Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


birinchidan , ichki va  tashqi sarmoyalarni jalb qilish,  ikkinchidan



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

birinchidan
, ichki va 
tashqi sarmoyalarni jalb qilish, 
ikkinchidan
, istiqbolli texnologiyalar joriy qilish va 
boshqaruvga oid yangicha uslublarni tajribada qo„llash maqsadida maxsus huquqiy 
tartibotga ega bo„lgan hududda xo„jalik yuritishdir. Qolaversa, bunday zonalarni 
respublikada tashkil qilinishi kishilarda iqtisodiy bilimlarni kengaytirish uchun ham 
kerak edi. 
Erkin iqtisodiy zonalar orqali ish yuritish rivojlangan mamlakatlarda keng 
tarqalgan. Masalan, Amerika Qo„shma Shtatlarida 2000 dan ortiq maxsus huquqqa 
ega bo„lgan iqtisodiy zonalar mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi 
mamlakatlarning iqtisodiy rivojida ham ana shunday erkin iqtisodiy zonalar salmog„i 
katta. Singapurning jadal rivojlanishining asosiy sababi mamlakatni butunlay «Erkin 
iqtisodiy zona» deb e‟lon qilinganidandir. Shu sabab, Singapur «Umumjahon 
omborxonasi» deb ta‟riflanmoqda. 
Rivojlangan G„arb mamlakatlari ham bundan istisno emas. Ularda ayrim hudud, 
shaharlar uzoq o„tmishdan hozirgacha maxsus huquqlarga ega. Erkin shahar Genuya, 
Bremen, Rotterdam, Gamburg – bularning ro„yxatini davom ettirish mumkin. Bunday 
hudud va shaharlar aytish mumkinki, o„sha mamlakat iqtisodining rivojlanishiga 
«lokomotiv» bo„lib hissa qo„shyapti. 
Keyingi yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligiga kiruvchi mamlakatlarda ham 
erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishga intilish kuchaydi. Jumladan, Rossiyada, 
Qozog„istonda va boshqa mamlakatlarda shunday zonalar barpo qilindi.
Shu maqsadda O„zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar haqidagi Qonun loyihasi 
tayyorlandi. Loyihani tayyorlash mobaynida yuqorida zikr etilgan mamlakatlar qonun 
va boshqa me‟yoriy hujjatlari har tomonlama o„rganildi. Xorij tajribalariga suyanib 
erkin iqtisodiy zonalarni bir necha guruhga, ya‟ni: erkin savdo, erkin ishlab chiqarish, 
erkin ilmiy-texnik va boshqa zonalar tarzida tuzilishi qonun loyihasiga kiritildi va u 
1996-yil 26-aprelda Oliy Majlisning V sessiyasida qabul qilindi. 
1995–1998-yillarda eksport tarkibida ham sezilarli o„zgarishlar ro„y berdi. Agar 
1995-yilda paxta tolasi eksportning 50 foizini tashkil qilgan bo„lsa, 1998-yilda uning 
ulushi 43 foizgacha kamaydi. Ayni paytda tayyor mahsulotlar ulushi 17 foizdan 25 
foizgacha, mashina va uskunalar ulushi 2 foizdan 4 foizgacha, xizmatlar ulushi 8 


307 
foizdan 9 foizgacha ortdi. Import tarkibidagi xuddi shunday o„zgarishlar mustaqil 
davlat iqtisodiyotining qad ko„tarish jarayonini yaxshi aks ettiradi. Agar ilgari asosiy 
import qilinadigan mahsulotlar oziq-ovqat (1994-yilda 34,7 %) va yoqilg„i (24,2 %) 
bo„lsa, hozirgi paytda oziq-ovqat importi ikki barobar qisqardi (1998-yilda 15,2 
foizgacha), yoqilg„i importi esa deyarli umuman to„xtatildi. Mamlakat don va yoqilg„i 
mustaqilligiga erishdi, ushbu strategik tovarlarga bo„lgan ehtiyoj endilikda uning o„z 
ishlab chiqarishi hisobiga qoplanmoqda. Natijada bo„shagan valyuta mablag„lari 
iqtisodiyotni rivojlantirishga, import o„rnini bosuvchi va eksportga mo„ljallangan 
ishlab chiqarishlarni barpo etishga, zamonaviy uskuna va texnologiyalar sotib olishga 
qaratildi. Shunga muvofiq ravishda, import tarkibida mashina va uskunalar ulushi shu 
davrning ichida 15,9 foizdan 47,3 foizgacha oshdi. 
2007-yilga kelib mamlakatimiz 80 dan ortiq jahon mamlakatlari bilan savdo qiladi. 
Tashqari savdo muomalasi o„sib, 1998 yilda 9 mlrd. dollardan oshib ketdi, bu esa 
1994-yildagidan taxminan ikki barobar ortiq. Tashqi savdoning jug„rofiy tarkibi ham 
o„zgarib bormoqda: agar 1994-yilda tovar muomalasining 58 foizi sobiq sovet 
respublikalariga to„g„ri kelgan bo„lsa, 1998-yilda ularning ulushi faqat 27 foizni 
tashkil qildi. 
Respublika makroiqtisodiy barqarorlikka birinchilardan bo„lib erishdi. 1996-
yildayoq yalpi ichki mahsulot 1,7 foiz, 1997-yilda u 5,2 foiz, 1998-yilda esa 4,4 foiz 
ko„paydi.
Xuddi shunday o„sish keyingi yillarda ham kuzatildi. 2005-yilning nihoyasidagi 
yakunlar tahlili shuni ko„rsatmoqdaki, o„tgan yilda deyarli barcha makroiqtisodiy 
ko„rsatkichlar bo„yicha prognoz hajmi va ko„rsatkichlariga erishildi, aksariyat 
ko„rsatkichlarning esa sezilarli darajada oshirib bajarilishi ta‟minlandi. 
2005-yilda yalpi ichki mahsulotning o„sish sur‟atlari 7 foizni, inflatsiya darajasi 
esa 7,8 foizni tashkil etdi. 
Sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, jumladan, iste‟mol tovarlari ishlab chiqarish 
17,7 foiz, qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish esa 6,2 foizga o„sgani 
quvonchli hol, albatta. 
2005-yil 
davlat 
budjeti 
yalpi 
ichki 
mahsulotga 
nisbatan 
kutilgan
1 foiz taqchillik o„rniga 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi, uning daromad qismi esa 
prognoz ko„rsatkichlaridan 39 foiz ziyod bo„ldi. 
Yalpi ichki mahsulotning barqaror sur‟atda o„sib borayotgani, so„nggi 2005-2006-
yillarda bu ko„rsatkichning 7 foizdan ortayotgani, ayniqsa, diqqatga sazovor. Shuni 
ta‟kidlash zarurki, O„zbekiston erishayotgan barqaror iqtisodiy o„sish sur‟atlarinint 
asosiy manba va omillari tariqasida dunyo xomashyo va tovarlar, avvalo, neft va gaz 
bozorlarida mavjud bo„lgan qulay konyunktura va qandaydir tashqi omillar 
ko„maklashib turgani yo„q. 
Iqtisodiyotimizda erishilgan natijalar negizida avvalo bozor islohotlari va 
mamlakatni modernizatsiya qilishning puxta o„ylangan modeli va uzoq muddatga 
mo„ljallangan dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo„yicha olib 
borilayotgan tizimli, izchil va qat‟iy harakatlar turganini kuzatish qiyin emas. 


308 
2005-yilda iqtisodiyotimizni isloh qilishning eng muhim yo„nalishlarini quyidagi 
misoldan ko„rish mumkin. 
Birinchi yo„nalish – iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan izchil yangilash. 
Bu boradagi harakatlar avvalo iqtisodiyotda makroiqtisodiy mutanosiblikni 
ta‟minlash, iqtisodiy o„sishda yetakchi o„rin tutishi lozim bo„lgan ishlab chiqarish, 
soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish, shu bilan birga, O„zbekistonning o„ziga xos 
demografik xususiyatlari, bandlik, aholi daromadlarini ko„paytirish bilan bog„liq va 
boshqa o„ta muhim muammolarni hal etishga qaratildi. 
Mamlakatimiz uchun ustuvor bo„lgan mazkur vazifaning ahamiyatini yana shu 
bilan izohlash lozimki, ichki va tashqi investitsiyalarni kiritishni talab etadigan 
tarkibiy o„zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, xomashyo yetishtirishga 
yo„naltirilgan bir yoqlama iqtisodiyotdan xalos bo„lish, tom ma‟nodagi iqtisodiy 
mustaqillikka erishish mumkin emas. 
Ko„rilayotgan qat‟iy tadbir va choralar amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari 
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning tarkibiga ijobiy ta‟sir 
ko„rsatmoqda. Yetakchi sohalarimizdan bo„lmish sanoatning ulushi 2002-yildagi 14 
foiz o„rniga 2005-yilda 20,7 foizni tashkil etgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. 
2006-yilda iqtisodiyotning o„sishi, solishtirma narxlarda olib qaraganda, 2000-
yilga nisbatan 45 foizni tashkil etdi, bunda sanoat ishlab chiqarishi 1,6 marta, qishloq 
xo„jaligi 1,5 barobar, tashqi savdo aylanmasi 1,7 marta, eksport hajmi 1,9, oltin-
valyuta zaxirasi 3,7 barobar, real ish haqi esa 4 marta oshganini ko„rish mumkin. Shu 
bilan birga, inflatsiyaning yillik darajasi 4 martadan ziyod pasayganini ham qayd etish 
lozim. 
Ayni paytda, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida ham jiddiy 
yutuqlarga erishildi. Buning natijasida sanoatda mehnat unumdorligi 1,7 marta oshdi. 
Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur‟atlar bilan o„sishi 
an‟anaviy xomashyo tarmoqlari, jahon bozoridagi qulay konyunktura va ayrim 
xomashyo turlari hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki 
birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda 
zamonaviy xizmat ko„rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy 
tarkibiy o„zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta‟min-
lanmoqda. 
2006-yilda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 14,2 foiz 
o„rniga 22,1 foizni, xizmatlar ko„rsatish sohasining ulushi 30 foiz o„rniga 39,5 foizni 
tashkil etdi. Qishloq xo„jaligida esa aksincha – bu ko„rsatkich pasayib, 32 foizdan 24 
foizga tushdi. 
Xizmat ko„rsatish sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Sohaning yalpi ichki mahsulot 
tarkibidagi ulushi 38,5 foizdan oshgani, jumladan, kommunikatsiya, transport va 
aloqa tarmoqlari bo„yicha xizmat ko„rsatish hajmi besh yil mobaynida bir yarim 
baravar o„sgani buning yaqqol tasdig„idir. 
2006-yilda yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga o„sdi. Ishlab chiqarish hajmining 
sanoatda 10,8, qishloq xo„jaligida 6,2 foizga oshgani, investitsiyalarning 11,4, 


309 
qurilish-pudrat ishlarining 12,8, xizmat ko„rsatish sohasidagi ko„rsatkichlarning 19,5 
foizga o„sgani iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari bo„lib xizmat qiladi. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, o„tgan yilda erishilgan ana shunday o„sish 
sur‟atlari va yuksak makroiqtisodiy ko„rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini 
tubdan isloh qilish va yangilash bo„yicha amalga oshirilgan ko„p yillik mashaqqatli va 
murakkab ishlarining mantiqiy natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va barqaror 
rivojlantirishning amaliy namoyoni bo„ldi. 
Ayniqsa, keyingi yillarda telekommunikatsiya aloqasi va moliya-bank tizimida 
xizmatlarning yangi turlari tez sur‟atlar bilan rivojlanayotgani e‟tiborga sazovor. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va ulardan 
ko„zlangan maqsadlarning bajarilishi yengil sanoatning jadal sur‟atda rivojlanishida 
ham o„z ifodasini topmoqda. 
Bu tarmoqlar 2005-yilda o„sish sur‟ati 2004-yilga nisbatan 12 foizni tashkil etgani, 
shu jumladan, to„qimachilikda 17 foiz, tikuvchilikda 24,5 foiz, trikotaj mahsulotlari 
ishlab chiqarishda 53 foiz o„sish kuzatilganini qayd etish zarur. 
Zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan korxonalarning ishga 
tushirilishi, xorijiy investorlar bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish 
quvvatlarining tashkil etilishi, jahon bozoriga raqobatga bardoshli tayyor engil sanoat 
mahsulotlarini eksport qilish hajmining sezilarli darajada ortib borayotgani – 
bularning barchasi mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridir. 
Eng muhimi, bunday o„zgarishlar natijasida yangi ish o„rinlari yaratilmoqda, aholi, 
ayniqsa, xotin-qizlar ish bilan ta‟minlanmoqda. 
2005-yilda chetga mahsulot eksport qilish hajmi 11,5 foizga o„sgani yurtimizda 
amalga oshirilayotgan 
islohotlar 
va 
iqtisodiyotni 
modernizatsiya 
qilishda 
erishilayotgan yutuqlarning muhim natijasi desak hech qanday mubolag„a bo„lmaydi. 
Ayni paytda umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi 50 
foizdan oshdi. 
Bu esa tashqi savdoda mustaqillik yillaridagi eng yuqori ko„rsatkich – 1,3 milliard 
AQSH dollari miqdoridagi ijobiy saldoga erishish imkonini berdi. Natijada 
mamlakatimizning oltin-valyuta zaxirasi 1,3 marta ko„paydi, bu esa, avvalo, 
iqtisodiyotimizning tashqi bozor o„zgarishlariga barqarorligi ortib borayotganidan 
dalolat beradi. 
O„zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan sifat o„zgarishlarini baholash uchun 
e‟tiborni yana bir misolga qaratsak. 
Agarki yaqin-yaqinlargacha, ya‟ni 2000-yilda eksport tarkibida paxta tolasining 
hissasi 27,5 foiz bo„lgan bo„lsa, 2005-yilda bu ko„rsatkich 19 foizni tashkil etganining 
o„zi ko„p narsani bildiradi, deb aytish mumkin. 
Shu davrda importning tarkibi ham o„zgarib, mamlakatga olib kirilayotgan 
umumiy mahsulot hajmida texnika va uskunalar ulushi 44 foizdan ortgani ayniqsa 
e‟tiborga loyiq. 


310 
Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlarining sifat jihatidan yuksalishi ko„p 
tomondan investitsiya hajmidagi tarkibiy o„zgarishlar bilan bog„liq bo„lib, ularning 
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizdan oshdi. 
Markazlashtirilgan holda mablag„ bilan ta‟minlash hajmi qisqarayotgan bir paytda 
korxonalar va aholining xususiy mablag„-qo„yilmalari keskin oshib bormoqda, 
to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar va tijorat banklari resurslari faol jalb 
etilmoqda. 
Buni 2005-yilda nomarkaz investitsiya manbalari ulushi 76,6 foizni tashkil etgani, 
to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi esa qariyb 1,5 barobar 
ko„paygani ham ko„rsatib turibdi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish