Mulohaza uchun dalil
O„zbekistonda xorijiy investitsiyalar
1994-yilda bevosita xorijiy investitsiyalar mamlakat investitsiyalari umumiy
hajmining bir foizdan kamrog„ini tashkil etardi. 1995-yilda ularning salmog„i 17
304
foizga ko„paydi. Eng yirik xorijiy investorlar orasida Angliyaning «BAT indastriz end
Lonro», Amerikaning «Nyumont Mayning», Janubiy Koreyaning «DEU» va boshqa
kompaniyalar bor. Neftni va gazni tozalash, qayta ishlash va avtomobilsozlik
investitsiyalar uchun ustun tarmoq hisoblanadi. Investitsiyalarning katta qismi yengil
sanoatga ya‟ni to„qimachilik, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarishga yo„llandi.
* * *
2006-yil davomida Qo„ng„irot soda zavodi, To„palang GESi ishga tushirildi,
«O„zmetkombinat» aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasidan mis va uning
quyilmalaridan tasma lentalarini ishlab chiqarish yo„lga qo„yildi, «Ko„kdumaloq»
qo„shma korxonasida gazni qayta ishlash quvvatining birinchi navbati foydalanishga
topshirildi, Farg„ona neftni qayta ishlash zavodida gazni qismlarga ajratadigan
qurilma, Gazli-Sarimoy gaz quvuri qurilishi, to„qimachilik sanoatida esa 11 ta
investitsiya loyihasi yakuniga yetkazildi, sanoatning qator yetakchi tarmoqlarida yirik
investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kirishildi.
Toshguzar – Boysun – Qumqo„rg„on temir yo„li qurilishi, Toshkent issiqlik elektr
stansiyasini modernizatsiya etish, Navoiy shahri aeroportini rekonstruksiya qilish,
Rezaksoy va Hangaronsoy suv ombori hamda boshqa obyektlar birpo etish bilan
bog„liq yirik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda. Aris-O„zbekiston temir yo„l
tarmog„i elektrlashtirildi. Yo„lovchi tashish poyezdlarining yangi tezyurar
yo„nalishlari ishga tushirildi.
Yo„l qurilishi dasturining amalga oshirilishi tufayli 2006-yilda xalqaro transport
tarmog„i tarkibiga kiradigan 130 kilometr avtomobil yo„li rekonstruksiya qilindi,
umumiy foydalanishda bo„lgan 2400 kilometr yo„l ta‟mirlandi, 34 ta ko„prik qurildi.
Umumiy qiymati 186 million dollar bo„lgan, to„g„ridan-to„g„ri jalb etilgan xorijiy
sarmoyalar ishtirokida 53 ta loyiha bo„yicha mablag„larni o„zlashtirish yakunlanib,
mahsulot ishlab chiqarish boshlandi. Jumladan, «O„zbekyengilsanoat» davlat
aksiyadorlik kompaniyasida – 11 ta loyiha, Aloqa va axborotlashtirish agentligida – 4
ta, «O„zbekcharm-poyabzali» aksiyadorlik kompaniyasida – 2 ta va
respublikamizning turli hududlarida 31 ta loyiha amalga oshirildi.
Hozirgi
paytda
respublikada
xorijiy
sarmoyadorlar
taxminan
2 mlrd. AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritgan 2000 ga yaqin xorijiy sarmoyali
korxonalar faoliyat ko„rsatmoqda. O„zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritgan eng
yirik investorlar – Koreya, AQSH va Yevropa mamlakatlaridir. Bunda xorijiy
sarmoyalarning umumiy hajmi ham (1998-yilda 78 mlrd. so„mdan ortiq), ularning
umumiy kapital sarmoyalardagi ulushi ham – 1994-yildagi 7 foizdan 1998 yildagi 20
foizgacha – oshib bormoqda.
Yaratilgan qulay imtiyoz va preferensiyalar tizimi tufayli 2006-yil holatiga
iqtisodiyotimizga jami 20 milliard AQSH dollaridan ziyod miqdordagi xorijiy
investitsiya jalb etildi. To„g„ridan-to„g„ri jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi esa
305
faqatgina 2000–2006-yillar mobaynida 9,3 marta oshdi va 2,5 milliard AQSH
dollarini tashkil etdi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish– bu nafaqat xorijiy
sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ayni paytda –
bu avvalo yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nouxaularni
joriy etish, shu asosda ishlab chiqaradigan mahsulotlarimizning yuksak sifatini
ta‟minlashga qaratilgan.
Keyingi yillarda iqtisodiyotga sarf qilinayotgan sarmoyalar yalpi ichki
mahsulotning choragidan ko„prog„ini tashkil qildi. Boshqa mamlakatlar bilan
qiyoslaganda O„zbekistonda YIMdagi sarmoyalar ulushi 1990-yildagi 23 foizdan
1998-yildagi 30 foizgacha o„sdi, ayni paytda 1990-yilda sarmoyalar 14–21 foizni
tashkil etgan boshqa mamlakatlarda 1998-yilda 9–15 foizgacha kamaydi.
Bu esa iqtisodiyotning qator asosiy tarmoqlari – yonilg„i, qazib oluvchi, yengil,
oziq-ovqat, go„sht-sut sanoatini texnik qayta jihozlash va yangilashni, yangi yirik
ishlab chiqarish korxonalar – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, O„zDEU,
SamKochavto, Hazorasp shakar zavodi va boshqalarni qurishnigina emas, balki
respublika uchun mutlaqo yangi bo„lgan zamonaviy tarmoqlar: avtomobilsozlik,
farmatsevtika va mikrobiologiya sanoatini, radioelektronika, telekommunikatsiyalar
sohasi va boshqalarni yaratish imkonini berdi.
2000-yilda qo„shma korxonalarda mahsulotni eksport qilish va xizmat ko„rsatish
hajmi 2,1 marta, ishlovchilar soni 3,7 marta ortdi.
O„zbekistonda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilar ekan, rivojlangan mamlakatlar
tajribalaridan ham foydalanila boshlandi. Jumladan, erkin iqtisodiy zonalar tashkil
qilish borasida dastlabki qadamlar qo„yildi. 1996-yil 25-aprelda Oliy Majlisning V
sessiyasida «Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida» Qonun qabul qilindi.
Umuman, O„zbekistonda iqtisodiy islohotlar amaliy natijasini yaqqolroq ko„rish
uchun quyidagi taqqoslashni keltirish lozim. Masalan, MDH mamlakatlarining 1997-
yildagi YIM hajmi ko„rsatkichlarini ularning so„nggi ellik yildagi YIM hajmining
o„zgarish sur‟atlariga taqqoslasak, quyidagi qiziq bir holatning guvohi bo„lamiz.
Ya‟ni Ozarbayjon va Moldovaning 1998-yildagi YIM hajmining ko„rsatkichlari
mazkur respublikalarning 1965-yilda erishgan darajasiga teng bo„lib, foiz hisobida
olsak, 36 % ni tashkil qiladi. Bu davrga kelib boshqa mamlakatlar ahvoli esa
quyidagicha bo„ldi:
Armaniston – 1976-yil (55 foiz), Belorus – 1982-yil (72 foiz),
Gruziya – 1968-yil (29 foiz), Qozog„iston – 1984-yil (63 foiz),
Qirg„iziston – 1982-yil (60 foiz), Rossiya – 1980-yil (58 foiz),
Tojikiston – 1970-yil (31 foiz), Ukraina – 1977-yil (42 foiz).
Shu yerda bir tabiiy savol tug„iladi: O„zbekiston-chi? Javobi oddiy: O„zbekiston
uchun mazkur nuqtayi nazardagi daraja 1990-yil bilan belgilanadi. Demak, ushbu
misoldan xulosa aniqki, tilga olingan mamlakatlar real iqtisodiy taraqqiyotda
O„zbekistondan 6 yildan 35 yilgacha orqada qoldilar.
306
Yana bir taqqoslash xarakterlidir. 1997-yilda ilk bor YIM ishlab chiqarish hajmi
aholi soni o„sishi darajasidan o„zib ketdi.
Bu, o„z o„rnida yalpi ichki mahsulot hajmi aholi jon boshiga 103,2 foiz
ko„paytirish imkonini berdi. Natijada 2000-yilda aholi jon boshiga hisoblangan
o„rtacha pul daromadlari 110,5 foizga oshdi. Bunday o„sish sur‟ati O„zbekiston
tarixida umuman bo„lmagandi. 1996-yilga qiyoslaganda esa Hamdo„stlik
mamlakatlari orasida aholisi pul daromadlari ikki marta oshgan va bu borada
yetakchilik qilayotgan yagona davlat O„zbekistondir.
Bunday xo„jalik yuritish tajribasi hali mamlakatda yo„q edi. Zamonaviy xo„jalik
yuritish tajribalarini tanlov-sinovdan o„tkazishning eng muqobil yo„li bu «Erkin
iqtisodiy zonalar» tashkil qilishdir.
Shunday ekan, erkin iqtisodiy zonaning o„zi nima? Bu –
Do'stlaringiz bilan baham: |