Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

IMK raisi:
f.m.f.f.d.
 
A.Xolmurodov
 
 
 
 
 “Kelishildi” 
O„quv–uslubiy boshqarma boshlig„i:
g.g.f.d. P.Qurbonov
 
 
 



MUNDARIJA 
 
 
1.
Ma‟ruza matni......................................................4 
2.
Mustaqil ta‟lim mashg„ulotlari............................83 
3.
Gelossariy............................................................84
4.
Amaliy mashg„ulotlar..........................................86 
5. Fan dasturi...........................................................99 
6. Ishchi fan dasturi.................................................110 
7. Baholash mezonlari.............................................119 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MARUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



“NASAFIYLARNING PEDAGOGIK QARASHLARI” FANINING 
PREDMETI VA MAQSADI 
 
Reja: 
1.
 
Fanning maqsadi, predmeti va vazifalari 
2.
 
Pedagogika fanlar tizimida tutgan o„rni 
3.
 
Fanning metodologikasoslari 
4.
 
Boshqa fanlar bilan aloqasi 
Ulug„ ajdodlarimiz Nasafiy allomalardan qolgan pedagogik qadriyatlar yosh 
avlod tarbiyasida muhim dasturilamallardan biridir. Yoshlar ta‟lim-tarbiyasi 
yo„lida Nasaf allomalarining boy ma‟naviy-ma‟rifiy meroslarini o„rganish 
quyidagi yangi imkoniyatlar uchun keng yo„l ochdi: 
- pedagogik g„oyalarning rivojlanishida tarixiy izchillikni amalga oshirish; 

kadrlarning ma‟naviy-g„oyaviy mafkurasini shakllantirishda Nasaf 
allomalarining ma‟naviy merosiga suyanish; 
- ta‟lim -tarbiya sohasidagi Nasafiy allomalarning asarlaridan, ulardagi 
qadriyatlar, milliy urf-odat va an‟analardan foydalanish. 
Bular bo„lajak o„qituvchining pedagogik bilim va mahoratini oshirish imkonini 
yaratadi. Har bir o„qituvchi, murabbiy, tarbiyachi, turli kasb egalari va ziyolilarda 



insonshunoslik va tarbiya-ta‟limshunoslik borasida boy bilim, hayotiy malakalarni 
hosil qiladi. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari fani”ning vazifalari: 
- shaxs taraqqiyotidagi ta‟lim-tarbiyaning ijtimoiy, ma‟naviy, ma‟rifiy 
rivojlanishi haqida ma‟lumot berish; 
- Nasaf va Kesh allomalari merosidagi ta‟lim va tarbiya masalalarini, 
texnologiyasini hamda maktab tizimidagi yuksak g„oya va tajribalarni ijodiy 
rivojlantirishni o„rganish; 
- bo„lajak o„qituvchilarni o„quv-tarbiya yo„li jarayonida Nasafiy buyuk 
allomalarning asarlaridagi pedagogik g„oyalarini o„rganish. 
Tarbiya jarayoni Nasafiy allomalar yaratgan asarlarni, ularning ijodini 
o„rganish va unga amal qilish bilan rivojlanadi. 
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani talabalarda kasbiy-pedagogik 
tayyorgarlikni shakllantirishda, yosh avlodga ta‟lim-tarbiya berishda eng asosiy 
vazifalardan biri bo„lgan buyuk allomalarning qarashlarini o„rganish va keng 
jamoatchilikka targ„ib qilishdan iboratdir. 
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining maqsadi bugungi Mustaqil 
O„zbekiston amaliyotida qo„llanayotgan talim-tarbiya usullari, boy madaniy 
merosimizga asoslangan holda har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash 
jarayonini takomillashtirishdan iboratdir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining asosiy vazifasi talabalarda 
nasaflik allomalarning komil inson tarbiyasi borasidagi pedagogik qarashlari va 
ularning ma‟naviy-axloqiy tarbiya rivojidagi roli hamda ahamiyati borasidagi 
tasavvurlarini hosil qilish, Vatanimizning kelajagi bo„lgan yosh avlodning 
ma‟naviy olamini boyitish, har sohada barkamol qilib tarbiyalash uchun 
ajdodlarimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilgan ma‟naviy boyliklar: 
yozma manbalar, urf-odat va an‟analar to„g„risidagi bilimlardan bahramand qilish, 
ularda xalqimizga hurmat, milliy iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlik 
tuyg„ularini uyg„otish va shakllantirishdan iborat.
Fanning tayanch (to„ldiruvchi) axborot manbai sifatida:
- nasaflik allomalarning ilmiy-pedagogik qarashlarida komil inson tarbiyasiga 
doir pedagogik qarashlardan keng foydalanish; 
- Nasaf va Kesh allomalarining ilmiy-pedagogik qarashlarida komil inson 
tarbiyasining mazmuni, vazifalari, barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini 
ochib berish; 



- nasaflik allomalarning ilmiy va metodologik qarashlarida komil inson 
tarbiyasiga doir pedagogik qarashlarning tasnifi va ulardan yuksak ma‟naviyatli 
shaxslarni tarbiyalash hamda pedagogik faoliyatni amalga oshirishda foydalana 
olish ko„nikmasini shakllantirishdan iborat.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani fan sifatida bir qancha asoslarga 
ega. Bulardan eng ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, metodologik, gigiyenik, 
mafkuraviy, huquqiy-meyoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqa asoslar 
hisoblanadi. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining ijtimoiy asosi pedagogik 
mutaxassislar tayyorlash hamda yoshlar va har bir shaxs kamolotini shakllantirish 
borasida jamiyat va davlatning ta‟lim-tarbiya sohasidagi vazifalariga hamohangdir. 
Ushbu vazifalarni o„z o„rnida va to„g„ri ado etishdagi tashkiliy ishlar hamda 
usullarini belgilashda zarur yumushlardan biri bo„lib xizmat qiladi. U shaxsning, 
jamiyatning ma‟naviy rivojlanishidagi va davlat taraqqiyotidagi asosiy omillardan 
hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining falsafiy asosi yoshlar ta‟lim-
tarbiyasi ishining maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarining samarali yo„lga 
qo„yilishi, ijtimoiy taraqqiyot, ya‟ni jamiyat hayoti rivojlanishi bilan mushtarak 
holda bo„lishini taqozo qiladi. Ya‟ni har qanday milliy yo„nalishdagi ta‟lim-tarbiya 
ishi, jumladan bizning mamlakatimizdagi yoshlar ta‟lim-tarbiyasi dialektika 
qonuniyatlariga to„la mos bo„lgandagina, ko„zlangan maqsadga erishish samarali 
bo„ladi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining metodologik asosi ta‟lim-
tarbiyani amalga oshirishda tarixiy tarbiya uslublari bilan zamonaviy pedagogik 
texnologiya metodlari uzviylik asosida amalga oshirilishini belgilaydi. 
Insonlarning ma‟naviy olami hamda ta‟lim-tarbiyaning turli tarixiy davrlarda 
turlicha asoslarga ega bo„lganligi bu yo„nalishda o„ziga xos metodlarni keltirib 
chiqargan. Hozirgi olam va uning xususiyatlari haqida xolis ma‟lumotlar olish, 
haqqoniy bilimlarni tarixiy ildizlar bilan asosli 
bog„lay olish metodikasi ushbu 
fanning metodologik asosi hisoblanadi. Metodologik asosning ilmiy jihatdan 
to„g„ri bo„lishi pedagogik texnologiyalar uchun zaruriy shartdir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining didaktik asosi uning ta‟lim-
tarbiya qoidalari va tamoyillariga muvofiqligini belgilaydi. Didaktik talablar 
ta‟lim-tarbiya vazifalarining nazariy va amaliy jihatdan to„g„ri bajarilishidan 
iboratdir. Pedagogik texnologiyalarning didaktik jihatdan to„g„ri bo„lishi ularning 
yuqori 
samaradorligining 
zaruriy 
sharti 
hisoblanadi. 
Buning 
uchun 
ajdodlarimizning o„qitish usullaridan zamonaviy didaktikaning ilmiy xulosalari 
bilan bog„liq holda ijodiy foydalanish talab qilinadi.



“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining pedagogik asosi tarixiy 
pedagogika bilan zamonaviy pedagogika fanining o„zaro bog„langan ilmiy-nazariy 
xulosalaridan kelib chiqadi. Bunda fanning umumiy tarkibiy tuzilmasi, mazmuni, 
shakli, usullari, vositalari, pedagogik jarayonninng tashkil qilinishi, olib borilishi, 
uning diagnostikasi, monitoringi, o„quv-mavzu rejalari va shu kabilarning tarixiy 
manbalarga asoslangan bo„lsa-da, ilmiy jihatdan to„g„ri bo„lishi ta‟minlanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining psixologik asosi psixologiya 
fanining ilmiy xulosalari va tavsiyalari bilan belgilanadi. Ulardan ta‟lim-tarbiya 
jarayonida to„g„ri foydalanish orqaligina kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu 
sababli psixologiya qonunlarini to„liq hisobga olinishi talab etiladi. 
Ta‟limning har bir bosqichida tegishli yosh psixologiyasi xususiyatlariga 
moslashtirilgan pedagogik texnologiyalar qo„llaniladi. Har bir bosqichda tegishli 
darajadagi bilim va tarbiya beriladi. Bu masalalarni o„rganish bilan tabiiyki
pedagogik psixologiya fani shug„ullanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining fiziologik asosi o„quvchilarning 
turli yoshdagi fiziologik xususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Bunda o„g„il va 
qiz bolalar fiziologiyasidagi farqlar alohida hisobga olinishi lozim. Pedagogik 
texnologiya jarayonida fiziologik talablarni hisobga olish sog„lom avlodni voyaga 
yetkazishninng zaruriy sharti hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining gigiyenik asosi ta‟lim-
tarbiya jarayonida salomatlikni saqlash talablariga rioya qilishdan iborat. Bunda 
turli zararli va ortiqcha ta‟sirlarni bartaraf qilish, o„quv sharoiti: yoritilganlik, 
harorat, havoning tozaligi, o„quvchining va o„qituvchining ish o„rni, jihozlar, 
o„quv nagruzkalarining meyorlari, didaktik vositalarning qulayligi sifati va shu 
kabilar tibbiyot, fiziologiya, ekologiya talablariga mos keladigan hamda 
insonparvarlik va xalqparvarlik g„oyalariga muvofiq bo„lgan ilmiy asoslarda 
belgilab boriladi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining mafkuraviy asosi uning 
o„qitilishini milliy istiqlol g„oyasi va mafkurasi tamoyillariga asoslangan holda 
amalga oshirishni taqozo qiladi. Ma‟lumki, barkamol insonni shakllantirish 
mafkuraviy jihatdan to„g„ri tarbiyalangan, fidoiy, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan boshqalarga ibrat bo„ladigan, bilimli, ma‟rifatli, ijtimoiy faol, milliy va 
umuminsoniy odob-axloq qoidalariga doimo bo„ysunadigan insonni voyaga 
yetkazishdan iborat. Shu bilan birga, bu o„rinda dunyoviy hamda diniy tarbiya 
ishlari to„g„ri yo„lga qo„yilishi ahamiyatlidir. 



“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining huquqiy-meyoriy asosi ta‟lim-
tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishga doir qonuniy va meyoriy 
hujjatlar bilan belgilanadi. Bular O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat ta‟lim 
standartlari, o„quv rejalari va dasturlari, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
ta‟lim-tarbiya sohasiga tegishli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
buyruqlari, ular asosida tayyorlanib, o„rnatilgan tartiblar asosida tasdiqlangan 
nizomlar, ustavlar va boshqa meyoriy hujjatlar hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish