oyida Rossiyaning shimoliy poytaxti Sankt-Peterburgda OSACga a‘zo davlatlar
rahbarlarining yig‗ilishida OSACni YevroAzES tarkibiga qо‗shish tо‗g‗risida
qaror qabul qilindi. Uchrashuv davomida О‗zbekiston YevrAzESga a‘zo bо‗lish
tо‗g‗risida qaror qabul qildi.
2006 yil yanvar oyida Sankt-Peterburgda bо‗lib о‗tgan YevroAzES
sammitida Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti va Yevroosiyo Iqtisodiy
Hamjamiyatini birlashtirish tartibi bilan bog‗liq masalalar kо‗rib chiqildi.
О‗zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar, shuningdek,
Yevropaning rivojlangan davlatlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan iqtisodiy
va siyosiy hamkorligini rag‗batlantiruvchi turli xil loyihalarning faol
ishtirokchilariga
aylandilar.
Masalan,
О‗zbekiston transafg‗on transport
kommunikatsiyalarini rivojlantirish va amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan, О‗zbekiston uchun eng muhim
ustuvor masalalardan biri - bu dengiz portlariga, xalqaro bozorlarga transport
yо‗laklarini rivojlantirish, yangi muqobil neft va gaz quvurlarini qurishdir.
Markaziy Osiyoning о‗ta qiyin geosiyosiy va geoiqtisodiy pozitsiyasini
hisobga olgan holda, ushbu mintaqa mamlakatlari mintaqaning eng boy energiya
manbalarini rivojlantirish yо‗llari va yо‗nalishlarini diversifikatsiya qilishni
yoqlashlari kerak. Yangi transport loyihalarining istiqbollari ularni amalga oshirish
jarayonida global, mintaqaviy, mintaqalararo va milliy manfaatlarning qanchalik
maqbul bо‗lishiga bog‗liq bо‗ladi. Hech shubha yо‗qki, kuchli mintaqaviy va
mintaqalararo hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligi va iqtisodiy
taraqqiyotiga hissa qо‗shadi, bu esa xalqaro barqarorlikni о‗rnatishga katta turtki
beradi.
Shunga qaramay, bugungi kunda mintaqamiz diniy ekstremizm va xalqaro
terrorizmni kengaytirish, mintaqa davlatlarini demokratik, huquqiy va dunyoviy
rivojlanish yо‗lidan qaytarish istagida bо‗lgan turli xil ekstremistik kuchlarning
intilishlari obekti bо‗lib qolmoqda. Mintaqada, va umuman, olganda yuzaga
keladigan vaziyat bizdan haqiqatan ham chegaralarimiz daxlsizligini, mamlakat
hududiy yaxlitligini va О‗zbekistonning barqaror rivojlanishini ta‘minlaydigan
xavfsizlik tizimini yaratishni talab qiladi.
Shu munosabat bilan mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta‘minlash uchun
quyidagilar katta ahamiyatga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: