Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
 
 
 
 


333 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uni O„zbekistonda bartaraf etish 
tamoyillari
Ma‟lumki, bugun butun dunyo va insoniyat katta
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yashamoqda.
Eng rivojlangan, qudratli davlatlar ham ana shu
inqirozning girdobiga tushib qolmoqda. Mavjud, jiddiy
muammo insoniyat taraqqiyoti va uning istiqbolini,
zamonaviy sivilizatsiya, fan-texnika taraqqiyoti,
qolaversa, insonning yashash tarzi bilan bog„liq bo„lgan
yaxlit umumplanetar ijtimoiy-ma‟naviy vaziyatni yuzaga
keltirmoqda. O„zbekiston ham jahon hamjamiyatining
teng huquqli, ayni paytda faol, o„z so„zi va hukmiga
ega bo„lgan davlat sifatida ana shu umumdunyoviy
muammodan chetda tura olmaydi. Bu tabiiy hol. Biroq
hamma gap muammoga kim qanday yondashayotganiga, uning yechimini qanday 
shaklda izlayotganiga, o„zining ichki imkoniyatlari, tabiiy va ma‟naviy resurslardan 
qay darajada foydalanayotganiga bog„liq. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, O„zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning “O„zbek modeli” maqomiga ega bo„lgan mashhur besh tamoyil 
istiqlolning o„tgan davrida o„zining iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va amaliy jihatdan asosli 
ekaniligini ko„rsatdi. Jahon hamjamiyati bugun O„zbekiston taraqqiyotining o„z 
uslubiga va uzoqni ko„zlagan tamoyillariga ega ekanligini tan olmoqda. Biroq, jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o„z imkoniyatlarimizni, mavjud omillarimizni va 
resurslarimizni yana bir bor jiddiy ravishda ko„rib chiqib, aniq istiqbolni belgilashni 
taqozo etmoqda. Prezident I. A. Karimovning 
«Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, 
O„zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo„llari va choralari» 
deb 
nomlangan konseptual ahamiyatga ega bo„lgan kitobi ayni ana shu muammoning 
yechimiga bag„ishlangan. Kitobda ko„tarilgan masala va umumdunyoviy 
muammoning ilmiy, nazariy hamda amaliy tahlili natijasida O„zbekistonda 2009–
2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, mamlakatimiz 
barqaror rivojlanishini ta‟minlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlarni 
ko„zlagan rejalarni amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda 
quyidagi yo„nalishlarda aniq, qat‟iy va yuksak mas‟uliyat bilan faoliyat yuritish 
belgilangan:
– mamlakatimizda qabul qilingan 2009–2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi 
oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo„yicha inqirozga qarshi dasturni amalga 
oshirish, shu asosda iqtisodiy o„sishning uzoq muddatli barqaror sur‟atlarini va 
iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta‟minlash; 
– tarkibiy o„zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, 
buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi 
bozorlarda talab yuqori bo„lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga 


334 
yo„naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini moderinizatsiya qilish, texnik 
va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo„li bilan amalga oshirish; 
– qishloq turmush darajasi sifatini va qiyofasini tubdan yangilashga, qishloq 
joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, 
mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o„rni va ahamiyatini tubdan 
qayta ko„rib chiqishga, fermer xo„jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo„llab-
quvvatlashga yo„naltirilgan uzoq muddatli, o„zaro chuqur bog„langan chora-tadbirlar 
keng kompleksini amalga oshirish; 
– aholi bandligini ta‟minlash, uning turmush darajasini oshirishning eng muhim 
omili sifatida xizmatlar ko„rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish; 
– mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim 
omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish; 
– banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo„jalik yurituvchi 
subyektlarning bo„sh mablag„larini tijorat banklarida depozitlarga jalb qilishni 
rag„batlantirish.

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish