Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda 
iqtisodiy hur bo„lishi uchun o„z puliga, o„zining milliy valyutasiga ega bo„lmog„i 
kerak. Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir»
, – degan edi. 
1994-yil 1-iyuldan boshlab O„zbekiston Respublikasining pul birligi – so„m 
muomalaga kiritildi. Shu kundan boshlab respublika hududidagi yagona qonuniy 
to„lov vositasi sifatida u barcha turdagi to„lovlar uchun, shuningdek, bankdagi hisob 
varaqalariga kiritish uchun qabul qilinishi shart bo„lib qoldi. Keyingi vaqtlarda milliy 
valyuta qadrini oshirish uchun katta ishlar qilindi. 
Natijada 1995-1996-yillarda pul qadrsizlanishi sur‟atlari ancha qisqardi. 
Umuman, mamlakatda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishning, 
korxonalar 
va 
tarmoqlarning 
moliyaviy 
ahvoli 
mustahkamlanishining, aholini va mamlakat iste‟mol bozorini muhofaza qilishning 
muhim omili bo„ldi. 
Jami pul massasining o„sish sur‟ati inflatsiyaga qarshi siyosatning izchil amalga 
oshirilishi natijasida yildan-yilga pasayib bordi. Jami pul massasining o„sishi 1996-
yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko„ra 1995-yilning aynan shu davridagidan 
7,6 foiz hisobida va 1994-yil darajasidan 2 barobar kam bo„ldi.
Naqd pul massasining o„rtacha oylik o„sish sur‟ati 1996-yilning birinchi yarim 
yilligida 1995-yil darajasidan 1,3 marta oz bo„ldi. Muomalaga naqd pul chiqarish – 
emissiya ulushi 1995-yildagi 20,7 foiz o„rniga 15 foizni tashkil etdi. 


319 
O„tish davri iqtisodiyotining obyektiv shart-sharoitlari va xususiyatlarini hisobga 
olgan holda kreditlar birinchi navbatda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini qo„llab-
quvvatlash va rivojlantirishga yo„naltirildi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 
«O„zDEUavto» avtomobil zavodi singari xalq xo„jaligining ulkan qurilishlari va 
boshqalar moliyaviy mablag„ bilan ta‟minlash uchun muhim manba bo„ldi.
Respublika iqtisodiyotida pul qadrsizlanishi jarayonlarini bartaraf etish, jami pul 
massasi tizilmasida korxonalar va tashkilotlar depozitlari, aholi omonatlarining o„sishi 
uchun shart-sharoit tug„dirdi. Depozitlar va omonatlarning eng sezilarli o„sishi 1994 
va 1995-yillarga to„g„ri keldi. Bunda davlatning barqarorlashtirish siyosati pul 
qadrsizlanishining yuqori sur‟atlarini pasaytirishga yordam berdi. 
Tijorat banklarining omonatlar va depozitlarni jalb etishdagi ulushi ortib bordi. Bu 
esa bank tizimida raqobat muhitining shakllanayotganini o„zida aks ettiradi. Tijorat 
banklarining jalb etilgan depozitlar va omonatlar umumiy hajmidagi salmog„i 1993-
yil oxiridagi 1,5 foizdan 1996-yilning yarmida 24,6 foizgacha o„sdi. 
2007-yilga kelib bank tizimida muayyan ijobiy o„zgarishlar ro„y berdi – jami bank 
kapitali 1 trillion so„mdan oshdi va u 2000-yilga nisbatan 7,4 marta o„sdi, bank 
muassasalari tarmog„i ikki barobardan ziyod ko„paydi. 
Mikrokreditbank tashkil etildi va u o„tgan qisqa davr ichida kichik biznes 
subyektlariga 25 milliard so„mdan ortiq mikrokreditlar ajratdi. Minibanklar tarmog„i 
jadal rivojlanmoqda, ularning soni bugungi kunda 1800 tadan ortadi.
Faktoring va lizing xizmatlari kabi bank xizmatlarining yangi turlari 
o„zlashtirilmoqda. Akkreditivlar bo„yicha xizmatlar, plastik kartochkalar yordamida 
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, iste‟mol kreditlari ajratish, 
omonatlarning e‟tiborni tortadigan yangi turlarini joriy etish va boshqa xizmatlar 
yaxshi yo„lga qo„yilmoqda. 
1992–1996-yillar mobaynida valyutani boshqarish sohasidagi faoliyat milliy 
valyutani muomalaga kiritish va mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlarni izchil 
yaratib berishga qaratildi, valyuta boshqaruvi masalalari bo„yicha normativ baza 
vujudga keltirildi. 
1994-yilning 15-aprelidan boshlab O„zbekiston valyuta birjasida doimiy savdolar 
o„tkazilib kelinmoqda. 1994-yili realizatsiya qilingan chet el valyutasining umumiy 
summasi 16 million 558 ming AQSH dollarini tashkil etdi. 1995-yil davomida 
hammasi bo„lib 90 marta savdo o„tkazildi. Bunda valyuta birjasining umumiy oboroti 
1 milliard 545 million AQSH dollarini tashkil etdi yoki 1994-yilga qaraganda 14 
barobar ko„p bo„ldi. 
Mamlakatimiz 
iqtisodiyotini 
barqarorlashtirishda 
soliq 
siyosatini 
takomillashtirishga qaratilgan choralar ham muhim rol o„ynadi. Chunki soliqlar 
xazinani to„ldiruvchi asosiy manbadir. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida 
mamlakatda mavjud soliq tizimini takomillashtirishga katta e‟tibor berildi.
Prezident I.Karimov iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalariga to„xtalib 
shunday deb yozadi: «Islohotning ikkinchi bosqichida iqtisodiy barqarorlikni va 
tarkibiy o„zgarishlarni ta‟minlash birinchi navbatdagi vazifaga aylangan chog„da soliq 


320 
tizimi birinchi galda rag„batlantiruvchilik vazifasini bajarishi kerak. Bu esa amaldagi 
soliq tizimini anchagina isloh qilishni talab qiladi». 
Soliq tizimi bugungi ko„rinishiga ega bo„lgunigacha ma‟lum bosqichni bosib o„tdi. 
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-avgustidagi «O„zbekiston Respublikasida 
Davlat Soliq organlari haqida»gi Qarori mamlakat hayotida muhim voqea bo„ldi. 
Amalda shu qaror asosida O„zbekistonda eng zamonaviy shaklda, butunlay yangi 
tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. 12-avgust «Soliqchilar kuni» deb e‟lon qilindi va u 
kasb bayrami sifatida nishonlanadigan bo„lindi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-yanvardagi «O„zbekiston 
Respublikasining Davlat Soliq Bosh Boshqarmasini O„zbekiston Respublikasining 
Soliq Qo„mitasiga aylantirish to„g„risida»gi Farmoni soliqchilar hayotida yangi 
bosqichni boshlab berdi. 
Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarning kengayib ketganligi mazkur Bosh 
Boshqarma xizmat doirasini kengaytirib yubordi. Natijada u 1997-yildan boshlab 
Davlat qo„mitasiga aylantirildi. 
Shunga o„xshash tarkibiy o„zgarishlar soliqchilar faoliyatini kengaytirdi. Bozor 
iqtisodiyotiga o„tish sharoitlarida barcha sohalar qatori soliq tizimiga bo„lgan 
munosabatlar ham tubdan o„zgardi. U ikkinchi darajali tizimdan bozor iqtisodiyotini 
amalda tartibga soluvchi muhim vosita va davlat daromadlarini vujudga keltiruvchi 
bosh manba darajasiga ko„tarildi. 
Mamlakatda soliq tizimini yaxshilash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar soliq 
to„lovchilar ongida tub o„zgarishlar yuz berishiga sabab bo„ldi. 
Mulk shaklidan qat‟i nazar soliq to„lovchilar soni yildan-yilga ko„paydi. Agar 
1994-yilda 91 mingdan ortiq yuridik shaxs ro„yxatga olingan bo„lsa, hozir ularning 
soni 148 mingtaga yetdi. Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug„ullanuvchi 
fuqarolar, jismoniy shaxslar ham soliq to„lovchilar safini to„ldirib bormoqda. 
1996-yilda ular soni 1994-yildagiga nisbatan sezilarli darajada ko„payib, 2 mln. 31 
ming kishiga yetdi. Ulardan budjetga tushayotgan soliq to„lovlari 5,7 marta ko„paydi. 
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish masalalari bo„yicha keyingi yillarda bir qator 
o„zgarishlar bo„lganligini hisobga olgan holda yangi yo„riqnomalar va me‟yoriy 
hujjatlar tayyorlandi. 
2007-yilga kelib qat‟iy moliya-kredit va pul siyosatini yuritish va shu asosda yil 
davomida inflatsiya darajasini 5–7 foizgacha qisqartirish ko„zda tutildi. 
Soliq 
siyosatini 
yanada 
erkinlashtirish 
va 
soliq 
organlari 
faoliyatini 
takomillashtirish borasida ishlar davom ettirildi. Daromad solig„i stavkalarini 12 
foizdan 10 foizga, kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to„lovi stavkasini 13 
foizdan 10 foizga, shuningdek, yagona ijtimoiy to„lov stavkasini 24 foizgacha 
kamaytirish ko„zda tutilmoqda. 
Tibbiyot, ta‟lim va sport obyektlarini saqlash xarajatlari korxonalarning soliqqa 
tortiladigan bazasidan chiqariladi, savdoda ilgari to„lab kelingan uchta to„lov o„rniga 
esa yagona soliq to„lov joriy etiladi. 


321 
Shuningdek, jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkalari sezilarli 
darajada pasaytiriladi, qator boshqa soliq to„lovlari va imtiyozlari unifikatsiya 
qilinadi. 
Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik daromadlarini 
Deklaratsiya qilish tartibi joriy qilindi. Bu masalada dastlab Chilonzor va 
Shayxontohur tumani soliq inspeksiyalarida tajriba o„tkazib, keyinchalik respublika 
miqyosida yoyildi. 
Mamlakatda soliq tizimini jahon andozalari darajasiga ko„tarishda Prezidentimiz 
va hukumatimiz ko„rsatayotgan doimiy g„amxo„rlik tufayli respublika soliqchilarining 
ish tajribasi endilikda MDHga a‟zo mamlakatlarda qiziqish uyg„ota boshladi. 1995-
1996-yillarda Rossiya Federatsiyasi Soliq politsiyasi departamenti, Yaponiya Moliya 
vazirligi delegatsiyasi, BMTning O„zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, Jahon 
banki va boshqalar O„zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo„mitasi ish faoliyati 
bilan tanishdilar va unga yuqori baho berdilar.
Islohotlar amalga oshirila borgach bilvosita soliqlar hissasi ham o„zgara bordi. 
Bunday soliqlar ulushi 1996-yil birinchi yarmida 46,8 foizni tashkil etdi. 
O„zbekistonda hozirgi kunda soliq tizimida 1991-yilda qabul qilingan 
«Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to„g„risida»gi Qonun, 
shuningdek, 1995-yil 22-dekabrda ushbu Qonunga kiritilgan o„zgarishlar asosida ish 
yuritilmoqda. Ushbu Qonun hujjatlarida umumiqtisodiy hisoblangan soliqqa 
tortishning quyidagi to„rt tamoyiliga asoslanadi:
– daromad manbalaridan qat‟i nazar hamma daromadlarni soliqqa tortishning 
majburiyligi; 
– mahalliy hokimiyatlar mahoratini hisobga olgan holda butun mamlakatda yagona 
umumdavlat soliq siyosatini olib borish; 
– korxonalar va tashkilotlar muhim ijtimoiy, iqtisodiy ekologik masalalarni hal 
etayotganligini hisobga olib, ularni manfaatdor qilish maqsadida imtiyozlar berish 
orqali soliqlarning 
manfaat keltiruvchilik 
rolini ta‟minlash. Bu jamiyat 
taraqqiyotining hozirgi bosqichida g„oyat dolzarbdir. Lekin asta-sekin bozor qaror 
topishi bilan og„irlikning bir qismi davlat zimmasidan soqit bo„lib, korxona va 
tashkilotlar zimmasiga yuklanadi. Chunki ishchilar salomatligi, atrof-muhit 
musaffoligi birinchi galda korxonalarga zarurdir; 
– soliq to„lovchilar majburiyatlarining bajarilishi ustidan moliyaviy nazorat 
o„rnatish. Bu tamoyil soliq idoralarining bosh vazifasi bo„lib qolmoqda. Biroq, 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish shuni ko„rsatadiki, soliq tizimida hali 
mukammal kadrlar tayyorlanmagan. 
Bu o„z navbatida soliqqa tortish tamoyillarini O„zbekiston sharoitiga moslab 
mukammal ishlab chiqish, Soliq Kodeksida atroflicha aks ettirish iqtisodiyotimizni bir 
me‟yorda va barqaror rivojlantirishning mustahkam huquqiy-iqtisodiy negizini 
vujudga keltirishni anglatadi. 


322 
Shuning uchun ham 1996-yil 26-dekabrda mamlakat Oliy Majlisining VII sessiyasi 
«O„zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi» loyihasini birinchi o„qishda qabul 
qilib, umumxalq muhokamasiga havola qildi. 
Umumxalq muhokamasidan so„ng bunday muhim hujjat 1997-yil 25-aprelda VIII 
sessiyada qabul qilindi. Bu, O„zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni yanada 
mustahkamlashning zamonaviy huquqiy asosini yaratish imkonini beradi. 
1991–1998-yillarda aholi yiliga 1,6–2,3 foiz darajasida o„sib borganini kuzatish 
mumkin. O„zbekiston aholisi o„sib borayotgani sababli ishlab chiqarishning yanada 
jadal o„sishiga erishish lozim edi. Ushbu maqsadga erishildi: agar yalpi ichki 
mahsulotning o„sishi asosan 1996-yildan boshlangan bo„lsa, 1997-yildan boshlab 
YIM o„sishi aholi o„sish sur‟atidan oshib kelmoqda, bu esa aholi jon boshiga ichki 
yalpi mahsulot darajasining oshishiga sabab bo„ladi. 
Har qanday davlatning iqtisodiy qudrati bevosita yalpi ichki mahsulot ishlab 
chiqarish salohiyati bilan belgilanadi. Bu iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili 
sifatida jamiyatni tubdan modernizatsiyalash, ijtimoiy hayotni butun qirralari bilan 
yangilash samaradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega. 2001–2007-yillar 
O„zbekistonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmining va sur‟atining o„sib 
borishi mamlakatimizning jahon bozorida mustahkam o„rin egallab borayotganidan 
dalolat beradi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish