Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan
, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma‟lum mafkura manfaati 
uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiylashtirish eng avvalo, mamlakat 
miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig„iga mos bo„lmog„i kerak edi. 
«O„zbekistonda davlat bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning 
xususiylashtirishni o„zi boshqarib borishi ko„zda tutildi. Shuning uchun 
O„zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g„oyasidan voz kechildi. Bu 
boradagi muhim xulosa shundan iborat bo„ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi 
mulkdorga sotish yo„li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila 
boshlandi. 
Ikkinchi
tamoyil shundan iborat bo„ldiki, xususiylashtirishga dasturiy 
yondashuvni ta‟minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi. 
Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to„g„risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko„ra mulkchilik shakllarini o„zgartirish 
sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab 
chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat‟iy 
belgilab qo„yildi. 
Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo„nalishlarni belgilash 
imkonini beradi. 
Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, 
savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko„rsatish korxonalarini hamda qishloq xo„jalik 
mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini 
qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-
1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo„ldi. 
Bu jarayon vaqt o„tgani sayin ko„paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995-yilda 8584 ta, 
1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo„ldi. 
Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira 
xususiylashtirildi yoki O„zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o„rtacha 4,7 kishi 
bo„lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga 
mulkdorga aylandi. 


343 
1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-
tadbirlari to„g„risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning 
ustuvor yo„nalishlari to„g„risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini 
yana ham yangi pog„onaga ko„tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi. 
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalarni ochiq turdagi 
hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayonga aholini va chet ellik 
investorlarni kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo„yildi. 
Qimmatli qog„ozlar va ko„chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. 
Davlat mulkini sotish bo„yicha kimoshdi savdolari va tanlovlari o„tkaziladigan bo„ldi. 
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila 
boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga 
doir 20 dan ortiq davlat Dasturi qabul qilindi.
Aniqrog„i, bu Dasturlarga muvofiq xalq xo„jaligidagi barcha soha tarmoqlarini 
ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib 
tashlandi. Masalan, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 29-
martda tasdiqlagan Davlat Dasturiga muvofiq o„sha yilning o„zida 5 ming 127 obyekt 
xususiylashtirildi. Bundan tashqari qo„shimcha tarzda dasturga kirmagan 4 ming 617 
obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy tadbirkorlar 57 ta konserva sexini, 120 ta 
g„isht zavodini, 92 ta to„quvchilik sexini sotib olishdi. Qishloq xo„jaligida esa butun 
bog„larning yarmidan ortig„i, uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydalanish uchun 
berildi. Dehqon xo„jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon 
xo„jaligi paydo bo„ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi. 
1995-yili xalq xo„jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo„ldi. Endi yirik 
korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshlandi. O„sha yili mashinasozlik 
kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg„i-energetika, 55 ta qurilish 
industriyasiga qarashli, 114 ta taransport, 68 ta uy-joy-kommunal xo„jaligi, 229 ta 
qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog„liq obyektlar xususiylashtirildi. 
Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi hissadorlik 
jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi. Xususiylashtirish 
borasida O„zbekistonda amalga oshirilgan ishlarning yana bir o„ziga xos tomoni 
shundaki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog„ida aholi uchun kuchli ijtimoiy 
kafolat choralari ko„rildi. 
Bular nimalardan iborat? Aholining ijtimoiy himoyasi avvalo shunda ko„rinadiki, 
xususiylashtirish chog„ida bir butun imtiyozli tizim yaratildi. Masalan, 
xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga imtiyozli aksiyalar berildi. Shuningdek, 
davlat xo„jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog„lar va uzumzorlar imtiyozli 
shartlarda xususiylashtirila boshlandi. 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-iyul kuni bo„lib 
o„tgan yig„ilishida xususiylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirishga e‟tibor 
berilar ekan «Xususiylashtirish jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. U sifat jihatidan 
yangicha ahamiyat kasb etganini ham qayd etish lozim», – deb ta‟kidlandi. 


344 
Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy e‟tibor masalaning miqdor 
ko„rsatkichlariga, ya‟ni qancha korxona mulk shaklini o„zgartirganiga qaratilgan 
bo„lsa, bugungi kunda xususiylashtirishning sifat ko„rsatkichlari asosiy mezon bo„lib 
qoldi.
Mustaqillikning o„tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 
300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o„zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 
ming 100 taga ko„paydi. 1997-yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi. 
1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993-yilda 
jami korxonalarning 39,4 foizdan ortig„i davlatga tegishli bo„lmagan korxona bo„lsa, 
1994-yilda bu ko„rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi. 
Agar 1993-yilda xalq xo„jaligida band bo„lgan aholining 48 foizi nodavlat 
sektorida ishlagan bo„lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat 
ko„rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mahsuloti hajmining yarmidan ko„pi, qishloq 
xo„jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 
61 foizi nodavlat sektori hissasiga to„g„ri keladi. 
2007-yilga kelib respublikada nodavlat mulkning har xil shakllarini rivojlantirish 
uchun barcha zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Bu xususda anchagina ishlar 
ham qilindi. Ayni paytda etishtirilayotgan qishloq xo„jaligi mahsulotining 98 foizdan 
ortig„i, chakana tovar aylanishining 96 foizi, sanoat mahsulotining 60 foizdan ortig„i 
nodavlat sektoriga to„g„ri keladi. Mehnatga layoqatli barcha aholining 71 foizdan 
ortig„i nodavlat sektorida band. Aholining aksariyat qismi turarjoy sohibi hisoblanadi, 
ularning ko„plari korxonalar aksiyalarini sotib olib, ular mulkiga egalik qilmoqda. 
Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro„yxatdan o„tgan kichik va xususiy 
korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika 
hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan 
ortiq 
respublika 
fuqarosi 
yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlik 
faoliyati 
bilan 
shug„ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni – 1,4 barobar, fermer xo„jaliklari 
soni – uchdan bir hisobida ko„paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi tufayli 
2007-ylning 1 yanvar holatiga ko„ra, respublikamizda faoliyat ko„rsatayotgan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 mingtaga yetdi. Bugungi 
kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 
2006-yilning o„zida ushbu sohada qo„shimcha ravishda 290 mingta yangi ish o„rni 
yaratildiki, bu ko„rsatkich mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan 
ortig„ini tashkil etadi. 
Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning faol 
harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo„q. Shuning uchun yaqin yillar ichida 
mulkchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga 
oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlarni yaratish bo„yicha keng 
ko„lamli dasturni amalga oshirish kerak bo„ladi. 
Bir so„z bilan aytganda – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda 
aholi bandligini ta‟minlaydigan va uning asosiy daromad manbayi bo„lgan muhim 
bo„g„inga aylanmoqda. 


345 
Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz 
ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo„lidan 
olg„a yetaklaydigan faol harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo„lmoqda. 
So„nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoit yaratish yo„lida ko„p ish qilindi. 
Jumladan, Davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin cheklandi, kichik biznes 
subyektlarini ro„yxatga olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi va ularning 
oshkoraligi ta‟minlandi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi, 
mahsulotlarni standartlash va sertifikatsiyalash tizimi takomillashtirildi, birja 
savdolarini rivojlantirish orqali tadbirkorlarning moddiy-texnik resurslaridan erkin 
foydalanishi bilan bog„liq ko„p masalalar hal qilindi, mikrokreditlash va mik-
rolizmning yo„li bilan tadbirkorlarga kredit berishning yangi shakllari joriy etildi. 
Shuni ta‟kidlash lozimki, bularning barchasi o„zining ijobiy natijasini berdi. Faqat 
2006-yilning o„zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo„shimcha 
ravishda 290 ming yangi ish o„rni yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi 
ish joylarining 50 foizdan ortig„ini tashkil etadi. 
Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalashish negizida 
kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o„rni tashkil 
etildi. 
Katta sarmoya, mablag„ talab qilinmaydigan kasanachilikni yo„lga qo„yish 
maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va 
uskunalarni qo„lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming 
odam, 60 ming oila qo„shimcha daromadga ega bo„ldi. 


346 
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
huquqiy davlat, demokratik, adolatli jamiyat qurishga kirishdi. 
Prezident I.Karimov o„zining «O„zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
yo„lida» nomli kitobida yozganidek, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish