Nashrga ruxsat etaman


О„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyening Oliy



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

О„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyening Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida (2020 y., 29-dekabr) mintaqaviy 
hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi tashabbuslar


Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etiladi. 

Markaziy va Janubiy Osiyo munosabatlariga doir yuqori darajadagi xalqaro 
konferensiya о„tkaziladi. 

Xivada YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – jahon 
sivilizatsiyalari 
chorrahasida”mavzusida 
xalqaro 
anjuman 
о„tkazish 
rejalashtirilmoqda. 


Hozirda BMT, SHHT, MDH, Orolni qutqarish xalqaro jamg‗armasi va boshqa 
xalqaro tuzilmalar doirasidagi О‗zbekiston va Qozog‗iston о‗rtasidagi о‗zaro 
hamfikrlik hamda doimiy muloqotlar mintaqaning muhim muammolarini 
muhokama qilish, ularni bartaraf etishda umumiy yondashuvni ishlab chiqish
shuningdek, hamkorlikning turli sohalaridagi mavjud salohiyatdan samarali 
foydalanish imkonini bermoqda. 
 О„zbekistonning Qirg„iziston bilan hamkorligi. 
О‗zbekistonning Qirg‗iziston 
bilan ikki tomonlama hamkorligi ikki davlat о‗rtasida dо‗stlik, hamkorlik va о‗zaro 
yordam haqida shartnoma asosida yо‗lga qо‗yildi va rivojlantirilmoqda. Bu 
shartnoma Qirg‗izistonning sobiq Prezidenti Askar Akayevning О‗zbekistonga 
rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992 yil 29-sentabrda imzolangan edi. 
2017 yil mamlakatlarimiz о‗rtasidagi munosabatlar tarixida tub burilish 
davri bо‗ldi. Shu yil 13-14-dekabr kunlari Qirg‗iziston Respublikasi Prezidenti 
Sooranbay Jeyenbekov rasmiy tashrif bilan О‗zbekistonga keldi. Tashrifning 
birinchi kuni О‗zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Kо‗ksaroy 
qarorgohida Qirg‗izistonning yangi Prezidenti Sooronbay Jeyenbekov bilan 
uchrashdi va tor doirada muzokaralar о‗tkazdi. 
Muzokaralardan sо‗ng ikki davlat Prezidentlari OAV vakillari bilan 
uchrashuv о‗tkazdilar. Shavkat Mirziyoyev о‗z nutqi davomida 2017 yil – 
О‗zbekiston-Qirg‗iziston aloqalari tarixida unutilmas yil bо‗lib qolajagi haqida 
gapirib: «Bu yil hech mubolag‗asiz - tarixiy yil. Diplomatik munosabatlarda 
bunaqasi kamdan-kam bо‗ladi. Qirg‗iziston Prezidenti bilan oliy darajadagi 
uchrashuvlarda uchinchi bor kо‗rishib turibmiz. Bu bizning xalqlarimiz xohishidan 
kelib chiqdi. Nega men bu yilni tarixiy deb aytayapman? Chunki akam, hurmatli 
Almazbek Sharshenovich bilan birgalikda bir yil ichida uzoq yillar davomida 
tо‗planib qolgan masalalarga yechim topdik. Va bu hal etilgan masalalar 
xalqlarimiz tomonidan tо‗liq qо‗llab-quvvatlanmoqda. Xalqning qо‗llab-
quvvatlashi - bu buyuk ishdir», -dedi. 
Shavkat Mirziyoyev о‗z nutqi davomida О‗zbekiston Qirg‗iziston bilan 
barcha jabhalarda, xususan, xalqaro tashkilotlar doirasida ham yaqin hamkorlikni 
davom 
ettirishga 
doimo 
tayyor 
ekanligini ta‘kidlab:«Vaqt keladiki, 
mamlakatlarimiz о‗rtasida chegaraga zarurat qolmaydi. Men buni juda xohlayman. 
Bizning dinimiz, urf-odatlarimiz yagona. Biz bitta xalqmiz. Shuning uchun chegara 
bо‗lmasligi kerak va biz bunday yutuqlarga erishamiz ham. Biz bir yilda shuncha 
masalalarni hal etishga muvaffaq bо‗lgan ekanmiz, kelajakda ham bironta yechimi 
yо‗q masala qoldirmaslikka erishamiz, degan fikrdaman», - deb qо‗shimcha qildi.
Qirg‗iziston Prezidenti Sooronboy Jeyenbekov ham о‗z navbatida erishilgan 
kelishuvlar xalqlarimiz kutgan voqea bо‗lganini, о‗zaro munosabatlar tarixida 


qoladigan shunday xayrli ishlarga hissa qо‗shganidan mamnun ekanini ta‘kidladi. 
Prezident Sooranbay Jeyenbekov 14-dekabr kuni dastlab О‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov bilan, 
sо‗ng Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuv о‗tkazdi. 
Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari 14-dekabrda «О‗zekspomarkaz»da 
tashkil etilgan О‗zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari 
kо‗rgazmasi bilan tanishdilar. 
Davlat rahbarlariga ma‘lum qilinganidek, kо‗rgazma doirasida о‗tkazilgan 
uchrashuvlar natijasida savdo va kooperatsiya sohasida umumiy qiymati 140 
million AQSh dollari atrofida bо‗lgan bitim va tijoriy shartnomalar imzolandi. 
2018 yil 3-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‗izistonning 
Chо‗lpon ota shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi 
sammitida ishtirok etdi. Ushbu tuzilmaga a‘zo mamlakatlarning rahbarlari, ya‘ni 
Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‗iziston, Qozog‗iston davlat rahbarlarining ishtirokida 
bо‗lgan sammitda Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Respublikasi Bosh vaziri 
Viktor Orban anjumanda faxriy mehmon sifatida qatnashdi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev sammitda nutq sо‗zlab, xalqlarimizni 
о‗xshash til, mushtarak ma‘naviy qadriyatlar va hamkorlik rishtalari bir-biriga 
bog‗lab kelayotgani, bugungi kunda Kengashning siyosiy kun tartibida hech bir 
muammo yoki kelishmovchilik mavjud emasligini qayd etdi. 
2017-2018 yillar davomida davlat rahbarlarining о‗zaro tashriflari va telefon 
orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar almashinuvi 
ikki davlat о‗rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirib, yangi bosqichga kо‗tardi. 
Mamlakatlarimiz jamoatchiligi vakillarining Andijon va О‗sh shaharlariga о‗zaro 
tashrifi bо‗lib о‗tdi. 2018 yilning 11 oyi davomida о‗zaro savdo hajmi 2017 
yilning ushbu davriga nisbatan 55 foizga oshib, 363 million dollarni tashkil etdi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish