295
masalaning muhimligi va dolzarbligi shundaki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda
har tomonlama yaxshi tayyorlangan, yetarli darajada ta‟minlangan va ijtimoiy
himoyalangan, qudratli Qurolli Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning,
chegaralarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, bir so„z bilan
aytganda, xalqimizning tinch va osoyishta hayotining
mustahkam tayanchi va
ishonchli kafolati bo„la oladi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar qatorida mamlakatimizning mudofaa
qobiliyatini
mustahkamlash, uning barqarorligi va xavfsizligini ta‟minlashda Qurolli
Kuchlarimizning shakllantirilishi g„oyat muhim ahamiyat kasb etdi.
Sobiq SSSR parchalanganidan keyin yuzaga kelgan sharoitda, qurolli kuchlarda
boshqaruv, intizom va tartib amalda yo„qotilgan, mamlakat xavfsizligiga ichki va
tashqi tahdidlar kundan kunga kuchayib borayotgan bir vaziyatda Mudofaa
vazirligini, uning organlari va joylardagi qo„mondonlik tuzilmalarini shakllantirish
o„z vaqtida qabul qilingan yakka-yu yagona to„g„ri qaror bo„ldi.
Kadrlar
eng avvalo, ofitserlar tarkibini saqlab qolish va mustahkamlash, armiya
saflarini milliy kadrlarimiz bilan to„ldirish, ularning tayyorgarlik va qayta
tayyorgarlikdan o„tishini ta‟minlash, eng muhimi, mamlakatimizdan jangovar texnika
va qurollar olib chiqib ketilishini oldini olish o„ta muhim ahamiyatga ega edi.
Keyinchalik, mintaqamizdagi tez sur‟atlar bilan o„zgarib borayotgan ijtimoiy-
siyosiy va harbiy vaziyatdan kelib chiqqan hola, armiyani isloh qilish bo„yicha yangi
prinsiplar
negizida
Qurolli
Kuchlarni barpo etish
va tashkil qilishga asoslangan, xavfsizlikka tahdid soladigan
real xavf-xatarlarni nazarda tutadigan uzoq muddatga mo„ljallangan dastur
shakllantirildi.
Ushbu dasturni amalga oshirish jarayonida milliy armiyamiz tashkiliy jihatdan
yangicha tarkibiy tuzilishga ega bo„ldi, qisqa muddatda harbiy okruglar, chegaraviy
mintaqalar tashkil etildi, Qurolli Kuchlarni boshqarishning butun tizimi, birlashma va
qismlarning tarkibi va joylashuvi qayta ko„rib chiqildi, qo„shinlarning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy qurol-yarog„ bilan ta‟minlash bo„yicha
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, o„ta muhim jangovar topshiriqlarni bajarishga yo„naltirilgan
Maxsus operatsiyalar bo„yicha kuchlarning bo„linmalari, Mudofaa vazirligi
huzuridagi Terrorizmga qarshi kurash korpusi tuzildi. Bu bo„linmalar ehtimol
tutilayotgan dushmanning har qanday tajovuzkorona harkatlariga qarshi munosib
zarba berishga qodir qudratli ekani Surxondaryo,
Qashqadaryo va Toshkent
viloyatlarining tog„li tumanlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchilarning jangari
to„dalarini yo„q qilish bo„yicha amalga oshirilgan operatsiyalarda namoyon bo„ldi.
Ayni paytda muddatli harbiy xizmatning bir yilgacha qisqartirilgani,
qo„shinlarning sifat tarkibini yaxshilash va ularning safini to„ldirish tartiblarining
takomillashtirilgani, zamonaviy qurol-aslaha bilan ta‟minlangani, safarbarlik-chaqiruv
rezerv xizmatining joriy qilingani, shartnoma-kontrakt asosidagi xizmatga o„tish
296
jarayoni amalda yakunlangani armiyamiz qiyofasini, uning mazmun-mohiyatini qayd
etish zarur.
Serjant
va
ofitser
kadrlarni
tayyorlashning
axborot
va
kompyuter
texnologiyalariga, zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlariga asoslangan samarali
tizimi tashkil etildi.
Harbiy xizmatchilarni va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish, zarur turarjoy
va maishiy sharoit bilan ta‟minlash borasida ham ko„p ishlar qilindi. So„nggi besh
yilning o„zida harbiy unvonlar bo„yicha maoshlar, harbiy xizmatdan bo„shagandan
keyin to„lanadigan nafaqalar miqdori ikki barobardan ziyod oshirildi.
Bugun to„la ishonch bilan aytish mumkinki, Vatanimizning xavfsizligi Qurolli
Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda ta‟minlanmoqda, armiyada xizmat qilish
O„zbekiston fuqarosi uchun nafaqat
konstitutsiyaviy burch, balki nufuzli kasblardan
biriga, tom ma‟nodagi shon-sharaf ishiga aylanib bormoqda.
Armiya xizmatini o„tayotgan yigitlarimiz harbiy mutaxassiliklarni puxta egallash
bilan birga jismoniy va ma‟naviy jihatdan chiniqib, irodasi toblanib, qat‟iy hayotiy
pozitsiyasi shakllanmoqda, Vatan himoyasi yo„lida doimo tayyor turadigan mard va
jasur insonlar bo„lib kamol topmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: