Nasafiylarining pedagogik qarashlari


  “Aziziddin Nasafiyning ta‟lim-tarbiya haqidagi qadriyatlarga oid



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

 


52 
“Aziziddin Nasafiyning ta‟lim-tarbiya haqidagi qadriyatlarga oid 
fikrlari”
3
dan 
“Qanday yashasang, umring o„taveradi. Solihlik va beozorlik bilan yashasang, 
yaxshiroq bo„lur”. 
***** 
“Eng xolis gap shuki, biror qavm bir-birini ayblamasin, barcha bir-birini ma‟zur 
tutsin. Chunki bu Vujud azamatli va hikmatga to„ladir, hech kim bu Vujudni 
qanday bo„lsa, shundayligicha bilolmaydi. 
Bir chivinning yaralishi va xilqatida shuncha hikmat yashirindirkim, bir 
donishmand agar butun umrini o„sha chivinni o„rganishga bag„ishlasa hamki, bu 
chivinning barcha sir-sinoatidan xabardor bo„lolmaydi, holbuki, bu chivin bor-
yo„g„i bir necha soat umr ko„radigan maxluqdir”. 
***** 
“Sajda qilmoq peshanani yerga surmoq emas, sajda qilmoq kim uchundir biror 
ishni bajarmoqdir. Demak, butun mavjudot insoniyatga sajda qiladi. Mavjudotning 
insoniyatga sajda qilishiga sabab odamlar ichida Komil inson yashaydi, demak, 
insoniyatning borlig„i Komil inson tufaylidir.”
***** 
“Aql insonlarga xosdir, insoniyatning boshqa mavjudotdan bo„lgan fazilati ham 
shu Aqldir. Oqillarning bir-biriga nisbatan bo„lgan fazilati ham ilmi va axloqi 
tufaylidir”.
***** 
“Butun mavjudotga bir omonat yukni taklif etdilar, barchasi ibo qildi va qabul 
etmadi. Inson qabul etdi va u bilan kamolga yetdi. Bu omonat yuki – Aqldir”. 
***** 
“Savol berib so„rashdiki, agar mavjudotning har bir turi qaysidir sifatning 
mazhari bo„lsa, inson Ilm sifatining mazhari bo„lgani sababli, odamlar o„rtasida 
tafovut bo„lmasligi, barchalari ilm mazhari sifatida bir xil bo„lishlari kerak edi. 
3

Азизиддин Насафийning таълим-тарбия ҳақидаги қадриятларга оид фикрлари
” рисоласидан.


53 
Javob bo„ldi. Bilgilki, olamda har bir mavjudot nimaga ega bo„lsa, iste‟dodi 
tufaylidir, odamlar ham nimaga erishgan bo„lsalar, iste‟dodlari tufayli erishadilar.”. 
***** 
“Ko„p odamlarda insoniy qiyofasi bo„lgani bilan, odamiylik ma‟nosi ularda 
yo„q, ular hayvonlar hisobidadirlar. Hayvonlarning sifatlari va amallari ularda 
zohirdir”. 
***** 
“Odamiylikning alomati to„rtta narsada: ezgu so„z, ezgu amallar, ezgu axloq va 
maorif. Kimdakim bu to„rt narsa bo„lsa, insondir, kimdakim bular bo„lmasa, inson 
emas. Kimdaki ushbu to„rt narsani kamolga yetkazsa, Komil insondir”. 
***** 
“…Ayrimlar iste‟dodni xosiyat deb nomlaganlar. Ular aytadilarkim, har bir 
kishining bir xosiyati bor, masalan, kimdir she‟r yozadi va boshqalar she‟r 
yozolmaydi. Kimdir she‟rni yaxshi o„qiydi, boshqalar yaxshi o„qiyolmaydi. 
Kimdir to„g„ri fikrlaydi, kimlardir eplolmaydi. Kimdir ilm o„rganishga, kimdir mol 
to„plashga kirishadi va boshqalar buning uddasidan chiqolmaydilar. Shu kabi 
narsalarni xosiyat deb nomlaganlar. Shak yo„qkim, bularning barchasi iste‟dod 
bilan bo„ladi, har bir kishining o„z iste‟dodi bor, bu iste‟dod unda tug„ma bo„ladi. 
Iste‟dod o„zlashtiriladigan narsa emas, iste‟dod to„rt zamonning xosiyati tufayli 
shakllanadi. Iste‟dod kasbiy bo„lmagani bilan, u tarbiya va parvarishlash bilan 
ko„payadi, agar tarbiya topmasa, bu iste‟dod kamayadi. Masalan, birovda o„ng tush 
ko„rish iste‟dodi bor, yana boshqa birovda o„ngida narsalar uning ko„nglida tezda 
aks topadi, agar biror kishi uning oldiga kelsa, u odamning ko„nglidan nima 
kechayotgani bunga ma‟lum bo„lib turadi. Bu ikki kishi riyozat va mujohada orqali 
yuksak darajalarga erishib, g„ayb olamidan shahodat olamiga yo„l olgan voqea va 
hodisalarni oldindan xabardor bo„lish salohiyatiga erishishlari mumkin. Agar bu 
narsa uyqu payti ayon bo„lsa, uning nomi o„ng tushdir, agar uyg„oqlikda ayon 
bo„lsa, nomi ilhomdir”. 
***** 


54 
“Yaxshilar bilan suhbat tut va yomonlardan uzoq yur. Har kimki bir 
yaxshilikka erishsa, yaxshilar suhbatining sharaofati bilan erishadi, kimki bir 
yomonlikka uchrasa, yomonlar suhbatining kasofatidan bu holga tushadi. Yaxshi 
odamni yomonlardan ajratishni bilishni istasang, bilginki, yaxshi odam so„zi va 
ishi birdek to„g„ri, yaxshi xulqli va odamlarga manfaat yetkazuvchidir. Yomon 
odam yolg„on so„zlaydigan egriqadam, axloqan buzuq va odamlarga ziyon 
yetkazuvchidir. 
To„g„riso„z, to„g„ri amalli, yaxshi xulqli va odamlarga rohat yetkazuvchi 
bo„lishga harakat qil, tokim o„shanda o„zingdan hamda odamlar sendan omonda 
bo„lsinlar. Omonlik qayerda bo„lsa, o„sha yer jannatdir, qayerdakim omonlik 
bo„lmasa, o„sha yer do„zaxdir. Eng ulug„ ne‟mat jannatiy odamlarning jannatda 
bo„lishlaridir. Eng og„ir uqubat do„zaxi odamning do„zaxda bo„lishidir. 
To„g„riso„z, to„g„ri amalli, yaxshi xulqli va odamlarga manfaati yetadigan odam 
jannati odamdir. Bunday odamning suhbatiga yetishgan odam jannatda bo„lgan 
kabidir”. 
***** 
“Bu olamda bor ekanmiz, doim ogoh va ziyrak bo„lishimiz kerak, balolardan 
sog„-salomat, ziyon-zahmatsiz o„tishga harakat qilaylikkim, olam balo va 
fitnalarga to„ladir. Dunyo azob va mashaqqatlarga to„la bo„lishi bilan birga 
cho„chqa va to„ng„izlar, bo„ri va sirtlonlar, ilon va chayonlarning uyasidir. Bular 
bilan suhbat qurish kerak, kechayu kunduz bularning xizmatini qilish kerak, 
bularning hukmi ostida bo„lishga majburmiz”. 
**** 
“…Odamlarning so„zlari va faoliyati - ishlari uchun oldindan belgilangan 
o„lchovlar yo„q. Bilim va boylikka ega bo„lish odamning sa‟y-harakatiga bog„liq. 
Odam qancha g„ayrat qilsa, bilimi va mol-mulki shuncha ortadi.
**** 
“...Yaxshilik yoki yomonlik qilish kam yeyish yoki ko„p yeyish inson 
ixtiyoridagi ish va u qancha mehnat va kuch sarflasa shuncha ko„p topadi”.


55 
**** 
“…Kimki imon maqomini qozonmagan bo„lsa, u payg„ambarlarni tan olmagan 
va avliyolarga ergashmagan bo„ladi. Garchi surati odamlarday bo„lsa-da biroq 
xislati va xulqiga ko„ra odam emasdur. U hayvon jumlasidan, balki hatto 
hayvondan ham pastdir”. 
**** 
“Aql – sodda javhar, demak javhar yaxlit bo„lib, bo„laklarga bo„linmaydi, uning 
a‟zo qismlari yo„q”.
**** 
“Yer amalga oshmagan behad ko„p orzular joyidir, bitta ushalgan orzu, amalga 
oshgan ish ostida o„nta amalga oshmaganlari yotadi”.
**** 
“Agar kishi ulug„ hikmatlar yo„lida bo„lsa, odamlarning faoliyati ta‟sirli 
bo„ladi. Chunki ulug„ niyatlar harakat va faolliksiz ahamiyat kasb etmaydi”. 
**** 
“Fikr va tadbirlar ta‟sir kuchiga ega, ammo insonning himmati (jur‟ati, intilishi) 
va orzusi bu sifatga ega emas. Ha, ko„p donishmandlar va solihlar_ farzand 
tarbiyalaydilar. O„z bolalarini o„zlariga o„xshab o„sishini xohlab harakat qiladilar. 
Ammo yo„q, aksincha, ul (donishmandlar bolalari) johil va fohish kishi bo„lib 
yetishadilar. Ha, ko„p qissaxon va xushovoz xonandalar bola-chaqa qilib, 
bolalarini o„zlariga o„xshashlari uchun kuch sarflaydilar. Yo„q, aksincha ularning 
bolalari hokimlar va solih taqvodor_ shaxslar bo„lib yetishadilar”. 
**** 
“Garchi sen to„g„ri fikring, xayrli tadbiring, sa‟y-harakating orqali dunyoviy 
ne‟matlarga erishib mol-dunyo va mansabga ega bo„lsang ham, ertaga nima 
bo„lishini bilmaysan va bilolmaysan. Sog„-salomat turasanmi, dardga 
chalinasanmi, ishlaring chappasiga ketadimi, iste‟fo kutayaptimi seni bilishing 
qiyin. Ertaga qanchadan-qancha boylar qashshoqlarga qo„shiladi, qancha 
qashshoqlar ertaga badavlat bo„ladi. Va qancha taxtdan ag„darilganlar ertaga 
podshoh bo„ladi. Bu xuddi to„lqinlanayotgan dengizdek gap, to„lqin bir naqsh 


56 
bo„lib ko„tariladi, ammo u yo„qolmasdan yangi naqsh paydo bo„lib, oldingisi 
mavhv etiladi”. 
**** 
“…Kelishuv va qanoat, taslim va rizo – dorudir…” 
*** 
“… Agar odam ma‟rifat va safo sohibi bo„lsa, uliviyyat olamiga yeta oladi va 
har qancha ma‟rifat safo topsa, uning makoni shuncha baland bo„ladi”. 
*** 
Har bir odamda ikki xil qobiliyat (iste‟dod) bor. Birinchi xili to„rt fasl harakati 
ta‟siridagi qobiliyatdir. U nasldan meros bo„lib, uni sa‟y- harakat bilan egallab 
bo„lmaydi”.
**** 
“Insoniylik haddi-chegarasini bilgan har bir kishi komil inson bo„ladi…”

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish