Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Jayhun sohilidagi boqiy shahar



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

2000-yil 16-noyabr
Jayhun sohilidagi boqiy shahar 
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! 
Muhtaram mehmonlar! 
Xonimlar va janoblar! 
Bugun siz azizlar bilan xalqimiz hayotidagi yana bir unutilmas voqea – qadimiy 
Termiz shahrining 2500 yillik to„yi munosabati bilan shu qutlug„ zaminda diydor 
ko„rishib turganimdan behad baxtiyorman. 
Go„zal yurtimizda bahor nafasi kezib yurgan mana shunday yorug„ va fayzli 
kunlarda 
ushbu 
tantanali 
marosimga 
uzoq-yaqindan 
tashrif 
buyurgan 
yurtdoshlarimizni, muhtaram mehmonlarimizni, bag„rikeng Surxon ahlini, barcha-
barchangizni shu tarixiy sana bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 
Bugungi tantanada ishtirok etayotgan YuNESKO xalqaro tashkiloti hamda 
diplomatik korpus namoyandalariga, xorijiy mamlakatlarning olimlari va ommaviy 
axborot vositalarining vakillariga o„z nomimdan, butun xalqimiz nomidan 
minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysizlar. 
Aziz do„stlar! 


496 
Bugun biz yashayotgan O„zbekiston tuprog„i dunyodagi eng ko„hna va betakror 
maskanlardan biridir. Bu haqiqatni ko„p-ko„p misollar, tarixiy va ilmiy dalillar 
asosida isbotlab berish mumkin. 
O„zbekiston zaminining qaysi hududiga murojaat qilmaylik, ming-ming yillar 
qa‟ridagi ilk hayot nishonalarini, eng qadimiy madaniyat va san‟at namunalarini har 
qadamda topish, shu orqali bu yerlarda qanday buyuk sivilizatsiya mavjud bo„lganini 
ko„rishimiz muqarrar. 
Bu haqda gapirganda, biz Farg„ona vodiysidagi Selungur, Toshkent vohasidagi 
Ko„lbuloq, Qashqadaryodagi Uzunqir kabi dastlabki odamzod manzilgohlarini, 
Samarqanddagi Afrosiyob, Xorazm zaminida yaratilgan nodir «Avesto» kitobi, 
Buxorodagi zardushtiylik ibodatxonalari singari ko„plab yodgorliklarni nazarda 
tutamiz. 
Muxtasar qilib aytganda, mana shu mo„tabar yurtimizdagi yer osti xazinalaridan, 
asrlar davomida sukutga cho„mib yotgan shahristonlardan topilgan arxeologik 
ashyolar, noyob tasvirlar va hali ochilmagan, o„z sirlarini pinhon saqlab kelayotgan 
cho„l-u biyobonlar, hech shubhasiz, bugun biz yashayotgan tuproqda qadim-qadim 
zamonlardan boshlab buyuk madaniyat va san‟at rivojlanganini tasdiqlaydi. 
Shu ma‟noda, ulug„ ajdodlarimizning umumjahon va umumbashariyat 
taraqqiyotiga qo„shgan ulkan hissasini hozirgi kunda dunyoda hech kim inkor 
qilolmaydi. Bunday xulosani yuzlab bebaho topilmalar, osori atiqalar va buyumlar 
isbotlab beradi. 
Lekin, afsuski, insoniyat boshidan kechgan davr to„fonlari, urush-qirg„inlar, tabiiy 
ofatlar oqibatida bu beqiyos tarixiy madaniyat tasvirlarining mingdan bir qismigina 
bizga qadar yetib kelgan, desak, aslo mubolag„a bo„lmaydi. 
Agar o„sha – eng qadimiy davrlarga mansub yodgorliklarimizni, so„nggi ikki asr 
mobaynida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan noyob oltin va 
kumush buyumlar, bebaho osori atiqalarimizni – barcha nodir boyliklarimizni boshqa 
davlatlar kabi misqollab, asrab-avaylab saqlab kelib, bu eksponatlar bir joyga yig„ilsa, 
hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyoda tengi yo„q muzey vujudga kelgan bo„lur 
edi. 
Bugun biz YuNESKO xalqaro tashkiloti qaroriga binoan Termiz shahrining 2500 
yillik to„yini o„tkazar ekanmiz, Vatanimizning janubiy sarhadlaridan topilgan mana 
shunday dalillar asosida Surxon vohasida yashagan odamlarning qanday buyuk, ulug„ 
tarixni boshidan kechirgani, kerak bo„lsa, qanday betakror madaniyatga ega 
bo„lganini katta g„urur va iftixor bilan ta‟kidlaymiz. 
Haqiqatan ham, bu ko„hna o„lkadagi Teshiktosh va Zarautsoy, Jarqo„ton va 
Sopollitepa, Xolchayon va Dalvarzintepa kabi o„nlab manzillardan topilgan ibtidoiy 
odam makonlari, qadimiy yodgorliklar, antik san‟at asarlari shundan dalolat beradi. 
Haqiqatan ham, mana shu bepoyon hududlarda, azim Jayhun bo„ylarida miloddan 
avval va uning ilk davrlaridayoq Baqtriya va Kushon kabi ulkan davlatlarning mavjud 
bo„lganini o„zimiz tasavvur etganda bunga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. 


497 
Haqiqatan ham, azaldan Mag„rib-u Mashriqni o„zaro bog„lab kelgan, qadim savdo 
karvonlari o„tadigan Buyuk ipak yo„li chorrahasida joylashgan bu tuproqda necha 
ming yillar mobaynida turli din va madaniyatlar – zardushtiylik va buddaviylik, 
nasroniylik va musulmonlik an‟analari yonma-yon yashab kelganini hisobga olsak, bu 
zaminning tarixi naqadar ko„hna ekaniga iqror bo„lamiz. 
Hatto, bir zamonlar Termiz shahri buddaviylik markazlaridan biri bo„lgani, bu 
ta‟limot Xitoy va Yaponiyaga ayni shu yerdan tarqalgani haqida ilmiy qarashlarning 
mavjudligi ham bejiz emas. 
Bugungi qutlug„ sana munosabati bilan bunyod etilgan, sobiq ittifoq hududida 
yagona bo„lgan muhtasham Arxeologiya muzeyidagi ko„plab tarixiy ashyolar, 
me‟morlik va haykaltaroshlik san‟ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro„zg„or 
buyumlari, turli-tuman taqinchoqlar ham ana shu haqiqatning tarixiy tasdig„i bo„la 
oladi. 
Aziz do„stlar, birodarlar, shu o„rinda e‟tiboringizni bir masalaga qaratmoqchiman. 
Ya‟ni, bu qadimiy vohaning, Termiz shahrining ko„hna va beqiyos kechmishini 
isbotlab, tasvir qilib beradigan dalillarni ko„rganda, odamda beixtiyor shunday savol 
tug„iladi: nega shunchalik uzoq tarixga ega bo„lgan bu shaharning yubileyi sho„ro 
zamonida biron marta ham nishonlanmagan?
Buning sababi bitta: u ham bo„lsa, mustabid tuzum davrida hukm surgan, bizning 
boy tariximizni tan olmaslik, mensimaslik, uni shu tarixning haqiqiy egalaridan 
yashirishga bo„lgan urinishlardir. 
Bir so„z bilan aytganda, bu holni tarixiy adolatsizlik, asrlar davomida bizning 
xalqimiz, milliy madaniyatimizga nisbatan olib borilgan g„arazli siyosatning natijasi, 
deb baholash lozim. 
Bunga yana bir sabab shuki, janubiy chegaralarda joylashgan Termiz shahriga, 
avvallari Rossiya, keyinchalik esa SSSR imperiyasining olis va chekka bir hududi 
deb, bu yerda qanday madaniyat, qanday taraqqiyot izlari bo„lishi mumkin, deb 
bepisand qarab kelindi. 
Faqat biz ozodlik va erkinlikka erishgandan keyingina Surxonning haqiqiy tarixini 
ochib berish, tiklash va o„rganish masalasiga tom ma‟noda katta e‟tibor qaratildi. 
Har qarich tuprog„i qancha sir-sinoatga, betimsol boyliklarga ega bo„lgan bu 
zaminning nafaqat yurtimiz tarixiga, balki dunyo sivilizatsiyasiga qo„shgan munosib 
hissasini yoritib berish maqsadida olib borilayotgan ulkan ishlarni endilikda butun 
jahon ahli tan olmoqda. 
Bugungi imkoniyatdan foydalanib, asrlar qa‟rida ko„milib yotgan ana shu 
haqiqatni yuzaga chiqargan, Termiz shahri, butun Surxon vohasining tarixini aks 
ettiradigan osori atiqalar va yodgorliklarni izlab topish, ularni har tomonlama 
o„rganish, jahon bo„ylab targ„ib etish borasida sidqidildan mehnat qilgan zahmatkash 
olimlarimizga, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Rossiya kabi mamlakatlardan kelib, 
bu yerda tadqiqot ishlari olib borayotgan arxeologlarga, ularni qo„llab-quvvatlagan 
tashkilotlarga, avvalo, YuNESKO xalqaro tashkilotiga o„zimizning chuqur 
minnatdorligimizni bildiramiz. 


498 
Hurmatli yurtdoshlar! 
Termiz deganda, avvalo, uning shonli voqealarga boy kechmishi, qahramonlik 
tarixi ko„z o„ngimizga keladi. 
Necha asrlar mobaynida Termiz harbiy-mudofaa qal‟asi bo„lib, g„oyatda 
mas‟uliyatli bir vazifani o„tab kelgani barchamizga ayon. Yurtimizga janub tomondan 
kimki bostirib kelmasin – Doro yoki Makedonskiy bo„ladimi, Chingizxon yoki arab 
istilochilari bo„ladimi – Termiz qal‟asi hamisha yov yo„liga qalqon bo„lgan, 
dushmanga qarshi mardona kurashgan. 
«Avesto»da «bayrog„i – tug„i baland erlar yurti» deb ta‟riflangan Surxon vohasi, 
bu qal‟a shahar o„zining ko„p ming yillik tarixi davomida kimlarni ko„rmagan, qanday 
sinov va to„fonlarni boshdan kechirmagan? 
Uning bosqin-u istilolar tufayli necha bor vayronaga aylanib, kultepalar uzra necha 
bor qayta tiklangani tarixdan ma‟lum. 
Lekin, qat‟iy ishonch bilan aytish lozimki, shu yerni muqaddas makon deb, ona 
yurt deb bilgan mard va jasur ajdodlarimiz yovlarga hech qachon bo„yin egmagan. 
Shu ma‟noda, «Alpomish»dek qahramonlik dostonining aynan shu yerda 
yaratilgani ham aslo tasodif emas. 
Ana shu kurashlar, jang-u jadallar natijasida bu shaharning nomi necha bor 
o„zgargani, hatto bir zamonlar u bosqinchi hukmdorlar nomi bilan atalganini ham 
yaxshi bilamiz. 
Afsuski, «Termiz» so„zining lug„aviy ma‟nosi va kelib chiqishi hali-hanuzgacha 
noma‟lum bo„lib kelmoqda. Lekin, bu xususda turli fikr va qarashlar mavjudligini 
ham aytib o„tishimiz kerak. 
Qadimiy yodgorligimiz «Avesto»da u «Tarmida» deb atalsa, arab manbalarida 
«Tarmiz», ya‟ni «daryo bo„yidagi shahar» ma‟nosini anglatadi. 
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy esa o„ninchi asrda shaharni uning bugungi 
nomiga yaqin shaklda – «Tirmiz» deb tilga oladi. 
Ammo, bizning faxr-u g„ururimiz boisi shundaki, qanday nom bilan atalgan 
bo„lmasin, qanday bosqin va ofatlarga duch kelmasin, Termiz elining, Surxon 
xalqining o„zligi, iymon-e‟tiqodi, iroda va matonati, eng muhimi, o„z yurtiga sadoqati 
aslo o„zgarmadi.
Buyuk muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy o„zining mashhur «Zafarnoma» asarida 
Termiz aholisining mo„g„ul bosqinchilariga qarshi fidokorona kurashini tasvirlar 
ekan, bu shaharni «Madinat ur-rijol», ya‟ni «Mardlar shahri» deb ataganida ham teran 
ma‟no mujassam. 
Takror aytaman, tarixning o„zi Termiz shahri, uning qahramon xalqi zimmasiga 
asrlar davomida yurtimiz tinchligi va ozodligi yo„lida metin qal‟a-qo„rg„on bo„lishdek 
og„ir va mas‟uliyatli vazifani yuklagan. 
Bugun biz iftixor bilan e‟tirof etamizki, Termiz shahri bu muqaddas vazifani 
hamisha va hozirgi murakkab, tahlikali davrda ham sharaf bilan ado etib kelmoqda. 
Muhtaram do„stlar! 


499 
Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo„lgan bu shavkatli shaharni yetti iqlimga 
ma‟lum-u mashhur etgan uning shonli tarixi, qadim-qadimdan shakllanib kelayotgan 
boy madaniyati, beqiyos obidalari, desak, xato bo„lmaydi, albatta. 
Lekin Termizni Termiz qilgan, uning shuhratini olam uzra ziyoda etgan, bu 
vohaning har qarich tuprog„ini oltinga aylantirgan – mana shu yurtning mard va tanti, 
olijanob odamlaridir. 
Bu qadimiy diyorda yashab o„tgan benazir alloma Hakim Termiziy, islom 
dunyosida olti buyuk muhaddisdan biri sifatida tan olingan Imom Iso Termiziy, 
mumtoz shoir Sobir Termiziy, muarrix Samandar Termiziy kabi o„nlab ulug„ 
ajdodlarimiz, aziz-avliyolarimizning mo„tabar nomlarini xalqimiz hurmat-ehtirom 
bilan tilga oladi. 
Sohibqiron Amir Temur bobomizning aynan mana shu Termiz atrofida o„zining 
piri buzrukvori Sayyid Baraka hazratlaridan hokimiyat ramzi bo„lgan bayroq va 
jangovar nog„orani qabul qilib olgani ham bu tuproqning nechog„li xosiyatli ekanini 
ko„rsatib turibdi. 
Bugungi kunda ham shu tabarruk tuproqni ulug„lab, quyosh jaziramasi, garmsel 
shamollariga 
bardosh 
berib, 
qiyinchiliklarni 
yengib 
mehnat 
qilayotgan, 
Vatanimizning janubiy sarhadlarida afg„on mojarosi tufayli yigirma yildan ziyod 
davom etgan notinch va tahlikali vaziyatda ham mardlik va matonatini namoyon etib, 
tom ma‟noda shu yurtning fidoyisi bo„lib yashayotgan Surxon eli, Surxon xalqiga har 
qancha tasannolar aytsak arziydi. 
Aziz yurtdoshlar! 
Bu voha tuprog„i, Surxon yeri nainki qadimiy, ayni paytda g„oyat unumli, serhosil 
va barakali ekanida ham o„ziga xos hikmat bor. 
Men bu zaminning xosiyatlarini ilgari ham ko„p marta aytganman, lekin bugungi 
tantanada yana bir bor bu haqda to„xtalib o„tsak, o„rinli bo„ladi, deb o„ylayman. 
Bu yerda ko„p-ko„p qishloq xo„jalik ekinlarini – paxtadan tortib subtropik 
mevalargacha, g„alladan tortib sabzavot va poliz mahsulotlarigacha – barcha-
barchasini o„stirish mumkin. 
Ayniqsa, bu zaminning so„lim tabiati, Vaxshivor va Bobotog„, Sangardak va 
Xonjizza, Boysun va Oltinsoyning fusunkor manzaralari har qanday odamni maftun 
etadi. 
Yoki Surxon vohasining bag„riga jo bo„lgan noyob tabiiy boyliklarni, ravon 
yo„llar, aloqa tarmoqlari, muxtasar aytganda, samarali ishlash uchun asos bo„ladigan 
shart-sharoit va imkoniyatlarni olaylik. 
Endi o„zingiz ayting, aziz birodarlar, bu vohada shunday boy tarix, shunday 
unumdor yer bo„lsa, shunday go„zal va betakror tabiat, shunday mehnatkash, mard va 
olijanob xalq bo„lsa, bu yurtning kelajagi buyuk bo„lmasligi mumkinmi? Bu yerda 
odamlar baxtli, erkin va farovon yashamasligi mumkinmi? 
Ishonchim komilki, butun xalqimiz qatori Surxon eli ham ana shunday hayotga 
nihoyatda munosib va shunday turmush darajasiga albatta erishadi. 
Bunga ishonch bildirish uchun barcha asoslarimiz bor. 


500 
Bu asoslardan biri shundan iboratki, butun yurtimiz kabi Termiz shahriga ham 
Ollohning nazari tushgan, uni doimo o„z panohida saqlab, yomon ko„zlardan, balo-
qazolardan o„zi asrab keladi. 
Bu yerga musulmon dunyosining ulug„ allomalari va piri buzrukvorlarimizning 
muborak poyqadamlari tekkan va ularning barchamiz uchun tabarruk xoklari shu 
tuproqqa ko„milgan. 
Yana bir asos shundan iboratki, bu zaminda yashayotgan barcha insonlarning o„z 
yurti, o„z eliga bo„lgan mehr-muhabbati, sadoqati cheksiz va mustahkam. 
Bugun biz yangi jamiyat qurish yo„lida qanday jarayonlarni boshimizdan 
kechirayotgan bo„lsak, qanday qiyinchilik, g„ov-to„siqlarni yengib, o„z oldimizga 
qo„ygan yuksak marralarga yetish, buyuk kelajagimizni qurish uchun qanday mehnat 
qilayotgan bo„lsak, bu ishlar zamirida Surxon ahlining ham g„ayrat va shijoati, 
mardlik-matonati, fidoyiligi mujassam ekani shubhasiz. 
Hurmatli do„stlar! 
Biz bugun shod-u xurramlik bilan nishonlayotgan Termiz shahrining muborak 
to„yi, avvalambor, tariximiz va buyuk ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan 
qalblarimizdagi hurmat va ehtirom tuyg„usining yana bir bor namoyon bo„lishi bilan 
ibratlidir. 
Bunday tantana, bunday marosimlar yurtimizda yashayotgan har bir inson, 
ayniqsa, unib-o„sib kelayotgan yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlash, 
asrab-avaylashga, bu bebaho boylik bilan chin yurakdan iftixor qilishga o„rgatadi. 
Eng muhimi, bizlarning qanday qadimiy tarix, qanday o„lmas madaniyatga ega 
ekanimizni, kimlarning avlodlari, qanday ulug„ zotlarning vorislari ekanimizni 
anglashga da‟vat etadi. 
Mana shu unutilmas lahzalarda, shu maydonda turib atrofimizga, Termizning 
bugungi go„zal qiyofasiga bir nazar tashlaylik. 
Bu qadimiy shaharda keyingi yillarda barno etilgan muhtasham binolar, yangi uy-
joylar, zamonaviy litsey va kollejlar, sport inshootlari, obod va ravon yo„llar, so„lim 
bog„-rog„lar, ko„rkam favvoralar – bularning barchasi bunyodkor elimizga xos yuksak 
fazilatlarning, mustaqillik bizga bergan cheksiz imkoniyatlarning amaliy namoyoni 
emasmi? 
Ayniqsa, mana shu ulug„ to„y sharofati bilan ko„hna Termizning har tomonlama 
yashnab-yasharib, navqiron bir shaharga aylanib ketganini ko„rib quvonmaydigan 
odam bormi? 
Ishonchim komilki, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz 
yodgorlik majmualarining tubdan qayta ta‟mirlangani, Temir yo„l bekati, Birja 
markazi, Arxeologiya muzeyi, amfiteatr, yangi stadionlar va suzish havzalari, boshqa 
o„nlab inshootlar nafaqat Termiz shahri, balki butun Surxon vohasining chiroyiga 
chiroy qo„shib turibdi, desam, bu fikrni sizlar ham qo„llab-quvvatlaysizlar. 
Men, fursatdan foydalanib, mana shu savobli ishlarni amalga oshirgan mohir 
quruvchi va ustalarimizga, muhandis va me‟morlarga, Termizning obod bo„lishiga o„z 
hissasini qo„shgan barcha insonlarga chin qalbimdan tashakkur bildiraman. 


501 
Qadrli do„stlarim, vatandoshlarim! 
So„zimning oxirida ilgari ham aytgan bir gapimni takrorlamoqchiman: men go„zal 
Surxon vohasini, uning ko„rkam bog„lari, baland tog„larini, yashil archazorlari, 
bepoyon dasht-u dalalarini, shu zaminda yashayotgan aziz yurtdoshlarimni, butun 
Surxon ahlini yaxshi ko„raman, sizlarga o„zimning eng ezgu tuyg„ularimni izhor 
etishdan hamisha baxtiyorman. 
Mardlar, bahodirlar na polvonlar diyori bo„lgan bu tabarruk tuproqdan hech 
qachon fayz-u baraka arimasin. 
O„tmishi sharafli, kelajagi buyuk Termiz dunyo turguncha tursin. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish