298
orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo„yicha izchil siyosat yuritishi lozim
edi.
Shuni ro„yirost aytish kerak, mustaqillik qo„lga kiritilgan 1991-yil oxirlari va
1992- yilda O„zbekiston zimmasiga og„ir va jiddiy sinovlar tushdi.
Shu davr mobaynida «davlat va xalq o„z taqdirini, o„z
mustaqilligini, o„z
ozodligini himoya qila olishga qodirmi?» degan savolga javob berishga to„g„ri keldi.
Buning boisi shunda ediki, SSSR parchalanib ketishi, an‟anaviy xo„jalik aloqalarining
buzilishi bilan bog„liq bo„lgan moliyaviy va xomashyo zaxiralarining nihoyatda
taqchilligi yuz berdi. Masalan, boshqa mintaqalar va mamlakatlardan mahsulot
yetkazib berilishiga bog„lanib qolgan yirik korxonalar to„xtab qolish arafasida edi.
Buning ustiga aholining moddiy ahvoli yana ham pastlashib ketdi. Oziq-ovqat
mahsulotlari, dori-darmonlarning eng muhim turlari chetdan olib kelinishi sababli
birmuncha qiyinchiliklarga duch kelindi.
O„zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda Rossiya,
Ukraina va
Belorussiyaga nisbatan ancha noqulay sharoitda edi. Ana shunday holatdan
O„zbekiston o„zining butun kuch-g„ayrati va ichki imkoniyatlarini safarbar qilib,
ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishga jiddiy e‟tibor berdi.
Chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ustuvor hisoblangan yetakchi asosiy
tarmoqlar belgilab olinmasa, bozor munosabatlari sharoitida ularning shakllanishiga
yordam ko„rsatilmasa iqtisodiy strategiya boy berilishi mumkin edi.
Bu butun
mamlakat iqtisodiyotini butunlay yangidan boshlash, islohotlar paytida uzluksiz
ishlab chiqarish jarayonini ta‟minlab turishning bosh yo„li, asosiy tamoyili bo„ldi.
Shu bois O„zbekiston iqtisodiyotida, avvalo, tarkibiy o„zgarishlar yuz berdi.
Respublika iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, importni qisqartirish va eksportga
yo„naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek,
istiqbolni belgilaydigan
ustuvor tarmoqlarni jadal rivojlantirish, tarmoqlar ichidagi nomutanosiblikka barham
berishga e‟tibor qaratildi. Natijada, xalq iste‟moli mollarini chetdan keltirishdan voz
kechib, O„zbekistonning o„zida ishlab chiqarishga katta e‟tibor berildi.
Mustamlaka yillarida iqtisodiyotimiz umumittifoq mehnat taqsimoti niqobi ostida
bir tomonlama, mahalliy talab va ehtiyojlarga mos tushmaydigan tarzda tarkib topdi.
Sobiq tizimda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish xalq iste‟mol mollari
tayyorlash sur‟atlaridan yuqori bo„lishi kerak, degan soxta nazariyaga mahkam
yopishib olinganligi sababli iste‟mol mollari tayyorlash izdan chiqqan edi. Natijada
o„zimizda yetarli tabiiy boyliklar va ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo„la turib,
aholi uchun zarur xalq iste‟mol mollarining 60 foizdan ortig„i chetdan keltirilar edi.
Oddiy tuz va gugurtni ham boshqa davlatlardan olib kelinar edi. Murakkab texnologik
jarayonlarga ega mahsulotlar ishlab chiqarish to„g„risida o„ylanmas edi.
1992–94-yillarda islohotlarning natijalari aholining iste‟mol mollariga bo„lgan
talabini o„zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishida,
ayrim
turlarini esa chetga sota boshlanganida namoyon bo„la boshladi.
Eng muhimi, xalq iste‟mol mollari ishlab chiqarish kamayib ketishiga yo„l
qo„yilmadi. Agar, 1997-yili 1996-yilga nisbatan yalpi sanoat mahsuloti ishlab
299
chiqarish 6,5 foizga ortgan bo„lsa, iste‟mol mollari ishlab chiqarish 11,2 foizga
ko„tarildi. Vaholanki, iqtisodiy sharoitlari nisbatan ancha qulay bo„lgan
hamdo„stlikdagi ba‟zi mamlakatlarda ishlab chiqarish 40–50 foizga tushib ketib,
iste‟mol bozori izdan chiqdi. Oqibatda xorijdan keltirilayotgan oziq-ovqat va sanoat
mollariga qaram bo„lib qoldilar.
90-yillarning oxiriga kelib O„zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi quvvati og„ir
sanoatdan tortib, yengil sanoatgacha bo„lgan industriyaning barcha tarmoqlari va
qishloq xo„jalik mahsulotlarini sanoat yo„li bilan qayta
ishlovchi yirik korxonalar
vujudga keldi. 2,2 ming yirik va o„rta sanoat korxonalari keng miqyosga ega turli
yo„nalishdagi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi.
Shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyo mashinasozlik mahsulotlarining uchdan ikki
qismi O„zbekiston korxonalarida ishlab chiqara boshlandi.
Dunyoning faqat ikki mamlakatidagina (AQSH va O„zbekiston) paxtachilik
mashinalari va uskunalari to„liq ishlab chiqarilishi yo„lga qo„yildi.
O„zbekiston – ipakchilik va pillakashlik texnikasi ishlab chiqaruvchi Markaziy
Osiyodagi yagona davlatdir. Aviatsiya texnikasi ishlab chiqarish bo„yicha MDHdagi
eng yirik korxonalarning biri O„zbekistonda joylashgan. O„zbekiston metallurgiyasi
deganda Markaziy Osiyoda qora va rangli metallar ishlab chiqarish bo„yicha eng yirik
zavodlar hisoblanmish Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O„zbekiston
qiyin eruvchi va o„tga chidamli metallar kombinati va boshqalar ko„z
oldimizga
keladi.
Neft-kimyo sanoati 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi.
Ulardan 15 tasi ilgari boshqa davlatlardan olib kelinar edi.
O„zbekiston yengil sanoati ham ko„p tarmoqli bo„lib, u industrlashgan kompleks
hisoblanadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilishdagi natijalarni Rossiyada chiqadigan
gazetalar ham ijobiy baholay boshladi.
Jumladan, «Независимая газеTа» 1996-yil 22-noyabr sonida MDH tarkibidagi
mustaqil davlatlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni tadqiq qilib, quyidagi
xulosaga keladi.
«Rossiya 1996-yilda sanoat ishlab chiqarishi darajasi bo„yicha 1990-yilga nisbatan
47 foiz,
O„zbekiston
106 foiz,
Turkmaniston
81 foiz,
Belorussiya
63 foiz,
Ukraina
55 foiz,
Qozog„iston
48 foiz,
Armaniston
48 foiz,
Moldova
43 foiz,
Ozarbayjon
41 foiz,
Qirg„iziston
39 foiz,
Gruziya
18 foiz ko„rsatkich bilan chiqmoqda».
300
Ushbu gazetaning sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi
respublikalar ichida sanoat
ishlab chiqarishi jihatidan O„zbekistonni birinchi o„ringa qo„yganligi mamlakatda
iqtisodiy islohotlar sobitqadamlilik bilan amalga oshirilayotganligini ko„rsatadi, bu
ayni paytda, uning xorijiy mamlakat larda tan olinishining belgisi edi.
O„zbekistonda keyingi yillarda qurilish kompleksi ham muttasil rivojlana boshladi.
Jumladan, 1997-yildagi ma‟lumotga ko„ra mamlakatda yiliga 100–110 milliard
so„mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: