485
«Alpomish» – o„zbekning o„zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning
yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan avlodlarga o„tkazib kelayotgan
qahramonlik qo„shig„idir.
Xalqimiz azaldan o„z vujudi, o„z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib
bo„lmoqqa intilib yashadi. O„z o„g„lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-
yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab keldi.
«Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va
haqgo„y bo„lishga, o„z yurtimizni, oilamiz qo„rg„onini qo„riqlashga, do„st-u
yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas
mozorlarini har qanday
tajovuzdan himoya qilishga o„rgatadi.
Muhtaram birodarlar!
«Alpomish» dostoni – butun o„zbek xalqining ma‟naviy mulkidir. Lekin nima
uchun biz uning to„yini aynan Termiz shahrida, Surxon vohasida o„tkazyapmiz?
Negaki, Surxon vohasi, avvalo, «Alpomish» dostoni tug„ilgan qutlug„ maskan.
Alpomish mana shu bepoyon yaylovlarda, baland tog„ daralarida gumburlatib ot
chopgan, shu yurtning zilol ko„llaridan suv ichgan, shu mag„rur elga munosib
pahlavon bo„lib yetishgan.
Shuning uchun ham Barchinoy dushmanlarga qarata g„urur bilan: «Mening yorim
bilsang Boysun sultoni», deb aytadi.
Surxon jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklari – miloddan avvalgi Kushon va
Baqtriya davlatlariga zamin bo„lgani bilan olamga mashhur, Vohadagi Dalvarzintepa,
Xolchayon, Tillatepa,
Zarautsoy, Teshiktosh, Fayoztepa singari ko„hna makonlar, u
yerlarda topilgan arxeologik ashyolar ko„pming yillik tariximizning noyob
yodgorliklaridir.
Bu tuproq azaldan ilm-u hunar, hikmat va san‟at ruhi bilan yo„g„rilgan. Imom At-
Termiziy, avliyo Hakim ota kabi ulug„ zotlarning o„lmas ruhi, hayotbaxsh o„gitlari
barkamol avlodlarni voyaga yetkazdi. Shubha yo„qki, «Alpomish»dek buyuk
obidalar, «Alpomish»dek mard pahlavonlar aynan mana shunday muhitda dunyoga
keladi.
«Alpomish» to„yining Termiz shahrida o„tayotganida men yana bir ramziy ma‟no
ko„raman.
Qachonki o„lkamizga janub tarafdan yov hamla qilgan bo„lsa, Termiz uning
qarshisida metindek qo„rg„on bo„lib kelgan. Termiz bugun ham ona yurtimizning
janubiy sarhadlarida mustahkam qal‟a bo„lib turibdi.
Mana shu chegara hududlarida ko„ksini qalqon qilib tabiatan og„ir-vazmin, ammo
Vatan boshiga sinov tushsa, jon fido etishga ham tayyor oriyatli xalq yashaydi.
Bu dovyurak va o„ktam xalqning – Surxon ahlining
yuragida Alpomish kabi
pahlavonlardan meros qolgan shijoat yashaydi.
Bu yurtda dunyoning kurash maydonlarida kuragi yerga tegmasdan zafar qozonib,
o„zbek nomini butun olamga tarannum etayotgan yuzlab polvonlar yashaydi.
Ishonchim komilki, bunday qudrat sohibi bo„lgan xalqni hech qanday yovuz kuch
yengolmaydi.
486
Hurmatli mehmonlar, aziz vatandoshlar!
Bugun biz sizlar bilan «Alpomish» dostonining 1000 yillik to„yini nishonlayapmiz.
Lekin bu dostonda tasvirlangan voqealar yurtimizning necha-necha ming yillik shonli
tarixidan darak beradi.
Asardagi kichik bir dalilga murojaat qilaylik. Xalqimizning qadimiy tasavvurlariga
ko„ra, o„q-yoy – hokimiyat nishoni hisoblangan. Alpomish yetti yoshda o„n to„rt
botmon birichdan – bronzadan yasalgan yoydan o„q otib, «alp» degan unvonga ega
bo„ladi. Alp degani – hokimiyat egasi ekanini inobatga olsak, bu doston ko„p asrlik
milliy davlatchiligimizning badiiy ifodasi ekaniga ishonch hosil qilamiz.
Aslida, xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo„lsa
«Alpomish» ana shu dostonning shohbaytidir. Bu mumtoz asarda tarix to„fonlaridan,
hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib o„zligini yo„qotmagan xalqimizning
bag„rikenglik, matonat, olijanoblik kabi ezgu fazilatlari o„z ifodasini topgan.
Muhtaram yurtdoshlar!
Bugungi muborak ayyomda biz «Alpomish»dek so„z durdonasini yaratgan, uni
asrlar osha avlodlarga yetkazib kelgan ijodkor xalqimiz dahosi oldida bosh egamiz.
Bugun biz ming yillar davomida bu dostonni kuylab, gavharday asrab-avaylab,
boyitib kelgan, nomlari bizga noma‟lum bo„lgan yuzlab xalq baxshilarining iste‟dodi
qarshisida ta‟zim qilamiz.
Agar iloji bo„lsa, men ana shu insonlarning nomlarini ma‟naviyatimiz tarixiga oltin
harflar bilan yozgan bo„lur edim.
Muhtaram jamoat!
Baxshi-shoirlar o„z xalqining biyron tilidir. Ular yurtimizda doimo «Baxshili el –
yaxshili el» deb ulug„langan.
Bugun biz Yodgor baxshi va Tilla kampir, Jossoq shoir va Amin baxshi, Sherna
baxshi
va Ergash Jumanbulbul, Fozil Yo„ldosh va Po„lkan shoir, Islom shoir va
Abdulla shoir, Saidmurod panoh va Bekmurod Jo„raboy o„g„li, Berdi baxshi va
Rahmatulla Yusuf o„g„li, Qodir shoir va Shoberdi baxshi kabi dostonchilarning
nomlarini ehtirom bilan tilga olamiz. Ularning noyob qobiliyati, yuksak mahorati
tufayli «Alpomish» bor salobati va nafosati bilan yashab kelmoqda.
Bugun biz bu o„lmas asarni yozib olish, nashr etish, ilmiy o„rganish,
tarjima va
targ„ib qilish ishiga ulkan hissa qo„shgan Hodi Zarif, Hamid Olimjon, Muzayyana
Alaviya, Mansur Afzalov kabi zahmatkash insonlarni, ko„plab xorijiy olimlarni ham
minnatdorlik bilan eslaymiz.
Muhtaram Vatandoshlar.
Yillar, asrlar o„tadi, ona O„zbekistonmizda yangi-yangi avlodlar voyaga yetadi.
Ishonaman, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini asrab-avaylab kelgusi
avlodlarga yetkazadi.
Ishonaman, xalqimiz bugungi shodiyonadan ruhlanib,
qadr-qimmatini yanada
chuqurroq anglaydi, o„zining beqiyos jasoratini, bukilmas irodasini, mustahkam
iymon-e‟tiqodini namoyon etib, yorug„ kelajak sari qat‟iyat bilan boraveradi.
487
Ishonaman, har qaysi qishloq, har qaysi shahar, har bir xonadonda yangi-yangi
alpomishlar
dunyoga keladi, vatanga sadoqatli, jasur va yengilmas insonlar bo„lib
ulg„ayadi.
Surxon vohasining betakror tabiati, Bobotog„, Boysun, Vaxshivor singari baland
tog„lar, Oltinsoy, Sangardak, Sayrob, Xonjizza kabi go„zal go„shalarini bir bor
ko„rgan odam beixtiyor qoladi.
Bu zaminda yashab, fidokorona mehnati bilan uning ko„rkiga ko„rk,
chiroyiga
chiroy qo„shayotgan insonlarga, ayniqsa, yosh o„g„il-qizlarimizga mening havasim
keladi.
Har qanday inson bu yuragi ochiq, mard va tanti, ham jismonan, ham ma‟naviy
jihatdan sog„lom odamlar bilan chin ko„ngildan yaqin bo„lishni istaydi.
Shu unutilmas, hayajonli damlarda Alpomishdek bahodirlarni kamolga yetkazgan
ona xalqimga yana bir bor ta‟zim qilaman.
Yurtimiz osmoni doim musaffo, xalqimiz hamisha omon bo„lsin!
1999-yil 6-noyabr.
Termiz shahri
Do'stlaringiz bilan baham: