fuqarolar yig‗ini raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayoni ham fuqarolar yig‗ini
faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy omillaridan biri hisoblanib, ushbu
jarayonni yanada tartibli о‗tkazish, uning aniq meyorlarini joriy qilish maqsadida
2004 yil 29-aprelda ―Fuqarolar yig‗ini raisi (oqsoqoli)
va uning maslahatchilari
saylovi tо‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolar yig‗ini
raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining asosiy prinsiplari, saylovga
tayyorgarlik kо‗rish va uni о‗tkazish tartib qoidalari hamda nomzodlarga
qо‗yiladigan talablar kо‗rsatib о‗tildi.
Xususan, Konsepsiyaning 5-yо‗nalishida fuqarolarning о‗zini о‗zi
boshqarish
organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning
vazifalari kо‗lamini
kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan
о‗zaro yaqin munosabatlarini ta‘minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb
etayotganligi qayd etilib, bu vazifani hal qilishda uchta asosiy masala kо‗rsatib
berildi. Bular:
1.
Aholini manzilli ijtimoiy qо‗llab-quvvatlashni amalga oshirishda
fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlari rolini oshirish.
2.
Fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazorati
sohasidagi funksiyalarini yanada kengaytirish.
3.
Fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlarini
xususiy tadbirkorlik, shu
jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga
aylantirish kabilarni о‗z ichiga oladi.
Konsepsiya ijrosi yuzasidan 2013 yil 22-aprelda ―Fuqarolarning о‗zini о‗zi
boshqarish organlari tо‗g‗risida‖gi hamda ―Fuqarolar yig‗ini raisi (oqsoqoli) va
uning maslahatchilari saylovi tо‗g‗risida‖gi Qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
Yangi tahrirdagi ―Fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlari
tо‗g‗risida‖gi Qonunda fuqarolar yig‗inlariga tegishli hududdagi tadbirkorlik
faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfatlariga rioya etilishi hamda
kommunal xizmat kо‗rsatish korxonalari tomonidan kommunal xizmatlar
kо‗rsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bо‗yicha
qо‗shimcha vakolatlar berish nazarda tutildi.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Qonunda fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish
organlarining aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qо‗llab-
quvvatlash borasidagi vazifalari yanada chuqurlashtirilib, bandlikka kо‗maklashish
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qо‗llab-
quvvatlashga muhtoj kam ta‘minlangan oilalar, yolg‗iz keksalar, pensionerlar va
nogironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga kо‗maklashishi haqidagi normalar
kiritildi.
Mazkur Qonunning 18-moddasida fuqarolar yig‗ini faoliyatining asosiy
yо‗nalishlari bо‗yicha 8 ta komissiyalar tuzilishi belgilab qо‗yildi.
Bundan
tashqari, tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab,
fuqarolar yig‗ini tomonidan fuqarolar yig‗ini faoliyatining asosiy yо‗nalishlari
bо‗yicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Ushbu komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish
orqali mahallannig jamiyat hayotidagi о‗rni va ahamiyatini yanada oshirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7- oktabrdagi 274-sonli qarori bilan
yuqoridagi komissiyalarning namunaviy Nizomlari tasdiqlab berildi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 12 fevral kuni mahalla tizimini
takomillashtirish tо‗g‗risida о‗tkazgan yig‗ilishda Mahalla va oila masalalari
vazirligini tashkil etish taklifini bildirib, - ―Oila – muqaddas‖ degan azaliy va ezgu
g‗oya
qadrsizlanib, ming yillik milliy qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi
og‗riqli holatlarni kamaytirib bо‗lmaydi. Buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch
sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki faollar, kо‗pni kо‗rgan oqsoqollar,
tajribali
nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik bilan birgalikda har qanday
muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni tо‗g‗ri yо‗lga solishga qodir, –
degan fikrni bildirib о‗tdi.
Xulosa о‗rnida shuni ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda qadimiy va noyob
boshqaruv shakli bо‗lgan mahalla institutini har tomonlama rivojlantirishga, uning
vakolatlarini yanada kengaytirishga hamda qonunchilik tizimida
belgilab berilgan
vakolatlardan yanada samarali foydalanishga kо‗maklashish borasida olib
borilayotgan amaliy tadbirlar natijasida fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish
organlarining jamiyatdagi о‗rni yanada mustahkamlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: