Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

“TO„TINOMA”dan parchalar 
TO„RTINCHI HIKOYAT 


60 
Posbonning Tatariston_ shohiga o„z sadoqatini isbotlagani, shoh esa uni 
o„ziga valiahd qilib olgani xususida 
 
To„ti hikoyasini boshlabdi. 
- Qadimgi donishmandlar va buzruk zotlarning rivoyat qilishlaricha, bir kuni 
Tatariston shohi ziyofat beribdi. Ziyofat bo„ladigan saroyni shunaqangi ajoyib qilib 
bezatibdiki, ko„rib jannatul ma‟vomikan deysiz. Dasturxonga anvoyi yeguliklar, 
a‟lo navli yaxna va qovurilgan go„shtlar tortilibdi. Ziyofatga nuqul kazo-kazolar, 
xonlar, vazirlar, beklar, donishmandlar, olimlar chaqirilibdi. Rosa yeb-ichib, 
ko„ngilxushlik qilishibdiki, qo„yaverasiz.
-
Ular endigina yeganlaricha yeb, ichganlaricha ichib bo„lishgan ham ekanki, 
birdan saroyga qandaydir notanish odam vajohat bilan kirib kelibdi. Mehmonlar 
undan so„ray boshlashibdi: 
-
Hay, notanish odam, kimsan va qayerdan kelding? 
-
Men qilichbozman va sher ovlovchiman, – deb javob beribdi notanish odam, 
- yoy otsam, otilgan paykonim qattiq toshni yoradi va xatto tog„ning bu yog„idan 
kirib, narigi yog„idan teshib o„tadi. Men nafaqat harbiy san‟atni ўрганмаганман, 
balki boshqa juda ko„p hunarlarni ham bilaman. Ilgari men Xo„jand amiri 
xizmatida edim, ammo u xizmatimga yarasha ish tutmadi va jang san‟atimning 
qadriga yetmadi. Shu bois men uning xizmatidan ketdim va ko„rib turganingizdek 
Tatariston shohi huzuriga keldim. Agar shoh meni o„z xizmatiga olsa, men shu 
yerda qolaman va umrimning oxirigacha sadoqat va haqgo„ylik bilan xizmat 
qilaman.
Uning gaplarini Tatariston shohi diqqat bilan tinglabdi va ayonlari bilan 
mulozimlariga buyuribdi:
-
U posbonlik xizmatiga qo„yilsin. Uni yaxshilab bilib olganimdan keyin 
xizmatiga yarasha mukofotlaymiz.


61 
Shohning buyrug„i bilan ayonlar kelgindi yigitni posbonlik xizmatiga 
qo„yishibdi. Shundan buyon u har kuni oqshomdan to tonggacha uxlamay saroyni 
qo„riqlar, shoh qasridan ko„z uzmay posbonlik qilar ekan.
Bir kuni shoh yarim tunda ayvonga chiqibdi-da, atrofga ko„z yugurtiribdi. Bir 
vaqt qarasa, pastda bir odam posbonlikda turibdi.
-
Xoy, bu yoqqa qara, – chaqiribdi uni podshoh. – Sen kimsan, bemahalda 
saroy oldida nima qilib turibsan?
Hukmdor, – javob beribdi u. – Men bu boyning uyining posboniman. Necha 
kundirki, shomdan to tongga qadar shu yerda turaman, saroyni qo„riqlayman. Men 
har doim hazrati oliyning jamollarini ko„rishni orzu qilar edim, ko„rib, ko„zlarim 
munavvar bo„lsa derdim. Ammo faqat bugungi tungina taqdir menga yor bo„ldi, 
xalqlar hukmdorini o„z ko„zlarim bilan ko„rib turibman. Yuragim quvonchdan 
o„ynab ketayapti.
Shu tob shohning qulog„iga o„rmon tomondan kimningdir ovozi chalinibdi. 
-
Kelayapman. Meni orqaga qaytishga majbur etadigan kim bor o„zi?
Bu ovozni eshitib shoh hayron bo„libdi va debdi:
-
Hoy posbon, bu ovozni sen ham eshitdingmi? Kimning ovozi bu?
-
Olampanoh, - javob beribdi posbon, - men bu ovozni necha tunlardan beri 
eshitib kelaman. Ammo men posbonman, saroyni tashlab ketolmayman. Bu ovoz 
kimniki va qayerdan kelayotganini bilolmaganim sababi shunda. Agar shohim amr 
etsalar, men hoziroq borardim-da, hammasini bilib kelardim va Siz hazrati oliyga 
ma‟lum qilardim.
- Bo„pti, shunday qil, - buyuribdi shoh. – Tez bor-da, menga bor haqiqatni ayon 
et.
Posbon shu zahoti nima gapligini bilgani ketibdi. Sal o„tgach, shoh egniga qora 
chakmon solibdi, unga yuz - ko„ziyu butun gavdasini o„rabdi va posbon ortidan 


62 
ketibdi. Posbon esa sal nariga borar-bormas yo„lda daraxt tagida bir chiroyli ayol 
turganini ko„ribdi, ayol baland ovozda dermish:
-
Men kelayapman. Ko„ramiz, meni yo„ldan qaytaradigan odam bormikan 
dunyoda? 
-
Hoy go„zal xonim, paripaykar, - debdi unga posbon, - kimsan va har tunda 
bunday gaplarni nega gapirasan?
-
Men Tatariston shohi hayotining aksiman, - deb javob beribdi ayol. – Uning 
muddati tugadi. Shuning uchun men kelayapman.
-
Menga ayt-chi, podshoh hayotining aksi, izingga qaytib, bu yerdan qorangni 
o„chirolmaysanmi? – so„rabdi posbon.
-
O„chira olaman, posbon, - javob beribdi ayol, - ammo shu shart bilanki, sen 
podsho hayotining evaziga o„z o„g„lingni qurbon qilishing kerak. Shunda men 
izimga qaytib ketaman, podshoh esa yorug„ dunyoda bir muncha vaqt yashaydi-da, 
ko„p o„tmay vafot etadi. 
Bu gaplarni podshoh eshitib turardi, posbon esa suyunib ketibdi-da debdi:
- Ey notanish ayol. Podshoh uchun o„zimning va o„g„limning hayotini qurbon 
qilaman. Shoshma, shu yerda turatur. Men darrov uyimga borib, bu yerga 
o„g„limni olib kelaman va ko„z oldingda uni qurbon qilaman.
U to„g„ri uyiga boribdida, o„g„liga debdi:
- Menga qara o„g„lim. Bugun podshoh hayotining muddati tugadi. Yana ozgina 
vaqt o„tib, u yorug„ dunyodan ko„z yumadi. Bordi-yu, sen unga hayotingni 
baxshida etsang, u o„lmay qoladi va yorug„ olamda yana bir necha yillar davron 
suradi.
Oqko„ngil va sodiq yigit otasining gapiga diqqat bilan quloq solibdi-da, 
shunday debdi:


63 
- Otajon. Podshohimiz odil va muruvvatli odam. Bunday oliyjanob, jasur, 
muruvvatli, g„aribu-g„urabolar homiysi oldida biz nima degan odam bo„libmiz? 
Bordi-yu, xonimoning kuyib kul bo„lganida ham, bunga iching achimasin. Nahotki 
shunday hukmdor uchun deb menday bir xokisor odamni qurbon qilish qiyin 
bo„lsa? Toki u tirik ekan, butun dunyoni boqadi. Meni tezroq olib borginda, unga 
qurbon qil. Shunda men har ikki olam lazzatidan bahramand bo„laman. Chunki 
birinchidan, sening amringni bajo keltiraman. Ikkinchidan, bizning shohimizdek 
shohga jonimni qurbon qilgan bo„laman. Yorug„ dunyoda bundan boshqa yaxshi 
narsa yo„q. Eshitishimcha, ustozimiz katta-yu kichik shogirdlariga maktabda 
shunday saboq berar ekan. “Bordi-yu shoh aqoriblaridan bitta-yarimtasi uni deb 
fuqarolaridan birontasini o„ldiradigan bo„lsa, bunda hech bir gunoh bo„lmaydi, 
chunki podshohimiz g„aribu-g„urobolar panohkori, u tufayli qanchalab 
fuqarolarimiz gullab yashnayveradi. Biroq u o„lib ketgudek bo„lsa, uning valiahdi, 
juda nari borganda, shunday zolim odam shoh bo„ladiki, minglab odamlarning 
yostig„ini quritadi, uning zulmu tahdidlaridan yuzlab odamlar yorug„ dunyodan 
ko„z yumadilar”. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, otajon, meni bu yerdan tezroq 
olib keting. Podshoh uchun menday bir bola jonini fido qilsa nima bo„pti? 
Shunday qilib posbon o„g„lini ayolning oldiga olib boribdi, uning qo„l va 
oyoqlarini bog„labdi va o„tkir qilich bilan endi boshini tanasidan judo qilmoqchi 
ekanki, ayol shartta uning qo„lidan ushlab qolibdi va debdi: 
- O„g„lingni o„ldirma, uning boshini olma. Parvardigor sening mardligingni 
ko„rdi va senga rahm qildim. U menga shohning badanida yana oltmish yil 
qolishimni lutfan amr etdi.
Bu xushxabarni eshitib, posbon o„zida yo„q suyundi va o„sha zahoti shohdan 
suyunchi olgani chopdi. Tatariston shohi esa hammasini ko„rib-bilib va 
posbonning o„z o„g„li bilan suhbatini so„zma-so„z eshitib turardi. U posbondan 
ilgariroq saroyga yugurib keldi-da, ayvonga chiqdi va hech narsa bo„lmagandek u 
yoqdan - bu yoqqa yura boshladi. 


64 
Birpasdan keyin posbon xonhazrat qoshida paydo bo„ldi va ta‟zim qilib so„z 
boshladi. 
-
Shahanshohimizning umrlari uzun, davlatlari, shon-shuhratlari qiyomat 
kunigacha barqaror bo„lg„ay. 
-
Gapir posbon, - uning gapini bo„libdi shoh, - u kimning ovozi ekan? Agar 
shuni bilib kelgan bo„lsang, hammasini bir boshidan so„zlab ber. 
Posbon qo„llarini qovushtirib debdi: 
O hukmdor. Bir go„zal ayol eri bilan urishib qolib, o„rmonga ketib qolgan ekan. 
U yo„ldagi daraxt ostida o„tirib olib yig„lar va baland ovozda nuqul “Men 
ketaman”, - der edi. Men uning oldiga bordim, yaxshi so„zlar aytib yupatdim va 
yaxshi maslahatlar berib, yo„lga soldim. Oxiri uni eri bilan yarashishga va ikkovi 
ahil inoq bo„lib yashashiga ko„ndirdim. U menga: “Erimning uyidan oltmish yil 
chiqmayman”, - deb so„z berdi. 
Shunda shoh posbonning oqilligi va sadoqatiga, o„g„lining mardligiga qoyil 
qolibdi va bunday debdi: 
Menga qara posbon, sen nima gapligini bilgani ketganingda, men ham izingdan 
yo„lga tushgandim. Men hammasini o„z ko„zim bilan ko„rdim, sen va o„g„ling 
nima degan bo„lsalaring, hammasini eshitdim. Agar ilgari sen muhtoj, kambag„al, 
xokisor, tashvishlarga ko„milgan va menda posbon bo„lib xizmat qilgan bo„lsang, 
endi kundan-kun hayoting farovonlashib, omading chopgandan chopadi. Men soat 
basoat senga suyanib ish tutaveraman va sen Allohning marhamati ila baxt 
cho„qqisiga murtafe‟ bo„lgaysen. 
Shu gaplarni aytib, shoh oromgohiga yo„l olibdi va farog„at masnadi uzra 
cho„zilib, shirin uyquga ketibdi. Yana bir necha soatdan keyin tong otibdi, shoh 
taxtga o„tiribdi, barcha vaziru vuzaro, arkoni davlatlarni va mulozimlarini 
chorlabdi-da, ularga bunday debdi: 


65 
-
Ey taxtim poyida qo„l qovushtirib turgan ayonlar, eshitib qo„yinglar. Men 
sevinch bilan mana bu odamni o„z valiahdim deb e‟lon qilaman. Va butun 
xazinayu mol-mulkimni unga xolisanillo qo„sh qo„llab topshiraman.
To„ti hikoyasini shu yerda tugatibdi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish