Nasafiylarining pedagogik qarashlari


“Yomonlikka yaxshilik bilan



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

“Yomonlikka yaxshilik bilan 
javob berish yomonlikdan yaxshilik orqali o„ch olish bilan barobar bo„lishi 
mumkin” 
Nasafiy bu hikmati bilan insonning irodasini yomonlikka yaxshilik 
qilishdek jasorat manbai sifatida e‟tirof etadi. Zero, yomonlikka yaxshilikni qalqon 
qilish inson yuragining benihoya axloqiy qudrat manbai ekanligidan darakdir.
Aziziddin Nasafiy komil inson tarbiyasi haqidagi fikrlarini “Kitoblar yuklangan 
eshak fikrlaydigan darajaga yetmaydi yoki dono bo„lib qolmaydi. Mohiyatiga 
yetmaydiganlar uchun o„tin ko„taradimi yoki kitobmi farqi yo„q”, - deb davom 
ettiradi. Bu hikmat orqali Nasafiy komil inson ma‟naviyatiga daxldor bo„lgan 
sog„lom e‟tiqod, yuksak dunyoqarash va sof iymon asoslarini shakllantirish 
jarayonida zarur dunyoqarashga, keng fikr doirasiga ega bo„lmaslik har qanday 
insonning, xususan, yoshlarning mustaqil fikrlovchi, olijanob shaxs bo„lib 
yetishishlariga to„siq bo„lishi mumkinligini ta‟kidlaydi. Nasafiy fikricha, donolik 
sandig„ida ko„p kitob saqlash yoki ularni ko„tarib yurish bilan belgilangan vazifa 
ado etilmaydi, balki kitobdan uqqan sifatlar asosida odobli va xushxulq sohibi 
bo„lish, ezgulik yo„lida yurish muhimligini, bunday fazilatlarga ega odamning aqlu 
farosatidan o„zgalar qanchalik bahramand bo„lishi ahamiyatli ekanligini 
tushuntiradi. Shu bilan birga, o„qilgan kitobni uqib olish, ya‟ni chinakam aql va 
bilim o„zaro omuxta bo„lsa, bunga insoniy fazilatlar qo„shilsa, ma‟naviy komillikni 
vujudga keltirishga xizmat qilishini ta‟kidlaydi. Aks holda bilimsiz aql qalbni 
mahv etadi, qalban yomonlik va tuhmatdan, axloqsizlikdan qutilish mushkul bo„lib 
qoladi. 
Nasafiyning “Zubdat ul-haqoyiq” asaridagi bir qator nasihatlar insonni 
saxovatli va himmatli bo„lishga, yolg„on, qalloblik nuqsonlaridan uzoq yurishga 


49 
undaydi. “Sening qalbing haqgo„ylik va ezgulik bilan bezansin, toki inson degan 
ulug„ nomga munosib bo„lsang, do„zax azoblaridan qutilasan, illo agar buni ehtiyoj 
yuzasidan qilsang, joying do„zaxda bo„lsin. Shunday bo„lginki, sendan beixtiyor 
hamisha yaxshilik va saxovat yog„ilib tursin, hamma vaqt yovuzlik va haqorat 
yog„diradigan kishilardan bo„lma. Chunki ularning haqiqati (tabiati) hamisha 
nohaqlik va zulm, noxushlik ijod qilishdir. Sening haqiqating (mohiyating) 
to„g„rilik va xayrli ishlar ijod qilish bo„lsin”, - deyiladi “Zubdat ul-haqoyiq” 
asarida. 
Aziziddin Nasafiyning falsafiy fikrlaridan anglaymizki, yolg„on va qalloblik 
yovuzlikning bir qismi bo„lib, insonni jaholat va gunohga yo„llaydi, axloqsizlikka 
yo„l ochadi. Shu sababli alloma bu haqda ogohlantiradi. Bundaylarning qilmishlari, 
kasblari “yomonlik ijod qilish” bo„lib, kishilarga ozor berishdan zavqlanib 
yashaydilar. Bu kabilar aslo Haqqa yaqinlasha olmaslar, ya‟ni yaxshilik yo„lidan 
yurmaydiganlardir. Bu kabi yomon ijoddan tiyilishning muhim omillaridan biri 
sifatida esa alloma yovuzlikka oshno bo„lganlardan yiroq bo„lishga va hamisha 
nohaqlikka qarshi kurashishga, insonlarga zulm qilmaslikka, doimo sharafli 
bo„lishga, yomonliklarga hushyor munosabat bildirishga undaydi.
Aziziddin Nasafiy fikrlarida ko„p e‟tirof etiladigan axloqiy tushunchalar 
yaxshilik, saxiylik, to„g„riso„zlik va boshqalar kishilarning ma‟naviy kamolotidagi 
rivojlanish jarayonlari haqida. Nasafiy har bir insonni yomonlikdan uzoq bo„lishga, 
o„zini yomonlikdan asrashga va ma‟nan komillikka erishishga da‟vat etadi. “Kimki 
hamisha odamlarga farog„at tilasa va odamlar uchun farog„at keltirsa o„sha 
saxovatli qalb egasidir. Bunday odam hech kimdan xizmatini darig„ tutmaydi. Tili, 
qo„li, moli bilan o„zgalar yordamiga shoshiladi. Hamma vaqt odamlarni qiynashni 
odat qilgan, odamlarga azobu zulmni ravo ko„ruvchi, tili, qo„li bilan odamlarga 
ozor beruvchilar qalbi nuqsonli odamlardir”, - deya fikr yuritadi alloma.
Nasafiy hikmatlarida tarbiyaning kuchiga nihoyatda katta baho berilib, tarbiyali 
inson jamiki axloqiy sifatlarini jamiyat va o„z maqsadi yo„lida foydalanishga 
qaratish lozimligini uqtiradi. Tarbiya jarayonida inson rivojlanib, qalb va ruh 
tozaligini ta‟minlaydi. Lekin buning aksi bo„lganda, ya‟ni axloqiy sifatlarning 


50 
ziddiga ega bo„lgan kishilarga tarbiya berishning foydasizligini shunday 
ifodalaydi: “Tarbiyasiz yoki yomon xulqli odamlarga yaxshilik qilish tuzli joyga 
don ekishga o„xshaydi. Yomon xulqli kishiga yaxshilik yo„lini ko„rsatish so„qir 
odam oldida sham tutish bilan barobardir”. 
Nasafiyning mazkur hikmati bobokalonimiz Alisher Navoiyning quyidagi 
hikmati bilan mushtarak:
Nokasu nojins avlodin kishi bo„lsin debon, 
Chekma mehnatki, latif bo„lmas kasofat olami. 
Kim kuchuk birla xo„tikka necha qilsang tarbiyat, 
It bo„lur, dog„i eshshak, bo„lmaslar aslo odami. 
2
Aziziddin Nasafiyning “Hech kimsaga yoki biron bir joyga qalbingiz bilan 
bog„lanib qolmang, chunki quruqlik va dengiz juda keng, dunyoda esa ko„plab 
insonlar bor”, - deyilgan hikmatining diqqatga loyiq jihati shundaki, komil inson 
axloqiy saodatining muhim sharti sifatida qalb pokligiga urg„u berilgan. Bu 
tasodifiy bo„lmay, balki inson qalbining bevosita axloqqa aloqadorligiga ishoradir. 
Komil inson axloqining eng muhim sharti qalb pokligi ekan, avvalo, uni biror 
narsa yoki buyumga bog„lab qo„ymaslik kerakligi, balki keng qalb bilan 
insoniyatga ma‟naviy-axloqiy xizmat qilinishi nazarda tutiladi. Shuningdek, 
Aziziddin Nasafiy mazkur hikmatda “qalb bilan bog„lanmaslik” zaruratini 
turmushning turli bosqichlarida, yaxshilik va yomonlik kelganida, inson o„zini 
qanday tutishi, irodasi va bardoshini toblashi haqida ham mulohaza yuritadi. 
YA‟nikim, boylik va lavozimga bog„lanib qolish sababidan gerdayib ketmasliklik 
kerakki, o„sha narsalar qo„ldan ketgan vaqtda ruhan tushkunlikka berilmasdan 
yashash imkoniga ega bo„lish mumkin. Komil inson axloqining eng go„zal 
ko„rinishi dunyo moliga ega bo„lganda saxiylik va muruvvatga, qashshoqlikda 
harakatchan va tadbirkor bo„lishga, yuksak martabaga erishganda kamtar va odil 
bo„lishga intilishdir. Aziziddin Nasafiy o„z qarashlarida komil inson kamolotida 
ilm olish, o„rganishdan charchamaslik va to„xtab qolmaslikka ahamiyat qaratadi. 
2
Алишер Навоий “Мукаммал асарлар тўплами”. 7-жилд. 43-байт.


51 
Ilm olish maqomining bunday yuksak qadrlashnishi komil inson irodasining 
yovuzlik va axloqsizlikka qarshi chiniqtirishda, jismoniy, ma‟naviy barkamolligini 
tarbiyalashda muhimligini qayd etadi. Inson komillikka intilar ekan, ilm va 
e‟tiqodli bo„lishi, boshida turli kaltaklar sinmasligi uchun o„z qalbida haqiqat va 
rostlik chirog„ini yoqishi, jaholat pardasini chilparchin qilmog„i kerakligini 
ta‟kidlab ta‟lim beradi. Chunki ilmsiz inson o„z haqiqatini (mohiyatini) 
anglamaydi, shu bois zulm ostida qolishini aytib, “Shahar itiga doimiy ravishda 
kaltaklar yog„iladi, chunki u ovchi itidek ovga qodir emasda”, - deb uqtiradi.
Aziziddin Nasafiy o„z dahosi bilan insonlarning barcha sohada ne‟matlar 
yaratuvchi asosiy kuch ekanligini, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taqdiri 
insonlarning mustaqil fikrlashiga, ularning ijod qilishiga bog„liqligini ko„ra bildi. 
U yozadi: “Uy tovug„idek zulmni boshingdan kechirgandan ko„ra, nega erkin 
parvoz qiladigan kabutar kabi sayohat qilmaysan?” Bu bilan alloma inson hurligi 
(mustaqilligi) har nedan muhim ekanligini ta‟qidlab, erkin bo„lmagan kishi uy 
tovug„iga qiyoslanadi. O„z erki uchun intilishi bo„lmagan, adolat istasa ham jur‟ati 
yetmaydigan, fikri sayoz, vaziyatni o„z qarichi bilan o„lchaydiganlar rahnomo 
bo„lolmasligini ta‟kidlaydi. Kabutar esa hurlik ramzi sifatida o„z dunyoqarashiga 
ega, tafakkuri teran, axloqiy yetuk insonlarga qiyoslanadi. Shuningdek, alloma 
mustaqil fikrli, erkin tabiatli insonning g„oyaviy sezgirligi, o„z nuqtai nazarini 
himoya qilishi, ishi va so„zi birligi o„zi va jamiyat rivoji uchun xizmat qilishga 
qodir bo„la olishiga ishonadi. 
Qadim nasaflik ajdodimizning insoniyatga tuhfa qilgan bebaho ma‟naviy 
ne‟mati nafaqat tarixiy-qomusiy yodgorlik, balki pedagogik qimmatga ega noyob 
durdonadir. Bu asar olam va odam haqidagi bilimlar majmuasi, tarbiyaga oid 
qimmatli ma‟lumotlarni o„zida mujassam etgan tarbiya kitobi hamdir. Aziziddin 
Nasafiyning asarlaridagi fikrlarni, hikmatlarni axloqiy qarashlarga boy manba 
sifatida baholash hamda undagi mazkur qarashlarni o„rganish dolzarb pedagogik 
muammo ekanligini asoslash imkonini beradi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish