347
nazar jamiyat fuqarosi yashash huquqining qonuniy ifodasi, mulkka egalik esa, tur-
mush tarzining ma‟naviy-huquqiy kafolati bo„lib qolavergan. Ko„p hollarda u fan-
texnika taraqqiyoti, madaniy ravnaq va boshqa ijtimoiy-siyosiy omillar ta‟sirida
qisman shaklini, miqyosi va ko„lamini takomillashtirgan, xolos. Mazmunan esa o„z
mohiyatini yo„qotmagan.
Darvoqe, insoniyat tarixi xususiy mulkni zo„ravonlik va tazyiq bilan davlat
tasarrufiga olish hodisasini ham ko„rgan. XX asrning boshlarida yuz bergan va biz 73
yil mobaynida o„zimizni o„zimiz aldab, quyushqonga sig„maydigan dabdabalar bilan
bayram qilib kelgan qonli Oktabr inqilobi ana shunday g„ayriinsoniy hodisani amalga
oshirgan edi. Odamlarning asrlar mobaynida misqollab terib to„plagan moddiy va
ma‟naviy boyliklarini bir to„polon bilan davlat mulkiga, odamlarni esa mehnat
vositasiga, ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylantirib qo„ydi.
Mana endi inson haq-huquqlari to„la tiklangan va har tomonlama kafolatlangan
jamiyat qurayotgan bir paytimizda yaqin o„tmishimiz asoratlaridan qutulish ancha
qiyin kechmoqda. Har bir kishining o„z yaratuvchilik qobiliyatini ko„rsata olish,
tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish asosida mehnatga munosabatni tubdan
o„zgartirish, kishilar ongida o„rnashib qolgan boqimandalik illatlariga barham berish
ancha vaqt talab etmoqda. Bu chinakamiga ongimiz va tushunchalarimiz orqali yuz
berayotgan ma‟naviy-ruhiy yangilanish jarayonidir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko„rsatadiki, mulkka egalik va xususiy
mulkning chegarasi bo„lmasligi kerak. Ya‟ni shaxsiy boylikni ko„paytirish qandaydir
qolip yoki miqdorda bo„lishini davlat belgilab qo„ymasligi, aksincha, u mamlakatda
hammaning har qanday vaziyatda boy bo„lishini ta‟minlash asosida alohida ijtimoiy
muhofazaga muhtoj odamlar turmush darajasini oshirish yo„lidan bormog„i lozim.
Bunga ayrim siyosatshunoslar dunyoning turli mamlakatlarida o„z korxonasi
filiallarini qurib, jahon bozorini egallab olgan yirik korporatsiya va firmalar rahbarlari
faoliyatini va katta miqdordagi jamg„armalarini misol qilib ko„rsatishadi.
Biroq, O„zbekiston hukumati butunlay yangi tipdagi jamiyatni shakllantirishda har
qanday tayyor andozalarga sig„inmaydi. Jahon tajribalari va milliy ehtiyojlarni
uyg„unlashtirgan holda mavjud hodisalarga o„ziga xos yondashadi. Jumladan,
mulkchilikka munosabatda ham uning o„ziga xos usuli bor. Masalan, Prezident
I.Karimov:
Do'stlaringiz bilan baham: