Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«hayot bor ekan, davlat, el- yurt bor



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«hayot bor ekan, davlat, el- yurt bor 
ekan, o„zing tug„ilib o„sgan, ota-bobolarning xoki yotgan, ertaga farzandlari 
kamol topadigan tuproqning har bir qarichini muqaddas bilib, uni himoyalash, 
zarur bo„lsa bu yo„lda jon fido etishga tayyor turish kerak»
. Shu fikrlar bilan
O„zbekiston Qurolli Kuchlarini shaxsiy tarkibi yurtimiz tinchligi, xalqimiz omonligi, 
sarhadlarimiz daxlsizligini ko„z qorachig„idek asrab yurishibdi va abadiy asraydilar. 
O„zbekiston Qurolli Kuchlari ayni paytda zamonaviy harbiy tajribalar asosida 
tobora shakllanib bormoqda. Milliy xavfsizlik konsepsiyasiga asoslanib, Markaziy 
Osiyo mintaqasida tez sur‟atlar bilan o„zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni 
hisobga olgan holda, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlarning har tomonlama chuqur 
tahlili va Qurolli Kuchlarni barpo etishning mutlaqo yangi prinsiplari negizida 
armiyamizni isloh qilish bo„yicha uzoq muddatga mo„ljallangan Dastur yaratildi. 
Bundan bosh maqsad – ixcham, tezkor va harakatchan, zamonaviy qurol-yarog„ va 
texnika bilan ta‟minlangan, strategik va taktik vazifalarni samarali hal eta oladigan, 
sarhadlarimiz daxlsizligi, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni buzishga qaratilgan 
har qanday yovuz harakat va xurujlarni bartaraf etish va ularga munosib zarba 
berishga qodir bo„lgan kuchli armiyani yaratishdan iborat edi. 
Qurolli Kuchlarimiz va ularning asosiy jangovar bo„linmalarining prinsipial 
nuqtayi nazrdan mutlaqo yangicha tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi joriy etildi. Bo„limlar, 
rotalar, polklar, yordamchi boshqaruv punktlari va shu kabi yetarli samara 
bermaydigan bo„linmalar tugatildi. Bu o„zgarishlar o„z navbatida armiyamiz va uning 
qismlarining yuqoridan quyigacha bo„lgan qurilishini tubdan qayta tashkil etish, 
ularning harakatchanligi va tezkorligini, jangovar imkoniyatlarini kuchaytirish, eng 
muhimi, barcha darajadagi komandirlarning mustaqilligini ta‟minlash va mas‟uliyatini 
oshirish imkonini beradi. 
Shu bilan birga, o„ta muhim jangovar topshiriqlarni bajarishga yo„naltirilgan 
Maxsus operatsiyalar bo„yicha kuchlarning qismlari tashkil etildi. O„ziga xos alohida 
tayyorgarlik tizimiga ega bo„lgan, zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta‟minlangan 
ushbu bo„linmalar ehtimol tutilayotgan dushmanning har qanday tojovuzkorona xatti-
harakatlariga munosib zarba berishga qodir qudratli kuch sifatida shakllandi. Surxon-
daryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari tog„li hududlariga suqilib kirgan xalqaro 
terrorchilarning jangari to„dalarini yo„q qilish bo„yicha amalga oshirilgan 
operatsiyalar buning yaqqol tasdig„idir. 
Ayni paytda muddatli harbiy xizmatning bir yilgacha qisqartirilgani, 
qo„shinlarning sifat tarkibini yaxshilash va ularning safini to„ldirish tartiblarining 
takomillashtirilgani, zamonaviy qurol-aslaha bilan ta‟minlangani, safarbarlik-chaqiruv 
rezerv xizmati joriy etilgani, shartnoma-kontrakt asosida xizmat o„tash jarayoni 
amalda yakunlangani armiyaning qiyofasini, uning mazmun-mohiyati va jangovar 
qobiliyatini tubdan o„zgartirdi. 
Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini keskin oshirish, armiyada sog„lom 
ma‟naviy muhitni mustahkamlash, professional tayyorgarlik darajasini yuksaltirishda 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo„lgan serjantlar tayyorlash maktablari barpo etildi va 


293 
ular zamonaviy jangovar-o„quv bazalari bilan ta‟minlandi. Bugun serjantlar tarkibi 
armiyamizning tom ma‟nodagi tayanch ustuniga aylangani, ular askarlarning ustozi, 
ofitserlarning eng yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda. 
Mustaqillik yillarida barcha bo„g„indagi komandirlarning yuqori professional 
qobiliyati va malakasini ta‟minlash, ularning intellektual saviyasini har tomonlama 
rivojlantirishga qaratilgan ofitser kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi. Bu esa Qurolli 
Kuchlar tarkibini sifat jihatidan butunlay o„zgartirish va ularni bugungi kun 
talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega 
bo„lgan komandirlar bilan to„ldirish imkonini bermoqda. 
Hozirgi kunda Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilish O„zbekistonning har bir 
fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki mamlakatimizda orzu qilishga 
sazovor kasbga aylandi. 
Keyingi vaqtda, xususan 2005-2006-yillarda xorijiy mamlakatlar, birinchi galda 
Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkorlik sohasida salmoqli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Qo„shinlarimizning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiy 
xizmatchilar va ular oila a‟zolarining moddiy, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini 
yaxshilash masalasi ham doimiy e‟tiborimiz markazida bo„lib kelmoqda. 
Ana shu yuksak vazifadan kelib chiqib Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh 
Qo„mondoni I.A.Karimov bu sohada ishning zarur bo„lgan masalalari haqida batafsil 
gapirdi: 
Biz bugun g„oyat murakkab va notinch zamonda yashamoqdamiz. Markaziy Osiyo 
mintaqasida hali-beri saqlanib qolayotgan qaltis vaziyat, butun dunyoda davom 
etayotgan nizo va qarama-qarshiliklar, tobora ko„lami kengayib borayotgan terrorizm, 
ekstremizm va narkoagressiya xavfi jiddiy tashvish uyg„otmasdan qolmaydi, albatta. 
Bularning barchasi shu muqaddas zaminda yashayotgan, mamlakatimiz taqdiri va 
kelajagi uchun befarq bo„lmagan har bir insondan doimo hushyor va ogoh bo„lishni, 
Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini mustahkamlashni, davlatimiz 
sarhadlarini qo„riqlash va himoyalashni kuchaytirishni, buning uchun mavjud bo„lgan 
barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilishni taqozo etadi, dedi va quyidagi 
vazifalarni belgilab berdi; 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish