23
Nazorat savollari
1. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Nasaf va Kesh hududlarida islom ta‟limoti
asoslari haqida so„zlab bering.
2. “Nasafiy va Keshiylar merosini o„rganish ilmiy markazi” haqida fikrlaringiz.
3. “Qubbatul ilm va adab” degan iborani sharhlab bering.
NASAFIY MUTAFAKKIR ABU TUROB AN-NAXSHABIY
AN-NASAFIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Reja
1.Nasafiy allomalarining pedagogik qarashlari, komil insonni tarbiyalash
borasidagi fikrlari.
2. Abu Turob Askar al-Xusayn an-Naxshabiy an-Nasafiyning ilmiy-ijodiy
faoliyati
3. Abu Turob Askar al-Xusayn an-Naxshabiy an-Nasafiyning boy ma‟naviy
merosi hamda unda barkamol avlod ta‟lim-tarbiyasining yoritilishi.
Mamlakatimizning janubiy go„shasi bo„lmish Qashqadaryo tuprog„idagi Xo„ja
ibn
al-Jarroh, Solmoni Pok, Xo„ja Shamsiddin Kulol, Hazrati Bashir,
Hazrati
Sulton, Sulton Mirhaydar, Langar ota kabi o„nlab ziyoratgoh va muqaddas
qadamjolarni xalq ixlos bilan tavof etadi. O„z navbatida bu muborak yurt zaminida
24
kamol topgan shunday ulug„ ajdodlarimizning tarixini, faoliyatini, ma‟naviyatimiz
xazinasiga qo„shgan hissalarini har tomonlama o„rganish, targ„ibu tashviq qilish
har
birimizning
zimmamizga
katta
mas‟uliyat
yuklaydi.
Bir so„z
bilan aytganda, mustaqillik yillarida biz farzandlarimizni dunyoviy
bilimlar bilan bir qatorda, Imom Buxoriy to„plagan hadislar,
Naqshbandiya
ta‟limoti, Termiziy o„gitlari, Yassaviy hikmatlari, Imom Moturidiy va Imom Abu
Muin Nasafiy aqoidlari asosida tarbiya qilayotganimiz bejiz emas. Binobarin,
ma‟naviy hayotimizni, shu jumladan, ma‟rifiy islom, ta‟bir joiz bo„lsa, ma‟rifiy
tasavvufni mana shu ulug„
allomalarimiz, piri komil ajdodlarimizning nomlari
bilan bog„laymiz. Zero, Movarounnahr yoxud Markaziy Osiyo mintaqasi
musulmonlari islom dini kirib kelgan vaqtdan boshlab Imomi A‟zam (hanafiy)
mazhabi ko„rsatmalariga rioya qilib kelganlar. O„tgan ulamolarimizning deyarli
hammasi shu mazhab asosida asarlar bitib qoldirganlar. Xalqimiz ham shu mazhab
yo„l-yo„riqlariga amal qiladi. Binobarin, o„z mazhabini mahkam tutgan har qanday
musulmon boshqa mazhablarga nisbatan ham izzat-ikrom ruhida bo„lishi lozim.
Ammo aqidaviy masalalarda faqat “Ahli Sunna val-Jamoa” e‟tiqodi to„g„ri, boshqa
firqa va oqimlar e‟tiqodi botil deb bilishlari zarur.
Abu Turob an-Naxshabiy an-
Nasafiyning to„liq ismlarini tarixchilar Asqar ibn Muhammad Husayn Abu Turob
an-Naxshabiy an-Nasafiy deb keltirganlar. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy
806 yili Naxshab (Nasaf) hozirgi Qarshi shahrida tavallud topgan tasavvuf
shayxlaridan biri. Bu alloma piri murshid darajasiga erishgan. U tasavvufning
muhim shartlaridan biri bo„lgan nafs va kibrni jilovlashning
inson hayotidagi
ahamiyatini ko„rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: