Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Milliy bank tizimi bo„yicha mijozlar umumiy bazasining kengayish



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Milliy bank tizimi bo„yicha mijozlar umumiy bazasining kengayish 
dinamikasi
Milliy bank aholiga xizmatlarni kengaytirish siyosatiga qat‟iy amal qilib, xususiy 
omonatlar va aholining jalb etilgan mablag„lari bo„yicha ham mamlakat moliya 
bozorida peshqadamlar jumlasiga kiradi. Bugungi kunda bank faqat chakana 
xizmatlarning 70 dan ortiq turlarini amalga oshirmoqda. Mijozlar bazasining ancha 
o„sishi – «O„zmilliybank» filial va bo„limlari orqali elektron xizmatlar miqyosining 


332 
kengayishi, bankka nisbatan aholi ishonchining oshishi, omonatlar shartlarini 
maqbullashtirish bo„yicha maqsadli ishlar olib borilishi, yangi depozitlarning ishlab 
chiqilishi va joriy etilishi, xizmatlar sifatining oshirilishi natijasidir. Bankning bu 
yo„nalishdagi faoliyati aholining ham milliy valyutada, ham xorijiy valyutadagi 
depozitlari hajmini so„mga nisbatan ekvivalentda 184,6 milliard so„mga oshirdi, bu 
esa 2006-yil boshidagiga nisbatan 51,6 milliard so„m ko„p, demakdir. Bugungi kunda 
bank mablag„larni jalb etish bo„yicha ham peshqadamlikni egallab kelmoqda. 
2006-yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi banklari bilan birgalikda Milliy bank 
o„zining «Osiyo Ekspress» tezkor pul o„tkazmalari tizimini ham joriy etdi. Mazkur 
tizim Rossiyadan O„zbekistonga va O„zbekistondan Rossiyaga o„tkazmalarni amalga 
oshirish imkonini beradi. Hozirgi kunda respublikamizning barcha hududlarida 
bankning «Osiyo Ekspress» pul o„tkazmalari yangi tizimida ro„yxatga olingan 28 ta 
shoxobchasi ishlab turibdi. Ushbu xizmat ko„rsatish turi boshqa pul o„tkazish 
tizimlaridan o„zining arzonligi, ishonchliligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. 
Ta‟bir joiz bo„lsa, O„zbekiston bilan Rossiya o„rtasida banklararo aloqalarning 
mustahkamlanishi ikki mamlakat banklariga bitimlarni amalga oshirish jarayonini 
jadallashtirish, taklif etilayotgan xizmatlar turini ko„paytirish imkonini beradi. Buning 
natijasida tashqi savdo operatsiyalari ko„paydi. 
Keyingi uch yil mobaynida Rossiya Federatsiyasi rezidentlari bilan, ayniqsa, 
savdoni moliyalash yo„nalishlari bo„yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar hajmi 
ancha ko„paydi. Banklar qishloq xo„jaligi texnikasi, sanoat va tog„-kon uskunalari, 
paxta tolasi va to„qimachilik mahsulotlari, aviatsiya uchun ehtiyoj qismlari va 
xizmatlar, kabel va misdan tayyorlangan buyumlar hamda boshqa mahsulotlarni 
yetkazib berilishini moliyalashda ishtirok etishmoqda. Shuni ham ta‟kidlash zarurki, 
bu yo„nalishda Rossiya Federatsiyasi Jamg„arma bank, «ВнешTоргбанк», 
«Внешекономбанк» va «Промсвязбанк» kabi banklar Milliy bankning Rossiyadagi 
asosiy sheriklari sanaladi. 
Ayni paytda neft-gaz, metallurgiya va to„qimachilik tarmoqlari singari statistik 
yo„nalishlarda hamkorlik qilish bilan birga, hozirgi vaqtda iqtisodiyotning xususiy 
sho„basida ham hamkorlik faol rivojlanmoqda. Ho„l meva va sabzavotni qayta 
ishlovchi, akkumulator batareyalari, xalq iste‟moli mollari va boshqa mahsulotlarni 
ishlab chiqaruvchi qo„shma korxonalarning tashkil etilishi buning yaqqol misolidir. 
2007-yilda, shuningdek, xorijiy banklar va xalqaro moliya muassasalari bilan 
hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan bank siyosati amalga oshirildi. Xususan, 
Xitoy, Janubiy Koreya banklari va Osiyo hamda Tinch Okeani mintaqasidagi boshqa 
mamlakatlar banklari bilan munosabatlarni yanada integratsiyalash ishlari davom 
ettirildi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish