Mustaqil ta‟lim
Nasaf va Kesh mutafakkirlari Abu Turob Askar al-Xusayn an-Naxshabiy an-
Nasafiy asarlari tahlili.
Nazorat topshiriqlari
1. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining maqsadi va vazifalari
nimalardan iborat?
2. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining predmeti haqida fikringiz.
3. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani fan sifatida bir qancha asoslarga
egaligini tushuntiring.
4. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
qanday?
“NASAFIYLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI” FANINING
NAZARIY ASOSLARI
12
Reja:
1.VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Nasaf va Kesh hududlarida islom ta‟limoti
2. “Nasafiy va Keshiylar merosini o„rganish ilmiy markazi” ning faoliyati.
3. “Qubbatul ilm va adab” da ta‟lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Oliy
Majlisi
Qonunchilik
palatasining
majlisida
qilgan
chiqishi
davomida
Qashqadaryoda XI-XII asrlarda yashab ijod qilgan alloma Abul Muin Nasafiy
merosini har tomonlama keng o„rganishga chaqirdi. “Qarshi shahrida Nasafiy
bobomizning yodgorligi bor (Abul Muin Nasafiy ziyoratgohi). Endi savol paydo
bo„ladi, bobomizning ilmini yetarlicha o„rganganmizmi? Biror universitetda bir
soat bo„lsa ham uning kitoblaridan dars o„tilganmi? Yo„q. Allomamiz bundan
ming yil oldin aynan dinda to„g„ri yo„ldan adashganlar haqida kitoblar yozib
ketgan. Bu
kitoblarni biz o„qiganmizmi? Yo„q. Misrdagi katta-katta
universitetlarda Nasafiyning kitoblari o„rganilar ekan”, - degandi ushbu yig„ilishda
Shavkat Mirziyoyev.
Yutboshimiz ta‟kidlagan, o„rganilishi kerak bo„lgan Abul Muin Nasafiy hamda
boshqa bir qator nasaflik allomalarning asarlarini o„qish, pedagogik g„oyalarini
bugungi hayotga tadbiq qilishga e‟tibor qaratish masalalari mazkur qo„llanmada
atroflicha bayon etilgan. Bu risola nasaflik tadqiqotchilar izlanishlarining ilk
qadami va albatta zukko ajdodlarimizdan qolgan ma‟naviy-ma‟rifiy hamda ilmiy
13
meroslarni tadqiq etish yo„lida kelgusida yanada qat‟iy va barakali qadamlar
tashlanadi.
Ushbu qo„llanma kishilik jamiyatining turli taraqqiyot bosqichlarida shaxs
tarbiyasi masalalariga hissa qo„shgan nasaflik allomalarning tarbiya tizimi
yo„lidagi ilg„or usullarini, qonun-qoidalarini, pedagogik faoliyatlarini, ma‟rifatga
doir g„oyalarini va ularning rivojlanishini o„rganish borasidagi e‟tiborli manbadir.
Mustaqillik tufayli mamlakatimizning har bir go„shasida, jumladan, ko„hna
Nasaf diyorida yashab o„tgan allomalar meroslarining qayta tiklanishiga, ularni
to„liqroq o„rganishga muyassar bo„ldik. Tabiiyki, bugungi kunlarda bunday ilmiy-
ma‟rifiy meroslar yoshlar tarbiyasi yo„lida, xalqimiz ma‟naviyatini shakllantirishda
muhim ilmiy-nazariy manba bo„lib xizmat qilmoqda. Nasaf zaminida yashagan
xalqlarning ma‟rifiy-madaniy qarashlari, o„tmish davrlar allomalarining asarlari
o„z davridan toki bugungi kunga qadar yuksak darajadagi mazmuni va ahamiyatini
yo„qotmaganligi olimlarimiz tomonidan isbotlab berildi.
Ma‟lumki, uzoq va boy tarixga ega bo„lgan Nasaf xalqi o„zining ta‟lim-
tarbiyaga oid ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, qadim Sharq hududlarida
istiqomat qilishgan xalqlarning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik,
mehr-oqibatlilik, mehnatsevarlik, do„stlik, saxovatlilik, muruvvatlilik kabi
umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Nasafiy allomalar yaratgan
ma‟rifiy fikr sarchashmalarining rishtalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Bu esa
Nasaf allomalari tarixan ta‟lim-tarbiya sohasida o„zining e‟tiborli o„rinlariga ega
bo„lishganini isbotlaydi.
Qo„llanma Nasafiy allomalar tarixiy tajribasidagi ma‟naviyat va ta‟lim-
tarbiyaga oid fikrlarni o„zlashtirish yo„lidagi zarur asoslardan biri bo„lib xizmat
qiladi.
Nasaflik allomalarning boy ma‟naviy merosi teran tarixiy ildizlariga ega.
Ta‟lim-tarbiya va ma‟rifatga doir ildizlar hamon e‟tiborli ahamiyatligicha
qolmoqda. Bu yo„nalishdagi g„oyalarning falsafiy ildizi ancha chuqur mazmunga
ega. Nasaflik allomalarning ilg„or fikrlari va g„oyalari turli ijtimoiy davrlardagi
mafkuraviy qarashlar o„zgarishiga qaramasdan, zamonlar o„tgan sayin miqdor
14
ko„rsatkichlari oshib, sifat ko„rsatkichlari kengayib kelmoqda. Diniy-ma‟nafiy
ildizlarning ham inson tarbiyasida o„rni beqiyos. Nasafiy allomalarning bunday
g„oyalarida inson kamoloti va ma‟naviyati yuksalishiga e‟tibor qaratilgan. Ularda
“Qur‟oni Karim” va shariat hukmlarida berilgan tartib-qoidalar asl mohiyatining
tahlili va bayoni ifoda etilgan.
Nasafiy allomalarning merosi komil inson tarbiyasiga oid yig„ilgan
tajribalardan iborat boy ma‟naviy xazinadir. Har bir o„quvchi, bo„lajak mutaxassis
bundan oqilona foydalanmog„i zururdir.
O„zbekiston Respublikasining uzluksiz ta‟limi, davlat ta‟lim standartlari, oliy
ta‟lim standarti (2008 yil), oliy ta‟lim yo„nalishlari va mutaxassisliklari
klassifikatoriga kiritilgan “Boshlang„ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ishi”,
“Pedagogika va psixologiya”, “Maktabgacha ta‟lim” kabi ta‟lim yo„nalishlari
uchun o„quv fani sifatida va pedagogika sohasidagi oliy ta‟lim muassasalarining
barcha ta‟lim yo„nalishlari uchun “Umumiy pedagogika va tarixi” fani uchun
qo„shimcha qo„llanma sifatida, barcha oliy ta‟lim muassasalarida tanlov fani
sifatida “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani o„qitilsa, talabalarning kasbiy-
pedagogik tayyorgarligi tizimida yetakchi o„rin egallaydi.
Ushbu o„quv qo„llanma O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim
vazirligi tomonidan tasdiqlangan (2008) uzluksiz ta‟lim davlat standarti
umumkasbiy fanlar bloki bo„yicha qo„yilgan talablar asosida yozilgan.
“Nasafiylarining pedagogik qarashlari” nomli tanlov fani namunaviy o„quv
dasturiga muvofiq tayyorlandi.
Qo„llanma Respublikamiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 24
maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ„ib qilish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qarori, 2010 yil 7
oktabrdagi 222-sonli “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obe‟ktlarini
muhofaza qilish, asrash, targ„ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturi”da
belgilangan
vazifalarni
amaliyotga
tadbiqini
yanada
shakllantirishga
ko„maklashadi.
15
Kishilik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida inson
kamolotining qonun-qoidalari, tartibi va vositalarini o„rganish, umumlashtirish
davr talabi. O„z tarixini bilish har bir millat uchun farzdir. Chunki tarixni bilishga
intilish inson aqli, farosatiga xos azaliy xususiyat. Shu sababdan pedagog o„z kasb
faoliyatining kelib chiqishini, undagi ma‟naviy g„oyalarni, ma‟naviy merosni
chuqur o„rgangandagina, bilimdon va mohir mutaxassis hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani yosh avlodning tarbiyasiga doir
kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy bosqichlaridagi ta‟lim-tarbiya tizimi, uning
qonun-qoidalar, buyuk nasaf allomalari hamda pedagoglarning ta‟lim-tarbiya va
maorif sohasidagi g„oyalari va ularning rivojlanishini o„rganadigan fandir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani xalqimiz tarixidagi ma‟naviyat va
ta‟lim-tarbiyaga doir fikrlani o„rganishga xizmat qiladi. Bunda asosiy e‟tibor
Nasafiy ajdodlarimiz qoldirgan boy pedagogik meroslar va ularning milliy
asoslarini o„rganishga qaratilgandir. Nasafiy allomalarning g„oyalari bo„lajak
o„qituvchiga bilim beribgina qolmay, balki unda milliy iftixor va faxr hissini
tarbiyalaydi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti aytganidek, «Xalqimizning
tayanchi – ajdodlarimiz qoldirgan ma‟naviy merosining o„zi bir xazina. Bu
xazinadan oqilona foydalanish lozim»_. Ma‟naviy istiqlol xazinasi – nasaflik
ajdodlarimiz yaratgan milliy merosimizni chuqur o„rganib, uni butun dunyo ko„z
oldida namoyon qila bilishimiz kerak. Hind mutafakkiri Robindranat Txokur
aytganidek, «Har bir millat dunyo oldida o„z milliy mohiyatini namoyon etishga
majburdir...» Millat o„zida nimaiki yaxshi narsa bo„lsa, uni umumbashariyat
mulkiga aylantirmog„i lozim. Olijanob ruh millat boyligi hamdir. Uning mulki esa
xususiy tor manfaatlarni yengib borib, butun dunyoni o„z ma‟naviy madaniyatida
qatnashishga taklif eta bilishlikdadir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bo„lajak mutaxassislarning jamiyatda o„z
o„rini topa bilishiga keng imkoniyat yaratdi. Mustaqillik davrida har bir inson o„z
tarixini chuqur bilgandagina o„zligini anglay oladi. Tariximizda juda ko„p ta‟lim-
tarbiya tizimlari mavjud bo„lganligi tufayli mutaxassis inson o„sha davrdagi
g„oyalar va ta‟lim-tarbiya mazmunini tahlil qilib, uni ijodiy rivojlantirmog„i lozim.
16
Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va
turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog„liqdir.
Yosh avlodni tarbiyalash va o„qitish nazariyasi bilan amaliyotining qanday
taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib
tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo„lmaydi. Bu ajdodlarimiz
tomonidan isbot qilingan ilmiy-nazariy, falsafiy-tarbiyaviy haqiqatdir.
Milliy davlatchiligimiz tarixiga oid haqiqatlarni oydinlashtirish, uzoq yillar
tabarruk nomi va shoni pinhon tutilgan ulug„ ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy,
ma‟naviy-ma‟rifiy merosini xalqqa qaytarish yo„lida qilinayotgan xayrli ishlar
behad quvonchlidir.
Xalqimizda yetti pushti, ajdodlarining istiqomat qilgan makonlari va faoliyati
tarixidan xabardor insonlarga alohida ehtirom bilan munosabatda bo„linadi.
Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o„zi tug„ilib voyaga yetgan
qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Zero, bu tuyg„u
insonning qadim bobokalonlari va eng muhimi, o„z Vataniga chuqur hurmati,
e‟tiqodi ramzidir. Binobarin, payg„ambar alayhissalomning muborak hadislaridan
birida “Qarindoshlik aloqasi bo„lgan nasablaringizni o„rganinglar, chunki silai
rahm qarindoshlar orasida mehrni uyg„otadi va molingiz ko„payishiga sabab
bo„ladi hamda sizni yaxshilik bilan eslaydilar”, – deya uqtiriladi._
Nasaf va Kesh allomalari tarixan ta‟lim-tarbiya sohasida o„ziga xos maktab
yaratgan. Mustaqilligimizga erishgunimizga qadar biz ta‟lim-tarbiya sohasidagi
yo„nalishlarimizda Yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va o„rgandik. Asosan
yurtimiz mustaqilligidan keyin Sharq pedagogikasini o„rganishga e‟tibor qaratilib,
ilm-fandagi bir qator hur fikrlar o„rganildi. Sharq pedagogikasi tarixiga nazar
soladigan bo„lsak, aynan Nasaf va Kesh allomalarining pedagogik fikrlarini
uchratmaymiz. Lekin qadimgi Nasaf va Kesh zaminida ham ko„plab allomalarimiz
yashab ijod qilib o„tishgan bo„lib, ular qoldirgan purma‟no hikmatlar bugungi
kundagi yosh avlod ta‟lim-tarbiyasida o„ta muhimligi hamda pedagogika
nazariyasi va tarixi uchun ulkan manbaligi bilan ahamiyatlidir. Bizningcha, ham
mahalliy kelib chiqishimizdan, ham pedagogika nazariyasi va tarixi manbaini
17
boyitish jihatidan ushbu fanni o„qitish zarurati mavjud deb o„ylaymiz. Ushbu fan
o„sib kelayotgan yosh avlodning ma‟naviy shakllanishida hamda yoshlarning
ta‟lim-tarbiya jarayonini to„g„ri tashkil qilishda dasturulamal bo„lib xizmat qiladi.
O„zbek xalqi juda boy va murakkab tarixiy qadriyatlarga ega bo„lib, ular
nafaqat hozirgi O„zbekiston hududi, balki butun Markaziy Osiyo tarixi bilan
chambarchas bog„liqdir.
Insoniyat bosib o„tgan tarixiy taraqqiyot tajribasidan bizga yaxshi ma‟lumki,
qaysi davlat, qaysi millat o„z madaniy merosini e‟zozlagan bo„lsa, o„sha madaniy-
ma‟naviy boyliklarni yaratgan kishilarga hurmat-izzat ruhini shakllantirsa, o„sha
davlatda, jamiyatda madaniy-ma‟naviy, siyosiy-iqtisodiy barqarorlik hukm surgan.
Ajdodlar va avlodlar mehnatini qadrlamagan, millatning faxri, g„ururi bo„lgan
buyuk allomalar sa‟y-harakatlari tufayli yaratilgan madaniy merosni unutgan
mamlakat fuqarolari hech qachon ulug„likka erisha olmaydi.
Shuning uchun ham madaniy-ma‟naviy merosni ulug„lash, uni har tomonlama
o„rganish har bir insonda, ayniqsa, jamiyatimiz kelajagi bo„lgan yoshlarda milliy
ong, milliy g„ururni shakllantirishga hissa qo„shadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda Sharq mutafakkirlari merosini o„rganish
bo„yicha keng ko„lamli ishlar olib borilmoqda. O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 24 mayda “Qadimiy yozma manbalarni
saqlash, tadqiq va targ„ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to„g„risida”gi Qarori qabul qilingandi. Bu sa‟y-harakat muqaddas zaminimizdan
yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyatini chuqur
tadqiq etish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo„lga
qo„yish, bugungi murakkab davrda ma‟naviy merosimizdagi insonparvarlik
g„oyalarining mohiyatini ochib berish hamda yosh avlodni yuksak ma‟naviyatli
insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.
Shu o„rinda Prezidentimiz 2020 yil 24 yanvardagi Parlamentga taqdim etgan
Murojaatnomasida hozirgi kunda O„zbekiston kitob fondlarida 100 mingdan ziyod
qo„lyozma asarlar saqlanayotganini aytib o„tdi. Ammo bu nodir kitoblar hali to„liq
o„rganilmagan, ular olimlar va o„z o„quvchilarini kutib turibdi. Davlatimiz rahbari
18
juda asosli ravishda uqtirganidek, ushbu noyob asarlarda bugungi davr o„rtaga
qo„yayotgan juda ko„p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Zero, ulug„
ajdodlarimiz asarlaridagi islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur
ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo„lida
birlashishga da‟vat etadigan teran ma‟noli fikr va g„oyalar bugun ham o„z qimmati
va ahamiyatini yo„qotgan emas. Afsuski, biz ana shunday noyob meros vorislari,
shunday boylik egalari bo„laturib, ularni har tomonlama o„qish-o„rganish,
xalqimiz, avvalo, unib-o„sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga
yetkazish bo„yicha haligacha yetarli ish qilmadik. Holbuki, diniy jaholatga, zararli
oqimlarga qarshi ma‟rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko„p gapiriladi.
Ma‟rifat, ma‟rifiy bilimlar, islom huquqi bo„yicha keng tushunchalar, avvalo, ota-
bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo„tabar kitoblaridadir. Shu
nuqtai nazardan, O„zbekiston hududida islom sivilizatsiyasi erishgan yutuqlar va
bu boradagi boy ma‟naviy merosimizni tizimli asosda chuqur o„rganish va har
tomonlama ilmiy-amaliy tahlil qilishni ta‟minlash maqsadida ushbu yo„nalishdagi
ilmiy va diniy asarlarning yagona katalogini tuzish maqbul ish bo„lar edi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlis Senati va
Qonunchilik palatasi a‟zolariga taqdim etgan Murojaatnomasida O„zbekistondagi
Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-ma‟rifiy
muassasalar faoliyatini yo„lga qo„yish ishlari boshlanganini alohida qayd etgandi.
Shular qatorida davlatimiz rahbari buyuk allomalarimizning yodgorlik majmualari
qoshida hadisshunoslik, islom huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi
diniy-ma‟rifiy yo„nalishlarni o„rganish bo„yicha maxsus maktablar tashkil
etilganiga e‟tibor qaratgani bejiz emas. Binobarin, bugungi kunda mamlakatimizda
bir tomondan farzandlarimizni har tomonlama sog„lom va barkamol etib, xususan,
diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma‟rifat bilan kurashish ruhida
tarbiyalashga, ikkinchi tomondan, ko„hna zaminimizda yashab o„tgan ulug„
allomalarimizning muqaddas qadamjolarini obod qilish va boy ma‟naviy merosini
atroflicha o„qib-o„rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Birgina Qashqadaryo
19
viloyati misolida oladigan bo„lsak, davlatimiz rahbarining moturidiya maktabi
namoyandasi Abu Muin Nasafiy ziyoratgohini rekonstruksiya qilishga doir
tashabbusi
bu
fikrni
yaqqol
tasdiqlaydi.
VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Nasaf va Kesh hududlarida islom ta‟limoti
asoslari, g„oyalarini o„rganishga alohida e‟tibor qaratilgan. Buning natijasida
vohada tug„ilib voyaga yetgan, shuningdek, Movarounnahr hamda islom ta‟limoti
keng yoyilgan o„lkalardan ta‟lim olish, ilm o„rganish maqsadida kelgan shaxslar
tomonidan “Qur‟oni Karim” tafsirlari, hadislar mohiyati va fiqh ilmining asoslari
o„rganila boshlangan. Natijada ushbu hududlarda hadisshunoslik va fiqhshunoslik
maktablari vujudga
kelgan. Xususan, Abu Abdurahmon Mu‟az ibn Yoqub an-
Nasafiy IX asrda yashagan islom olimlaridan biri bo„lib, bu ulug„ zot 834 yili o„z
mablag„i hisobidan Nasafda jome masjidi, so„fiylar uchun rabot va suv manbai
qurdirgan. Ko„plab shogirdlar yetishtirgan, hadisshunoslik borasidagi izlanishlari
bilan shuhrat topgan. E‟tibor berilsa, Nasafiy nisbasini olgan allomalarning bir
qismi aynan Nasaf shahrida, boshqa birlari esa Nasafga yaqin joylashgan
qishloqlarda tavallud topganiga amin bo„lish mumkin. Zotan, Qashqadaryoda
ikkinchi jahon urushidan to bugungi kungacha 120 dan ziyod qadimgi va o„rta asr
shaharlari, qishloq va qal‟alari tadqiq qilingani, ayniqsa, mustaqillik yillarida
bunday ahamiyatli yumushlar keng ko„lamda olib borilib, Qarshi shahrining uchta
qadimiy o„rni bo„lmish Yerqo„rg„on, Qal‟ai Zahhoki Moron va Shulluktepa,
shuningdek, Ko„hna Fazli, Uzunqir, Sangirtepa kabi yodgorliklar o„rganilib,
vohaning bir necha ming yillik tarixi qayta tiklangani buni yana bir bor ilmiy
asosda isbotlab berdi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda viloyat markazida
“Nasafiy va Keshiylar merosini o„rganish ilmiy markazi” faoliyat yuritayotgani
e‟tiborga loyiq. Bunday tashabbuslar, eng avvalo, yoshlarimizda el-yurtimiz
tarixiga qiziqish uyg„otibgina qolmay, ayni chog„da ulug„ ajdodlarimizga nisbatan
hurmat-ehtirom tuyg„ularini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan nihoyatda
muhimdir. Yana bir muhim dalil – bugungi kunda Qarshi xattotlik maktabi
vakillari, xususan, Muhammad an-Nasafiy, Muhammad Said Nasafiy, Iskandar
Nasafiy, Mirzo Isomiddin Nasafiy, Mirzo Abdulqodir Nasafiy kabi mohir xattotlar
20
qo„li bilan bitilgan ko„plab asarlar dunyodagi turli davlatlarning qo„lyozma
xazinalarida saqlanmoqda. Nasaflik nomdor me‟mor Ali Nasafiy chizgan tarh
negizida 1370 – 1380 yillarda Shohi Zinda me‟moriy majmuasidagi maqbaralardan
biri tiklangan bo„lsa, XV asr oxiri – XVI asr boshlarida yashagan hofiz va bastakor
Mahmud Nasafiy muayyan muddat temuriylar saroyidagi san‟atkorlar guruhida
xizmat qilgan. Xususan, “Isfahon”, “Husayniy”, “Iroq” maqomlarida bir necha
“Naqsh”, “Amal” va “Savt” yaratgan ushbu bastakorning “Naqshi Mahmudiy”
ohangi mashhur musiqiy asarlardan biri hisoblanadi. Chindan ham o„rta asrlarda
Nasaf va Keshning nomdor farzandlari nafaqat shariat va fiqh, adabiyot va ilm-fan,
musiqa, me‟morchilik va xattotlik sohalarida dovruq qozongan, ayni chog„da ular
Amir Temur saltanatining tayanchi va suyanchi, Sohibqiron shonli qo„shinining
o„zagini ham tashkil etgan. Bunga bir yaqqol misol keltiramiz.Tarixiy manbalarda
yozilishicha, 1402 yilning 28 iyulida Anqara shahri yaqinidagi Chubuq vodiysida
Amir Temur bilan usmonlilar sultoni Boyazid Yildirim askarlari o„rtasida kechgan
va Sohibqiron g„alabasi bilan yakun topgan jangga guvoh bo„lganlar orasida
Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III tomonidan Amir Temur huzuriga
yo„llangan elchilar – Payo de Soto Mayor va Ernan Sanches de Palasuelos ham
bo„lgan. Jangdan so„ng Turkiston amiri elchilarni qabul qilgan, ulardan ispanlar
davlati va qirolning hol-ahvoli haqida surishtirgan, ziyofatlarga taklif etib, ko„p
hadyalar bergan. Elchilarning qaytish payti kelganida Sohibqiron ikki davlat
o„rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga qobiliyatli
beklardan Muhammad Keshiyni ham maktub va sovg„alar bilan Kastiliyaga elchi
qilib jo„natgan. Keshiy u yerga eson-omon yetib borib, maktub va sovg„alarni
Qirol Don Enrike III ga topshirgan.
Shu o„rinda Amir Temur elchisining shaxsi haqida to„xtalib o„tish joiz. Uning
nomi ba‟zi bir manbalarda “Muhammad qozi”, “Muhammad al-qozi”, keyingi,
yangi tadqiqotlarda esa “Muhammad Keshiy”, “Muhammad al-Keshiy” tarzida
keltirilgan. Ma‟lumki, Amir Temur Nasaf va Kesh olimlari, diniy va dunyoviy
ilmlardan xabardor, xorijiy tillarni biladigan qobiliyatli shaxslarni o„z saroyiga
ishga jalb etgan. Ular turli lavozimlar qatori elchilik vazifasini ham ado etishgan.
21
Masalan, Muhammad Keshiy Sohibqironning elchisi sifatida ma‟lum muddat
Ispaniyada yashab kelgan bo„lsa, Mavlono Abdulloh Keshiy Amir Temur
tomonidan Misr sultoni Farajga elchi qilib yuborilgan. “Kesh” so„zining “qoz”ga
aylanib qolishi masalasini Yevropa tillarining o„ziga xos talaffuz talabi bilan ham
izohlash o„rinlidir. Masalan, hatto Rui Gonsales de Klavixoning o„zi ham ba‟zan
tarixiy atoqli nomlarni va joylar nomini turlicha ishlatgan. U To„xtamish nomini
bir o„rinda Totamix, boshqa joyda Keramix, yana bir o„rinda Tetanis desa, Tabriz
shahri nomini esa Toris, Turis, Tauris qabilida, turlicha shakllarda qo„llagan. Amir
Temur odatda Yevropa mamlakatlariga masihiylik dini peshvolarini elchi qilib
yuborgan. Fransisko, Fransisko Sadru, Sultoniya shahri arxiyepiskopi Ioann ana
shunday vazifalarni ado etganlar. Misol uchun 1402 yilda Ioann Fransiya va
Angliya
qirollariga
Sohibqironning
xatlarini
olib
borgan.
Musulmon
diplomatlardan faqat Muhammad Keshiygina Yevropaga borishga muyassar
bo„lgan. Bu ham uning qobiliyatidan, bir necha tillarni, ehtimol Yevropa tillaridan
birini bilganligidan dalolat beradi. O„sha davrda Amir Temurning shuhrati butun
Yevropaga tarqalgan. Shu sababli Muhammad Keshiy Kastiliya qiroli Don Enrike
III huzurida katta hurmat-e‟tibor bilan kutib olingan. U qirol saroyidagi va yirik
zodagonlar qasridagi qabullarda ishtirok etgan. Qirol unga Rui Gonsales de
Klavixo boshchiligidagi o„z elchilarini qo„shib, hurmat-ehtirom bilan
Samarqandga kuzatib qo„ygan. Shu tariqa 1403 yili ispan elchisi Klavixo bilan
birga yurtga qaytgan Muhammad Keshiy uzoq va mashaqqatli yo„l bosib, 1404
yilning avgust oyi oxirlarida Samarqandga yetib kelgan. Sohibqiron Kastiliya
elchilarini o„sha yili 8 sentabr kuni Samarqand tashqarisidagi Dilkusho bog„ida
qabul qilgan. Shu elchilar orasida Muhammad Keshiy ham bo„lgan deb guvohlik
beradi tarixiy manbalar. “Ular bilan yana Temurbek tomonidan Ispaniyaga
yuborilgan elchi ham bor bo„lib, uning ustidan u yerdagilar kulishar, chunki elchi
kastilcha, ya‟ni ispancha kiyimlarni kiyib olgan edi”, – deb yozgan Klavixo. Bu
ishonchli ma‟lumotlar, shubhasiz, olis tarixda Kesh ham Nasaf kabi yirik
madaniyat markazlaridan biri bo„lganini ko„rsatadi. Sharafuddin Ali Yazdiy
“Zafarnoma” asarida Kesh shahrilik uch nafar ulug„ muhaddis va imom Abu
22
Muhammad (Abdulloh ibn Abdulhamid ibn) Nasr (Ibn Humayd) al-Kashshiy,
(Abu Muhammad) Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Doramiy as-Samarqandiy va
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (r.a.) nomlarini tilga olgan.
Mashhur tarixchining fikricha, o„sha vaqtda diniy masalalar yechimini o„rganish
uchun olam ahli Keshga yog„ilib kelavergani tufayli bu shahar “Qubbatul ilm va
adab” degan nom bilan bashariyat nazariga tushgan. Turkiyadagi Sulaymoniya
kutubxonasida yana bir keshlik alloma – Ahmad ibn Muso al-Keshiy qalamiga
mansub “Majmu‟ ul-havodis va-n navozil” asari saqlanmoqda. Bu kitob 1155 yilda
yozilgan
bo„lib,
hozirgi
kunga
qadar
atroflicha
o„rganilmagan.
O„rta asrlarda Keshda Shamsiddin Kulol al-Keshiy, Hazrati Bashir, Mavlono
Xojagiy Imkanagiy singari aziz avliyolar va mashhur tasavvuf shayxlari, Abd ibn
Yahyo Kissiy (Keshiy), Abdulloh ibn Ali ibn Ahmad ibn Amiyrak Kissiy,
Abdulloh ibn Hasan Kissiy, Abdurahmon ibn Muhammad Keshiy, Abu Ahmad Iso
ibn Junayd an-Nahviy al-Adiyb al-Kissiy, Abu Ibrohim Ishoq ibn Ibrohim al-Bob
al-Keshiy al-Samarqandiy, Abu Bakr Muhammad ibn Umar ibn Mansur Keshiy
kabi qirqqa yaqin muhaddis va allomalar, Xo„ja Abulbaraka Firoqiy, Ayyub
Shahrisabziy, Lozimiy Keshiy, Najmi Keshiy, Hakim Shahrisabziy kabi shoirlar,
o„nlab mohir xattotlar yashab-ijod qilgan.
Qashqadaryo tuprog„idagi Xo„ja ibn al-Jarroh, Solmoni Pok, Xo„ja Shamsiddin
Kulol, Hazrati Bashir, Hazrati Sulton, Sulton Mirhaydar, Langar ota kabi o„nlab
ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarni xalq ixlos bilan tavof etadi. O„z navbatida,
bu muborak yurt zaminida kamol topgan shunday ulug„ ajdodlarimizning tarixini,
faoliyatini, ma‟naviyatimiz xazinasiga qo„shgan hissasini har tomonlama
o„rganish, targ„ibu tashviq qilish har birimizning zimmamizga katta mas‟uliyat
yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |